Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
“Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 19-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2255-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 6-iyuldagi 11-son “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2255, 2011-yil 16-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 343-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq D. ISAKULOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-iyul,
9-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 13-iyul
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
2018-yil 2-iyul
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 28-iyun
“Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruvi raisi U. MUSTAFOYEV
2018-yil 20-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 10/18/2255-1/1549-son)