31.07.2018 yildagi 605-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxonada deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq hamda tovarlarni bojxonada deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq 2018-yil 1-iyuldan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida toʻldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaga olib kiriladigan tovar toʻgʻrisidagi hisobvaraq-faktura (invoys)da koʻrsatiladigan minimal maʼlumotlar roʻyxati 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxatini shakllantiruvchi “Deklaratsiyalovchi shaxslar roʻyxati” interaktiv xizmatini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
605-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish orqali deklaratsiyalash, shu jumladan, uni avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish jarayonini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-arxiv” interaktiv xizmati — tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalashni shakllantirishga asos hisoblangan elektron hujjatlarni taqdim etish hamda saqlash uchun moʻljallangan va deklaratsiyalash jarayoni va bojxona rasmiylashtiruvi davomida bojxona xizmati organlari bilan axborot almashuviga qaratilgan bir martalik elektron arxivni yaratish imkonini beruvchi xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan axborot tizimi) — vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlari aloqasini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona brokeri — bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni deklarant yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis (keyingi oʻrinlarda — mutaxassis) — bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha ish bajaradigan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasi — deklarant, bojxona brokeri yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan davlat bojxona xizmati organiga (keyingi oʻrinlarda — bojxona xizmati organlari) taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasini avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish — bojxona yuk deklaratsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi) masʼul bojxona xizmati organlarining xodimi ishtirokisiz, maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni berish va kiritish yoxud uzatish vazifalari yuklangan organlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki deklarantning yoxud deklarant bilan shartnoma tuzgan bojxona brokerining shtat birligida boʻlgan bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIF ishtirokchilari roʻyxati — deklarant tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “TIF ishtirokchilari roʻyxati” interaktiv xizmatiga qoʻshish va chiqarish yoʻli bilan shakllantiriladigan TIF ishtirokchilari roʻyxati;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonch bildirilgan shaxs — tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashni toʻldirishga asos boʻlib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar hamda maʼlumotlarga javobgar hisoblangan, deklarantning nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi vakolatli shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar — vakolatli organlar tomonidan beriladigan, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yoki “us-uz.gov.uz” axborot tizimiga kiritiladigan yoki uzatiladigan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan, ruxsat berish xarakteriga ega boʻlgan hujjatlar hamda roʻyxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjat va maʼlumotlar;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etiladigan hujjatlar — Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yoki “us-uz.gov.uz” axborot tizimiga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritiladigan roʻyxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar;
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan elektron xabarnoma — bojxona axborot tizimi orqali maʼlum bir formatdagi elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxslarga avtomatlashgan tarzda yuboriladigan bojxona organi xodimi tomonidan tovarlarga nisbatan qabul qilingan qarori haqidagi elektron shakldagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi shaxsiy kabineti (keyingi oʻrinlarda — TIF ishtirokchisi kabineti) — tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining bojxona xizmati organlari bilan personallashtirilgan oʻzaro aloqa va axborot almashinuvi asosida roʻyxatdan oʻtgan holda bojxona xizmati organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanish uchun moʻljallangan davlat bojxona xizmatining elektron platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning elektron deklaratsiyasi — (keyingi oʻrinlarda — TED) ERI bilan tasdiqlangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona xizmati organlariga taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasining elektron koʻrinishidagi shakli;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
format-mantiqiy nazorat — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida yoki “us-uz.gov.uz” axborot tizimida bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlarini mantiqan oʻzaro taqqoslash yoki bojxona xizmati organlarida mavjud axborotlar bilan solishtirish va bojxona yuk deklaratsiyasini belgilangan formatga muvofiqligini dastlabki tekshiruvdan oʻtkazish jarayoni;
(2-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron shaklida deklaratsiyalash — tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun lozim boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni, bojxona yuk deklaratsiyasini qabul qilish huquqiga ega boʻlgan bojxona xizmati organlariga idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan elektron shaklda taqdim etish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatning asli — elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan boʻlsa, asli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi orqali deklaratsiyalash elektron shaklda, shuningdek, mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda yozma shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari tovar yetkazib berilgan manzilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun maxsus ajratilgan joylarda va bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk operatsiyalarini vakolatli shaxs yoki tashuvchining yozma arizasiga koʻra boshqa joylarda va (yoki) qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida yuk operatsiyalarini amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan boʻlsa, oʻsha bojxona organining belgilangan ish vaqtidan tashqari paytda oʻtkazishga shu bojxona organining nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovar kelib tushadigan bojxona organi joylashgan yerlarga yoki joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib tushadigan bojxona organi ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib berilganda, u bojxona nazorati zonasiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashuvchi tovar kelib tushadigan bojxona organini tovar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida tovarlarni va uning kuzatuv hujjatlarini taqdim etish orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabar qilish tovarlar yetkazib berilganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay, tovarlar tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytida yetkazib berilganda esa, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovarlar manzil bojxona postiga yetkazilgandan soʻng tovarlarning yetib kelganligini tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlar “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan nazoratdan oʻtkazilib, bojxona organlarining axborot tizimi orqali tovar va transport vositasini manzilga yetib kelganligini tasdiqlash va nazoratdan yechish boʻyicha bojxona organlarining qarori maʼlum qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilganiga qadar qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona nazorati ostida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida transport hamda tijorat hujjatlaridan, shu jumladan xalqaro tashishlari amalga oshirilayotganda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan va ularda, tovarni joʻnatuvchi (qabul qiluvchi)ning nomi va joylashgan yeri, tovar joʻnatilgan mamlakat va kelib tushadigan mamlakati, tovarning nomi, miqdori, ogʻirligi (kilogrammlarda) yoki hajmi (metr kublarda), yuk joylarining soni, tovarning oʻrash-joylash hamda tamgʻalash xususiyati va usullari hamda tovarning faktura qiymati va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga muvofiq tasnif kodi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar bojxona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovar yetkazib berilganidan hamda tovar kelib tushadigan bojxona organiga tegishli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim qilinganidan keyin tovar tushirib olinadi yoki qayta ortiladi, bojxona omboriga vaqtincha saqlash uchun joylashtiriladi va muayyan bojxona rejimiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tovarlar doimiy bojxona nazorati ostida boʻlganda va tovarlar bojxona organiga topshirilgandan keyin bojxona rasmiylashtiruvi yigirma toʻrt soat ichida tugallanganda, vaqtincha saqlash bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvining bosqichi sifatida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona yuk deklaratsiyasi tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi, bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona yuk deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilganiga qadar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. “Eksport” va “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib oʻtiladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasi hamda tovarning kuzatuv hujjatlari, oʻrov varagʻi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning kelib chiqishi sertifikati (manfaatdor shaxsning xohishi boʻyicha va uning zarurligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda) taqdim etiladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bojxona qoʻmitasi va vakolatli organlar doimiy ravishda oʻz axborot tizimlarini uzluksiz ishlashini taʼminlaydilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bojxona qoʻmitasi tovarlarni TEDni elektron shaklini tasdiqlaydi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining yoki “us-uz.gov.uz” axborot tizimining vakolatli organlar axborot tizimlari bilan oʻzaro maʼlumotlarni oʻtkazish telekommunikatsiya tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha toʻrt bosqichda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda — vakolatli organlari majburiy tartibda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga oʻzlarining ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarini kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga vakolatli organlar tomonidan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlar kiritilmagan boʻlsa, tizim tomonidan TED qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqichda — deklarant TIF ishtirokchisi kabineti orqali roʻyxatdan oʻtgan holda TIF ishtirokchilari roʻyxatiga ishonch bildirgan shaxs, bojxona brokeri yoki oʻz shtat birligida boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda TIF ishtirokchilari tomonidan bojxona xizmati organlariga TEDni taqdim etish vakolat muddatlarini kiritadi, bundan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari nomidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan TED taqdim etilganda, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TIF ishtirokchilari roʻyxatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tomonidan TIF ishtirokchilari roʻyxatiga kiritilgan bojxona brokeri TIF ishtirokchisi kabineti orqali roʻyxatdan oʻtgan holda oʻzining shtat birligida boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib, bojxona xizmati organlariga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashni taqdim etish vakolat muddatini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki u ishonch bildirilgan shaxs TIF ishtirokchisi kabinetidagi “E-arxiv” interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron arxivni shakllantirib, unga oʻzining ERIsi bilan tasdiqlagan bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakllarini joylashtiradi yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ERI bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladigan hujjatlarni bojxona yuk deklaratsiyasiga belgilangan tartibda biriktirgan holda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlar deklarant tomonidan oʻzgartirilishi va uchirilishi mumkin, bunda deklaratsiyalash jarayonida hamda bojxona rasmiylashtiruvi davomida foydalanilgan hujjatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etiladigan hujjatlarning roʻyxati va formati, ularning taqdim etish tartibi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va bu haqda “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant maʼlum qilingan maxsus raqamni TIF ishtirokchilari roʻyxatida maʼlumoti kiritilgan bojxona brokeri yoki bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga taqdim etadi hamda ularga TIF ishtirokchisi kabinetida faqat ushbu maxsus raqam berilgan hujjatlarni koʻrish, zarur hollarda koʻchirib olish imkoniyatini taʼminlaydi, bundan TED deklarant tomonidan taqdim etiladigan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyalovchi shaxs TIF ishtirokchisi kabinetida roʻyxatdan oʻtgan holda “E-arxiv” interaktiv xizmatining elektron arxividagi maxsus raqami boʻlgan hujjatlar yoki deklarant yoxud u ishonch bildirgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida TEDni shakllantiradi, oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, BQ YAAAT orqali bojxona xizmati organlariga yuboradi. Bunda TEDni toʻldirishga asos boʻlib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar deklaratsiyalovchi shaxsga deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs tomonidan taqdim etilgan boʻlsa, TED bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni ham ERIsi bilan tasdiqlagan holda BQ YAAAT orqali bojxona organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni shakllantirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan asos boʻlgan elektron hujjatlar maxsus raqami koʻrsatiladi va ushbu elektron hujjatlarni bojxona xizmati organlariga taqdim etish talab etilmaydi, bunda “E-arxiv” interaktiv xizmatida mavjud boʻlmagan hujjatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organiga TED kelib tushganida, bu haqda TIF ishtirokchisi kabineti orqali deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi bosqichda — bojxona xizmati organlariga kelib tushgan TED bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan oʻtkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Format-mantiqiy nazoratda TEDda xato va kamchiliklar yoki nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash qaytariladi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TED roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga ega hujjatga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtgan TED bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona xizmati organi xodimlari oʻrtasida taqsimlanadi yoki bojxona xizmati organi xodimi ishtirokisiz, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda ushbu Nizomning 3-bobida koʻrsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchi bosqichda — Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlangan TED bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TED ushbu xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni rasmiylashtirishda bojxona axborot tizimi tomonidan xavf darajasi past deb topilgan deklaratsiyalar ustuvor deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga rioya etish bilan birga “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini qoʻllash natijasiga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDning bojxona rasmiylashtiruvi u qabul qilingan vaqtdan boshlab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavf darajasi past boʻlganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, uch soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda va bojxona yuk deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarurati yuzaga kelmaganda, sakkiz soat davomida (bojxona xizmati organlarining ish vaqtidan tashqari paytda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega boʻlganda yoki ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida muddati keltirilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan umumiy muddatda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimining natijalariga asoslangan holda, xavf darajasiga koʻra quyidagi harakatlarni amalga oshirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past boʻlganda, elektron hujjatlarning aslini talab etish yoki bojxona koʻrigi oʻtkazish yoxud bojxona ekspertizasini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega boʻlganda, bojxona koʻrigini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan muddatlari oʻtkazib yuborilganda, bojxona xizmati organlari xodimi muddatlarning oʻtib ketganligining asoslantirilgan sabablari deklaratsiyalovchi shaxsga tasdiqlangan elektron xabarnoma orqali maʼlum qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bojxona xizmati organlari xodimi qabul qilingan TEDning rasmiylashtiruvini ushbu Nizomning 15-bandidagi “a”, “b” va “v” kichik bandlarda belgilangan muddatlarda amalga oshirishdan oldin quyidagilarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda koʻrsatilgan tovarlar tegishli bojxona omboriga joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligini oʻrganib chiqadi. Bunda bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda bojxona ombori mudiriga soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona (erkin) ombori mudiri soʻrovnomani qabul qilgandan soʻng oʻttiz daqiqa ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida tovarlar bojxona omboriga joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligiga aniqlik kiritib, bojxona axborot tizimi orqali TED taqdim etilgan bojxona postiga elektron shaklda javob yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona (erkin) omboriga joylashtirilmaganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjud emasligi tasdiqlangan taqdirda, bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan TEDni taqdim etgan deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga bojxona axborot tizimi orqali deklaratsiya qaytarilishi toʻgʻrisida elektron shakldagi xabarnoma yuboradi. Bojxona (erkin) ombori mudiri tomonidan tovarlar joylashtirilganligi yoki joylashtirish ehtimoli mavjudligi bojxona axborot tizimida oldindan tasdiqlash holatlari hamda tovarlarni dastlabki, davriy deklaratsiyalash holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona organi ruxsati asosida bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan omborga joylashtirilganda yoki tovarlar transport vositasidan tushirilmagan holda erkin muomalaga chiqarilishi holatlarida bojxona axborot tizimida bu haqida belgi bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. TEDning bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganligi rasmiylashtiruvni oʻtkazgan bojxona xizmati organlari xodimi tomonidan oʻzining ERI bilan belgi qoʻyish orqali tasdiqlanadi va bu haqda avtomatlashtirilgan tarzda deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisining kabinetiga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Avtomatlashtirilgan tarzda TEDni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. TED dastlabki format-mantiqiy nazoratdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, quyidagi shartlarga mos kelganda, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda bojxona xizmati organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni boshqarish tizimi orqali xavf darajasi past deb baholanganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda koʻrsatilgan maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlanmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarning aslini talab etish yoki tovarlarni chiqarib yuborishdan oldin bojxona nazoratidan oʻtkazish zaruriyati boʻlmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona axborot tizimida belgilangan tegishli hujjatlarni tekshirish shartlari bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi (chiqilishi) cheklangan va taqiqlangan tovarlar mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda koʻrsatilgan maʼlumotlarning vakolatli idoralar tomonidan berilgan ruxsatnoma hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan oʻrtasida oʻzaro nomuvofiqliklar aniqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni inson aralashuvisiz bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish boʻyicha bojxona axborot tizimida belgilangan shartlarni tekshirish natijalari bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartlarga mos kelmagan elektron shaklida deklaratsiyalash jarayoni ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq amalga oshiriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. TED bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan oʻtkazilgandan soʻng, bu haqida deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. TEDlarni bojxona axborot tizimida avtomatik holda roʻyxatga olish, bojxona xizmati organlari xodimlariga avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlash va bojxona xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirish tartiblari va shartlari Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tovarlarni qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalash deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan A4 formatdagi varaqlarda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirgan holda tegishli hujjatlar bilan birga bojxona xizmati organlariga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qogʻozda yozma shakldagi deklaratsiyalash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona axborot tizimining dasturlarida texnik nosozliklar vujudga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan hollarda bojxona yuk deklaratsiyasi qogʻozda yozma shaklda taqdim etilganda bojxona xizmati organlariga elektron tashuvchida uning elektron shakldagi nusxasi taqdim etish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Taqdim etilgan qogʻozda yozma shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona xizmati organlari tomonidan uning elektron shakldagi nusxasi bilan bir vaqtda qabul qilinib, roʻyxatga olinadi va bojxona xizmati organlari xodimlari oʻrtasida taqsimlangan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy muddatda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bojxona xizmati organlari xodimi bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilishi koʻzda tutilmagan yoki ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan holatlarda bojxona yuk deklaratsiyasi boʻyicha undirilgan bojxona toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona xizmati organlarining “Bojxona toʻlovlarini hisobini yuritish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Rasmiylashtirilgan qogʻozda yozma shakldagi bojxona yuk deklaratsiyalari hisobi bojxona xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. TEDni hamda taqdim etiladigan ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etayotganda ERIdan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. ERIni tarqatish va uning hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” AJ tomonidan tashkil etiladi. Bunda ERI kalitlari maxsus himoyalangan qurilmalarda saqlanishi talab etiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektron hujjatlarni taqdim etganda, quyidagilar elektron hujjatlar almashinuvi ishtirokchilari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirituvchi va uzatuvchi vakolatli organlar xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomatlashtirilgan axborot tizimiga TED va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni taqdim etuvchi deklaratsiyalovchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) TED va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtiruvchi bojxona xizmati organlari xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. TEDni imzolash vakolatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs (elektron raqamli imzo kalitining egasi) tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlovchi shaxsdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bojxona qoʻmitasi dasturiy-apparat vositalari deklaratsiyalovchi shaxslarning ERIsi haqiqiyligi va ularning roʻyxatda mavjudligini tekshirish jarayonini, shuningdek, elektron shakldagi avtomatlashtirilgan axborot tizimi va Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kelib tushish sana va vaqtini koʻrsatuvchi ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni qabul qilishni taʼminlaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona axborot tizimi foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni taqdim etishida, ushbu Nizomning 15-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda rasmiylashtiruvni amalga oshirilishidan oldin yoxud rasmiylashtiruv jarayonida tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari tomonidan belgilangan joylarga tushirish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida bojxona xizmati organlariga soʻrovnoma yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari tomonidan belgilangan joylarga vaqtincha saqlash uchun tushirish jarayonida yoki tushirilgandan soʻng tovarlar miqdori, nomlanishi, tavsifi yoki boshqa oʻziga xos xususiyatlarida tafovut aniqlangan taqdirda TEDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish haqida murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining TIF ishtirokchisi kabinetida “Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha koʻrsatilgan xizmat sifatini baholash” moduli orqali elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan axborot tizimi va Bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan TEDlarning va elektron hujjatlarning deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn besh kun muddatda yuklab olish hamda qogʻozda yozma shaklini chop etish;
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan soʻng bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasida qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona toʻlovlarining hisoblashga yoki taqiq, cheklovlar qoʻllanilishiga taʼsir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan qonunchilikda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatlarda deklarant va deklaratsiyalovchi shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid protsessual hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan TEDlardagi maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni deklaratsiyalash davomida bojxona xizmati organlariga hujjatlarni taqdim etish hamda tegishli soʻrovnomalarni yuborish bilan bogʻliq harakatlarni TIF ishtirokchisi kabineti orqali amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni toʻldirishda asos boʻlgan qogʻozda yozma shaklidagi hujjatlarning saqlanishi boʻyicha javobgarlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq deklarant zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant TEDni toʻldirishda asos boʻlgan qogʻozda yozma shaklidagi hujjatlarning xavfsiz saqlanishi sharoitlarini taʼminlashi va ularga oʻzgartirish kiritishdan himoyalashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tomonidan bojxona xizmati organlariga TED oʻz nomidan taqdim etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning huquq va majburiyatlariga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvida elektron shaklida deklaratsiyalash jarayonidan foydalanayotgan deklarantlar yoki bojxona brokerlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq TIF ishtirokchilari roʻyxatiga kiritilayotgan maʼlumotlarni toʻgʻriligini taʼminlaydilar.
(30-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyalovchi shaxs TEDdagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va uni toʻldirish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi, TEDni toʻldirish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs taqdim etilgan hujjatlardagi (TED bundan mustasno) maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan TEDda nomuvofiqliklar aniqlanganida, bojxona xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar hamda tezkor-qidiruv natijalari asosida belgilangan xavfni minimallashtirish choralarini oʻzgartirish va qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxslar tomonidan baholash jarayonida berilgan takliflarni monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan xatolik yoki nomuvofiqliklar (tafovutlar) holatlari sabablarini oʻrganish maqsadida taqdim etilayotgan elektron hujjatlarning aslini talab qilish. Oʻrganish davomida bojxona qonunchilik hujjatlari buzilganligi tasdiqlanmasa yoki aniqlangan xatoliklar deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bartaraf etilsa, taqdim etilgan elektron hujjatlarning asli toʻliq qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar oʻrganish davomida qonunchilikda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlansa, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali deklarant va deklaratsiyalovchi shaxslarga bojxona yuk deklaratsiyasining rasmiylashtiruv holati, sarf etilgan vaqt haqida maʼlumotlarni interaktiv xizmatlari orqali kuzatish va baholash imkoniyatini yaratish.
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni deklaratsiyalash va rasmiylashtiruv davomida “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni minimallashtirish choralarini oʻzgartirish natijasida bojxona koʻrigini oʻtkazish zaruriyati mavjud boʻlganda, deklaratsiyalovchi shaxsga tovarlarga nisbatan bojxona koʻrigi tayinlanganligi, uni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida tasdiqlangan elektron xabarnoma yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tovarlarni tushirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish va ruxsat beruvchi yoxud rad etuvchi xabarnoma yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tovarlarni transport vositalaridan bojxona xizmati organlari belgilagan joylarga vaqtincha saqlash uchun tushirish jarayonida yoki tushirilgandan soʻng tovarlar miqdori, nomlanishi, tavsifi yoki boshqa oʻziga xos xususiyatlarida tafovut aniqlangan taqdirda TEDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish haqida murojaatini koʻrib chiqishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi xodimi TEDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritishga quyidagi hollarda ruxsat beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan TEDda maʼlum qilingan tovarlarga nisbatan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar talab qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDda maʼlum qilingan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDdagi tovarlarni bojxona ekspertizasidan oʻtkazish tayinlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxsning murojaati asosli deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat quyidagi holatlarda asosli deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va transport vositasi doimiy ravishda bojxona nazorati ostida saqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar miqdoridagi tafovut bojxona ombori vakili tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ortish (tushirish) jarayonlari bojxona omborida oʻrnatilgan videokuzatuv kameralarida aniq tasvirlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli idora ekspertiza xulosasi olingan hollarda (tushirish yoki ortish jarayoniga ekspert jalb etilgan taqdirda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni bir ish kuni ichida oʻrganib chiqib, ushbu muddat ichida tovarlarni deklarant, deklaratsiyalovchi shaxs, bojxona ombori vakili (agar tovarlar bojxona omboriga joylashtirilgan hollarda) ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazadi va murojaat asosli deb topilgan taqdirda TEDga oʻzgartirish kiritishga ruxsat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasida bojxona toʻlovlarini kam hisoblanishiga, shuningdek, taqiq yoki cheklovlar qoʻllanilmasligiga yoxud bojxona statistikasi, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni notoʻgʻri shakllanishiga sabab boʻlmagan maʼlumotlardagi soʻzlarda (raqamlar va harfli kodlar mustasno) imlo xatoliklar aniqlanganda, deklaratsiyalovchi shaxsga bir ish kuni davomida ushbu xatoliklar bilan bogʻliq qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda tuzatishga ruxsat berish, bundan qonunchilikda bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda tuzatishga ruxsat berilganligi deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali elektron xabarnoma bilan maʼlum qilinadi va bir ish kuni muddati xabarnoma joʻnatilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bojxona xizmati organlari, deklarantlar va bojxona brokerlari, shu jumladan, deklaratsiyalovchi shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlar va elektron shaklda taqdim etiladigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bojxona brokerlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq TIF ishtirokchilari roʻyxatiga kiritilayotgan maʼlumotlar toʻgʻriligiga javobgar hisoblanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-bob. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Bojxona ombori, erkin ombor, vaqtincha olib kirish va vaqtincha olib chiqish bojxona rejimlaridan biriga rasmiylashtirilib, bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona ombori va erkin ombor bojxona rejimlaridan biriga joylashtirmasdan ularga egalik qilish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, erkin muomalaga chiqarish va eksport bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin muomalaga chiqarish va eksport bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlarga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish Bojxona qoʻmitasi tomonidan Kodeksning 266-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish va vaqtincha olib chiqish bojxona rejimlaridan biriga joylashtirilgan tovarlarning boshqa shaxsga faqat foydalanish yoki tasarruf etish huquqini oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish uchun tovarga vakolatli shaxs bojxona organlarini bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatuvchining yoki shartnoma tuzuvchi xorijiy hamkorning tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish uchun rozilik xatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tovarlar boʻyicha shartnoma tuzuvchi xorijiy hamkor tomonidan tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs nomiga invoys (hisob, hisob-faktura) olishi, tovarga tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar etib tovarga vakolatli shaxs belgilangan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarga tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun javobgar etib tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs belgilangan boʻlsa, bu boʻyicha kontrakt (shartnoma, kelishuv) tuzishi va uni tegishli axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlariga tovarga vakolatli shaxs nomiga xorijiy hamkor tomonidan taqdim etilgan invoys va mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida olinishi nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda BYDni taqdim etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxsning tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqi BYD bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. BYD berilgan paytda tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Belgilangan talablar va shartlar asosida tovarga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazilganligi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini toʻxtatib turmaydi va uzaytirmaydi.
(61-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bojxona xizmati organlari xodimlari TEDlarning ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan muddatlarda rasmiylashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar, bundan bojxona xizmati organlarining avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilgan yoki mazkur Nizomning 15-bandining yigirma oltinchi xatboshisi asosida sabablari deklaratsiyalovchi shaxsga maʼlum qilingan tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturiga ulangan bojxona va vakolatli organlar oʻz vakolatlari doirasida tashqi savdo operatsiyalarni amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari va davlatga zarar yetkazuvchi tizimdagi mavjud maʼlumotlarga noqonuniy kirish, ularni oʻzgartirish yoki boshqa harakatlardan himoyalash boʻyicha zarur boʻlgan tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturidagi maʼlumotlarga kirish huquqi boʻlgan bojxona va vakolatli organlar xodimlari mazkur maʼlumotlarni oshkor etish, oʻz maqsadlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanish hamda uchinchi shaxslarga maʼlumotlarning belgilangan himoya qoidalarini buzgan holda, ularni olish imkoniyatini yaratish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bojxona yuk deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar bojxona organlarida tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali eksport bojxona rejimi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar nazoratga qoʻyilgan bojxona organiga taqdim etilmagan boʻlsa, bojxona yuk deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi va bojxona organi tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bojxona yuk deklaratsiyasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida deklaratsiyalovchi shaxsga TIF ishtirokchisi kabineti orqali tegishli xabarnoma yuboriladi.
(361-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bojxona qoʻmitasi deklaratsiyalovchi shaxslarga tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash va Bojxona qoʻmitasi tomonidan koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali ular tomonidan taqdim etilgan tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning va elektron hujjatlarning deklaratsiya rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn besh kunlik muddatga qadar yuklab olish, qogʻozda yozma shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qoʻmitasi pulli xizmat asosida deklarantlarga oʻzlariga tegishli tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashlarning bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch yil ichida oʻz serverida saqlab berish, ularni qogʻozda yozma shaklini chop etish va tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalashga oid boshqa maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pulli xizmatdan tushgan yigʻimlar Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur pulli xizmatlarning turlari, shakllari, maqomlari va xizmatga pul toʻlashning tariflari Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Elektron shaklida deklaratsiyalashda bojxona xizmati organlari tomonidan boshqa shaxslar uchun tovarlarni elektron shaklida deklaratsiyalash va unga tegishli hujjatlarning qogʻozda yozma shakli chop etilmaydi va imzo hamda muhr bilan tasdiqlanmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TED va tegishli hujjatlarning qogʻozda yozma shaklidagi nusxalarini bojxona xizmati organlari tomonidan tasdiqlash tartibi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarning elektron shaklini shakllantirishda vakolatli organlar xodimlari tegishli maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi hamda ularning toʻgʻriligi uchun shaxsan masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. TEDlardagi aniq kelishuvlar va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar konfidensial hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Aniq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining amalga oshirgan operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish soʻralganda, bojxona yuk deklaratsiyasi asosida shakllangan maʼlumot qogʻozda yozma shaklda yoki elektron koʻrinishda yoxud oʻzaro kelishuvga asosan axborot almashinuvi tizimlari orqali taqdim etiladi, ushbu Nizomning 41-bandida taqiqlangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEDni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazayotgan bojxona organi xodimi quyidagi holatlarda javobgar hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan TED boʻyicha berilgan imtiyozlardan maqsadsiz foydalanganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati natijasida rasmiylashtirilgan TEDdan qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblanganda yoki qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlarning bojxona organlari hamda xalqaro tashkilotlarga yuborilgan soʻrovnoma boʻyicha olingan javobga asosan rasmiylashtirilgan TEDda qonunchilik talablarining buzilganligi aniqlanganda.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organlar

1. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni idoralararo hamkorlik darajasida bojxona axborot tizimiga kiritilishini taʼminlaydi yoki yuboradi.

Murojaat qiluvchilarga hujjatlarni berishdan avval yoki ularni berish bilan bir vaqtda

2. Murojaat qiluvchilarga ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Deklaratsiyalovchi shaxs

Tovarlarning elektron deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organlariga yuboradi.

Tayyor boʻlishiga koʻra

3-bosqich

Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi

1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan oʻtkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, unga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, roʻyxatdan oʻtkaziladi.

2. Format-mantiqiy nazoratidan ijobiy oʻtmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi, xabarnomada sabablari koʻrsatilgan xolda deklaratsiyalovchi shaxsga qaytarib yuboriladi.

3. Roʻyxatdan oʻtgan tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona axborot tizimi orqali bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organlarining xodimlari oʻrtasida avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlanadi yoki bojxona organlari xodimi ishtirokisiz, maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilishi mumkin.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Bojxona organlari xodimi

1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasini kelib tushgan vaqtidan boshlab 3 soat ichida qabul qiladi. Ushbu muddatda qabul qilinmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda qabul qilinadi.

2. Bojxona organlari xodimi tovarlarni elektron deklaratsiyasini qabul qilgan vaqtdan boshlab uning rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.

3. Tovarlarning elektron deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganligi rasmiylashtiruvni oʻtkazgan bojxona organlari xodimi tomonidan oʻzining elektron raqamli imzosi bilan belgi quyish orqali tasdiqlanadi va bu haqda bojxona axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga xabarnoma yuboriladi.

Tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona organlariga kelib tushganda.

Nizomning 15-bandidagi “a”, “b” va “v” — kichik bandlarida belgilangan muddatlarda. (xavf darajasi past va xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichlarda bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari paytda deklaratsiya taqdim etilgan holatlar bundan mustasno).

Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganida.

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/531/0809-son — 2021-yil 22-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaroriga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaga olib kiriladigan tovar toʻgʻrisidagi hisobvaraq-faktura (invoys)da koʻrsatiladigan minimal maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sotuvchi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot (nomi, yuridik manzili, STIR raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sotib oluvchi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot (nomi, yuridik manzili, STIR raqami va telefon raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovarning kelib chiqish mamlakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovar nomi (savdo, tijorat yoki boshqa anʼanaviy nomi), belgilari, markalari (mavjud boʻlmagan hollar bundan mustasno), brendlari, modellari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari, shuningdek, tovarning TIF TN boʻyicha miqdoriy va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovarning faktura qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazni (brutto)/kg;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazni (netto)/kg;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Umumiy oʻrinlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yetkazib berish sharti (Inkoterms — 2010);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashqi savdo shartnomasi raqami va sanasi.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 7-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 137-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 20-iyuldagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 62-modda) ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 18-son, 325-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) 1-ilovaning 59-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi 624-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda) 3-ilovaning 15-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 60-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 19-modda) ilovaning 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-son Qonuni)” 2018-yil 28-maydagi 392-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 124-modda) ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda) ilovaning 77-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 25-iyundagi 467-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son; 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/531/0809-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)