24.07.2018 yildagi PQ-3880-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy kino sanoati milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga, yoshlarni sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, keksa avlodga hurmat-ehtirom koʻrsatishga bebaho hissa qoʻshmoqda. Kino inson bilimini orttirishda muhim rol oʻynaydi, uning boy mazmuni esa aholining bilimdonlik darajasiga bevosita taʼsir qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning haqiqiy holati milliy kino sanoatining jadal rivojlanishiga, kino bozorida raqobatbardoshligini oshirishga, uni xorijda targʻib qilishga toʻsqinlik qiladigan bir qator hal etilmagan muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, ishlab chiqilayotgan kino mahsulotlarining mafkuraviy-badiiy darajasining pastligi, ssenariynavislik, rejissorlik va aktyorlik ishlarining lozim darajada sifatli emasligi, yoshlar uchun maʼnaviy namuna boʻlib xizmat qiladigan badiiy obrazlarning koʻpincha mavjud emasligi yosh avlodni jasorat va qatʼiyatlilik ruhida tarbiyalash, yot “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashish kabi milliy kinematografiyaning asosiy maqsadlarini amalga oshirish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, kino mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha davlat buyurtmasini berish yuzasidan shakllangan amaliyot qoʻllanilayotgan tartib-taomillarning ochiqligi va shaffofligini, budjet mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlamayapti, shuningdek, kinematografiya sohasida sogʻlom raqobat muhitini rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, kino sanoati sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasining, ishlab chiqilayotgan kino mahsulotlarining oʻzini qoplay olishi va daromad keltirishiga qaratilgan zamonaviy marketing tadqiqotlari va aniq maqsadli kino ishlab chiqarish dasturlarining mavjud emasligi milliy kinematografiyaning yuqori zarar bilan ishlashiga sabab boʻldi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, kinoprokat va respublika boʻylab kino mahsulotlarini yetkazib berish samarasiz tizimining mavjudligi, ishlab chiqarilgan kino mahsulotlarining yetarli darajada targʻib qilinmasligi sababli aholining sust xabardorligi kinoprokatchilar daromadlariga, kinokompaniyalarning ijodiy va ishlab chiqarish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga salbiy taʼsir koʻrsatdi, shuningdek, kinoteatrlar tarmogʻi faoliyatining tugatilishiga olib keldi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, davlat buyurtmasi boʻyicha ishlab chiqariladigan kino mahsulotlariga ajratiladigan mablagʻlarning yetarli emasligi, kino ishlab chiqaruvchilarni soliqqa tortish tizimining samarasizligi va yuqori soliq yuki kino sanoati sohasining daromadliligini cheklamoqda va kinematografiyaning umumjahon rivojlanish tendensiyalariga muvofiq ilgʻor innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, kino sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ixtisoslashtirilgan, shu jumladan xorijiy davlatlarning oliy oʻquv yurtlarida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash, kino sanʼati vakillarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, mualliflik huquqi obyektlarini, shu jumladan kino mahsulotlarining noqonuniy tarqatilishini aniqlash va oldini olish, ular bilan ruxsatsiz foydalanishdan ishonchli himoya qilish, oʻgʻrincha koʻchirib olishga qarshi kurashishning aniq mexanizmlari mavjud emasligi kino mahsulotlarining asl nusxalarini yuqori darajada noqonuniy aylanishiga va mamlakatning kinokompaniyalari hamda kinoteatrlariga sezilarli zarar yetkazilishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan, mahalliy sara kinolentalarni jahonga mashhur xalqaro kinofestivallarga taqdim etish, shu jumladan ularda ishtirok etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmayapti, madaniy oʻzaro almashinuv darajasining pastligi esa milliy kinematografiyani xorijda faol targʻib qilinishiga va uning jahon kino maydoniga qoʻshilishiga imkon bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda kino sanoatini yanada rivojlantirish, kinokompaniyalarni tanlab olishning shaffofligini taʼminlash, kinematografiya sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekkino” MA deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekfilm” AJ aksiyadorlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekfilm” aksiyadorlik jamiyatini jamiyat tarkibidan chiqib ketadigan aksiyadorlar bilan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda hisob-kitobni amalga oshirgan holda “Oʻzbekfilm” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hujjatli filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasini mamlakatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini va davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim sohalarda erishilgan yutuqlarni tasvirga olish va ularni keyinchalik arxivlashtirish boʻyicha vazifalarni yuklagan holda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” MAning hududiy boʻlinmalari negizida ularning shtatlar birliklarini, bino va boshqa moddiy-texnika bazasi, shuningdek, 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda amaldagi moliyalashtirish manbalarini saqlagan holda “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasining filiallarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi” davlat muassasasini uning balansida boʻlgan mol-mulk va boshqa moddiy-texnik qimmatliklarni (koʻchmas mulkni bepul foydalanishga) topshirish orqali nodavlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin, uning ustav organlarini shakllantirishda zaruriy amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-yanvaridan boshlab, “Oʻzbekkino” MA Badiiy kengashi tomonidan davlat buyurtmasi asosida suratga olinadigan kino mahsulotlarning yillik tematik rejasi yuzaga kelayotgan vaziyat, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining mazmunli kinofilmlarga boʻlgan real ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan badiiy filmlarni davlat buyurtmasi boʻyicha ishlab chiqariladigan badiiy filmlarning yillik hajmiga nisbatan foizda janrlar boʻyicha kvotalash tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvardan boshlab, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, mamlakatdagi barcha kinoteatrlarda namoyish etiladigan mahalliy badiiy filmlar namoyishi hajmlarini — sutkada ikkitadan kam boʻlmagan shu kabi toʻliq metrajli filmlar bilan, 2021-yil 1-yanvardan esa oylik ekran vaqtining 25 foizidan kam boʻlmagan, bayram kunlari 40 foizdan kam boʻlmagan miqdorda kvotalash tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi boʻyicha ishlab chiqariladigan badiiy filmlarning smeta xarajatlarida koʻrsatilgan mablagʻning 10 foizi faqatgina ularning reklamasi va televideniye, radio va Internet tarmoqlaridagi piar-kompaniyasiga, shuningdek, tashqi reklamasini joylashtirish uchun foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi boʻyicha kino mahsulotlarini Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi teleradiokanallarda reklama qilish, milliy teleradiokompaniya telekanallarida namoyish qilishda “Oʻzbekkino” MAning shaxsiy koni mahsulotlari uchun mualliflik va mulkiy huquqlariga rioya qilgan holda, imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinokompaniyalarning, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, davlat buyurtmasi boʻyicha kino mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ishtiroki faqat “Oʻzbekkino” MA tomonidan qonun hujjatlariga asosan tashkil etiladigan tanlov asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” MA Badiiy kengashi tarkibi prodyuserlar, adiblar, tarixchilar, kinooperatorlar, rejissorlar, kinoprokatchilar, kinotanqidchilar, psixologlar, kinematografiya sohasidagi nodavlat tashkilotlar vakillari va boshqa mutaxassislardan shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “Oʻzbekkino” MA tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” MA Badiiy kengashi tarkibiga, Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlgan shaxslarning kirishiga va ularning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” MA Badiiy kengashi tomonidan davlat buyurtmasi boʻyicha kino mahsulotni ishlab chiqarishning har bir bosqichi yakunida tayyor mahsulotning rejissorlik ssenariysiga, xarajatlar smetasi parametrlariga, suratga olish jarayonining texnik va texnologik talablariga mosligi hamda kino mahsulot yaratish toʻgʻrisidagi shartnomada oʻrnatilgan boshqa talablarga rioya etilishi yuzasidan baholash amalga oshiriladi, soʻngra ushbu kino mahsulot (uning qismlari) qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” MA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda davlat buyurtmasi boʻyicha ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun konkurs tashkil etish va uni oʻtkazish tartibi, shu jumladan konkursda qatnashadigan kinokompaniyalar uchun talablarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qarori bilan tashkil etilgan Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining iqtidorli bitiruvchilarini hamda institutda “Ijro etuvchi prodyuser” va “Kinorejissura va kinodramaturgiya” yoʻnalishlari boʻyicha dastlabki saralashdan oʻtgan bakalavr darajasiga ega milliy kinematografiya sohasining mutaxassislarini S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti (keyingi oʻrinlarda — BKDI) qoshidagi “Kino va televideniye”ning oliy kurslariga oʻqishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bakalavriatining ixtisoslashgan yoʻnalishlari iqtidorli bitiruvchilari uchun BKDI assistentura-stajirovkasida “Ijro etuvchi prodyuser”, “Dramaturgiya” va “Audiovizual sanʼat rejissurasi” mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida kinematografiya sohasining malakali kadrlarini tayyorlash boʻyicha BKDI filialini (qoʻshma fakultetini) ochish, oʻqituvchilik faoliyatiga BKDI yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida avval tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislarni, shuningdek, master-klasslar oʻtkazish uchun institut professor-oʻqituvchilarini jalb qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekkino” MA Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar boʻlgan muddatda BKDI yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari hamda respublika mutaxassislari oʻqishini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahrida institut filialini (qoʻshma fakultetini) ochish boʻyicha BKDI rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BKDI yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida oʻqishga yuboriladigan shaxslar soni “Oʻzbekkino” MA tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tegishli soha mutaxassislariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda belgilanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BKDI yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida oʻqish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan markazga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5733-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BKDI oliy kurslarida va assistentura-stajirovkasida oʻqish uchun saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan shartnomalar tuziladi. Shartnomalarda nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida hamda BKDIning Toshkent shahrida tashkil etiladigan filialida (qoʻshma fakultetida) kamida uch yil muddatda mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilangan “Oʻzbekkino” milliy agentligi huzurida Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinoindustriya sohasining, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar kinokompaniyalarning ijodiy-ishlab chiqarish, texnik va boshqa xodimlarini shartnoma asosida rejissura, prodyuserlik, aktyorlik mahorati, kinooperatorlik, animatsiya va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy jihatdan tayyorlashni amaliy ishlar bilan integratsiya qilish, kinoindustriya sohasida tajribaga ega malakali oʻqituvchilar va mutaxassislarni, shuningdek, xorijiy ekspertlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metodik va axborot bazasini yaratish, yaxshilash, doimiy yangilab borish, kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha zarur oʻquv qoʻllanmalari hamda tavsiyalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinoindustriya sohasi xodimlarini xorijiy kinokompaniyalarda qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etish, chet ellik hamkorlar bilan yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz kinoindustriya sohasining, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar kinokompaniyalarning ijodiy-ishlab chiqarish, texnik va boshqa xodimlarini oʻqitish uchun olinadigan mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga “Oʻzbekkino” MA bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va egallab turgan lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida kinoindustriyani yanada takomillashtirish “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uchta shahar”, “101” va “Qahramonlar” loyihalarini amalga oshirish “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish doirasida kompleks tashkiliy-texnik va huquqiy masalalarning sifatli hamda oʻz vaqtida hal etilishi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi S.R. Xolmurodov — “Xalq diplomatiyasi shahri” majmui qismi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov — “Etnoshahar” majmui qismi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvining raisi A.S. Sultonov — “Kinoshahar” majmui qismi yuzasidan shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekkino” MA Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston kinematografiyasini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili eng yaxshi mahalliy kino mahsulotlarini Kann, Berlin, Venetsiya, Rotterdam, Pusan, Moskva va boshqa mashhur xalqaro kinofestivallarda, shuningdek, jahonning yirik nufuzli kinobozorlarida namoyish etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekkino” MAning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarda mahalliy kino mahsulotlarini namoyish etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun “Oʻzbekkino” milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini hisobga olgan holda budjet mablagʻlarini ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2018-yil 1-avgustdan boshlab “Oʻzbekkino” MA markaziy apparatining xodimlariga ularning mehnatiga haq toʻlash oylik jamgʻarmasining 100 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan shaxsiy ustama belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kino mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning prokati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar toʻlashdan, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga ajratmalar mustasno, shuningdek, oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan kino ishlab chiqarish va kino namoyish etish uskunalari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” MA oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha “Oʻzbekfilm”, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”, “Respublika kinofondi”, “Respublika kinoprokat markazi”, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” davlat unitar korxonalarini qayta qurish va jihozlash doirasida olib kiriladigan kino ishlab chiqarish hamda kino namoyish etish uskunalari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror talablari, shuningdek, kinoindustriya sohasidagi boshqa ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2018-yil 1-avgustga qadar kinematografiya sohasida talab yuqori boʻlgan kadrlarni (kinodramaturg, kinorejissor, kinoprodyuser va boshqalar) tayyorlovchi yangi fakultet ochishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018-yil 1-noyabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy kinokompaniyalar tomonidan badiiy filmlarni kinoga, videoga tushurishdagi tartib-taomillar va talablarni yanada soddalashtirishga doir takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 272-son qarorining 4-bandida koʻrsatilgan yagona kinoprokat elektron tarmogʻini ishlab chiqish, kinoteatrlarni optik tolali aloqa liniyasi orqali kinoprokat tarmogʻiga bosqichma-bosqich ulash, kinoteatrlarda elektron kinochiptalarning tezkor hisobini yuritish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekkino” MA Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 1a-uy manziliga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekkino” MA Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3880-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” milliy agentligi huzuridagi Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni ― 7 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Professor-oʻqituvchilar tarkibi soni tinglovchilar soniga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida kinoindustriyani yanada takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Kinematografiya sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish

1.

Qabul qilingan qarorning talablarini inobatga olib, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekkino” milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish:

Badiiy kengash tarkibini xolislik, obyektivlik, ochiqlik tamoyillarini hisobga olgan holda shakllantirish tartibi;

Badiiy kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar va funksiyalar doirasini aniq belgilash;

Badiiy kengashning huquq va majburiyati, aʼzolarining javobgarligi.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

“Oʻzbekkino”MA (F. Zokirov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash tarkibini qabul qilingan qaror talablarini inobatga olgan holda shakllantirish.

Buyruq

2018-yil

10-oktabrga qadar

“Oʻzbekkino”MA (F. Zokirov),

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

3.

Davlat buyurtmasi asosida kinomahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha tanlov tashkil qilish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish, unda shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

har yili oʻtkaziladigan tanlovlarning aniq muddatlari;

talabgorlarning arizalariga qoʻyiladigan talablar, ularni dastlabki koʻrib chiqish tartibi;

tanlovda kinokompaniyalarning ishtirok etishi boʻyicha aniq talablar;

tanlov natijalari ustidan shikoyat qilish tartibi;

tanlovning tashkil etilishi va oʻtkazilishini hamda uning natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalari;

qabul qilingan qarorning talablarini hisobga olgan holda boshqa masalalar.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

LBMA (Sh. Sodiqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarning kino-, videosʼyomkasini amalga oshirishning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

LBMA (Sh. Sodiqov),

DXX (J. Igamov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

davlat buyurtmasi boʻyicha ishlab chiqarilayotgan kinomahsulotlar tannarxini hisoblash tartibi;

davlat buyurtmasi boʻyicha kinomahsulotlar tayyorlashning ishlab chiqarish-iqtisodiy meʼyorlarini;

davlat buyurtmasi boʻyicha kinomahsulotlar tayyorlashni moliyalashtirishning namunaviy smetalari.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

6.

Quyidagilarni:

kinomahsulotlar, kinoteatrlar va kinozallarni, shuningdek kino aktyorlarni kategoriyalarga ajratish;

kinomahsulotlarni yosh boʻyicha (0+, 3+, 6+, 12+, 16+, 18+) tasniflash mexanizmlarini joriy etish.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

1-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino”MA (F. Zokirov),
Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Xalqaro festivallarda taqdim qilish uchun eng yaxshi milliy kinoni aniqlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ- huquqiy hujjat

2018-yil

1-dekabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Original kinomahsulotlardan noqonuniy foydalanish hamda kontrafakt kinomahsulotlarni tarqatishga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Harakatlar rejasi

2018-yil

15-sentabrga qadar

IMA (A. Fayzullayev),

Bosh prokuratura huzuridagi departament

(A. Mavlonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Huquq egalari huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirgan holda, davlat va nodavlat telekanallar efirida qonuniy asosda xorijiy va milliy kinomahsulotlarni namoyish qilish mexanizmlarini tatbiq etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

31-dekabrga qadar

IMA (A. Fayzullayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),

MTRK (A. Xadjayev),

“Oʻzbekkino”MA (F. Zokirov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),

vazirlik va idoralar

II. Xalqaro hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga doir tashkiliy chora-tadbirlari

10.

Oʻzbekiston Respublikasi hududi va tashqarisida kinomahsulotlarni hamkorlikda ishlab chiqarish (coproduction) masalalarini huquqiy tartibga solish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-dekabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Oʻzbekiston Kinemotografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

vazirliklar va idoralar

11.

Oʻzbekiston Respublikasida kinoturizmni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida kinomahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijiy kinokompaniyalarga tashkiliy, ishlab chiqarish-texnik koʻmaklashish hamda milliy kinolokatsiyani xorijiy davlatlarda ilgari surish uchun masʼul boʻlgan nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi milliy kinokomissiyani tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

15-sentabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

(B. Umarov),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

12.

Oʻzbekiston Respublikasida kinoturizmni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida kinomahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijiy kinokompaniyalarga tashkiliy, ishlab chiqarish-texnik koʻmaklashish uchun qulay infratuzilmani yaratish hamda milliy kinolokatsiyani xorijiy davlatlarda ilgari surish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

(B. Umarov),

TIV (A. Komilov),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),

Milliy kinokomissiya,

Manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan hamda xorijiy davlatlarga olib chiqib ketilgan kinofilmlar (ularning nusxalari) va boshqa arxiv audiovizual materiallarni respublikaga qaytarish masalasini idoralararo darajada ishlab chiqish.

Muzokaralar oʻtkazish va arxiv materiallarni respublikaga qaytarish

2018 2020-yillar.

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

TIV (A. Komilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Manfaatdorvazirlik va idoralar

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Amerika Qoʻshma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarning yetakchi kinokompaniyalarida kinoindustriya sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashnitashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-2019-yillar.

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

TIV (A. Komilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

15.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi samarali faoliyatini taʼminlash, uni zarur vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash, malakali xodimlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil
1-yanvarga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov)

III. Ishlab chiqarilayotgan kinomahsulotlarning turini kengaytirish, kinomahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish

16.

Davlat buyurtmasi boʻyicha kinomahsulotlarning tasdiqlangan hajmlarini ishlab chiqarish uchun ajratilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida davlat va jamiyat qurilishining eng muhim yoʻnalishlarida erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlari borasida xronikal filmlar ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

har yili

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Davlat va jamiyat qurilishining eng muhim yoʻnalishlarida erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini tasvirga olish vazifasi zimmasiga yuklatilganini inobatga olgan holda, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi faoliyatining qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

Moliyalashtirish manbalarini qayta koʻrib chiqish

2018-yil
31-dekabrga qadar

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov),

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov)

18.

Teleserial formatida milliy kinomahsulotlarni tizimli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil
31-dekabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

MTRK (A. Xadjayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

Qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq, milliy teleefirda uzatilayotgan xorijiy tele-, radio-, kinomahsulotlarni davlat tiliga dublyaj qilish standartlarini qayta koʻrib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

1-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

MTRK (A. Xadjayev),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

20.

Internet tarmogʻi orqali kinotanqidchilar hamda tomoshabinlar bahosi asosida(shu jumladan janrlar boʻyicha) kinomahsulotlarning rasmiy reytingini aniqlash mexanizmini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

31-dekabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Internet tarmogʻi, televideniye va radioda kinomahsulotlarni reklama qilish, shuningdek, tashqi reklamani joylashtirishni yanada soddalashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

15-dekabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

MTRK (A. Xadjayev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gʻulomov),

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi (I. Latipov)

22.

Respublika ichida kinomahsulotlar distributsiyasi sohasida faoliyatni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

15-dekabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida milliy va xorijiy kinoindustriya rivojining dolzarb masalalari, kinomahsulotlarni ishlab chiqarish, prokati va namoyishi, kinematografiya sohasida raqamli va innovatsion texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha axborot-tushuntirish materiallarni yorituvchi “Kino sanʼati” jurnalini taʼsis etish. Uni chop etish boʻyicha sarf-xarajatlarni shaxsiy daromadlar bilan taʼminlanmagan qismi boʻyicha tashqi reklamani joylashtirish orqali hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni televideniye, radio, Internet tarmogʻida reklama qilish va piar-kampaniyasini uyushtirish uchun kinomahsulotlar ishlab chiqish boʻyicha xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

1-sentabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

IV. Ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

24.

Ilgʻor xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, debyut badiiy filmlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnomani kiritish.

Takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil

15-oktabrga qadar

“Oʻzbekkino” NA (F. Zokirov),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

25.

Ajratilgan budjet mablagʻlari hajmiga mos ravishda sifatli kino mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida prodyuserlar, ssenariy mualliflari, rejissorlar, boshqa ishlab chiqarish-ijodiy va texnik xodimlarga gonorar toʻlash mexanizmlarini takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

15-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

26.

Davlat buyurtmasi asosidagi milliy kino mahsulotlarini namoyish etayotgan kino teatrlarni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlanishi boʻyicha takliflar tayyorlash.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

15-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

V. “Oʻzbekkino” ma ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

27.

2018-yilda tajriba-sinov loyihasi sifatida sarf-xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirgan holda, Andijon va Navoiy viloyatining olis va chekka hududlarida milliy kino mahsulotlari namoyishini tashkil qilish maqsadida ikkita “Kinoklub” ixtisoslashgan avtotransport vositalarini xarid qilish va ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

1-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

“Oʻzavtosanoat” AJ (Sh. Umurzoqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),

Milliybank (A. Mirsoatov)

Erishilgan natijalari asosida boshqa mintaqalarning olis va chekka hududlarida milliy kino mahsulotlari namoyishini tashkil qilish maqsadida “Kinoklub” ixtisoslashgan avtotransport vositalarini xarid qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil

1-fevralga qadar

28.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan sifatli kino mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun “Oʻzbekfilm” AJni zamonaviy kino anjomlar, kino ishlab chiqarishning texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari, maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

2018-yil

15-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

29.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan “Qoraqalpoqfilm” davlat unitar korxonasi binosini rekonstruksiya qilishni taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

1-martga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov),

Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi(K. Sariyev)

30.

Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi binosini taʼmirlash.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

2018-yil

1-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov),

Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev)

31.

Toshkent viloyati mahalliy budjeti hisobidan “Doʻrmon” ijodiyot uyi” davlat unitar korxonasi binosini kapital taʼmirlash hamda zarur vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

2018-yil

1-noyabrga qadar

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(S. Bekenov),

Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Toshkent viloyati hokimiyati (Gʻ. Ibragimov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohalari va predmetiga qarab yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uchta shahar”, “101” va “Qahramonlar” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Ijro muddatlari

Summasi

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

Izohlar

I. “Uchta shahar” loyihasi

1.

“Uchta shahar” loyihasi ijrosi uchun masʼul “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ tashkil qilish va uning samarali faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish.

2018-yil

1-avgustga qadar

-

-

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,
A. Sultanov
),

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Umarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Jamiyatning taʼsis etuvchilari “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Intellect Enterprise” MCHJ (Oʻzbekiston).

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ va u tashkil qiladigan kompaniyalarga “Uchta shahar” loyihasi doirasida soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa preferensiyalar beriladi (imtiyozlar va preferensiyalarning aniq roʻyxati alohida qaror bilan belgilanadi).

2.

Tegishli infratuzilmaga ega boʻlgan “Xalq diplomatiyasi shahri”, “Etnoshahar”, “Kinoshahar” obyektlarini qurish joyini aniqlash.

2018-yil

10-avgustga qadar

-

-

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev),

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev),

Davergeodezkadastr (A. Abdullayev),

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

(A. Abduvaliyev),

“Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“Oʻztransgaz” AJ (Sh. Tursunov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxoʻjayev),

Toshkent viloyati hokimligi

(Gʻ. Ibragimov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Umarov),

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ

Obyektlarni joylashtirish manzili etib Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatining poytaxtga eng yaqin hududlari belgilanadi.

Bunda “Uchta shahar” loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida mazkur hudud (joy) tegishli infratuzilmaga (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, energiya, gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari) ega boʻlishi kerak.

“Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasikamida 100 gektarni tashkil qiladi va uzoq muddatga kamida 49 yilga imtiyozli foydalanishga, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan beriladi.

3.

“Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish maqsadida yer uchastkalarining olib qoʻyilishisababli jismoniy va yuridik shaxslarga mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan kompensatsiya toʻlash.

2018-yil

1-noyabrga qadar

-

Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan

boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxoʻjayev) va Toshkent viloyati hokimligi (Gʻ. Ibragimov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov)

Jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalari olib qoʻyilganligi uchun baholash tashkilotlari xulosalari asosida kompensatsiyalarni oʻz vaqtida toʻlash. Yer uchastkalari olib qoʻyilgan shaxslarning qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilishiga yoʻl quymaslik.

4.

“Uchta shahar” loyihasining LTIA/LTIHni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni tasdiqlash.

“Uchta shahar” loyihasining LTIA/LTIH asosida TIA/TIH ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-sentabrga qadar

-

Vazirlar Mahkamasi (S. Xolmuradov),

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ,

LBMA huzuridagi loyihalarni va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish

markazi

Hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2018-yil 20-fevraldagi Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-3550-son qarori talablariga javob berishi lozim.

5.

“Uchta shahar” loyihasi yer uchastkasidan uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanish uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

2018-yil

25-avgustga qadar

-

-

Davergeodezkadastr (A. Abdullayev),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxoʻjayev) va Toshkent viloyati hokimligi (Gʻ. Ibragimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ nomiga huquq oʻrnatuvchilik hujjatlarini olish.

6.

“Uchta shahar” loyihasi doirasida buyurtmachi, bosh loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini belgilash.

2018-yil

1-sentabrga qadar

-

-

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ

“Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi, loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida tanlov (tender) oʻtkazish.

7.

Birinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish.

2019-yil

1-sentabrga qadar

18 775 000,00 AQSH doll.*

“WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va nvestorlar guruhining (“R.I.D, GmbN”

(Germaniya),

“ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSH, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya),

“Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA), “Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ

Birinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan:

a) “Xalq diplomatiyasi shahri”:

6 ta madaniyat markazlari:

landshaft-dizaynerlik ishlarini oʻtkazgan holda Prezidentlar xiyoboni;

Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi;

sunʼiy togʻ va ketma-ket sharsharalarga ega Shoirlar bogʻi;

Yoshlarning vatanparvarlik ruhini koʻtarish, Oʻzbekiston tarixini oʻrganish uchun, toʻsiqlar osha yugurish va dor yoʻliga ega bogʻdan iborat “Vatanparvar” bogʻi, muzey-sport vatanparvarlik majmuasi;

Ochiq osmon ostidagi muzey;

yashil, chiroyli alleya va favvoradan iborat “sevishganlar” bogʻi;

1 kafe va 1 restoran;

b) “Etnoshahar”:

Amir Temur saroyi hamda saroy atrofida alleya, favvora va bogʻ;

6 ta etnosaroy;

1 kafe va 1 restoran;

esdalik sovgʻalar doʻkonlari;

eski koʻchalar kompleksi;

minora;

“Xalq diplomatiyasi shahri” va “Etnoshahar” majmualarini bogʻlovchi asosiy shahar darvozalari;

v) “Kinoshahar”:

kamida 1200 kv.m. maydonga ega kinotasvirga olish uchun pavilyonlar;

kinomahalla (10 ta villa, 20 ta taunxauslar, 50 ta kvartiraga moʻljallangan koʻp qavatli uy);

biznes-markaz;

ombor binolari;

ishlab chiqarish sexlari;

bogʻ zonasi.

8.

Ikkinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish.

2020-yil

1-sentabrga qadar

82 347 000,00 AQSH doll.*

“WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va investorlar guruhining (“R.I.D. GmbN” (Germaniya),

“ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSH, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya), “Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA),

“Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ

Ikkinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan:

a) “Xalq diplomatiyasi shahri”:

9 madaniyat markazi;

3 ming kishiga moʻljallangan ochiq konsert zali;

5 ming kishiga moʻljallangan amfiteatr;

koʻrgazmalar majmuasi;

5 kafe va 3 restoran;

mehmonxona;

kinematografiya markazi;

4 ta muzeydan tashkil topgan muzey maydoni;

b) “Etnoshahar”:

13 ta etnosaroy;

2 ta mehmonxona (uch yulduzli va toʻrt yulduzli);

10 ta kafe va restoran;

20 ta esdalik sovgʻalar doʻkonlari;

“Labi Hovuz” eski koʻchalar kompleksi;

Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi;

2 karvonsaroy (etno-mehmonxonalar);

qalʼa devori;

5 ta oʻtov;

3 ta shaharga kirish darvozalari;

2 ta minora;

v) “Kinoshahar”:

1 ta toʻrt yulduzli mehmonxona;

4 ta kinopavilyon;

biznes-markazning 2 ta bloki;

kinomahalla (20 ta villa, 200 ta taunxaus, 75 xonadonli koʻp kvartirali uy);

1 omborxona binosi;

3 ta ishlab chiqarish sexi;

kinoakademiya (kinoindustriya sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasi);

supermarket;

xodimlar uchun yotoqxona;

futbol, basketbol, voleybol maydonlari, tennis kortlari, boshqa sport obyektlari, xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi;

xususiy maktab;

xususiy tibbiyot markazi;

maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi;

ishchi, maxsus va oʻyin transportlari uchun garajlar;

bogʻ zonasi.

9.

Uchinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish.

2021-yil

1-sentabrga qadar

42 437 000,00 AQSH doll.*

“WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va investorlar guruhining (“R.I.D. GmbN” (Germaniya), “ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSH, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya), “Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA),

“Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ

Uchinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan:

a) “Xalq diplomatiyasi shahri”:

1 ta kafe va 1 ta restoran;

1 ta mehmonxona;

futbol, voleybol va basketbol maydonlari va tennis kortlari, boshqa sport inshootlar;

b) “Etnoshahar”:

2 ta mehmonxona;

2 ta kafe va 5 ta restoran;

karvonsaroy;

v) “Kinoshahar”:

kinomahalla (18 ta taunxaus, 77 xonadonli koʻp kvartirali uy);

1 ta ishlab chiqarish sexi;

1 ta kichik-ippodrom;

1 ta kovorking-markaz.

10.

“Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini tayyorlash va kiritish.

2018-yil

1-sentabrga qadar

-

-

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmurodov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ,

“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Umarov)

Qaror loyihasida “Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilishi lozim.

II. “101” loyihasi

11.

Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashgan oʻzbekistonliklar nomini abadiylashtirish, yoshlarni otalar va bobolarning qahramonligi misolida tarbiyalash maqsadida “101” romani asosida “101” toʻliq metrajli badiiy film ssenariysini tayyorlash.

2018-yil avgust

2019-yil yanvar

7 000 000,00 AQSH doll.***

“Oʻzbekkino” MA, homiylik mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov),

“Uzbekistan Film Nolding” MCHJ

“101” toʻliq metrajli badiiy filmini ishlab chiqarish uchun ssenariy tayyorlash va tasdiqlash.

12.

Oʻzbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” toʻliq metrajli badiiy filmni suratga olish.

(pre-production ― tayyorgarlikdan oldingi davr)

2019-yil fevral may

Suratga olish jarayoniga tayyogarlik koʻrish

13.

Oʻzbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” toʻliq metrajli badiiy filmni suratga olish.

(production ― film sʼyomkasi)

2019-yil iyun sentabr

Kinoni suratga olish ishlari va tayyor kino materialni olish.

Kinoni suratga olish Oʻzbekiston, Rossiya, Germaniya va Niderlandiyada amalga oshiriladi.

14.

Oʻzbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” toʻliq metrajli badiiy filmni suratga olish.

(montaj-tonirovka ishlari post-production)

2020-yil oktabr yanvar

Tayyor boʻlgan toʻliq metrajli badiiy filmni topshirish.

15.

Oʻzbekistonlik 101-qahramonga haykal oʻrnatish.

2020-yil aprel oyi

Madaniyat vazirligi, homiylik mablagʻlari

Amersfort shahrida (Niderlandiya) haykal oʻrnatilishi 1942-yil 9-aprel kuni Oʻzbekistonlik 101-qahramonni otish sanasiga bagʻishlanadi.

III. “Qahramonlar”loyihasi

16.

“Qahramonlar” romani asosida “Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy film ssenariysini tayyorlash.

2018-yil avgust 2019-yil mart

10 000 000,00 AQSH doll.***

“Oʻzbekkino” MA, homiylik mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ

“Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy filmni ishlab chiqarish uchun ssenariyni tayyorlash va tasdiqlash.

17.

“Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy filmini suratga olish.

(pre-production ― tayyorgarlikdan oldingi davr)

Kinoni suratga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish.

18.

“Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy filmini suratga olish.

(production― film sʼyomkasi)

2019-yil aprel iyun

Kinoni suratgaolish ishlari va tayyor kinomaterialni olish.

Kinoni suratga olish Oʻzbekiston, Rossiya, Xitoyda amalga oshiriladi. Xitoy bozorida kino namoyishlar muvaffaqiyatli boʻlishi oʻtishi uchun Xitoy kinosanʼati yulduzlari taklif qilinadi.

19.

“Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy filmini suratga olish.

(montaj-tonirovka ishlari ― post-production)

2019-yil iyul sentabr

“Qahramonlar” tayyor boʻlgan toʻliq metrajli badiiy filmni topshirish.

20.

Ikkita qahramonga (mayor Maksumov hamda Vey Li) haykal oʻrnatish.

2020-yil may

Madaniyat vazirligi, homiylik mablagʻlari

Haykal oʻrnatilishi ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlanadi.

Jami:

160 559 000,00 AQSH doll.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Uchta shahar” loyihasi doirasida bosqichlar va ishlarni amalga oshirish davomida investitsiyalar summasi oʻsish tomonga oʻzgarishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** xorijiy investorlar guruhining tarkibi oʻzgarishi yoki toʻldirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** dastlabki summa koʻrsatilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 07/18/3880/1574-son; 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)