20.08.2018 yildagi 677-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.12.2018
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol-mulk va yer uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari negizida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
6. Investor Direksiyaga ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq “Baliqishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi hududida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun to‘ldirilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya buyurtmanomasi) taqdim etadi.
8. Direksiya taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan ikki ish kunida o‘rganib chiqadi.
9. Ushbu Nizomning 6 va 7-bandlari talablari buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomasi, kamchiliklari ko‘rsatilgan holda, investorga qaytariladi.
10. Investor tomonidan ushbu Nizomning 6 va 7-bandlari talablariga muvofiq taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar Direksiya tomonidan Ma’muriy kengashga yuboriladi. Bunda, investitsiya buyurtmanomasiga ushbu Nizomning 6 va 7-bandlari talablariga muvofiqligi yuzasidan Direksiya direktori tomonidan imzolangan tegishli xulosa ilova qilinadi.
investitsiya loyihasining ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan ustuvor mezonlarga muvofiqligi;
21. Investitsiya loyihalari bo‘yicha ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan xulosalar vakolatli tashkilotlar tomonidan ularga loyihaning investitsiya buyurtmanomasi va biznes-rejasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga umumlashtirish va Respublika kengashi yig‘ilishining bayoni loyihasini tayyorlash uchun yuboriladi.
30. Direksiya ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tashkilotni “Baliq ishlab chiqaruvchi” EIZ qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi va belgilangan shakl bo‘yicha “Baliq ishlab chiqaruvchi” EIZ qatnashchisi guvohnomasini beradi.

“Baliq ishlab chiqaruvchi”
erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga

“Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi hududiga
investitsiya loyihasini joylashtirish uchun investitsiya

BUYuRTMANOMASI

1. Investor (investorlar) to‘g‘risida ma’lumotlar

Murojaatchi (investor yoki investorlar) tashkilotning nomi, kelib chiqqan davlati

Investor (yoki investorlar) to‘g‘risida ma’lumot, jumladan davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi va joyi, muassis(lar) va boshqalar

Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, muassislarning ustav fondidagi ulushining taqsimlanishi va kapital qo‘yilmalarning shakli

Murojaatchi tashkilotning yuridik manzili

2. Investitsiya loyihasi to‘g‘risida ma’lumotlar

Investitsiya loyihasining nomi

Investitsiya loyihasining maqsadi va qisqacha tavsifi, jumladan ishlab chiqarishning yillik quvvati

Ijaraga beriladigan umumiy suv havzasi maydonining kamida 10 foiz qismida intensiv usulda baliq yetishtirishga moslashtirish va ushbu maydonning har bir gektaridan 8 tonnadan kam bo‘lmagan hosildorlikka erishish

Yopiq suv aylanma tizimi inshooti (UZV) qurish va har bir gektardan kamida 300 tonna baliq yetishtirishni tashkil etish

Suv tarmog‘i drenaj tizimlarining yaxlitligini saqlab qolish va umumiy foydalanishda bo‘lishini ta’minlash

Yuqori mahsuldor naslli ona baliqlar to‘dalarini shakllantirish

Tashkilotning ehtiyoji uchun talab etiladigan yuqori oqsilga boy ozuqa bazasini shakllantirish

Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, qo‘llanilishi va asosiy belgilari

Mahsulotning o‘rtacha yillik ishlab chiqarish hajmi, eksportga va ichki bozorga yo‘naltiriladigan hajmini (natura ko‘rinishida va ekv. AQSh dollarida) hisobga olgan holda

Asosiy xomashyo va material (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi, foiz hisobida

Xom ashyo va materiallarga bo‘lgan yillik talab (ekv. AQSh dollarida), shu jumladan mahalliy va import

Mahsulot standartlari — GOST, OST, TU, O’zDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar

Ishlab chiqarishning boshlanish sanasi

Tashkil etilayotgan ish o‘rinlari, jumladan, mahalliy ishchi xodimlar

3. Zarur maydon va infratuzilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar

Baliq yetishtirish uchun talab etiladigan suv havzasi maydoni (ga):

shu jumladan intensiv usulda (ga)

Yopiq suv aylanma tizimida (UZV) baliq yetishtirish uchun talab etiladigan maydon (ga)

Naslli ona baliqlar to‘dasini shakllantirish uchun talab etiladigan suv havzasi maydoni (ga)

Naslli baliq chavoqlarini yetishtirish maqsadida reproduktor havza tashkil etish uchun talab etiladigan maydon (ga)

Inkubatsiya sexini tashkil etish uchun talab etiladigan maydon (ga)

Baliqni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun talab etiladigan maydon (kv.m.)

Baliqlar uchun oqsilga boy omuxta yem ishlab chiqarish uchun talab etiladigan maydon (kv.m.)

Elektr energiyaga bo‘lgan talab (yiliga kVt/soat), o‘rnatiladigan quvvat (kVt yoki MVt)

Tabiiy gazga bo‘lgan talab (yiliga kub.m.), bosim (atm.)

Qayta ishlash va ishlab chiqarish uchun ichimlik va texnik suvga bo‘lgan talab (yiliga kub.m.)

Baliq yetishtiriladigan suv havzasi uchun suvga bo‘lgan talab (yiliga kub.m.)

4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari

Loyihaning qiymati (ekv.AQSh dollarida)

Moliyalashtirish manbalari (to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, mahalliy muassislarning mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari)

Mashina, tirik baliq tashish transporti, melioratsiya ishlarini bajaruvchi texnika va asbob-uskunalar qiymati (ekv. AQSh dollarida), jumladan mahalliy va import

QMI qiymati (ekv.AQSh dollarida)

Aylanma mablag‘lar summasi
(ekv. AQSh dollarida)

Investitsiyalarni kiritish shakli va jadvali

Loyihaning qoplanish muddati
(biznes-rejaga muvofiq)