Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2018 16.08.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2255
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BO‘YIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIG‘INING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISh QOIDALARINI BUZGANLIK UChUN TARMOQDAN UZILGAN ISTE’MOLChILARNING ELEKTR QURILMALARINI ELEKTR TARMOQLARIGA QAYTADAN ULASh UChUN TO‘LOVNI UNDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2255]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018-yil 13-iyuldagi 9-sonli “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lovni undirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2255-1, 19.07.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son “2011 — 2015-yillar uchun past kuchlanishli elektr tarmoqlarni modernizatsiyalash va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash uchun buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lovni undirish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 6-iyuldagi 11-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lovni undirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son “2011—2015-yillar uchun past kuchlanishli elektr tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qoidalarni buzganlik uchun elektr tarmog‘idan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lovni undirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom iste’molchilar, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va ularning elektr ta’minoti korxonalari (bundan buyon matnda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iste’molchilarning elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Qoidalarda belgilangan holatlarda va tartibda elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmog‘iga qaytadan ulash va elektr energiyasini yetkazib berish iste’molchi tomonidan Qoidalarning buzilgan holatlari bartaraf etilganidan va ushbu Nizomda belgilangan to‘lovlar to‘langanidan so‘ng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Iste’molchilarning elektr tarmog‘idan uzilgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lovni undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoidalarni buzganlik uchun elektr tarmog‘idan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash, ushbu qurilmalarni elektr tarmog‘idan uzgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchilarning yozma arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iste’molchining arizasiga asosan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili iste’molchi bilan birgalikda iste’molchining elektr qurilmalarini elektr tarmog‘idan uzishga sabab bo‘lgan Qoidalarni buzish holatlari bartaraf etilganligini tekshirib, ikki tomonlama dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iste’molchining elektr qurilmalarini elektr tarmog‘idan uzishga sabab bo‘lgan Qoidalarni buzish holatlari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun iste’molchiga to‘lov hujjati (hisob-faktura, kvitansiya) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda to‘lov hujjati (hisob-faktura, kvitansiya)ga muvofiq to‘lanadigan pul miqdori ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lov stavka miqdorlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iste’molchi to‘lov hujjati (hisob-faktura, kvitansiya) bo‘yicha to‘lovni amalga oshirib, ushbu to‘lov hujjatini hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakiliga topshirganidan so‘ng uning elektr tarmog‘idan uzilgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash amalga oshirilgan to‘lovlar navbati bo‘yicha uch kun ichida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilarning elektr qurilmalari elektr ta’minoti shartnomasi bilan belgilangan miqdorlarda va muddatlarda elektr energiyasi (quvvat) uchun to‘lov amalga oshirilmaganligi sababli elektr tarmog‘idan uzilgan holatlarda ularni elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lov miqdori ushbu Nizom ilovasining 2 va 4-bandlarida keltirilgan stavka miqdorlari bo‘yicha, Qoidalarning boshqa xil buzilish holatlarida elektr qurilmalarni elektr tarmog‘iga qaytadan ulash uchun to‘lov miqdori esa ushbu Nizom ilovasining 1 va 3-bandlarida keltirilgan stavka miqdorlari bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagi holatlarda elektr tarmog‘idan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lov miqdori ushbu Nizomning ilovasida belgilangan to‘lov stavkasining ikki barobari miqdorida belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalar buzilganligi uchun elektr tarmog‘idan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi tomonidan Qoidalar bir yil davomida takroran buzilganda, maishiy iste’molchilar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoidalar buzilganligi uchun elektr tarmog‘idan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasining hisobiga to‘langan mablag‘lar ushbu korxonaning asosiy faoliyatidan tushadigan boshqa daromadlari jumlasiga kiritilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — elektr tarmog‘idan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulashni amalga oshirgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi moddiy-texnika resurslarini xarid qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foizi — Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillar uchun past kuchlanishli elektr tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilash dasturini moliyalashtirish uchun mablag‘lardan maqsadli foydalanishga “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining maxsus hisobiga yo‘naltiriladi. Bunda ushbu Dastur amalga oshirilganidan so‘ng mablag‘lar har yili “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining manzilli qurilishlar ro‘yxatiga kiritiladigan past kuchlanishli elektr tarmoqlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir nechta ulanish nuqtasiga ega bo‘lgan elektr tarmog‘idan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda har bir amaldagi qaytadan ulash nuqtasi bo‘yicha alohida to‘lov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iste’molchilarning elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasining aybi bilan elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan holatlarda ularni elektr tarmog‘iga qaytadan ulash uchun to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda iste’molchilar elektr energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iste’molchilar tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun amalga oshirilgan to‘lovlar ularni Qoidalar buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 4-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 4-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi J. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 4-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekenergo” DAK Boshqaruvi raisi B. TEShABAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 4-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun tarmoqdan uzilgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lovni undirish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilarning elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlariga qaytadan ulash uchun to‘lov stavka
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Iste’molchilarning toifasi‎ Ulash turi va ulanadigan quvvatlar‎ Stavka miqdori, belgilangan eng kam ish haqiga nisbatan‎
1.

Maishiy iste’molchilar

Taqsimlash shchitidagi uzgich yoki avtomatdan, elektr hisoblagichdan‎ 0,5‎
Havo liniyasi tayanchining izolyatoridan‎ 1‎
2.‎

Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan maishiy iste’molchilar‎

0‎
3.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘lgan iste’molchilar‎‏

50 kVt gacha‎

2‎
50 kVt dan
‎750 kVA gacha ‎
5‎
750 kVAdan yuqori‎ 10‎
4.

Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘lgan iste’molchilar

50 kVt gacha‎

1‎
50 kVt dan
‎750 kVA gacha ‎
3‎
750 kVA dan yuqori‎ 7‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 32-33-son, 343-modda)