ILOVA
ILOVA
|
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari | ||||
|
I bosqich |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ, qayta ishlash korxonalari, tayyorlovchilar, eksport qiluvchi korxonalar |
Kish-bahor davriga g‘amlash uchun qayta ishlash korxonalari, tayyorlovchilar, shuningdek eksport qiluvchi korxonalar ehtiyojlarini o‘rganish. Ehtiyojlarni viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmalariga taqdim etish. |
Har yili 1-iyulgacha | |||
|
|
||||||
|
II bosqich |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ, Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmalari |
Quyidagilardan: qayta ishlash korxonalarining ishlab turgan quvvatlaridan: hududlar aholisi sonini hisobga olgan holda ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan g‘amlash hajmlar”dan; tashki sotish bozorlari talab va takliflaridan, shuningdek tuzilgan eksport kontraktlaridan kelib chiqqan xolda, taqdim etilgan materiallar asosida meva-sabzavot mahsulotlariga ehtiyojni birgalikda ishlab chiqish. kelishish va shakllantirish. |
Har yili 20-iyulgacha | |||
|
|
||||||
|
III bosqich |
Viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmalari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ |
Meva-sabzavot mahsulotlariga davlat buyurtmasining dastlabki hajmlarini turlari, miqdori va yetkazib berish muddatlari bo‘yicha Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish. |
Har yili 1-avgustgacha | |||
|
|
||||||
|
IV bosqich |
Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
Takliflarni umumlashtirish xamda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi dastlabki balansi ko‘rsatkichlarini buyurtmachilarga yuborish. |
Har yili 15-avgustgacha | |||
|
|
||||||
|
V bosqich |
Iqtisodiyot vazirligi |
Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi dastlabki balansini buyurtmachilarga, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga. viloyatlar hokimliklariga Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yuborish. |
Har yili 15-avgustgacha | |||
|
|
||||||
|
VI bosqich |
Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
Davlat buyurtmasi balansi hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan meva-sabzavot tegishli turlarini yetishtirish imkoniyatlari yuzasidan kelishish. |
Har yili 20-avgustgacha | |||
|
|
||||||
|
VII bosqich |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari |
Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi dastlabki balansi hajmlarini tuman hokimliklariga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, agrofirmalarga va meva-sabzavot mahsulotlarining boshqa yetishtiruvchilariga yetkazish. |
Har yili 20-avgustgacha | |||
|
|
||||||
|
VIII bosqich |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazish, Meva-sabzavot mahsulotlarini yo‘nalishlar bo‘yicha, shu jumladan qayta ishlash, g‘amlash va eksport qilish uchun xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish. |
Har yili yarmarka o‘tkazish davrida | |||
|
|
||||||
|
IX bosqich |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroeksport” AJ, “O‘zsharobsanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi |
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yakunlari bo‘yicha materiallarni umumlashtirish xamda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasini ishlab chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish. |
Har yili yarmarka tugagan kundan boshlab bir hafta muddatda | |||
|
|
||||||
|
X bosqich |
Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
Kelgusi kalendar yil uchun meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Xar yili yarmarka tugagan kundan boshlab 20 kundan kechikmay | |||
|
|
||||||
|
XI bosqich |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari |
Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan xolda qishloq xo‘jaligi ekinlarini viloyatlar, tumanlar va fermer xo‘jaliklari bo‘yicha joylashtirish. |
Har yili balans tasdiqlangandan keyin | |||
|
|
||||||
|
XII bosqich |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsharobsanoat” AJ qayta ishlash korxonalari, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tayyorlov korxonalari. “O‘zagroeksport” AJ hududiy filiallari |
Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasini bajarish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari va eksport kontraktlarining bajarilishi to‘g‘risida tuman hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma bo‘limlariga axborot taqdim etish. |
Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasigacha | |||
|
|
||||||
|
XIII bosqich |
Tuman hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari |
Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlarining bajarilishi to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtirish va viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmalariga taqdim etish. |
Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha | |||
|
|
||||||
|
XIV bosqich |
Viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmalari |
Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlarining bajarilishi to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtirish va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish. |
Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 6-sanasigacha | |||
|
|
||||||
|
XV bosqich |
Iqtisodiyot vazirligi |
Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlarining bajarilishi to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. |
Har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 7-sanasigacha | |||