1-ILOVA
2-ILOVA
| Amalga oshiriladigan tadbirlar | Moliyalashtirish manbalari | Ijro muddati | Mas’ullar | |
|---|---|---|---|---|
| I. Baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar | ||||
| 1. | Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida iqtidorli ilmiy mutaxassislarni jalb etish. | — | 2018-yil avgust-sentyabr | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 2. | Respublikada baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishning 2019 — 2023-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish. | — | 2018-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 3. | Intensiv usullarda baliq yetishtirishni keng ko‘lamda joriy etish, yuqori mahsuldor baliq turlarini yetishtirish texnologiyalarining iqtisodiy samaradorligini asoslash va takliflar tayyorlash. | — | 2019-yil | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 4. | Suvning gidrokimyoviy tarkibini tahlil qilish laboratoriyasini ta’mirlash va uni jahon andozalari bo‘yicha jihozlash. | “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | 2019-yil | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 5. | Baliqchilik sohasini ilmiy darajasi bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida belgilangan tartibda ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash tashkil etish. | — | 2019-yil iyul | Fanlar akademiyasi, Qishl�q xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi |
| 6. | Baliqchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarining strategik yo‘nalishlarini va sohadagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan istiqbolli tadqiqot mavzularini ishlab chiqish. | — | har yili | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 7. | Baliqchilik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor va dolzarb yo‘nalishlari uchun tanlov asosida davlat ilmiy-texnik grantlarini ajratish. | Davlat ilmiy dasturlarining grant mablag‘lari | har yili | Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
| 8. | Davlat ilmiy dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar asosida baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish. | Davlat ilmiy dasturlarining grant mablag‘lari | har yili | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 9. | Mamlakatimiz tabiiy ko‘llari va sun’iy hov�zlarni baliqlantirish, baliq yetishtirish va ovlash tadbirlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | — | — | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 10. | Baliqlarni oziqlantirishning samarali texnologiyalari sohasida texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar ishlab chiqish. | Ijrochilarning | 2019-yil oktyabr | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 11. | Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-t�xnika bazasini mustahkamlash, jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar va baliq ovlash anjomlari bilan jihozlangan maxsus transport sotib olish. | Xalqaro grantlar | 2019-yil dekabr | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
| 12. | Yangi baliq turlarini (venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan va boshqalar) O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish va ularni o‘stirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion izlanishlari olib borish. | “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | 2019 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 13. | Baliqchilik sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilari hamda magistrlarini fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajarishga jalb etish. | Davlat ilmiy dasturlarining grant mablag‘lari | 2019 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 14. | Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlarining malakasini oshirish va yangi texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida xalqaro anjumanlar va seminarlar tashkil etish. | Ijrochilarning | grafik asosida | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| II. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish | ||||
| 15. | Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universitetining baliqchilik yo‘nalishi bo‘yicha filialini respublikada ochish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Ijrochilarning | 2018-yil oktyabr | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 16. | Hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan respublikadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va baliqchilik xo‘jaliklarida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish. | Ijrochilarning | 2018 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 17. | Xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish. | Ijrochilarning | 2018 — 2019-yillar | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 18. | Xorijiy davlatlarda (Turkiya, Rossiya, Xitoy, Vyetnam) intensiv usulda baliq o‘stirish texnologiyasini, jumladan, qafas usulida baliq yetishtirish tajribasini o‘rganish. | Ijrochilarning | 2018 — 2019-yillar | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 19. | Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi mutaxassislari va olimlari bilan birgalikda sho‘rlangan sizot suvlarda baliq yetishtirish texnologiyalarini respublikamizda joriy etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish. | Ijrochilarning | 2018 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 20. | Xorijiy davlatlarda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida ishtirok etish. | Ijrochilarning | 2018 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 21. | Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda respublika hududlaridagi baliqchilik xo‘jaliklarida o‘quv seminarlar tashkil etish. | Xalqaro grantlar | 2019-yil may | Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari |
| 22. | Baliqchilik sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Vyetnam, Turkiya, Vengriya davlatlari bilan muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. | Ijrochilarning | 2019-yil oktyabr | Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi |
| 23. | Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universiteti mutaxassislari bilan birgalikda karp va o‘simlikxo‘r baliqlarning yangi, yuqori mahsuldor ota-onalar to‘dasini shakllantirish maqsadida seleksiya — naslchilik ishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish. | Davlat ilmiy dasturlari grant mablag‘lari | 2019 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 24. | Vyetnam davlatining malakali mutaxassislari va olimlari bilan birgalikda tropik baliq turlarini (laqqasimonlar va tilyapiya) oziqlantirish va ular o‘stirish texnologiyalarini o‘rganish va natijalarini keng joriy qilish. | Ijrochilarning | 2019 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 25. | Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi bilan birgali�da O‘zbekiston hududida Qizil kitobga kiritilgan “Turkiston mo‘ylovdori” populatsiyasini ko‘paytirish maqsadida uning biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda gormonal inyeksiyalar yordamida sun’iy ko‘paytirish ishlarini tashkil etish. | Ijrochilarning | 2019 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
| 26. | Turkiya Respublikasining “Chuchuk suvlar baliqchiligi” (Trabzon shahri) instituti bilan birgalikda baliqlar o‘sishining suv haroratiga bog‘liqligi, o‘stirish tig‘izligi, oziqlantirish, intensiv tizimlarda (yopiq suv aylanma tizimi qurilmasi, qafaslar, basseynlarda) baliq yetishtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. | Ijrochilarning | 2019 — 2021-yillar | Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |