Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2018 30.09.2016 yildagi PQ-2620-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Immunologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3838-sonli “Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Immunologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining oʻquv jarayoni bilan oʻzaro bogʻliqligini kuchaytirish, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarini va talabalarini immunologiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishga keng koʻlamda jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya institutini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika immunologiya ilmiy markazi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Respublika immunologiya ilmiy markazi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson organizmining immunologik va genetik asoslari, immun tanqisligi va immun qaramligi kasalliklari rivojining umumjahon va mintaqaviy biomeditsina yutuqlari bilan chambarchas bogʻliq holdagi fundamental tadqiqotlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
immun tizimining qayta qurilishini baholashga yondashuvlarni takomillashtirish hamda kasalliklarning kechishi qay darajada ogʻirligini aniqlash va allergik, autoimmun va immun tanqisligi kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarda, shu jumladan bemor bolalarda immun modullashtirish terapiyasini oʻtkazish uchun prognostika mezonlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonning genetik xilma-xilligi masalalarini har tomonlama va chuqur tadqiq etish, funksional va qiyosiy genomika, gen-muhandislik va hujayra texnologiyalari sohasida tadqiqotlar olib borish, tibbiyotda genom-hujayra texnologiyalarini qoʻllanishning nazariy va metodologik jihatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmokologiya sohasida yangi yoʻnalishlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, mahalliy xomashyo va mamlakatimiz immunogenomikasi yutuqlari asosida yangi samarali mahalliy farmatsevtika texnologiyalari hamda immunotrop dori-darmon vositalarini ishlab chiqish va yaratish, vatanimizning samarali dori-darmon vositalarini aprobatsiya qilish va sogʻliqni saqlash amaliyoti tizimiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va amaliy tadqiqotlar bosqichidan boshlab to mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimi amaliyotiga joriy etishga qadar immunogenom texnologiyalari sohasida idoralararo kompleks dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion tibbiy xizmatlar va texnologiyalarni topshirish tizimini rivojlantirish, immun qaramligiga chalingan ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar hamda immunopatologik holatlar diagnostikasi va davolanishi samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, immunogenomika sohasiga grantlar va investitsiyalarni jalb etish, tajriba almashish maqsadida chet ellardagi yetakchi ilmiy markazlar va universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek immunologiya va genom-hujayra texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan konferensiyalar, anjumanlar va seminarlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biomeditsina texnologiyalari va ular bilan bogʻliq yoʻnalishlar sohasida yuqori malakali yosh mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida ilm-fanni taʼlim bilan uygʻunlashtirish shakllarini takomillashtirish, innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiruvchi yangi dasturlar va metodlarni ishlab chiqish, oʻquv jarayonini uslubiy jihatdan toʻldirish, shuningdek Markaz ilmiy xodimlarining ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari oʻquv jarayonida faol ishtirok etishlarini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika immunologiya ilmiy markazi xodimlarining cheklangan soni 48 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziriga, zarur hollarda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika immunologiya ilmiy markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Immunologiya institutining amaldagi shartnomalari boʻyicha huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlarining natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, shuningdek xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Respublika immunologiya ilmiy markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(5-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari Markaz xodimlariga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Immunologiya instituti xodimlarini, shu jumladan ilmiy xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq tarkibda attestatsiya komissiyasi tuzilsin, malakali mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika immunologiya markaziga ishga qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika immunologiya ilmiy markazi ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 74-uyda joylashgan Immunologiya instituti binosi unda Respublika immunologiya ilmiy markazini joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga operativ boshqarish huquqi bilan topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorning qoidalaridan kelib chiqqan holda 2016-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlar parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2620-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 468-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)