05.07.2018 yildagi PQ-3838-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Immunologiya va inson genomikasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish, keng tarqalgan kasalliklarning immunodiagnostikasi, immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasida innovatsion texnologiyalarni yaratish, shuningdek, mazkur sohada yuqori malakali mahalliy ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika immunologiya ilmiy markazini Immunologiya va inson genomikasi instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb yuritiladi) etib qayta tashkil qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biotibbiyotning umumjahon yutuqlari bilan oʻzaro bogʻliq immunogenom texnologiyalarning keng spektri ishlab chiqilishini taʼminlovchi kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologik, autoimmun va metobolik patologiyalarda autoimmun-yalligʻlanish jarayonlarini shakllantirishning tizimli immunologik, genomik va xujayra-molekulyar mexanizmlarining umumiyligi va farqlari toʻgʻrisida yangi tasavvurlarni oʻrganish va taʼriflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xom ashyodan tayyorlangan immunotrop dori vositalarini oʻrganish maqsadida yangi farmatsevtika texnologiyalarini ishlab chiqish uchun tizimli immunologiya va genomikaning yutuqlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro talablarga muvofiq multiomilli (birikmali) kasalliklarni diagnostika qilish va davolash uchun yangi immunobiogenetik, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqishda tahliliy va texnologik asoslarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
immunologiya, tibbiy genetika sohasida va ular bilan bogʻliq yoʻnalishlarda yuqori malakali yosh mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida fan va taʼlimni integratsiyalash shakllarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiradigan yangi dastur va uslublarni ishlab chiqish, oʻquv jarayonini uslubiy taʼminlash, shuningdek, Institut ilmiy xodimlarining sohadagi oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayonida faol ishtirok etishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zaruratga koʻra, Institutning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va davlat tilidagi oʻz nomi tasvirlangan muhrga va gʻazna hisob raqamlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning bino va inshootlarini saqlash xamda xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar grantlari, xoʻjalik faoliyatidan keladigan tushumlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Institutning ustavini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika immunologiya ilmiy markazining oʻtkazib berilayotgan ilmiy-texnik loyihalari, uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa mulkini, jumladan avtotransport vositalari va yoqilgʻi-moylash materiallari limitlarini inventarizatsiya qilsin xamda ularni Institutga oʻtkazib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Institut filiallarini zarur mebel, kompyuter texnikasi va zamonaviy ilmiy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Institut huzurida immunologiya va inson genomikasi sohasida haq evaziga mutaxassislar malakasini oshiradigan va ularni qayta tayyorlaydigan ixtisoslashgan markaz tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 74-uy manzilidagi binoni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga operativ boshqaruv huquqi bilan oʻtkazgan holda ushbu manzilga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Andijon filiali bepul foydalanish huquqi asosida Andijon shahri, Atabekov koʻchasi, 1-uy manzildagi Andijon davlat tibbiyot institutining binosiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Nukus filiali bepul foydalanish huquqi asosida Nukus shahri, A. Dostanazarov koʻchasi, 108-uy manzildagi Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutining binosiga joylashtirilsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-fevraldagi PQ-4598-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2020-y., 07/20/4598/0170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat hokimligi ikki hafta muddatda Institut Qashqadaryo filialining bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 30-sentabrdagi “Immunologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2620-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3838-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3838-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

*Moliyalashtirish budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan umumiy soni (yordamchi xodimlardan tashqari) — 92 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar — 76 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonunchilikda oʻrnatilgan meʼyorlar boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-amaliy loyihalarni bajarish uchun shartnoma asosida mutaxassislar va olimlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3838-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Immunologiya va tibbiy genetika sohasida fundamental hamda amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarni olib borish

1.

2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutida fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlarni oʻtkazish Konsepsiyasini tasdiqlash.

Immunopatologik jarayonlarning asosiy yoʻnalishlari va mexanizmlarini oʻrganish va ilmiy tadqiqotlarning natijalarini tatbiq etish.

2018-yil
1-sentabrgacha

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2.

Chet ellardagi ilmiy markazlar tomonidan oʻtkaziladigan immunologiya va inson genomikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish. Tahlil natijalarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti tadqiqotlarining yoʻnalishlarini yangilash maqsadida har yili monografiyalar va sharhlovchi maqolalarni eʼlon qilish.

Tahliliy maʼlumot yozishmalari. Ilmiy tadqiqotlarning yoʻnalishlari, mavzulari, uslub va texnologiyalarini asoslab berish

2018-2019-yillarda

Fanlar akademiyasi

3.

Diagnostika va davolashning yangi bioregulyatsion uslublarini ishlab chiqish uchun tahliliy va texnologik asosni yaratgan holda immunitetga bogʻliq patologiyalar (onkologik, autoimmun va metabolik patologiyalarda) autoimmun-yalligʻlanish jarayonlari shakllanishi tizimli immuno-genom va hujayra-molekulyar mexanizmlari mushtarakligi/ farqlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan fundamental ilmiy tadqiqotlarni olib borish.

Ilmiy hisobotlar. Turli kasalliklar autoimmun-yallagʻlanish jarayonlari umumiy mexanizmlari tavsifi

2018-2019-yillarda

Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

4.

Koʻp omilli kasallarning personallashtirilgan genodiagnostikasi uchun molekula-genetik texnologiyalar va diagnostika panellarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy ilmiy tadqiqotlarni bajarish

Ilmiy hisobotlar. Ilmiy-texnik hujjatlarni tayyorlash

2018-2019-yillarda

Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

5.

Yakka tartibdagi dori terapiyasi va davolash samaradorligini baholash kurslarini tanlash uchun, jumladan, farmakomonitoring metodikasi va farmakogenom prognozlashtirilishi bilan birga personallashtirilgan tibbiyotning yangi yondoshuvlarini tatbiq etgan holda dori vositalarining immun tizimiga taʼsiri xususiyatlarini aniqlash maqsadida klinikagacha boʻlgan bosqichda dori-darmonlarning immunotron taʼsirini oʻrganish metodlarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy ilmiy tadqiqotlarni bajarish.

Ilmiy hisobotlar. Ilmiy-texnik hujjatlarni tayyorlash

2018-2019-yillarda

Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

6.

Bolalar va kattalardagi qandli diabetning hujayra terapiyasini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni bajarish.

Ilmiy hisobotlar. Ilmiy-texnik hujjatlarni tayyorlash

2018-2019-yillarda

Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

7.

Personallashtirilgan immunoterapiyaning protokollarini ishlab chiqqan holda immun tizimining faoliyatini inobatga olib, turli xil (infeksion, allergik, autoimmun va onkologik) birlamchi va ikkilamchi immunitet tanqisligida immunodiagno-stika, immunoterapiya va immunoprafilaktikaning zamonaviy algoritmlarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy ishlarni bajarish.

Ilmiy hisobotlar. Ilmiy-texnik hujjatlarni tayyorlash

2018-2019-yillarda

Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

8.

Immunologiya va inson genomikasi sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarning natijalari boʻyicha ilmiy maqolalarni chet ellardagi ilmiy jurnallarda chop etish.

Nashr etish. Patentlar olish. Ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshli-gini taʼminlash, Immunologiya va inson genomikasi instituti faoliyatining xalqaro maydonda eʼtirof etilishi.

Har yili

Fanlar akademiyasi

9.

Xalqaro indeks va referativ maʼlumot bazalarida indeksatsiya qilish orqali “Nazariy va klinik tibbiyot” (“Teoreticheskaya i klinicheskaya meditsina”) jurnalini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida uning tashkiliy va moddiy-texnikaviy tuzilmasini kuchaytirish.

Jurnalni har chorakda chiqarish

2021-yilga borib xalqaro indeks va referativ maʼlumot bazalarida indeksatsiya qilish

Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Immunologiya va inson genomikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

II. Immunologiya va inson genomikasi sohasidagi ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti huzurida immunologiya va inson genomikasi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim Markazini tashkil etish. Sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajadagi kurslarda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv, metodik va moddiy-texnik bazani yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil
1-yanvargacha

Immunologiya va inson genomikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, zbekneftgaz” AJ

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti huzurida immunologiya va inson genomikasi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Markazidagi pedagogik faoliyatga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti yetakchi ilmiy xodimlarini, shuningdek, shartnoma asosida xorijiy mutaxassislarni, amaliyot mutaxassislarini jalb etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida doimiy

Kelishuv boʻyicha

Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

12.

Yosh olimlarni immunologiya va inson genomikasi sohasidagi yetakchi tadqiqot laboratoriyalarida oʻtkaziladigan treninglarga yuborish

Memorandumlar (bitimlar) tuzish

Memorandum-lar (bitimlar)ga muvofiq

Kelishuv boʻyicha

Xorijiy grantlar va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ

13.

Malaka oshirish hamda zamonaviy ilmiy texnologiyalar va bilimlarni oʻzlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy xodimlarini xalqaro konferensiyalar va seminarlarga yuborish.

Chora-tadbirlar kompleksi. Kadrlar malakasini oshirish, yangi bilimlarni oʻzlashtirish va Oʻzbekistonga yangi texnologiyalarni olib kelish. Ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshli-gini oshirish

Tadbirlarni oʻtkazish muddatlarida

Ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Grantlar va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari, Immunologiya va inson genomikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutining hujayra terapiyasi boʻlimi uchun yangi korpus qurilishi va mazkur institut binosinikapital taʼmirlash, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019 yil
1-martgacha

Grantlar va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari, Immunologiya va inson genomikasi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, boshqa manbalar

Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, zbekneftgaz” AJ

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 07/18/3838/1455-son; 15.02.2020-y., 07/20/4598/0170-son)