06.04.2018 yildagi PQ-3657-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Moliyalashtirish summasi va manbalari*

Ijro muddati va amalga oshirish shakli

Mas’ul ijrochilar

I. Qimmatli baliq turlari va chavoqlarini intensiv yetishtirish uchun naslchilik-seleksiya ishlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida takomillashtirish

1.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida baliqchilik stansiyasi bazasida yiliga 10 mln. dona baliq chavoqlarini yetishtirish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi bilan naslchilik-seleksiya qo‘shma korxona tashkil qilish.

2 mlrd so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari,
kredit mablag‘lari

2018 yil

1-avgustgacha


tashkiliy tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Toshkent viloyati hokimligi (G. Ibragimov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Xolmurodov),

Ipoteka bankATIB

(O. Musayev), tijorat banklari

2.

Jizzax viloyatida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUKda yiliga 10 mln. dona baliq chavoqlarini yetishtirish bo‘yicha Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bilan naslchilik-seleksiya qo‘shma korxona tashkil qilish.

1 mlrd so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari,
kredit mablag‘lari

2019-yil
1-martgacha


tashkiliy tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), DSQ

(B. Musayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Beken�v),

Ipoteka bank ATIB

(O. Musayev), tijorat banklari

3.

Samarqand viloyatida hududiy “Samarqandbaliqsanoat” MChJ bazasida yiliga 10 mln dona baliq chavoqlarini yetishtirish bo‘yicha Vengriya Respublikasibilan naslchilik-seleksiya qo‘shma korxona tashkil qilish.

1 mlrd so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari,
kredit mablag‘lari

2019-yil
1-aprelgacha


tashkiliy tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Samarqand viloyati hokimligi (T. Jo‘rayev),
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),

Ipoteka bank ATIB

(O. Musayev)

4.

Xorazm viloyatining Xiva tumanida yiliga 2 mln. dona baliq chavoqlarini yetishtirish bo‘yicha Vyetnam Sotsialistik Respublikasibilan naslchilik-seleksiya qo‘shma korxona t�shkil qilish.

500 mln so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari,
kredit mablag‘lari

2018-yil
1-noyabrgacha


tashkiliy tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Xorazm viloyati hokimligi (I. Sabirov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),

Ipoteka bank ATIB

(O. Musayev)

5.

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidayiliga 3 mln. dona baliq chavoqlarini yetishtirish bo‘yicha Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bilan naslchilik-seleksiya qo‘shma korxona tashkil qilish.

500 mln so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari

2019-yil
1-avgustgacha


tashkiliy tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)

6.

Rossiya Federatsiyasidan xorijiy investorlar ishtirokida Xo‘jakent suv ombori (Bo‘stonliq tumani) misolida baliqning sovuq suvlarda yashaydigan turlarini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish.

10 mlrd so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari,
kredit mablag‘lari

2019-yil
1-aprelgacha


tashkiliy tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Ipoteka bank ATIB

(O. Musayev)

7.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida sovuq suvda yashaydigan qimmatbaho baliq turlarini (osetr, forel, losos va boshqalar) ota-ona to‘dasini yaratish.

5 mlrd so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari,
kredit mablag‘lari

2019-yil
1-maygacha


tashkiliy tadbirlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi(B. Umarov), TIV (B. Asadov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev)

8.

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li tumanlarida baliqning sovuq suvlarda yashaydigan turlari (forel, osetr, losos va boshqalar)ni intensiv tarzda yiliga 100 tonnadan yetishtirish bo‘yicha tajriba loyihalarini yaratish.

10 mlrd so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar,
kredit mablag‘lari

2020-yil
1-aprelgacha


tashkiliy tadbirlar

Andijon

(Sh. Abduraxmonov), Jizzax

(E. Saliyev), Qashqadaryo

(Z. Ruziyev), Namangan

(X. Bozarov), Samarqand

(T. Djurayev), Surxondaryo

(E. Turdimov) va Farg‘ona viloyatlari(Sh. Ganiyev), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), Ipoteka bank ATIB

(O. Musayev)

9.

Davlat-xususiy sherikchilik shartlarida gidroelektrostansiyalarda va energetik obyektlarda tashlama iliq suvlarda yil bo‘yi baliqning iliq suvlarda yashaydigan turlari (karp, som, tilyapiya, qora amur va boshqalar)ni intensiv yetishtirish bo‘yicha tajriba loyihalarini yaratish.

10 mlrd so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar,
kredit mablag‘lari

2019-yil
1-martgacha


tashkiliy tadbirlar

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov), “O‘zbekenergo” AJ

(U. Mustafoyev), “O‘zbekgidroenergo”AJ

(A. Sanginov),

Ipoteka bank ATIB

(O. Musayev)

10.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti negizida baliqning yangi mahsuldor turlarini (som, tilyapiya, qora amur va boshqalar) iqlimlashtirish.

Keyinchalik baliq xo‘jaliklari tashkilotlariga tatbiq qilgan holda ona baliqlar yetishtirish va baliqning nasldor sermahsul turlarini yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish.

900 mln so‘m,

byudjet mablag‘lari

2019 — 2023 yillarda


tashkiliy tadbirlar

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

11.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti negizida foydalanilayotgan texnologiyalarni baliqning osetr turlarini mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish quvvatlarini yaratish.

800 mln so‘m,
budjet mablag‘lari

2019-yil
1-yanvargacha


tashkiliy tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

12

Tabiiy suv havzalarini unumdorligini oshirish uchun ularda baliqlantirishtexnologiyalari va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2018-yil
1-iyulgacha


buyruq

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev),

Moliya vazirligi(A. Xaydarov)

II. Baliq mahsulotlarini(konserva, ikra, baliq uni, delikateslar va boshqalar)ishlab chiqarishni kengaytirish

13.

Har bir hududiy “Baliqsanoat” MChJda xalqaro talablarga muvofiq tayyor baliq mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish bo‘yicha bittadan ishlab chiqarish kompleksini tashkil qilish.

14 mlrd so‘m,

kredit mablag‘lari

2019-yil
1-yanvargacha


tashkiliy tadbirlar

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov), Ipoteka bank ATIB (O. Musayev)

14.

Birinchi navbatda, aholi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, keyinchalik qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish uchun baliqlarni qayta ishlash va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish (konserva, ikra, baliq uni va boshqalar) bo‘yicha zamonaviy komplekslar tashkil qilish.

10 mlrd so‘m,
loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar,
kredit mablag‘lari

2018-2019 yillar davomida


chora-tadbirlar kompleksi

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimligi

15.

Import bo‘yicha keltiriladigan baliq xomashyosidan baliq konservasini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish komplekslarini tashkil qilish.

loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari

2018-2019 yillar davomida


tashkiliy tadbirlar

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
DSQ (J. Aripov)

16.

Shisha idishlarda baliq konservalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va tasdiqlash.

-

2018-yil

1-avgustgacha

buyruq

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev)

III. Akvamadaniyatni rivojlantirish, er hamda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish

17.

Er va suv havzalaridan maqsadga nomuvofiq foydalanayotgan tabiiy va sun’iy suv havzalarini xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha quyidagi choralarniko‘rish:

ularni tovar baliqlar va baliq chavoqlarini yetishtirishga jalb qilish;

baliqchilik xo‘jaliklari sun’iy va tabii� suv havzalarining unumdorligini kadastr jihatdan baholagan holda yagona reyestr yaratish.

o‘z mablag‘lari

2018-yil
1-noyabrgacha

Davergeodezkadastr

(A. Abdullayev), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

(N. Bakirov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

18.

Sug‘orish tizimlarida (kanallarda) baliq yetishtirishda, shu jumladan, qafas (sadok) usulida xorij tajribasini o‘rganish (Turkiya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqalar).

O‘rganish natijalariga ko‘ra sug‘orish tizimlarida vaelektr energiyasini ishlab chiqarishda kichik gidroenergetika qurilmasini qo‘llab, akvamadaniyatni yanada rivojlantirish to‘g‘risida tahliliy ma’lumot tayyorlash va kiritish.

o‘z mablag‘lari

2019-yil

1-sentabrgacha


Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), TIV (B. Asadov)

19.

Baliqni sun’iy va tabiiy suv havzalarida hamda naslchilik-seleksiya korxonasida yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarini qo‘llagan holda intensiv usulda yetishtirish bo‘yicha baliqchilik xo‘jaligi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2018-yil
1-iyulgacha


buyruq

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Baliqlarni sholi ekilgan maydonlarda yetishtirishda baliq chavoqlariva oqsil moddasi yuqori ozuqalarni xarid qilishda fermer xo‘jaliklarining sarf xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2018-yil
10-maygacha


buyruq

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), “O‘zdonmahsulot” AJ (S. Xaydarov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Baliqchilik xo‘jaliklariga baliq chavoqlarini sotib olishda va tabiiy suv havzalarini baliqlantirishdanaslchilik-seleksiya korxonalariga subsidiyalar berish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2018-yil

1-avgustgacha


buyruq

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Sug‘orish tizimlarida (kanallarda) baliq yetishtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2018-yil
1-oktabrgacha


buyruq

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov), DSQ

(B. Musayev), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev)

23.

Sug‘orish tizimlarida (kanallarda) baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklarini ularni yagona soliq to‘lovi va yagona yer solig‘idan ozod qilib, bo‘shaydigan mablag‘larni suv xo‘jaliklari tashkilotlariga sug‘orish tizimlarining foydalanish ta’minotiga yo‘naltirgan holda rag‘batlantirish.

-

2018-yil

1-avgustgacha


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Moliya vazirligi

(V. Pak), DSQ

(B. Musayev), Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev)

24.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 1992-yil 10-dekabrdagi Dengiz huquqi to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini ishlab chiqish va uning yakunlariga ko‘ra aniq takliflar bo‘yicha tahliliy ma’lumot kiritish.

o‘z mablag‘lari

2018-yil 20-iyulgacha

tahliliy ma’lumot

TIV (B. Asadov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev)

25.

O‘zbekiston �espublikasi Qishloq va Suv xo‘jaliklari vazirliklari va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha xalqaro va xorijiy muassasalar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkazda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotida baliqchilik va akvamadaniyatni rivojlantirish komissiyasiga kirish.

o‘z mablag‘lari

2018-yil
10-iyungacha


chora-tadbirlar kompleksi

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), TIV (B. Asadov)

IV. Baliqchilik tarmog‘idagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish

26.

Baliqchilik tarmog‘ida xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2018-yil
1-iyungacha

Vazirlar Mahkamasi qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), vazirlik va idoralar

27.

Yangi yuqori mahsuldor karp ona baliqlar va baliqlar oziqlanadigan o‘simliklarni yetishtirish maqsadida havza baliqlarini naslchilik-seleksiya usullari genofondini saqlash va yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish.

1,5 mlrd so‘m,
budjet mablag‘lari

2019 2023 yillar

“O‘zbekchorvanasl” agentligi

(B. Atamuradov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

28.

Tropik turdagi baliqlarni (som baliqlari, tilyapiya va boshqalar) gormonal inyeksiyalarni qo‘llagan holda o‘stirish va boqish orqali sun’iy ko‘paytirish biologiyasi o‘ziga xosliklarini o‘rganish, shu jumladan qat’iy kontinental sharoitlarda ularning o‘sib borish, ko‘payishi, shuningdek, o‘rganish natijalarini mazkur faoliyatga joriy etish.

800 mln so‘m,
budjet mablag‘lari

2019 — 2023 yillar

“O‘zbekchorvanasl” agentligi (B. Atamuradov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

29.

Ko‘llar, tabiiy suv havzalari, intensiv tizimlarda (yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida,qafaslarda (sadok) basseynlarda) suvningharorati, yetishtirish zichligi, boqish va baliqlarga oid boshqariladigan boshqa omillarga bog‘liq holda baliqlarning har xil turlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

-

2018-yil

1-sentabrgacha

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev)

30.

Yuqori mahsuldor baliq turlarini yetishtirishning intensiv usullarini (qafaslar (sadok), yopiq suv aylanma tizimi qurilmalari, basseynlar) daromad keltirishi va texnologiyalarning barqarorligini asoslagan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish orqali joriy etish.

-

2019-yil
1-yanvargacha

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev)

31.

Quyidagilarni nazarda tutgan holdabaliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati samaradorligini oshirish, jumladan:

Institutning tashkiliy-shtat tuzilmasini optimallashtirish, ilmiy innovatsion tadqiqotlar natijalarini joriy etish va tijoratlashtirish;

Institut xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uni baliqchilik tarmog‘�dai malakali ish mutaxassislar bilan to‘ldirish;

mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirgan holda baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini o‘rganish va joriy qilish masalalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan har tomonlama hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, qimmatbaho baliqlarning turlarini ko‘paytirishda naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish.

-

2018-yil
20-iyungacha


Vazirlar Mahkamasi qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev), innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov), Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev)

32.

Quyidagilar bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish:

tabiiy suv havzalarida baliqlantiriladigan baliqlarning o‘sishi va reproduktiv imkoniyatlarining absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari;

intensiv shartlarda baliqlarni boqish va ratsionini hisoblash hamda yuqori ozuqalarni ishlab chiqarish uchun metodik ilmiy asoslarni ishlab chiqish;

bozordagi mavjud ingrediyentlardan baliq ozuqalari r�tsepturasini ishlab chiqish.

-

2018-yil
1-sentabrgacha

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev)

33.

Toshkent davlat agrar universiteti talabalarining amaliy o‘qitish va davlat xususiy sherikchilik shartlarida malakali kadrlarni tayyorlash uchun sovuq suvda yashaydigan qimmatbaho baliq turlarining baliq chavoqlarini yetishtirish va yiliga 200 tonna tovar baliqlarini (forel, osetr, losos va boshqalar) yetishtirish o‘quv-tajriba markazini tashkil qilish.

3 mlrd so‘m,

xalqaro grantlar, homiylik mablag‘lari, kredit mablag‘lari

2019-yil
1-martgacha


tashkiliy tadbirlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev),

Minvuz (I. Madjidov),

Toshkent davlat agrar universiteti

(B. Sulaymonov),

Ipoteka bank ATIB
(O. Musayev)

34.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida baliqchilik xo‘jaliklariga ixtiopatalogik xizmatko‘rsatish uchun ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va malakali kadrlar bilan to‘ldirgan holda hududiy laboratoriyalar tashkil etish.

Hududiy laboratoriyalar tarmog‘ini boshqa viloyatlarda kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritish.

8 mlrd so‘m,
budjet mablag‘lari, xalqaro grantlar, xorijiy investitsiyalar, kredit mablag‘lari

2019-yil
1-maygacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi (B. Umarov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), tijorat banklari

35.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining (“Baliqsanoat” MChJ) hududiy bo‘linmalarida:

baliqchilik xo‘jaliklari xodimlarini “usta-baliqchi” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlov va malaka oshirish kurslarini;

zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda inkubatsiya sexlari va baliq yetishtiruvchi joylar faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etish.

o‘z mablag‘lari

2018-yil
1-sentabrgacha

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Ipoteka bank ATIB (O. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimiyati

36.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi huzurida baliqchilik madaniyatini rivojlantirishning dolzarb masalalarini qamrab oluvchi,

jumladan:

baliqchilikda milliy va xorijiy ilmiy va amaliy innovatsion yutuqlarni;

yangidan boshlovchi va faoliyat yuritib kelayotgan baliqchilar uchun baliq yetishtirish texnologiyalarini to‘g‘ri tashkil etish uchun bilim orttirish va tushuntirishga oid materiallarni;

mamlakat ichida va tashqarisida sodir bo‘layotgan baliqchilik sohasidagi muhim voqealarni;

mahalliy va x�rijiy hamkorlar bilan ilmiy-amaliy va boshqa tadbirlar to‘g‘risidagi anonslarni;

O‘zbekiston Respublikasida baliqchilik sohasini rivojlantirishning statistik ma’lumotlar va tahliliy sharhlarni yoritib boruvchi “Baliqchilik” jurnalini ta’sis etish.

o‘z mablag‘lari

2018-yil 1-maygacha

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Axmedxodjayev),

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev)

V. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

37.

Toshkent davlat agrar universiteti huzurida “Baliqchilik” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash hamda pedagogik kadrlar malakasini oshirish markazi tashkil etish.

610 mln so‘m,

byudjet mablag‘lari

2018/2019 o‘quv

yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

38.

Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining “Baliqchilik” yo‘nalishi bo‘yicha talabalari 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab tizimli ravishda (bir yildan kam bo‘lmagan holda) baliqchilik xo‘jaliklari komplekslari va tashkilotlari, jumladan, “Baliq ishlab chiqaruvchi” EIZda bevosita amaliyot o‘taydilar.

-

2018/2019 o‘quv

yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev)

39.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida “Baliqchilik” yo‘nalishlarida bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasini kamida ikki barobarga oshirish;

Toshkent davlat agrar universitetida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab “Baliqchilik” yo‘nalishi bo‘yicha 6 nafardan iboratmagistratura kursini tashkil etish.

-

2018-yil
1-maygacha


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Vazirlar Mahkamasi

(A. Aripov), Minvuz (I. Madjidov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev)

40.

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari xodimlari, o‘qituvchi-professorlar tarkibi hamda baliqchilik xo‘jaliklari va korxonalari rahbarla�ining stajirovka o‘tashi, tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish, talabalarni Astraxan davlat texnika universitetida (Baliqchilik xo‘jaligi, biologiya va tabiatdan foydalanish instituti)da o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish.

125 mln so‘m,

budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

2018yil davomida


Vazirlar Mahkamasi qarori

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

41.

Astraxan davlat texnika universiteti (Baliqchilik xo‘jaligi, biologiya va tabiatdan foydalanish instituti) filialini tashkil etish masalasini ishlab chiqish.

byudjet mablag‘lari

2018-yil
1-sentabrgacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), TIV (B. Asadov)

VI. Baliqchilik tarmog‘ida eksport salohiyatini oshirish

42.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida baliq mahsulotlarini sanoat ishlab chiqarish, qadoqlash va saqlash bo‘yicha klasterlar tashkil etish hamda shunday amaliyotga ega xorij mamlakatlarining tajribasini o‘rganish va chuqur tahlil qilish.

Tashkil etilgan klasterlarda keyinchalik tayyor baliq mahsulotlarini sotish uchun eksport qilishga mo‘ljallangan logistika markazlarini tashkil etish.

loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar,
kredit mablag‘lari

2018-2019 yillarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev),

Tashqi savdo vazirligi
(J. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirlig�

(I. Abduraxmonov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov)

43.

Xorijiy investorlarni yuqori oqsilli baliq ozuqalarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni (ekstruditsiya qilingan, boshlang‘ich, mahsulot ko‘rinishidagi) birgalikda amalga oshirishga jalb qilish.

loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar,
kredit mablag‘lari

2018-yil
1-dekabrgacha

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Xolmurodov),

Tashqi savdo vazirligi
(J. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev)

44.

Qo‘shni davlatlarga tirik tovar baliqlarini sotish eksportining soddalashtirishgan tartibi bo‘yicha nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2018-yil
1-sentabrgacha


Vazirlar Mahkamasi qarori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), DBQ (J. Aripov), Davlat veterinariya qo‘mitasi (B. Norkobilov)

VII. Baliqchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini ko‘paytirish, baliq iste’mol qilish madaniyatini, shuningdek, O‘zbekbaliqsanoat uyushmasining baliqchilik sohasini boshqarish va muvofiqlashtirishdagi rolini yanada oshirish

45.

“O‘zdonmahsulot” AJ korxonalari tomonidan faoliyat olib borayotgan kombikorm zavodlarini modernizatsiyalash hisobiga aralash ozuqalarni ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va kombikorm ishlab chiqarishning yangi liniyalarini tashkil etish.

loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar,
kredit mablag‘lari

2018-yil
15-oktabrgacha

“O‘zdonmahsulotAK

(S. Xaydarov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Ipoteka bank ATIB (O. Musayev)

46.

Yuqori oqsilli granulalangan ozuqalar ishlab chiqarishni, jumladan, davlat-xususiy sherikchilik asosida yetakchi xorij ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish orqali rivojlantirish.

Baliq chavoqlarini samarali yetishtirishni va dastlabki bosqichlarda ulardagi yo‘qotishlarni qisqartirishni ta’minlash uchun tirik ozuqalar (dafniya, artemiya va boshqalar) ishlab chiqarishning mahalliy innovatsion texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish.

loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar,
kredit mablag‘lari

2018-yil
1-sentabrgacha


chora-tadbirlar kompleksi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi(Sh. Xamrayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov), “O‘zdonmahsulotAK

(S. Xaydarov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), SSP (A. Ikramov)

47.

Omuxta yemishlab chiqarishni oshirish va baliqchilik xo‘jaliklari talablarini qondirish maqsadida respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va komponentlarni sotib olish uchun tijorat banklarigaimtiyozli kreditlar berish bo‘yicha tavsiyalar yo‘llash.

loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar,
kredit mablag‘lari


2018 yil davomida

Markaziy bank
(M. Nurmuratov),

tijorat banklari,

“O‘zdonmahsulotAK

(S. Xaydarov),

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev)

48.

2018-2019-yillarda Nukus, Toshkent shaharlari va barcha viloyatlar markazlaridaaholiga tovar baliqlari, konservalangan baliq mahsulotlari va yarimfabrikatlar sotishbo‘yicha qo‘shimcha infratuzilmali zamonaviy savdo komplekslari tashkil qilish hamda mazkur komplekslarda ovqatlanish punktlarini tashkillashtirish.

mahalliy budjet mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari

2018-yil
1-iyungacha


Vazirlar Mahkamasi qarori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov)

49.

2018-yilda aholi o‘rtasida baliq mahsulotlarida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan katta miqdordagi foydali xususiyatlar mavjudligi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan, uylarda, videoroliklar, bosma mahsulotlari, reklamalar tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishni tashkillashtirish.

o‘z mablag‘lari

2018-yil
15-maygacha
ishlab chiqish va tasdiqlash


tashviqot-targ‘ibot tadbirlar kompleksi

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), MTRK (A. Xodjayev), O‘zA (A. Kuchimov), Qoraqalpog‘istonRespublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

50.

Haftada bir marotaba,qoida tariqasida davlat organlari tashkilotlari oshxonalarida asosan baliqdan iborat salatlar va ovqatlar tayyorlashni tashkil etish.

-

doimiy

Davlat organlari va tashkilotlari

51.

Baliqchilik tarmog‘ini boshqarishda,uning tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish va muvofiqlashtirish, shu jumladan, uyushmaning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish yo‘li bilan “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi rolini yanada oshirish.

Baliqchilik xo‘jaliklarining “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga kirishda, jumladan, innovatsiyalarni tatbiq etish, davlat-xususiy sherikchilik hamkorligini rivojlantirish, samarali xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiyalar jalb qilish orqali manfaatdorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

-

2018-yil
1-noyabrgacha


tashkiliy tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

(A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

VIII. Baliqchilik xo‘jaliklarining moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish

52.

Baliqchilik xo‘jaliklari uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning idoraviy korxonalari negizida yillik quvvati 400 dona (qayiq va katerlar), 200 dona (qamish o‘roq mashinasi), 200 dona (vaqtincha yashash uchun maxsus vagonlar)baliqchilik tarmog‘i ishchilariga qayiqlar va katerlar, vaqtincha yashash uchun maxsus vagonlar ishlab chiqarish komplekslarini tashkil etish.

o‘z mablag‘lari

2019-yil
1-yanvargacha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(A. Ramatov), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), manfaatdor vazirlik va idoralar

53.

Quyuq kislorodni saqlash va tashishda ishlatiladigan zamonaviy xavfsiz idishlarni (og‘irligi 1 tonnagacha bo‘lgan 200 dona yiliga) qo‘shimcha uskunalar bilan birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish.

o‘z �ablag‘lari

2019-yil
1-yanvargacha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(A. Ramatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

54.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning idoraviy korxonalari negizida zamonaviy qafas (sadok) qurilmalari va ularga xizmat qiluvchi qo‘shimcha jihozlar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

o‘z mablag‘lari

2019-yil
1-aprelgacha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(A. Ramatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

55.

“O‘zeltexsanoat” AJning idoraviy korxonalari negizida yillik hajmi 1000 dona bo‘lgan qo‘shimcha energiya tejash uskunasi bilan turli ko‘rinishdagi zamonaviy aeratorlar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

o‘z mablag‘lari

2019-yil
1-martgacha

“O‘zeltexsanoat” AJ

(A. Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

56.

“O‘zeltexsanoat” AJning idoraviy korxonalari negizida ozuqalarni yetkazib berish bo‘yicha yillik hajmi 300 dona bo‘lgan qafas (sadok) qurilmalari va kislorod uzatishda avtomatlashtirilgan zamonaviy masofadan boshqarish uskunasi ishlab chiqarishni tashkil qilish.

o‘z mablag‘lari

2019-yil
1-martgacha

“O‘zeltexsanoat(A. Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

57.

“O‘zavtosanoat” AJning idoraviy korxonalari negizida uzoq masofalarga tirik baliqni tashish uchun izotermik konteynerli tirik baliq tashuvchi zamonaviy transport ishlab chiqarishni tashkil etish (10 dona 10 tonnalik MAN avtomobili, 20 dona 5 tonnalik ISUZU avtomobilinegizida izotermik konteynerlarga ega tirik baliq tashuvchi transportlar).

o‘z mablag‘lari

2019-yil
1-martgacha

“O‘zavtosanoat(U. Salimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

58.

Baliqchilik xo‘jaliklariga ish va xizmatlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida mobil zemsnaryad yordamida sun’iy suv havzalarini meliorativ mexanizatsiyalashgan tarzda tozalash va chuqurlashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi korxona tashkil qilish.

o‘z mablag‘lari

2018-yil
1-sentabrgacha

Vazirlar Mahkamasi qarori

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev), “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi
(A. Ergashev)

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)