1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Xarajatlar |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Immunologiya va tibbiy genetika sohasida fundamental hamda amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarni olib borish | |||||||
|
1. |
2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutida fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlarni oʻtkazish Konsepsiyasini tasdiqlash. |
Immunopatologik jarayonlarning asosiy yoʻnalishlari va mexanizmlarini oʻrganish va ilmiy tadqiqotlarning natijalarini tatbiq etish. |
2018-yil |
— |
— |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
2. |
Chet ellardagi ilmiy markazlar tomonidan oʻtkaziladigan immunologiya va inson genomikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish. Tahlil natijalarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti tadqiqotlarining yoʻnalishlarini yangilash maqsadida har yili monografiyalar va sharhlovchi maqolalarni eʼlon qilish. |
Tahliliy maʼlumot yozishmalari. Ilmiy tadqiqotlarning yoʻnalishlari, mavzulari, uslub va texnologiyalarini asoslab berish |
2018-2019-yillarda |
— |
— |
Fanlar akademiyasi | |
|
3. |
Diagnostika va davolashning yangi bioregulyatsion uslublarini ishlab chiqish uchun tahliliy va texnologik asosni yaratgan holda immunitetga bogʻliq patologiyalar (onkologik, autoimmun va metabolik patologiyalarda) autoimmun-yalligʻlanish jarayonlari shakllanishi tizimli immuno-genom va hujayra-molekulyar mexanizmlari mushtarakligi/ farqlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan fundamental ilmiy tadqiqotlarni olib borish. |
Ilmiy hisobotlar. Turli kasalliklar autoimmun-yallagʻlanish jarayonlari umumiy mexanizmlari tavsifi |
2018-2019-yillarda |
Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
4. |
Koʻp omilli kasallarning personallashtirilgan genodiagnostikasi uchun molekula-genetik texnologiyalar va diagnostika panellarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy ilmiy tadqiqotlarni bajarish |
Ilmiy hisobotlar. Ilmiy-texnik hujjatlarni tayyorlash |
2018-2019-yillarda |
Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
5. |
Yakka tartibdagi dori terapiyasi va davolash samaradorligini baholash kurslarini tanlash uchun, jumladan, farmakomonitoring metodikasi va farmakogenom prognozlashtirilishi bilan birga personallashtirilgan tibbiyotning yangi yondoshuvlarini tatbiq etgan holda dori vositalarining immun tizimiga taʼsiri xususiyatlarini aniqlash maqsadida klinikagacha boʻlgan bosqichda dori-darmonlarning immunotron taʼsirini oʻrganish metodlarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy ilmiy tadqiqotlarni bajarish. |
Ilmiy hisobotlar. Ilmiy-texnik hujjatlarni tayyorlash |
2018-2019-yillarda |
Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
6. |
Bolalar va kattalardagi qandli diabetning hujayra terapiyasini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni bajarish. |
Ilmiy hisobotlar. Ilmiy-texnik hujjatlarni tayyorlash |
2018-2019-yillarda |
Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
7. |
Personallashtirilgan immunoterapiyaning protokollarini ishlab chiqqan holda immun tizimining faoliyatini inobatga olib, turli xil (infeksion, allergik, autoimmun va onkologik) birlamchi va ikkilamchi immunitet tanqisligida immunodiagno-stika, immunoterapiya va immunoprafilaktikaning zamonaviy algoritmlarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy ishlarni bajarish. |
Ilmiy hisobotlar. Ilmiy-texnik hujjatlarni tayyorlash |
2018-2019-yillarda |
Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
8. |
Immunologiya va inson genomikasi sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarning natijalari boʻyicha ilmiy maqolalarni chet ellardagi ilmiy jurnallarda chop etish. |
Nashr etish. Patentlar olish. Ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshli-gini taʼminlash, Immunologiya va inson genomikasi instituti faoliyatining xalqaro maydonda eʼtirof etilishi. |
Har yili |
— |
— |
Fanlar akademiyasi | |
|
9. |
Xalqaro indeks va referativ maʼlumot bazalarida indeksatsiya qilish orqali “Nazariy va klinik tibbiyot” (“Teoreticheskaya i klinicheskaya meditsina”) jurnalini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida uning tashkiliy va moddiy-texnikaviy tuzilmasini kuchaytirish. |
Jurnalni har chorakda chiqarish |
2021-yilga borib xalqaro indeks va referativ maʼlumot bazalarida indeksatsiya qilish |
Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Immunologiya va inson genomikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi | |
|
II. Immunologiya va inson genomikasi sohasidagi ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||||
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti huzurida immunologiya va inson genomikasi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim Markazini tashkil etish. Sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajadagi kurslarda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv, metodik va moddiy-texnik bazani yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
2019 yil |
— |
Immunologiya va inson genomikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ | |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti huzurida immunologiya va inson genomikasi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Markazidagi pedagogik faoliyatga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti yetakchi ilmiy xodimlarini, shuningdek, shartnoma asosida xorijiy mutaxassislarni, amaliyot mutaxassislarini jalb etish. |
Tashkiliy |
Tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida doimiy |
Kelishuv boʻyicha |
— |
Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, | |
|
12. |
Yosh olimlarni immunologiya va inson genomikasi sohasidagi yetakchi tadqiqot laboratoriyalarida oʻtkaziladigan treninglarga yuborish |
Memorandumlar (bitimlar) tuzish |
Memorandum-lar (bitimlar)ga muvofiq |
Kelishuv boʻyicha |
Xorijiy grantlar va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ | |
|
13. |
Malaka oshirish hamda zamonaviy ilmiy texnologiyalar va bilimlarni oʻzlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy xodimlarini xalqaro konferensiyalar va seminarlarga yuborish. |
Chora-tadbirlar kompleksi. Kadrlar malakasini oshirish, yangi bilimlarni oʻzlashtirish va Oʻzbekistonga yangi texnologiyalarni olib kelish. Ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshli-gini oshirish |
Tadbirlarni oʻtkazish muddatlarida |
Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Grantlar va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari, Immunologiya va inson genomikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
|
14. |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutining hujayra terapiyasi boʻlimi uchun yangi korpus qurilishi va mazkur institut binosinikapital taʼmirlash, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
2019 yil |
— |
Grantlar va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari, Immunologiya va inson genomikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, boshqa manbalar |
Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ | |