Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga hamda “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qarorga ilova 13-bandining “a” kichik bandi va “g” kichik bandining toʻrtinchi-beshinchi xatboshilari 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-iyul,
539-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarorida:
a) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzvinsanoat-xolding” xolding kompaniyasi” va “Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” va “Aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi” va “xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilardagi “xolding kompaniyasi”, “xoldingga” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibida Rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin, unga quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish yuklansin:”
beshinchi xatboshidagi “Rekonstruksiyalash va rivojlantirish jamgʻarmasi”, “xolding” soʻzlari “Rivojlantirish jamgʻarmasi”, “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 1-bandi uchinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizomda:
a) 1, 2-bandlardagi, 3-bandning uchinchi xatboshidagi va 22-banddagi “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 26-banddagi “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 27-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Statistika hisobotlari, shuningdek yuqori turuvchi tashkilotlarga va “Oʻzsharobsanoat” AJ ga ham taqdim etiladi. “Oʻzsharobsanoat” AJ ga statistik hisobotlardan tashqari mavsum boʻyicha uzumni qayta ishlash toʻgʻrisidagi yakuniy hisobot taqdim etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 3-iyuldagi 281-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qarori 1-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-martdagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 16-modda) 3-bandining birinchi xatboshidagi va 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi” faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 78-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi va 8-bandidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sogʻlomlashtirish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 6-sentabrdagi 362-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2001-yil 16-noyabrdagi 452-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 63-modda) 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 23-son, 186-modda) 1-ilovaning 9-bandidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 87-modda):
a) 1-ilovaning 24-xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 18-bandidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning “d1” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin;
b) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “tamaki xomashyosini fermentlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK”, “Oʻzspirtsanoat AK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
beshinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” yoki “Oʻzspirtsanoat AK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik quvvatlarining kamida 60 foizidan foydalanishni taʼminlashi (ishlab chiqarish quvvatlaridan litsenziatga bogʻliq boʻlmagan hollarda foydalanmaslik bundan mustasno)”;
g) 9-bandda:
“v” kichik banddagi “ushbu shart faqat achigan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“j” kichik banddagi “shuningdek faqat achigan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “i” kichik band qoʻshilsin:
“i) uzumning mevali texnik navlarini yetishtirish uchun kamida 100 gektar plantatsiyasi va vino-konyak mahsulotlarini saqlash va yetiltirish uchun eman bochkalari mavjud boʻlgan korxonalar tabiiy vino, vinomateriallar va konyak spirtlarini ishlab chiqarish hamda uzumni qayta ishlash faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin. Mazkur shart oʻz uzumzorlari xom ashyosidan achigan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan)ni ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi”;
d) 10-bandda:
“g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishning mavjud yillik quvvatlaridan kamida 60 foizga foydalanishni taʼminlash. Ushbu shartlar ishlab chiqarish quvvatlaridan litsenziatga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha foydalanmagan holatlariga tatbiq etilmaydi”;
“d” kichik banddagi “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
e) 11-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 37-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) ilovasining “Davlat axborot resurslari nomi” ustuni 108-pozitsiyasidagi “Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish” soʻzlari “tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda):
a) qarorning nomidagi, kirish qismidagi, 1, 2 va 3-bandlaridagi “tamaki xom ashyosini fermentlash va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizomda:
nomidagi “tamaki xom ashyosini fermentlash va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1, 3-bandlardagi, 4-bandning birinchi xatboshidagi, 6-bandning birinchi xatboshidagi, 14-bandining birinchi xatboshi va 28-bandining sakkizinchi xatboshidagi “tamaki xom ashyosini fermentlash va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar) ni sanoat asosida ishlab chiqarish faoliyati litsenziyalanadi.”
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyaning amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi”;
birinchi xatboshidagi “litsenziyalar berish” soʻzlaridan oldin “tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin;
“a” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“b” kichik bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
34-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“34. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida davlat boji belgilanadi.
Litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkaziladi”;
nomidagi “tamaki xom ashyosini fermentlash va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“1-bosqich” blokining “Tadbirlar” ustunidagi 1-banddan “tamaki xomashyosini fermentlash va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus koʻrsatish va amalga oshirish uchun masʼul yirik korxonalarning tarkibiy boʻlinmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 19-bandidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son Qonuni)” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga 1-ilovaning 23-bandi “a” kichik bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 15-sentabrdagi 265-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 81-modda) ilova 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 206-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 55-modda):
a) 2 va 6-bandlardagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisida nizomda:
2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi, 3, 5 va 15-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning I bosqich, III bosqich, VIII bosqich, IX bosqich, XI-1 bosqich, XII bosqich bloklari “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-dekabrdagi 400-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 50-son, 567-modda) 6-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Lavozimi boʻyicha — “Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisi”.
22. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 71-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentda:
a) 5-bandga “(vinochilik mahsuloti uchun — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan saqlash muddati davomida)” soʻzlari qoʻshilsin”;
b) 14-bandda:
uchinchi xatboshiga “(vinochilik mahsuloti uchun — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan saqlash muddati)” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Yaroqlilik muddati” soʻzlaridan soʻng “(vinochilik mahsuloti uchun — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan saqlash muddati)” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 15-banddagi “yaroqlilik muddati” soʻzlaridan soʻng “(vinochilik mahsuloti uchun — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan saqlash muddati davomida)” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 17-banddagi “yaroqlilik muddati” soʻzlaridan soʻng “(vinochilik mahsuloti uchun — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan saqlash muddati davomida)” soʻzlari qoʻshilsin;
d) 22-bandning sakkizinchi xatboshiga “(vinochilik mahsuloti uchun — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan saqlash muddati)” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 7-apreldagi 192-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 15-son, 251-modda):
a) nomidagi, kirish qismidagi, 1-banddagi, 2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “tamaki xom ashyosini fermentlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Komissiya (Mirzayev)” soʻzlari “Komissiya (Xolmuradov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 7-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi
TARKIBI
TARKIBI
|
S.R. Xolmuradov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari |
|
A.Ya. Xaydarov |
— |
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
M.B. Azimov |
— |
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi |
|
M.M. Mirzayev |
— |
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
A.U. Karimov |
— |
“Oʻzstandart” agentligining bosh direktori |
|
O.S. Mustafayev |
— |
“Oʻzsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
|
N.A. Vapayev |
— |
Vazirlar Mahkamasining vinochilik va alkogolli mahsulotlari ishlab chiqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi, Komissiyaning masʼul kotibi”. |
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-maydagi 285-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 365-modda) 2-ilovaning 16-bandidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-noyabrdagi 886-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom 13-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Roʻyxati “8. Xoʻjalik boshqaruvi organlari” boʻlimining 10-bandidagi “Oʻzvinosanoat-xolding”” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son; 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)