O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-sonli qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-iyul,
553-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 1-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan 2019-yil 20-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organi xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda sudyalarga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda):
a) qarorning nomlanishidagi “departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga” so‘zlari “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
ilovaning nomlanishidagi “departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son” va “(keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi 5414-son” va “(keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi o‘rinlarda sudyalar deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga tatbiq etiladi”;
2-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari xodimining” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimining” so‘zlari bilan, “keyingi o‘rinlarda sudyaning, prokuratura va davlat soliq xizmati organlari xodimining” so‘zlari “keyingi o‘rinlarda sudyaning, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi II2 bob qo‘shilsin:
“II2 bob. Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining dastlabki badalni olishi, uni berish va qaytarish tartibi
199. Dastlabki badal davlat bojxona xizmati organlari xodimining hisob raqamiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobiga kiritilishi mumkin.
1910. Davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga dastlabki badalni to‘lash uchun Maxsus jamg‘armadan mablag‘ ajratish maqsadida ish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalarida, “Toshkent-AERO” ixtisoslantirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazida tegishli komissiya (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda DBQ komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
1911. Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobiga dastlabki badalni o‘tkazish uchun davlat bojxona xizmati organlari xodimi ish joyi bo‘yicha hududiy komissiyalarga, Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati xodimi esa DBQ komissiyasiga qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimi qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat bojxona xizmati organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar yoki davlat bojxona xizmati organlari xodimining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
davlat bojxona xizmati organlari xodimining oilasi tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va uning pasporti nusxasi;
davlat bojxona xizmati organlari xodimini tayinlash to‘g‘risidagi tegishli buyruqning nusxasi.
1912. Ariza va ushbu Nizomning 1911-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin hududiy komissiya o‘n kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya ikki kun muddatda ushbu qarorni (zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) DBQ komissiyasiga yuboradi.
Mablag‘ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya bir kun muddatda davlat bojxona xizmati organlari xodimini rad etish sabablari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
1913. DBQ komissiyasi bir hafta muddatda DBQ markaziy apparati xodimining arizasini va hududiy komissiya qarorini va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan ikki nusxada bayonnoma tuzadi. Bayonnomaning har ikki nusxasi DBQ komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda DBQ komissiyasi ikki kun muddatda bayonnomaning bir nusxasini Davlat bojxona qo‘mitasi Hay’ati (keyingi o‘rinlarda DBQ Hay’ati deb ataladi) qarori loyihasini tayyorlash uchun Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga kiritadi.
Mablag‘ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda DBQ komissiyasi uch kun muddatda DBQ markaziy apparati xodimi va hududiy komissiyani rad etish sabablari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hududiy komissiya bir kun muddatda davlat bojxona xizmati organi xodimini rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Quyidagilar rad etish sabablari hisoblanadi:
zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilishi;
hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi;
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari yetishmasligi.
1914. DBQ Hay’ati qarori tasdiqlangandan keyin ikki kun muddatda DBQ komissiyasi bu haqda hududiy komissiyani yozma ravishda xabardor qiladi va davlat bojxona xizmati organlari xodimi bilan qarz shartnomasini tuzadi.
Qarz garov ta’minoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati o‘n yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
1915. Dastlabki badalni to‘lash davlat bojxona xizmati organlari xodimi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzgandan keyin xodimning tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki badal uchun ajratiladigan summa yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan oshmasligi kerak.
1916. Bojxona organlari xodimi tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va boshqa daromadlar, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar hisobiga naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish;
naqd pul topshirish;
davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining tijorat banklaridagi omonatlari bo‘yicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish.
Bunda qarz bo‘yicha qarz mablag‘lari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq to‘lanadi.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega”;
20-bandning birinchi — beshinchi xatboshilaridagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin
21-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Sudya, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura, davlat soliq xizmati hamda davlat bojxona xizmati organlari xodimlari ipoteka krediti olish uchun tijorat bankiga murojaat qilgandan keyin tijorat banki ularni ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Sudya, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishlari kerak”;
23-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27, 29 va 30-bandlardagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“28. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun ipoteka krediti berish tijorat banki tomonidan sudya, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi nusxasi ilova qilingan holda sudyaning, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining yozma topshiriqnomasi asosida, sotuvchining (mulkdorning) omonat hisob raqamiga pul mablag‘larini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi”.
31-banddagi “sudya va davlat soliq xizmati organlari xodimi” so‘zlari “sudya, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “sudya va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovada
ilovaning nomlanishidagi “departamenti va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son” va “(keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) hamda davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son” va “(keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin”
ikkinchi xatboshidagi “prokuratura organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Sudyaga, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga pul kompensatsiyasi to‘lash sudya, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimi tayinlangan joyga kelgandan (saylangandan) keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sudyaga, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari to‘xtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi to‘lash to‘xtatiladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat bojxona xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi (keyingi o‘rinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart”;
5-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari tegishli son va kelishikda “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Sudya, sud organlari xodimi va prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi.
Pul kompensatsiyasi to‘lash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
sudyani tayinlash (saylash) to‘g‘risidagi qarorning nusxasi, sud organlari xodimini, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi;
nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
qonun hujjatlariga muvofiq oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hujjatlarining nusxasi;
uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining nusxasi.
Tegishli organ taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini ko‘rsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlash to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Tegishli organlar shaxslar ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari o‘zgarishini doimiy nazorat qiladilar”;
7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud organlari xodimiga va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga bola ikki yoshga to‘lgungacha uni parvarish qilish uchun ta’til berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi ta’tilning butun davriga, biroq sud organlari va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi”;
8-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshidagi “prokuratura va davlat soliq xizmati organlari” so‘zlari “prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining intizomiy ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 27-martdagi 135-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 28-noyabrdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 91-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 28-sentabrdagi 205-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 9-son, 56-modda) ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 1-son, 79-modda) 1-ilovaning 85-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilovaning 46, 49 — 55-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Darband” yo‘l-patrul xizmati postiga yondosh hududda bojxona punktini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 9-iyundagi 193-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 25-iyuldagi 239-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-yanvardagi 14-f-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son; 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)