08.08.2018 yildagi 634-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni taʼminlash va shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish, aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-son qaroriga asosan faoliyat yuritmayotgan korxonalar va ishlab chiqarish maydonlari negizida 17 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 100 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan obyektlarini 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari tarkibiga (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli davlat mulki boʻlgan obyektlarning bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini, shuningdek, davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni budjet hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi soliq boʻyicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda – ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligiga berish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 1-ilovada qayd etilgan KSZlar chegaralarini bir oy muddatda aniqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZlar hududiga kiritilgan hududlarda faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarori bilan tashkil etilgan Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Toshkent viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Toshkent viloyati KSZlarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, Toshkent viloyati KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ikki oy muddatda ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati KSZlari hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Toshkent viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018-yil 15-oktabrda va 2019-yil 15-yanvarda axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-dekabrdagi 1040-son qaroriga 2-ilovaning 43-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov va Toshkent viloyati hokimi G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
634-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 634-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritiladigan davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

KSZ nomi

KSZ tarkibiga kiritilayotgan obyektlarning nomi

Hududi

(ga)*

Bino va inshootlar maydoni (kv.m)*

1.

Angren shahar
KSZ

“Naqlgazmaxsus-qurilish” AJ Namuna filiali 4-uchastkasi hududining bir qismi**

2,0

2.

Ohangaron tumani KSZ

Ohangaron tumani hokimligiga berilgan sobiq “Ohangaron” sovxozi bino va inshootlari

2,1

1 981,8

3.

“Yangi-Angren IES” AJ mahsulotlarni qayta ishlash sexining bino va inshootlari**

6,38

8 111,8

4.

Ohangaron tumani hokimligiga biriktirilgan bino va inshootlar

2,5

3 690,0

5.

Bekobod shahar KSZ

“Dalvarzin paxta tozalash” AJning sobiq paxta tozalash zavodi bino va inshootlari (shu jumladan yuklarni ortish sexi)**

2,47

1 216,7

6.

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” IChB tuman qozonxona bino va inshootlari***

3,6

8 135,0

7.

“Bekobod Agroservis MTP” MChJ hududining bir qismi**

1,8

8.

Quyichirchiq tumani KSZ

Quyichirchiq tumani tibbiyot birlashmasining sobiq yuqumli kasalliklar shifoxonasi bino va inshootlari

2,5

1 500,0

9.

Chirchiq shahar KSZ

“Maksam Chirchiq” AJ ishlab chiqarish maydoni**

4,0

18 755,4

10.

“Maksam Chirchiq” AJning qurilishi tugallanmagan obyekti va yer maydoni**

28,0

3 888,0

12.

Yangiyoʻl tumani KSZ

“Olmazor TMTYICh” DKning maʼmuriy va ishlab chiqarish bino va inshootlari

5,59

7 258,0

JAMI:

67,64

97 054,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bino va inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Binolar budjet hamda davlat maqsadli jamgʻarmalar oldidagi qarzdorlikni kamaytirish boʻyicha qoldiq (balans) qiymati hisobiga beriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi 538-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 634-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzilli roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdor/
Quvvat

Xarajatlar miqdori*
(mln. soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Angren shahar KSZ

1.

VL-6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

3,2

210,0

“Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

1,2

70,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

3.

d=160 mm boʻlgan oqova suv tarmogʻini qurish

km

1,1

160,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

4.

d=102 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

0,9

145,8

“Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

585,8

Ohangaron tumani KSZ

Ohangaron tumani hokimligiga berilgan sobiq “Ohangaron” sovxozi bino va inshootlari

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

0,8

98,0

“Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=50 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish va nasos agregatini oʻrnatish

km

dona

0,3

1

50,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

3.

d=160 mm boʻlgan oqova suv tarmogʻini qurish

km

1,1

160,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

4.

d=102 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

0,5

81,0

“Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

389,0

“Yangi-Angren IES” AJ mahsulotlarni qayta ishlash sexining bino va inshootlari

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

0,7

96,0

“Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=110 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish va nasos agregatini oʻrnatish

km

dona

0,3

1

90,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

3.

d=60 mm boʻlgan oqova suv tarmogʻini qurish

km

0,15

40,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

226,0

Ohangaron tumani hokimligiga biriktirilgan bino va inshootlar

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

0,6

92,0

“Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=110 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish va nasos agregatini oʻrnatish

km

dona

0,4

1

100,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

3.

d=76 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

0,25

40,5

“Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

4.

d=160 mm boʻlgan oqova suv tarmogʻini qurish

km

0,15

40,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

272,5

Bekobod shahar KSZ

“Dalvarzin paxta tozalash” AJning sobiq paxta tozalash zavodi bino va inshootlari (shu jumladan yuklarni ortish sexi)

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

1,6

185,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=110 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

0,1

15,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

200,0

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” IChB tuman qozonxona bino va inshootlari

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

1,8

205,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

205,0

Quyichirchiq tumani KSZ

1.

10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini yotqizish

km

0,1

5,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

0,3

24,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

29,0

Chirchiq shahar KSZ

“Maksam Chirchiq” AJ ishlab chiqarish maydoni

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

0,9

110,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

110,0

“Maksam Chirchiq” AJning qurilishi tugallanmagan obyekti va yer maydoni

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

0,9

110,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

110,0

“Olmaliq TMK” AJning noyob metall va qattiq qotishmalarni ishlab chiqarish boʻyicha Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining obyektlari

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

0,7

98,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

98,0

Yangiyoʻl tumani KSZ

1.

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi havo liniyasini qurish

km

1,8

240,0

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

Nasos agregatini oʻrnatish

dona

1

65,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

305,0

HAMMASI:

2 530,3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 09/18/634/1683-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)