Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga muvofiq hamda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni yaxshilash va bojxona organlari xodimlarining intizomini mustahkamlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘yilgan vazifalarni to‘liq va og‘ishmay bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, respublika Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga so‘zsiz rioya qilish, qasamyod, ustavlar talablariga va boshliqlarning buyruqlarini aniq bajarish, qonuniylikka qat’iy rioya qilish;
4. Boshliq o‘ziga bo‘ysunuvchilar o‘rtasida intizomning ahvoli uchun javob beradi. U O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, respublika Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, qasamyod va mazkur Ustav talablariga, axloq normalariga rioya qilishda ularga doimiy ravishda namuna bo‘lishi, bo‘ysunuvchilarda xizmat burchini, sha’n va qadr-qimmatni anglashni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, tashabbusni, xizmatda tirishqoqlik va o‘zini ko‘rsatishni rag‘batlantirishi hamda dangasa va ishyoqmaslarni qattiq jazolashi kerak.
Rag‘batlantirish tadbirlari sifatida ushbu Ustav 14-bandining “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan ilgari berilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham qo‘llanishi mumkin.
13. Davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv yurtlarida, ushbu Ustavning 12-bandida nazarda tutilgan rag‘batlantirishlardan tashqari, o‘qish kursini a’lo baholar bilan tugallashgan kursantlar va tinglovchilar nomini Hurmat taxtasiga yozib qo‘yish tarzidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanadi.
15. Davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv yurtlarida mazkur ustavning 14-bandida sanab o‘tilgan jazolardan tashqari bir oy muddatgacha o‘quv yurtidan tashqariga chiqishdan mahrum etish va xizmat bo‘yicha navbatdan tashqari naryadga tayinlash sifatida jazolar qo‘llaniladi.

T/r

Lavozimlarning nomi

Boshliqlarning huquqlari

rag‘batlantirishlarni qo‘llash bo‘yicha

intizomiy jazolar berish bo‘yicha

1.

Bojxona posti, bojxona kompleksi boshlig‘i, DBQB (MBK) hududiy organlari va DBQ markaziy apparati bo‘lim boshliqlariTashakkur bildirish
Ular tomonidan ilgari berilgan
jazolarni olib tashlash
Og‘zaki:
Tanbeh berish va hayfsan e’lon qilish

2.

DBQB (MKB) boshliqlarining o‘rinbosarlari, DBQ markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari va o‘quv bo‘linmalari boshliqlariTashakkur bildirish
Ular tomonidan ilgari berilgan
intizomiy jazolarni olib tashlash
Og‘zaki:
Tanbeh berish, hayfsan va qattiq hayfsan e’lon qilish

3.

DBQB (MKB) boshliqlariTashakkur bildirish
Qimmatbaho sovg‘alar yoki pul bilan mukofotlash
Hurmat taxtasiga qo‘yish
Ular tomon�dan ilgari berilgan
jazolarni olib tashlash
Tanbeh berish
Hayfsan e’lon qilish
Qattiq hayfsan e’lon qilish
Xizmatga to‘liq munosib emasligi to‘g‘risida ogohlantirish
Kichik boshliqlar tarkibidagi shaxslarni bojxona organlaridan bo‘shatish

4.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosariBojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan rag‘batlantirish huquqidan foydalanadi, o‘rta va katta boshliqlar tarkibiga muddatidan ilgari navbatdagi maxsus unvonlar berish, shuningdek o‘rta va katta boshliqlar tarkibidagi shaxslar maxsus unvonini bir pog‘onaga pasaytirish huquqi bundan mustasno.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisiBojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan Intizomiy ustavning to‘la hajmda rag‘batlantirish va jazolash huquqidan foydalanadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi