Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2026 13.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3053
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 13.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3053
Кучга кириш санаси
14.08.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3053]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 5-iyundagi 370-son, Soliq qoʻmitasining 2026-yil 19-maydagi 2026-09-son va Turizm qoʻmitasining 2026-yil 30-maydagi 09-mx-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3053-2, 15.06.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga qiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-60-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B. UMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-qq-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 12-iyuldagi 110, 2018-60 va 4-qq-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandiga muvofiq soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 million soʻmgacha — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 2020-yilning 1-yanvariga qadar sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital taʼmirlash va qurishga yoʻnaltirilgan xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 million soʻmgacha — har yili 2025-yilning 1-yanvariga qadar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiyena tarmoqlarini (farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni toʻlash), turizm infratuzilmasi obyektlarini (tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat koʻrsatish obyektlari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha toʻxtash joylari, yoʻlboʻyi infratuzilmasining servis xizmatlar koʻrsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, doʻkonlar va odamlar gavjum boʻladigan boshqa joylarni) saqlashga yoʻnaltirilgan xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq solinadigan bazaning kamaytirilishi foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 17-fevraldagi 3-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 11-fevraldagi 2022-05-son hamda Turizm va sport vazirligining 2022-yil 8-fevraldagi 11-MN-son qarori (roʻyxat raqami 3053-1, 11.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2022-y., 10/22/3053-1/0211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Soliq imtiyozlarining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq solinadigan bazaning 100 million soʻmgacha kamayishi, bir martalik yoki qismlarga boʻlingan holda, 2020-yil 1-yanvar muddatigacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan soliq solinadigan bazaning 12 million soʻmgacha kamayishi har yili 2025-yil 1-yanvargacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan imtiyozga ega boʻlish uchun soliq toʻlovchi sanitariya-gigiyenik tarmoqlarning sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining xulosasini (bundan buyon matnda Sanepidqoʻmning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining xulosasi deb yuritiladi) olishi lozim.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3830, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyenik tarmoqlarini qayta tiklash, kapital taʼmirlash va qurish tegishli soliq boʻyicha bir nechta hisobot davrlarida olib borilgan hollarda, soliq solinadigan bazasini kamaytirishni ishlar yakunlanganidan keyin Sanepidqoʻmning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining xulosasini taqdim etish sharti bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3830, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soliq toʻlovchi tomonidan 2020-yil 1-fevralgacha Sanepidqoʻmning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining xulosasi olinmagan taqdirda, soliq toʻlovchining ushbu obyektning tegishli qismiga nisbatan soliq solinadigan bazasini kamaytirishga boʻlgan imtiyoz bekor qilinadi va u soliq solinadigan bazasining kamaytirilgan davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi lozim.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3830, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq soliq solinadigan bazasi hujjatlar bilan tasdiqlangan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyenik tarmoqlarini qayta tiklash, kapital taʼmirlash yoki qurish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan imtiyoz, soliq toʻlovchi tomonidan Sanepidqoʻmning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining xulosasini olganidan keyin, taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3830, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq soliq solinadigan bazasi sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiyena tarmoqlarini (farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni toʻlash), turizm infratuzilmasi obyektlarini (tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat koʻrsatish obyektlari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha toʻxtash joylari, yoʻl boʻyi infratuzilmasining xizmatlar koʻrsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, doʻkonlar va odamlar gavjum boʻladigan boshqa joylarni) saqlashga yoʻnaltirilgan xarajatlarining hujjatlar bilan tasdiqlangan summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-gigiyenik tarmoqlarni saqlashga yoʻnaltirilgan xarajatlarni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, ular sanitariya-gigiyenik tarmoqlarning farroshlar xizmat koʻrsatadigan umumiy maydonga nisbati (yigʻishtirish boʻyicha xarajatlarni hisoblash vaqtida) yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan band etilgan umumiy maydonga nisbati (kommunal toʻlovlarni aniqlash vaqtida) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq imtiyozlarini toʻgʻri qoʻllanish ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2018-y., 10/18/3053/1696-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 11.03.2022-y., 10/22/3053-1/0211-son; 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)