Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq hamda elektron shaklda tovarlarni bojxonada deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq 2018-yil 1-iyuldan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida toʻldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxatini shakllantiruvchi “Deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxati” interaktiv xizmatini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
605-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash jarayonini (keyingi oʻrinlarda elektron deklaratsiyalash deb ataladi) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron deklaratsiyalash — bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda BYD deb ataladi) hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun lozim boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni, BYDni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan (keyingi oʻrinlarda bojxona organi deb ataladi) davlat bojxona xizmati organiga idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan elektron shaklda taqdim etish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda YAAAT deb ataladi) bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni berish va kiritish yoxud uzatish vazifalari yuklangan organlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar — vakolatli organlar tomonidan beriladigan, YAAATga kiritiladigan yoki uzatiladigan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan, ruxsat berish xarakteriga ega boʻlgan hujjatlar hamda roʻyxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjat va maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etiladigan hujjatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda DBQ deb ataladi) tomonidan belgilangan shaklda YAAATga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritiladigan roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron deklaratsiya — DBQ tomonidan belgilangan formatda elektron hujjat koʻrinishida tayyorlangan BYD.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BYDni oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BYDni toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxat — deklarant tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YIDXP) “Deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxati” interaktiv xizmatiga(dan) qoʻshish va chiqarish yoʻli bilan shakllantiriladigan deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni elektron deklaratsiyalashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda TEDAAT deb ataladi) — vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarining aloqasini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar kompleksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarlarni elektron deklaratsiyalash jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. YAAATning vakolatli organlar axborot tizimlari bilan aloqasi maʼlumotlarni oʻtkazish telekommunikatsiya tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBQ va vakolatli organlar doimiy ravishda oʻz axborot tizimlarini uzluksiz ishlashi boʻyicha kerakli ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektron deklaratsiyalash jarayoni toʻrt bosqichdan iborat boʻlib, ushbu Nizomning 1-ilovasidagi Sxemaga muvofiq amalga oshiriladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda YAAATga idoralararo hamkorlik darajasida, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar, shuningdek, vakolatli organlar roʻyxatiga asosan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — deklaratsiyalovchi shaxs elektron deklaratsiya hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, oʻzining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) bilan tasdiqlaydi va TEDAAT orqali bojxona organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant roʻyxatga bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritishi hamda uning tomonidan bojxona organlariga elektron deklaratsiyani taqdim etish vakolat muddatini koʻrsatishi kerak, bundan xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik muassasalari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar elektron deklaratsiya xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalari nomidan taqdim etilsa bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoki boshqa shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda — elektron deklaratsiya va taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgandan soʻng YAAAT elektron deklaratsiya toʻldirilishi va taqdim etilgan hujjatlar toʻgʻri toʻldirilganligi boʻyicha dastlabki avtomatlashtirilgan mantiqiy nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki avtomatlashgan mantiqiy nazorat natijasida kamchiliklar aniqlansa, YAAAT real vaqt rejimida bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvlarning ijobiy natijasida elektron deklaratsiyaga avtomatlashgan tartibda roʻyxat raqami berilib YAAATda roʻyxatga olinadi va ushbu deklaratsiya yuridik kuchga ega boʻlgan hujjatga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron deklaratsiya avtomatlashgan tartibda bojxona organlarining axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi yoki tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organi xodimlari oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda hujjatlarda mavjud maʼlumotlarning ishonchliligiga deklaratsiyalovchi shaxs javobgardir.
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi bosqichda — bojxona organi xodimi bojxona rasmiylashtiruvini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Rasmiylashtiruv jarayonida nomuvofiqliklar (tafovutlar) yoxud bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlansa, bojxona organi xodimi uch soat ichida deklaratsiyalovchi shaxsga bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar roʻyxatini oʻz ichiga olgan elektron xabarnoma joʻnatadi yoki taqdim etilayotgan hujjatlarning qogʻoz manbalarda talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qogʻoz manbalardagi hujjatlarni oʻrganish natijasida bojxona organi xodimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonunchiligi buzilishi mavjud boʻlmagan holatda — taqdim etilgan hujjatlarni toʻliq miqdorda taqdim etgan shaxsga qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik aniqlanganda — qonunchilikda belgilangan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari boshqa vakolatli organlarda mavjud zarur hujjatlar va maʼlumotlarni elektron shaklda axborot almashinuvi yoʻli bilan mustaqil ravishda oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida xavflarni boshqarish tizimini qoʻllaydi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. BYDni toʻldirish hamda elektron deklaratsiyalarni avtomatik holda roʻyxatga olish va rasmiylashtirish, shuningdek, taqsimlash tizimi ishlashi tartibi DBQ tomonidan belgilanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBQ bojxona yuk deklaratsiyalari hamda taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shaklini tasdiqlaydi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakli belgilanmagan holatda ushbu hujjatlarning skaner orqali olingan nusxalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron deklaratsiyani hamda taqdim etiladigan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etayotganda ERIdan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. ERIni tarqatish va uning hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi — elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazi tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron hujjatlarni taqdim etganda, quyidagilar elektron hujjatlar almashinuvi ishtirokchilari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni YAAATga kirituvchi va uzatuvchi vakolatli organlar xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) TEDAATga elektron deklaratsiya va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni taqdim etuvchi deklaratsiyalovchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektron deklaratsiya va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtiruvchi bojxona organi xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elektron deklaratsiyani imzolash vakolatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs (elektron raqamli imzo kalitining egasi) elektron deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlovchi shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. DBQning dasturiy-apparat vositalari delaratsiyalovchi shaxslarning ERIsining haqiqiyligi va ularning roʻyxatda mavjudligini tekshirish jarayonini, shuningdek, elektron shakldagi TEDAAT va YAAATga kelib tushish sana va vaqtini koʻrsatuvchi ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni qabul qilishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Elektron deklaratsiyalash tizimi foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona organlari, deklarantlar va bojxona brokerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda elektron deklaratsiyalar va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron deklaratsiyani toʻldirishda asos boʻlgan qogʻoz shaklidagi hujjatlarning saqlanishi boʻyicha javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq deklarant zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant elektron deklaratsiyani toʻldirishda asos boʻlgan qogʻoz shaklidagi hujjatlarning xavfsiz saqlanishi sharoitlarini taʼminlashi va ularga oʻzgartirish kiritishdan himoyalashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tomonidan bojxona organlariga elektron deklaratsiya oʻz nomidan taqdim etilganda, u qonun hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning huquq va majburiyatlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektron deklaratsiyalarning qogʻoz shaklidagi nusxalarini bojxona organlari tomonidan tasdiqlash tartibi DBQ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron deklaratsiyalardagi aniq kelishuvlar va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar konfidensial hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining amalga oshirgan operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBQ deklaratsiyalovchi shaxslarga TEDAAT va DBQ tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan elektron deklaratsiyalarning qogʻoz shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Deklaratsiyalovchi shaxslar, qonun hujjatlariga muvofiq, yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan elektron deklaratsiyalardagi maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvida elektron deklaratsiyalash jarayonidan foydalanayotgan deklarantlar qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatga kiritilayotgan maʼlumotlar uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarning elektron shaklini shakllantirishda vakolatli organlar xodimlari tegishli maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi hamda ularning toʻgʻriligi uchun shaxsan masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari xodimlari elektron deklaratsiyalarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar, bojxona organlarining axborot tizimi tomonidan rasmiylashtirilgan elektron deklaratsiyalar bundan mustasno.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YAAAT dasturiga ulangan bojxona va vakolatli organlar oʻz vakolatlari doirasida tashqi savdo operatsiyalarni amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari va davlatga zarar yetkazuvchi tizimdagi mavjud maʼlumotlarga noqonuniy kirish, ularni oʻzgartirish yoki boshqa harakatlardan himoyalash boʻyicha zarur boʻlgan tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAAAT dasturidagi maʼlumotlarga kirish huquqi boʻlgan bojxona va vakolatli organlar xodimlari mazkur maʼlumotlarni oshkor etish, oʻz maqsadlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanish hamda uchinchi shaxslarga maʼlumotlarning belgilangan himoya qoidalarini buzgan holda, ularni olish imkoniyatini yaratish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda deklaratsiyalash tartibotini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni elektron shaklda bojxonada deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularni berish boʻyicha vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r
Ruxsat etuvchi va boshqa hujjat nomi
Vakolatli organ nomi
1.
Import kontraktlari boʻyicha xulosa (Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan taqdirda)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK
3.
Oʻziga xos tovarlarning eksporti va importi uchun litsenziya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati
4.
Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
5.
Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mulk uchun sertifikat
“Oʻzbekekspertiza” AJ va uning hududiy boʻlinmalari
6.
Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish hamda saqlash, shuningdek avtomobil va temir yoʻl transportida tashish uchun ruxsatnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
7.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, sotib olish, saqlash, olib yurish, tashish, sotish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash hamda koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.
8.
Oʻzbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish yoki vaqtinchalik olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
9.
Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlar eksporti, importi va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun ruxsatnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi
12.
Sanitariya-epidemiologik xulosa
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi
13.
Import qilinayotganda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan xom ashyolar roʻyxatida koʻrsatilgan “in bulk” mahsulotlar turlari uchun xulosa
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi
14.
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, chetga olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
15.
Muvofiqlik sertifikati
“Oʻzstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan sertifikatsiyalovchi organlar
16.
Yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish sertifikati*
Vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari
17.
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlar eksportiga yoki importiga ruxsatnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
171.
Ekologik sertifikat.
18.
Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
19.
Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar va tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
20.
Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma
21.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslashuv markazi
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Davlat xizmatlari markazlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Agar sertifikat yoki tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlsa, u deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda TEDAATga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Qonun hujjatlariga asosan eksport-import yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan, lekin ushbu roʻyxatda koʻrsatilmagan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan TEDAATga kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
LexUZ sharhi
2-ilovaning 1, 4, 7, 9-10, 171-pozitsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 137-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 51-modda) ilovaning 75-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 20-iyuldagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 62-modda) ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 18-son, 325-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) 1-ilovaning 59-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi 624-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda) 3-ilovaning 15-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 60-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 19-modda) ilovaning 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-son Qonuni)” 2018-yil 28-maydagi 392-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 124-modda) ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda) ilovaning 77-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 25-iyundagi 467-son qaroriga ilovaning 6-bandi.