07.08.2017 yildagi PQ-3176-son
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona-Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirishda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan kino san’atining rolini oshirish, “O‘zbekkino” Milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan bo‘lgan uchrashuvda madaniyat, adabiyot va san’at sohasini rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan muhim chora-tadbirlar belgilanayotgani, jumladan, qator farmon va qarorlar loyihasi tayyorlanayotgani haqida alohida to‘xtalib o‘tgan edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ana shu muhim hujjatlardan birinchisi — “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Qarorda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirishda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan kino san’atining rolini oshirish, “O‘zbekkino” Milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan.

Qarorga muvofiq milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, “O‘zbekkino” Milliy agentligi markaziy apparatining tuzilmasi, “Qoraqalpoqkino” agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari, “Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshida O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi yuridik shaxs sifatida tashkil etildi va uning tuzilmasi tasdiqlandi.

Qarorda “O‘zbekkino” Milliy agentligi uchun milliy kino mahsulotlarini yaratish bo‘yicha yillik ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Davlat buyurtmasiga asosan, 2018-yilda — 20 ta, 2020-yildan boshlab — 30 tadan to‘liq metrajli badiiy filmlar tayyorlanadi.

Shu bilan birga, 2018-yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019-yilda 50 qismdan iborat 25 ta va 2020-yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, o‘quv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish belgilangan.

Yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan multiplikatsion filmlar 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab esa 50 tadan ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Qarorga binoan yana bir tuzilma — milliy kinematografiya san’atini zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh kino ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

Qarorda “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bildirilgan takliflar asosida kinofilmlar namoyishini samarali tashkil etish, aholi, ayniqsa, yoshlarga madaniy xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish maqsadida mamlakatimizdagi mavjud yoshlar markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, litsey va kollejlar binolaridan foydalangan holda, “O‘zbekkino” Milliy agentligi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tarkibida kichik kinostudiyalari va zamonaviy formatdagi kinozallari bo‘lgan mintaqaviy madaniy-ko‘ngilochar komplekslar bunyod etish vazifasi belgilangan.

Ayni vaqtda kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshida malaka oshirish kurslari tashkil etiladi, atoqli kino ijodkorlar dars beradigan “Mahorat maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Mamlakatimizdagi yosh, iste’dodli va istiqbolli kino ijodkorlarning malakasini oshirish maqsadida ularning xorijdagi tegishli yetakchi ta’lim muassasalarida muntazam ravishda tahsil olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.

Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish masalasiga ham qarorda alohida e’tibor qaratilib, shu maqsadda kino sohasining yetuk namoyandalari va tajribali mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuzilishi belgilangan.