18.07.2018 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari haydovchilari, shu jumladan respublika hududiga tashrif buyuradigan turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 1-avgustdan boshlab, jismoniy va yuridik shaxslarga tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari old yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi — 30 foizdan kam bo‘lmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari (turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlarning M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari, shuningdek, minivenlari bundan mustasno) yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi — 30 foizdan kam bo‘lmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti bo‘yicha, shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi yuqorida belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lmagan darajada o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnomaga asosan amalga oshiriladi;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositalari orqa oynasining tusini, M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining, shuningdek, avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasiz, tasdiqlangan davlat standarti asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b1) oynalar tusini o‘zgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi o‘zgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtomatik tarzda saqlab qolinadi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qaroriga asosan “b1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan ushbu toifadagi avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari:
(2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n to‘rt baravari miqdorini tashkil etadi.
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan ushbu toifadagi avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida belgilanadi.
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g1) turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlarning M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari, shuningdek, minivenlar yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun bir martalik to‘lov stavkalari ushbu bandning “g” kichik bandiga muvofiq belgilanadi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan “g1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish uchun tushadigan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ruxsatnomalar blanklarini va tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomaning mavjudligini tasdiqlovchi maxsus emblema (gologramma)larni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga, DYHXX moddiy-texnika bazasini va avtomobil parkini rivojlantirishga, raqamli texnologiyalarni joriy etishga, shuningdek, xodimlarini rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi.
(2-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan DYHXX xodimlarining (ishchi va xizmatchilar) qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan 15 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. 2019-yilning 1-sentabriga qadar avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lovlar stavkasi eng kam ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda oynalarning tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish uchun tushadigan mablag‘larni taqsimlash hamda ulardan “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKning oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga, shuningdek, DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarini ijtimoiy rag‘batlantirish uchun foydalanish tartibini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) bo‘yicha davlat standartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish bepul amalga oshiriladigan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni ro‘yxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oynalarining tusi ruxsatnomasiz o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yig‘imlarni undirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 26-27-son, 298-modda) bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament 74-bandining birinchi xatboshiga “shuningdek, ichki ishlar organlari ruxsatnomasi asosida oynalarining tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalariga” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/547/1531-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son; 09.10.2020-y., 09/20/635/1360-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son; 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son; 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)