24.07.2018 yildagi PQ-3880-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qarori bilan tashkil etilgan Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 272-son qarorining 4-bandida ko‘rsatilgan yagona kinoprokat elektron tarmog‘ini ishlab chiqish, kinoteatrlarni optik tolali aloqa liniyasi orqali kinoprokat tarmog‘iga bosqichma-bosqich ulash, kinoteatrlarda elektron kinochiptalarning tezkor hisobini yuritish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Kinematografiya sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish

1.

Qabul qilingan qarorning talablarini inobatga olib, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekkino” milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish:

Badiiy kengash tarkibini xolislik, obyektiv�ik, ochiqlik tamoyillarini hisobga olgan holda shakllantirish tartibi;

Badiiy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar va funksiyalar doirasini aniq belgilash;

Badiiy kengashning huquq va majburiyati, a’zolarining javobgarligi.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

“O‘zbekkino”MA (F. Zokirov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash tarkibini qabul qilingan qaror talablarini inobatga olgan holda shakllantirish.

Buyruq

2018-yil

10-oktabrga qadar

“O‘zbekkino”MA (F. Zokirov),

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

3.

Davlat buyurtmasi asosida kinomahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tanlov tashkil qilish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish, unda shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

har yili o‘tkaziladigan tanlovlarning aniq muddatlari;

talabgorlarning arizalariga qo‘yiladigan talablar, ularni dastlabki ko‘rib chiqish tartibi;

tanlovda kinokompaniyalarning ishtirok etishi bo‘yicha aniq talablar;

tanlov natijalari ustidan shikoyat qilish tartibi;

tanlovning tashkil etilishi va o‘tkazilishini hamda uning natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalari;

qabul qilingan qarorning talablarini hisobga olgan holda boshqa masalalar.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

LBMA (Sh. Sodiqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarning kino-, videos’yomkasini amalga oshirishning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

LBMA (Sh. Sodiqov),

DXX (J. Igamov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan kinomahsulotlar tannarxini hisoblash tartibi;

davlat buyurtmasi bo‘yicha kinomahsulotlar tayyorlashning ishlab chiqarish-iqtisodiy me’yorlarini;

davlat buyurtmasi bo‘yicha kinomahsulotlar tayyorlashni moliyalashtirishning namunaviy smetalari.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

6.

Quyidagilarni:

kinomahsulotlar, kinoteatrlar va kinozallarni, shuningdek kino aktyorlarni kategoriyalarga ajratish;

kinomahsulotlarni yosh bo‘yicha (0+, 3+, 6+, 12+, 16+, 18+) tasniflash mexanizmlarini joriy etish.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

1-noyabrga qadar

“O‘zbekkino”MA (F. Zokirov),
Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Xalqaro festivallarda taqdim qilish uchun eng yaxshi milliy kinoni aniqlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ- huquqiy hujjat

2018-yil

1-dekabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Original kinomahsulotlardan noqonuniy foydalanish hamda kontrafakt kinomahsulotlarni tarqatishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Harakatlar rejasi

2018-yil

15-sentabrga qadar

IMA (A. Fayzullayev),

Bosh prokuratura huzuridagi departament

(A. Mavlonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Huquq egalari huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirgan holda, davlat va nodavlat telekanallar efirida qonuniy asosda xorijiy va milliy kinomahsulotlarni namoyish qilish mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

31-dekabrga qadar

IMA (A. Fayzullayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),

MTRK (A. Xadjayev),

“O‘zbekkino”MA (F. Zokirov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),

vazirlik va idoralar

II. Xalqaro hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga doir tashkiliy chora-tadbirlari

10.

O‘zbekiston Respublikasi hududi va tashqarisida kinomahsulotlarni hamkorlikda ishlab chiqarish (coproduction) masalalarini huquqiy tartibga solish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-dekabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

O‘zbekiston Kinemotografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

vazirliklar va idoralar

11.

O‘zbekiston Respublikasida kinoturizmni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida kinomahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijiy kinokompaniyalarga tashkiliy, ishlab chiqarish-texnik ko‘maklashish hamda milliy kinolokatsiyani xorijiy davlatlarda ilgari surish uchun mas’ul bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi milliy kinokomissiyani tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

15-sentabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(B. Umarov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),

O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

12.

O‘zbekiston Respublikasida kinoturizmni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida kinomahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijiy kinokompaniyalarga tashkiliy, ishlab chiqarish-texnik ko‘maklashish uchun qulay infratuzilmani yaratish hamda milliy kinolokatsiyani xorijiy davlatlarda ilgari surish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2018-yil

1-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(B. Umarov),

TIV (A. Komilov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),

Milliy kinokomissiya,

Manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan hamda xorijiy davlatlarga olib chiqib ketilgan kinofilmlar (ularning nusxalari) va boshqa arxiv audiovizual materiallarni respublikaga qaytarish masalasini idoralararo darajada ishlab chiqish.

Muzokaralar o‘tkazish va arxiv materiallarni respublikaga qaytarish

2018 2020-yillar.

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

TIV (A. Komilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Manfaatdorvazirlik va idoralar

14.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarning yetakchi kinokompaniyalarida kinoindustriya sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashnitashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-2019-yillar.

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

TIV (A. Komilov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

15.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi samarali faoliyatini ta’minlash, uni zarur vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash, malakali xodimlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil
1-yanvarga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov)

III. Ishlab chiqarilayotgan kinomahsulotlarning turini kengaytirish, kinomahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish

16.

Davlat buyurtmasi bo‘yicha kinomahsulotlarning tasdiqlangan hajmlarini ishlab chiqarish uchun ajratilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida davlat va jamiyat qurilishining eng muhim yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlari borasida xronikal filmlar ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

har yili

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Davlat va jamiyat qurilishining eng muhim yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini tasvirga olish vazifasi zimmasiga yuklatilganini inobatga olgan holda, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi faoliyatining qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

Moliyalashtirish manbalarini qayta ko‘rib chiqish

2018-yil
31-dekabrga qadar

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov),

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov)

18.

Teleserial formatida milliy kinomahsulotlarni tizimli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil
31-dekabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

MTRK (A. Xadjayev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

Qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq, milliy teleefirda uzatilayotgan xorijiy tele-, radio-, kinomahsulotlarni davlat tiliga dublyaj qilish standartlarini qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

1-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

MTRK (A. Xadjayev),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

20.

Internet tarmog‘i orqali kinotanqidchilar hamda tomoshabinlar bahosi asosida(shu jumladan janrlar bo‘yicha) kinomahsulotlarning rasmiy reytingini aniqlash mexanizmini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

31-dekabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),

O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Internet tarmog‘i, televideniye va radioda kinomahsulotlarni reklama qilish, shuningdek, tashqi reklamani joylashtirishni yanada soddalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

15-dekabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

MTRK (A. Xadjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi (R. G‘ulomov),

O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi (I. Latipov)

22.

Respublika ichida kinomahsulotlar distributsiyasi sohasida faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

15-dekabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi huzurida milliy va xorijiy kinoindustriya rivojining dolzarb masalalari, kinomahsulotlarni ishlab chiqarish, prokati va namoyishi, kinematografiya sohasida raqamli va innovatsion texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha axborot-tushuntirish materiallarni yorituvchi “Kino san’ati” jurnalini ta’sis etish. Uni chop etish bo‘yicha sarf-xarajatlarni shaxsiy daromadlar bilan ta’minlanmagan qismi bo‘yicha tashqi reklamani joylashtirish orqali hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni televideniye, radio, Internet tarmog‘ida reklama qilish va piar-kampaniyasini uyushtirish uchun kinomahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

1-sentabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

IV. Rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

24.

Ilg‘or xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, debyut badiiy filmlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotnomani kiritish.

Takliflarni o‘z ichiga olgan tahliliy ma’lumotnoma

2018-yil

15-oktabrga qadar

“O‘zbekkino” NA (F. Zokirov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

25.

Ajratilgan budjet mablag‘lari hajmiga mos ravishda sifatli kino mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida prodyuserlar, ssenariy mualliflari, rejissorlar, boshqa ishlab chiqarish-ijodiy va texnik xodimlarga gonorar to‘lash mexanizmlarini takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

15-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

26.

Davlat buyurtmasi asosidagi milliy kino mahsulotlarini namoyish etayotgan kino teatrlarni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Normativ- huquqiy hujjatlar

2018-yil

15-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

V. “O‘zbekkino” ma ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

27.

2018-yilda tajriba-sinov loyihasi sifatida sarf-xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirgan holda, Andijon va Navoiy viloyatining olis va chekka hududlarida milliy kino mahsulotlari namoyishini tashkil qilish maqsadida ikkita “Kinoklub” ixtisoslashgan avtotransport vositalarini xarid qilish va ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

1-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

“O‘zavtosanoat” AJ (Sh. Umurzoqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),

Milliybank (A. Mirsoatov)

Erishilgan natijalari asosida boshqa mintaqalarning olis va chekka hududlarida milliy kino mahsulotlari namoyishini tashkil qilish maqsadida “Kinoklub” ixtisoslashgan avtotr�nsport vositalarini xarid qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil

1-fevralga qadar

28.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan sifatli kino mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun “O‘zbekfilm” AJni zamonaviy kino anjomlar, kino ishlab chiqarishning texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari, maxsus avtotransport vositalari bilan ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

2018-yil

15-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

29.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan “Qoraqalpoqfilm” davlat unitar korxonasi binosini rekonstruksiya qilishni ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

1-martga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov),

Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi(K. Sariyev)

30.

Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi binosini ta’mirlash.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

2018-yil

1-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov),

Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxo‘jayev)

31.

Toshkent viloyati mahalliy budjeti hisobidan “Do‘rmon” ijodiyot uyi” davlat unitar korxonasi binosini kapital ta’mirlash hamda zarur vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

2018-yil

1-noyabrga qadar

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov),

Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov),

Toshkent viloyati hokimiyati (G‘. Ibragimov)

 LexUZ sharhi

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Ijro muddatlari

Summasi

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

Izohlar

I. “Uchta shahar” loyihasi

1.

“Uchta shahar” loyihasi ijrosi uchun mas’ul “Uzbekistan Film Nolding” MChJ tashkil qilish va uning samarali faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish.

2018-yil

1-avgustga qadar

-

-

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,
A. Sultanov
),

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Umarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Jamiyatning ta’sis etuvchilari “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Intellect Enterprise” MChJ (O‘zbekiston).

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ va u tashkil qiladigan kompaniyalarga “Uchta shahar” loyihasi doirasida soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa preferensiyalar beriladi (imtiyozlar va preferensiyalarning aniq ro‘yxati alohida qaror bilan belgilanadi).

2.

Tegishli infratuzilmaga ega bo‘lgan “Xalq diplomatiyasi shahri”, “Etnoshahar”, “Kinoshahar” obyektlarini qurish joyini aniqlash.

2018-yil

10-avgustga qadar

-

-

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev),

Davyergeodezkadastr (A. Abdullayev),

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

(A. Abduvaliyev),

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),

“O‘ztransgaz” AJ (Sh. Tursunov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxo‘jayev),

Toshkent viloyati hokimligi

(G‘. Ibragimov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Umarov),

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ

Obyektlarni joylashtirish manzili etib Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatining poytaxtga eng yaqin hududlari belgilanadi.

Bunda “Uchta shahar” loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida mazkur hudud (joy) tegishli infratuzilmaga (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, energiya, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari) ega bo‘lishi kerak.

“Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasikamida 100 gektarni tashkil qiladi va uzoq muddatga kamida 49 yilga imtiyozli foydalanishga, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan beriladi.

3.

“Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish maqsadida yer uchastkalarining olib qo‘yilishisababli jismoniy va yuridik shaxslarga mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan kompensatsiya to‘lash.

2018-yil

1-noyabrga qadar

-

Mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan

boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxo‘jayev) va Toshkent viloyati hokimligi (G‘. Ibragimov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov)

Jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalari olib qo‘yilganligi uchun baholash tashkilotlari xulosalari asosida kompensatsiyalarni o‘z vaqtida to‘lash. Yer uchastkalari olib qo‘yilgan shaxslarning qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilishiga yo‘l quymaslik.

4.

“Uchta shahar” loyihasining LTIA/LTIHni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni tasdiqlash.

“Uchta shahar” loyihasining LTIA/LTIH asosida TIA/TIH ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

1-sentabrga qadar

-

Vazirlar Mahkamasi (S. Xolmuradov),

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ,

LBMA huzuridagi loyihalarni va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish

markazi

Hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2018-yil 20-fevraldagi Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3550-son qarori talablariga javob berishi lozim.

5.

“Uchta shahar” loyihasi yer uchastkasidan uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanish uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

2018-yil

25-avgustga qadar

-

-

Davyergeodezkadastr (A. Abdullayev),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxo‘jayev) va Toshkent viloyati hokimligi (G‘. Ibragimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ nomiga huquq o‘rnatuvchilik hujjatlarini olish.

6.

“Uchta shahar” loyihasi doirasida buyurtmachi, bosh loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini belgilash.

2018-yil

1-sentabrga qadar

-

-

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ

“Uchta sh�har” loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi, loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida tanlov (tender) o‘tkazish.

7.

Birinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish.

2019-yil

1-sentabrga qadar

18 775 000,00 AQSh doll.*

“WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va nvestorlar guruhining (“R.I.D, GmbN”

(Germaniya),

“ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSh, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya),

“Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA), “Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ

Birinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan:

a) “Xalq diplomatiyasi shahri”:

6 ta madaniyat markazlari:

landshaft-dizaynerlik ishlarini o‘tkazgan holda Prezidentlar xiyoboni;

Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi;

sun’iy tog‘ va ketma-ket sharsharalarga ega Shoirlar bog‘i;

Yoshlarning vatanparvarlik ruhini ko‘tarish, O‘zbekiston tarixini o‘rganish uchun, to‘siqlar osha yugurish va dor yo‘liga ega bog‘dan iborat “Vatanparvar” bog‘i, muzey-sport vatanparvarlik majmuasi;

Ochiq osmon ostidagi muzey;

yashil, chiroyli alleya va favvoradan iborat “sevishganlar” bog‘i;

1 kafe va 1 restoran;

b) “Etnoshahar”:

Amir Temur saroyi hamda saroy atrofida alleya, favvora va bog‘;

6 ta etnosaroy;

1 kafe va 1 restoran;

esdalik sovg‘alar do‘konlari;

eski ko‘chalar kompleksi;

minora;

“Xalq diplomatiyasi shahri” va “Etnoshahar” majmualarini bog‘lovchi asosiy shahar darvozalari;

v) “Kinoshahar”:

kamida 1200 kv.m. maydonga ega kinotasvirga olish uchun pavilonlar;

kinomahalla (10 ta villa, 20 ta taunxauslar, 50 ta kvartiraga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uy);

biznes-markaz;

ombor binolari;

ishlab chiqarish sexlari;

bog‘ zonasi.

8.

Ikkinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish.

2020-yil

1-sentabrga qadar

82 347 000,00 AQSh doll.*

“WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va investorlar guruhining (“R.I.D. GmbN” (Germaniya),

“ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSh, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya), “Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA),

“Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ

Ikkinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan:

a) “Xalq diplomatiyasi shahri”:

9 madaniyat markazi;

3 ming kishiga mo‘ljallangan ochiq konsert zali;

5 ming kishiga mo‘ljallangan amfiteatr;

ko‘rgazmalar majmuasi;

5 kafe va 3 restoran;

mehmonxona;

kinematografiya markazi;

4 ta muzeydan tashkil topgan muzey maydoni;

b) “Etnoshahar”:

13 ta etnosaroy;

2 ta mehmonxona (uch yulduzli va to‘rt yulduzli);

10 ta kafe va restoran;

20 ta esdalik sovg‘alar do‘konlari;

“Labi Hovuz” eski ko‘chalar kompleksi;

Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi;

2 karvonsaroy (etno-mehmonxonalar);

qal’a devori;

5 ta o‘tov;

3 ta shaharga kirish darvozalari;

2 ta minora;

v) “Kinoshahar”:

1 ta to‘rt yulduzli mehmonxona;

4 ta kinopavilon;

biznes-markazning 2 ta bloki;

kinomahalla (20 ta villa, 200 ta taunxaus, 75 xonadonli ko‘p kvartirali uy);

1 omborxona binosi;

3 ta ishlab chiqarish sexi;

kinoakademiya (kinoindustriya sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasi);

supermarket;

xodimlar uchun yotoqxona;

futbol, basketbol, voleybol maydonlari, tennis kortlari, boshqa sport obyektlari, xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi;

xususiy maktab;

xususiy tibbiyot markazi;

ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi;

ishchi, maxsus va o‘yin transportlari uchun garajlar;

bog‘ zonasi.

9.

Uchinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish.

2021-yil

1-sentabrga qadar

42 437 000,00 AQSh doll.*

“WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va investorlar guruhining (“R.I.D. GmbN” (Germaniya), “ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSh, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya), “Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA),

“Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmuradov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ

Uchinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan:

a) “Xalq diplomatiyasi shahri”:

1 ta kafe va 1 ta restoran;

1 ta mehmonxona;

futbol, voleybol va basketbol maydonlari va tennis kortlari, boshqa sport inshootlar;

b) “Etnoshahar”:

2 ta mehmonxona;

2 ta kafe va 5 ta restoran;

karvonsaroy;

v) “Kinoshahar”:

kinomahalla (18 ta taunxaus, 77 xonadonli ko‘p kvartirali uy);

1 ta ishlab chiqarish sexi;

1 ta kichik-ippodrom;

1 ta kovorking-�arkaz.

10.

“Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini tayyorlash va kiritish.

2018-yil

1-sentabrga qadar

-

-

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov, S. Xolmurodov,

A. Sultanov),

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ,

“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Umarov)

Qaror loyihasida “Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilishi lozim.

II. “101” loyihasi

11.

Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashgan o‘zbekistonliklar nomini abadiylashtirish, yoshlarni otalar va bobolarning qahramonligi misolida tarbiyalash maqsadida “101” romani asosida “101” to‘liq metrajli badiiy film ssenariysini tayyorlash.

2018-yil avgust

2019-yil yanvar

7 000 000,00 AQSh doll.***

“O‘zbekkino” MA, homiylik mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov),

“Uzbekistan Film Nolding” MChJ

“101” to‘liq metrajli badiiy filmini ishlab chiqarish uchun ssenariy tayyorlash va tasdiqlash.

12.

O‘zbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” to‘liq metrajli badiiy filmni suratga olish.

(pre-production ― tayyorgarlikdan oldingi davr)

2019-yil fevral may

Suratga olish jarayoniga tayyogarlik ko‘rish

13.

O‘zbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” to‘liq metrajli badiiy filmni suratga olish.

(production ― film s’yomkasi)

2019-yil iyun sentyabr

Kinoni suratga olish ishlari va tayyor kino materialni olish.

Kinoni suratga olish O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya va Niderlandiyada amalga oshiriladi.

14.

O‘zbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” to‘liq metrajli badiiy filmni suratga olish.

(montaj-tonirovka ishlari post-production)

2020-yil oktyabr yanvar

Tayyor bo‘lgan to‘liq metrajli badiiy filmni topshirish.

15.

O‘zbekistonlik 101-qahramonga haykal o‘rnatish.

2020-yil aprel oyi

Madaniyat vazirligi, homiylik mablag‘lari

Amersfort shahrida (Niderlandiya) haykal o‘rnatilishi 1942-yil 9-aprel kuni O‘zbekistonlik 101-qahramonni otish sanasiga bag‘ishlanadi.

III. “Qahramonlar”loyihasi

16.

“Qahramonlar” romani asosida “Qahramonlar” to‘liq metrajli badiiy film ssenariysini tayyorlash.

2018-yil avgust 2019-yil mart

10 000 000,00 AQSh doll.***

“O‘zbekkino” MA, homiylik mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov), “Uzbekistan Film Nolding” MChJ

“Qahramonlar” to‘liq metrajli badiiy filmni ishlab chiqarish uchun ssenariyni tayyorlash va tasdiqlash.

17.

“Qahramonlar” to‘liq metrajli badiiy filmini suratga olish.

(pre-production ― tayyorgarlikdan oldingi davr)

Kinoni suratga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish.

18.

“Qahramonlar” to‘liq metrajli badiiy filmini suratga olish.

(production― film s’yomkasi)

2019-yil aprel iyun

Kinoni suratgaolish ishlari va tayyor kinomaterialni olish.

Kinoni suratga olish O‘zbekiston, Rossiya, Xitoyda amalga oshiriladi. Xitoy bozorida kino namoyishlar muvaffaqiyatli bo‘lishi o‘tishi uchun Xitoy kinosan’ati yulduzlari taklif qilinadi.

19.

“Qahramonlar” to‘liq metrajli badiiy filmini suratga olish.

(montaj-tonirovka ishlari ― post-production)

2019-yil iyul sentyabr

“Qahramonlar” tayyor bo‘lgan to‘liq metrajli badiiy filmni topshirish.

20.

Ikkita qahramonga (mayor Maksumov hamda Vey Li) haykal o‘rnatish.

2020-yil may

Madaniyat vazirligi, homiylik mablag‘lari

Haykal o‘rnatilishi ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlanadi.

Jami:

160 559 000,00 AQSh doll.

 LexUZ sharhi