03.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3032
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.

JISMONIY RIVOJLANISh VA SOG‘LOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI

Kichik soha: Yirik motorika

Talab: Bola o‘z tanasi va uning a’zolarini boshqaradi, maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

boshi va ko‘kragini ko‘taradi;

orqasidan qorniga va qayta o‘giriladi;

yordamsiz o‘tiradi;

oyoqlarini izlaydi va topib, og‘ziga tortadi;

turli yo‘nalishlarda emaklaydi;

to‘rt oyoqlab harakatlanadi;

tirgakka suyangan holda oyoqda turadi;

kattalar yordamida va yordamisiz oyoqda turadi ;

yura boshlaydi ;

kichik to‘siqlar ustidan xatlab o‘tadi.

kattalar yordamisiz turli yo‘nalishlarda yuradi;

tizzasiga o‘tiradi;

yuguradi;

engashib o‘yinchoqlarni oladi;

zinapoyadan yuqoriga qadama-qadam ko‘tariladi.

bir oyoqda turib muvozanatni saqlaydi;

mustaqil zinapoyadan ko‘tariladi va tushadi;

tepalikdan sirg‘anib tushadi;

ikki oyoqlab bir joyda sakraydi, oldinga siljib sakraydi;

kichik to‘siqlar ustidan sakrab o‘tadi;

yopiq eshikni ochadi, eshikdan kiradi va chiqadi;

uch oyoqli velosipedda uchadi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolani sevimli o‘yinchog‘i yaqiniga emaklab kelishini rag‘batlantirish;

bola o‘tirgan holatdan yotgan holatga tushishi va ko‘tarila olishi uchun yumshoq joyni ta’minlash;

bolani qorindan orqasiga aylanishiga va qorniga o‘girilishiga rag‘batlantirish;

“men tomon emakla”, “o‘tir” ko‘rsatmalari orqali bola bilan hamkorlikda o‘yinlar tashkil qilish;

bola xatlab o‘ta olishi uchun uni “past predmetlar” bilan ta’minlash;

vazifani murakkablashtirish maqsadida predmetlar sonini (masalan, kubiklarni)
asta-sekin ko‘paytirib borish;

bola qiziqayotgan predmetiga emaklab yoki xatlab yetishishi uchun imkoniyat yaratish.

bolaga tortish, cho‘zish, ko‘tarish imkonini beruvchi predmetlarni taklif qilish;

bola bilan qo‘l va oyoqlarni harakatlantirib va xirgoyi qilib o‘ynash;

bola erkin harakatlanishi uchun xavfsiz va mustahkam muhit yaratish;

bolaga aravacha, otchalar, kubiklar, yirik o‘yinchoq mashinalar bilan o‘ynashni o‘rgatish;

bola bilan to‘g‘ri yo‘nalishda yurish, yugurish, emaklash, predmetlarni otish/ilib olish imkoniyatini beradigan o‘yinlar o‘ynash;

ertalabki badantarbiyani ochiq havoda tashkillashtirish.

bolaning harakat tajribasini turli xil jismoniy mashqlar bilan boyitish;

bola bilan yo‘nalishini topishi va bo‘sh joyda harakatlanishi uchun harakatli o‘yinlar o‘tkazish;

bolaga kichik tepalikka chiqish va tushishida ko‘maklashish;

bolalarni harakat faolligini tashkillashtirishda jamoaviy shakllarga jalb etish;

tanish harakatlarni birgalikda oson va erkin, bir maromda va kelishgan holda bajarish;

polda turli kataklar, yo‘lakchalar, doirachalar chizish hamda bolaga quvonch va xursandchilik bag‘ishlaydigan mashqlar bajarish.

Kichik soha: Mayda motorika

Talab: Bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda muvofiqlashtiradi va ishlatadi

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

predmetlarni ushlaydi;

predmetlarni bir qo‘lidan ikkinchi qo‘liga oladi;

bir vaqtda bir necha predmetlarni qo‘lida ushlaydi;

barmoqlari bilan turli o‘yinchoqlarni aylantiradi;

oddiy o‘yinchoqlarni bo‘laklarga ajratadi va yig‘adi;

qarsak chaladi;

qo‘lini silkitadi.

ko‘pincha bir necha varaqni o‘tkazib, kitob betlarini varaqlaydi;

predmetlarni teradi va birlashtiradi (piramida va hokazo);

predmetlarni burab qo‘yadi va burab oladi;

“barmoqlar o‘yini”ni o‘ynaydi.

5 — 7 halqali piramidani bo‘laklarga ajratadi va yig‘adi;

teshik shakliga mos keladigan yassi va hajmli shakldagi predmetlarni joylashtiradi ;

halqaga arqonni o‘tkazadi ;

katta hajmli sodda mozaykalarni yig‘adi ;

oson qurilish konstruksiyalarini quradi;

kattalar yordamida yirik munchoqlarni ipga o‘tkazadi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

har bir harakatni aniq tushuntirgan holda harakatni ko‘rsatish;

qurilmalar bilan o‘ynash;

bolaga o‘yinchoqlar berib, ularni o‘rganib chiqishiga imkoniyat berish;

bolaga xavfsiz predmetlar, shaqildoqlar, kichik piramidalar va boshqa predmetlarni kattalar nazorati ostida tanlashi va saralashi uchun berish.

bolaga, ochish/yopish mumkin uy-ro‘zg‘ordagi o‘yinchoq va predmetlarni taqdim etish (sinmaydigan qopqoqli bankalar, kastryullar).

bola bilan muntazam shug‘ullanish: hamkorlikda hayvonlarni, uy-ro‘zg‘or buyumlarini (likopcha, piyola, qoshiq) loydan yoki plastilindan yasash, ushbu barcha predmetlarni chizish;

qumdonda bola bilan o‘ynash, qumdonda kichkina o‘yinchoqlarni bekitish mumkin, bola esa ularni o‘zi qidiradi;

qo‘llar mayda motorikasining sensomotor muvofiqligini rivojlantirish uchun bog‘lash o‘yinlarini o‘tkazish

bolaga kubiklarni yig‘ish, qulflarni yopish va ochish imkoniyatini berish va h.k.

Kichik soha: Sensomotorika

Talab: Bola sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini boshqarishga qodir

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

muhitni qo‘llari va og‘zi bilan o‘rganadi;

predmetlarni bir-biriga uradi ;

qarsak chaladi ;

qiziqtirayotgan obyektga intiladi.

yoqtirgan taomi va boshqa buyumlarga qo‘lini cho‘zadi;

likopchani (piyola) ushlaydi va undan ichadi ;

suvni bir idishdan boshqasiga to‘kadi;

ikki qo‘li bilan koptokni irg‘itadi;

koptokni dumalatadi va otadi;

oyog‘i bilan koptokni itaradi;

ipga bog‘langan aravacha yoki mashinani boshqaradi.

koptokni boshqalarga dumalatadi;

kattalarga koptokni otadi;

tortilgan arqon ustidan koptokni otadi;

piramidani rangi, shakli va kattaligiga qarab yig‘adi;

tanish sabzavot va mevalarning ta’mini aniqlashi mumkin;

past va baland ovozlarni ajratadi;

qo‘l va oyoqlarini bir maromda uyg‘un harakatlantiradi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

ovqatlanish va tamaddi qilishning aniq vaqtini belgilab qo‘yish

bolaga quti berish va o‘yinchoqlarini unga yig‘ishini iltimos qilish;

bolaga sevimli taomlarini taklif qilish;

bolaga u ko‘rayotgan narsasi va harakat o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashiga ko‘maklashish (qara, koptok dumalayapti, bor, uni tutib ol);

bolaning har bir muvaffaqiyatini rag‘batlantirish.

bolaga bir necha taomdan birini tanlash imkonini berish;

bolani kun mobaynida mustaqil piyoladan ichishini rag‘batlantirish;

bolaga sezgisi bilan harakatlarni birlashtiruvchi jismoniy mashqlar imkonini taklif qilish (soyalar o‘yini, oyoqlar bilan chizish, signal bo‘yicha harakat );

turli material va turli shakldagi predmet va o‘yinchoqlarni taklif etish va ularni nomini aytish.

bola bilan doimiy muloqotda bo‘lish, u bilan o‘ynash, u kublarni, piramidalarni, matreshkalarni qismlarga ajratish, yig‘ish, predmetlarni qutilarning mos keladigan teshigiga kirgizish;

salatlar tayyorlayotganda, bolaga sabzavotlarni tatib ko‘rib, ta’mi va hidiga qarab aniqlash imkonini berish ;

“Sekin va baland”, “Nima jaranglayotganini aniqla!, “qadam tashlaymiz va raqsga tushamiz”, “Nimani eshityapsan?” kabi o‘yinlarni o‘ynash.

JISMONIY RIVOJLANISh VA SOG‘LOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI

Kichik soha: Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik

Talab: Bola salomatlikni saqlash ko‘nikmalarini namoyon qiladi, xavfsiz sog‘lom ovqat va hayotni saqlash qoidalari haqida tushunchaga ega

tug‘ilgandan-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

yaxshi ishtaha va uyquga ega ;

qoshiq bilan mustaqil yeyishga harakat qiladi;

qo‘lining barcha barmoqlarini qo‘llab gubkani siqadi;

yuzi, og‘zi va qo‘llarini artadi;

butilkadan ichadi;

cho‘milayotganda suvni sachratadi.

kattalar yordamida tishlarini tish chyotkasi bilan tozalaydi;

mustaqil yuzi, og‘zi va qo‘llarini artadi;

kiyimini yechishga harakat qiladi;

stol va pollarni artishga taqlid qiladi.

qo‘lini sovun bilan ishqalaydi, ko‘pigini yuvadi va sochiqqa artadi;

mustaqil qoshiq bilan taomlanadi;

qo‘l sochig‘idan (salfetkadan) ovqatlanish jarayonida foydalanadi;

suv muolajalariga ijobiy munosabat bildiradi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bola bilan birgalikda jo‘mrakdan oqayotgan suvni kuzatish;

qo‘l yuvish jarayonini ko‘rsatish;

bolaga sovun berish, undan qanday foydalanishni ko‘rsatish, hidlab ko‘rish imkoniyatini berish, rangiga bolaning e’tiborini qaratish;

cho‘milish vaqtida gubka, mayda o‘yinchoqlar va ko‘pik bilan o‘yinlar tashkil qilish.

bolaga qanday qilib tishni tozalash va og‘izni chayish kerakligini ko‘rsatish;

bolaning urinishlarini rag‘batlantirish;

suv nimaga kerakligini tushuntirish;

jarayon vaqtida turli she’rlardan foydalanish;

chyotka bilan ishqalangandan so‘ng kir joy qanday tozalanishini namoyish qilib berish.

bolalarni mustaqil harakatga o‘rgatish;

bolalarni to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish;

bolaga organizm uchun nima foydali, nima zarar ekanligini tushuntirish;

salomatlikni saqlash va mustahkamlashda shaxsiy namuna ko‘rsatish

Kundalik hayotda, jamiyatda, tabiatda xavfsiz yurish-turish asoslarini shakllanishi.

Tug‘ilgandan 3 yoshgacha

Bola hali juda kam tajribaga ega bo‘lganligi sababli:

bolani qarovsiz qoldirmaslik va travmatizmni oldini olish;

o‘yin va mustaqil harakat mobaynida doimiy ravishda bolaning kayfiyatini kuzatish;

sokin va do‘stona ohangda gapirish;

bolaga o‘yinchoq tanlashda ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga rioya qilish lozim.

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: “Men” konsepsiyasi

Talab: Bola o‘zini o‘z xususiyatlariga ega, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi. Bola mustaqil va o‘ziga javob beradi

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘z ismiga munosabat bildiradi, ishora va tovushlar bilan javob beradi;

ayrim tana a’zolarini ko‘rsatadi(boshi, qo‘li, oyog‘i, burni);

ko‘zguda o‘z aksiga kuladi;

kattalar e’tiborini turlicha o‘ziga tortadi;

istagan natijaga erishganda xursandchilikni ifodalaydi yoki norozilik bildiradi, injiqlanadi.

ko‘zguda, rasmda o‘zini taniydi, o‘z ismini biladi;

kattalar talabi bilan uning istagi to‘g‘ri kelmaganda e’tiroz bildiradi;

kattalar tomonidan o‘zining harakatlariga bildirilgan rag‘bat va tanbehni farqlaydi.

o‘zi va buyumlari haqida so‘zlaydi (bu meniki);

hamma ishni o‘zi bajarishga intiladi;

o‘zi bajargan ishga sevinadi;

o‘z narsalarini taniydi ;

o‘zini aniq bir jinsga mansubligini biladi;

biror bir ishni mustaqil bajaradi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolani ismi bilan chaqirish;

bolaning tana a’zolarini ko‘rsating va nomini aytish;

bolaga ko‘proq tabassum bilan qarash, u bilan birgalikda ko‘zguga qarash;

turli vaziyatlarda bolaning hissiyotlarini ta’riflab o‘tish (“Zarina ayiqcha kelganiga xursand bo‘lyapti”, “Shahzoda charchadi, uyqusi kelyapti);

bolaning harakatlariga ko‘ra munosabatni bildirish.

bolaga o‘zini ijobiy baholashida ko‘maklashish: “men — yaxshi”, men tirishqoq”;

bolani boshqalar bilan bo‘lashishga o‘rgatishni boshlash;

“o‘g‘il bolalar — kuchli”, “qiz bolalar — muloyim” kabi stereotiplardan qochish;

“man etiladi” va “...mumkin emas” iboralaridan voz kechish; bolaga noto‘g‘ri harakatlar oqibatini tushuntirgan holda uni yo‘naltirish (“qum ko‘zingga tushsa, ko‘zing og‘riydi”).

bolani boshqalar bilan muloqotda o‘zini tanishtirishga odatlantirish;

bolani yutuqlari uchun albatta maqtash, yutuqlar kichikroq bo‘lsa ham;

bola bosh bo‘ladigan holatlarni tashkillashtirish;

tanbeh berishdan o‘zini tiyish.

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish

Talab: Bola boshqalarning his-tuyg‘ularini farqlashi va o‘zinikini ifodalashga qodir

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

atrofdagilar kayfiyatini so‘zlashuv ohangiga qarab aniqlaydi (onam xursand bo‘lyapti, bobomning jahli chiqyapti);

qarsak chaladi, xursand bo‘ladi, biron-bir tovush yoki harakati atrofdagilarga ta’sir qilishini anglasa, ushbu tovush va harakatlarni qaytaradi.

kattalarning unga munosabatidan o‘z hissiyotlarini, taassurotlarini namoyon qiladi;

hayrat, zavq, qo‘rqinchni ifodalaydi;

mustaqil o‘yin harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan quvonchni (xafalikni) ko‘rsatadi.

muloqotda ochiq, ijobiy emotsional ruhiyat ustun, atrofdagilarga asossiz tajovuzkorlik ko‘rsatmaydi;

boshqalarga achinadi, qayg‘uradi ;

boshqa odamning emotsional holatini tushuna boshlaydi va shunga mos munosabat bildiradi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolaning har bir yutug‘ini maqtash va qo‘llab-quvvatlash;

o‘yinchoqlarga ovoz berib, turli hissiyot va harakatlarni tanish imkoniyatini berish;

oilada emotsional ijobiy holatni yaratish va har kuni bola bilan o‘ynash;

o‘yin vaqtida bolaga o‘ziga ishonch hissini oshirish uchun yaqin turishga harakat q�lish va barcha birgalikda bajarilayotgan harakatlarni bolaga aniq va lo‘nda tushuntirish;

baland tovush va shovqinlarni cheklash.

bola bilan u bilan bog‘liq bo‘lgan turli vaziyat va hissiyotlarni muhokama qilish;

bolaga rad javobini berilishi sababini tushuntirish;

bolaning jahli chiqganda, xafa bo‘lganda yoki o‘zini yomon his etganda yonida bo‘lish.

bola bilan suhbatda hissiyotlarni ta’riflovchi so‘zlarni qo‘llash;

multfilm qahramonlarining yorqinligini tahlil qilish; hissiyotlarni ifodalovchi so‘zli o‘yinlardan foydalanish, kayfiyat va his tuyg‘ular haqidagi hikoyalar va she’rlarni o‘qish.

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot

Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

salomlashadi, munosabat bildiradi, xayrlashayotganda qo‘lini silkitadi;

boshqa bola harakatini kuzatadi, kuladi yoki bog‘lanishsiz gapiradi;

kattalarning ko‘p murojaatlariga javob beradi, biroq ba’zilarini e’tiborga olmaydi.

kattalar harakatiga taqlid qilishga intiladi;

tovushi yoki harakati bilan boshqa bolaning diqqatini o‘ziga tortadi;

boshqa bolalar bilan o‘yinda qatnashadi;

turi harakatlarni bajarib, hayvonlar harakatini o‘xshatib harakatli o‘yinlarda ishtirok etadi.

kattalar harakatiga taqlid qiladi;

kattalarni birga o‘ynashga jalb qilishga intiladi;

tengdoshlari yonida o‘ynaydi;

boshqa bolalar bilan o‘yinchoqlarini bo‘lishadi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolaga harakatlar namunasini ko‘rsatish (salomlashish, xayrlashish);

bolani kattalar murojaatiga javob bergani uchun maqtash;

ochiq havoda boshqa bolalar bilan birgalikda sayr tashkillashtirish;

harakatlarni so‘zlar bilan qo‘shib olib borish.

bolaga o‘yin yoki harakatning umumiy qoidalarini tushuntirish (biz qumni o‘ynaymiz, lekin qumni sochmaymiz);

tengdoshlar bilan birgalikdagi faoliyatga jalb qilish

bola bilan o‘yin mobaynida boshqalar bilan hamkorlik qilishni shaxsiy namuna asosida namoyish etish;

muloqot jarayonida chegara belgilash;

bolani boshqa bolalar bilan taqqoslamaslik.

NUTQ, MULOQOT, O‘QISh VA YoZISh MALAKALARI

Kichik soha: Nutq va til

Talab: Bola nutqni tinglash va tushunishga, gapirish va muloqot qilishga qodir

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

ba-ba, ma-ma, bu-bu va boshqa bo‘g‘inlarni talaffuz qiladi;

bolalar qo‘shiqlari, ovutmachoqlar, ertaklar, qisqa va sodda hikoyalarni tinglaydi;

nomi tilga olingan obyekt tomon qaraydi (oyisi qani…);

yorqin rasmli kitobchalarni ko‘rishga qiziqish bildiradi.

kundalik hayotda bajariladigan harakatlarni anglatuvchi so‘zlar ma’nosini tushunadi;

o‘rindosh so‘zlarni qo‘llaydi, kattalar ketidan yengil so‘zlarni qaytaradi;

kattalar nutqiga taqlid qiladi;

kitoblarni o‘rganadi.

istak va iltimosni ifoda etadi;

kattalar nutqini to‘g‘ri tushunadi;

kattalarning oddiy topshiriqlarini bajaradi;

harakatlarni nutq bilan birga olib boradi;

so‘zlardan foydalanadi;

kitob o‘qib berishlarini so‘rashi mumkin;

rasmlar bo‘yicha kitobni taniydi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolani parvarishlash jarayonida (emizish, cho‘miltirish, uxlashga yotqizish) u bilan gaplashish, tana a’zolari, kiyim, buyumlar nomini aytish;

bolaga turli hikoyalar, ertaklar aytib berish, birgalikda yorqin kitoblarni tomosha qilish va bolani diqqat bilan tinglashga qiziqtirish;

bola bilan muloqot mobaynida unga savollar berish va ma’nosi bo‘yicha to‘g‘ri javobni takrorlashga undash.

bolaga kitob o‘qib, turli hikoya va ertaklarni so‘zlab berish;

sayr davomida ko‘rgan narsalarni muhokama qilish (kuchuk yuguryapti, bolakay maktabga ketyapti);

bola bilan birga kitob do‘konlari va kutubxonalarga borish;

televizor ko‘rish va elektron texnika qo‘llashni chegaralash.

bola bilan muloqot vaziyatlarini yaratish, savollar berish;

bolaga topshiriqlar berish, masalan, “qiyom uchun likopcha olib kel”, “qizil qalamni ol”, “kichik ayiqchaga qo‘shiq aytib ber”;

bolaning so‘z boyligini turli didaktik o‘yinlar, kuzatuv va tomoshalar orqali boyitib borish;

kitob xarid qilishda bolaga tanlash imkonini berish.

NUTQ, MULOQOT, O‘QISh VA YoZISh MALAKALARI

Kichik soha: Qo‘l barmoqlari mayda motorikasi

Talab: Bola asosiy harakatlarni egallagan, qo‘llarning mayda motorli ko‘nikmasiga ega

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

turli yuzalarda barmoqlari bilan guash(bo‘yoq) yordamida chizadi (oyna, sellofan, qog‘ozda).

ishlatayotgan buyumlarini barmoqlari bilan ushlaydi; (qalam, mo‘yqalam, marker) betartib chiziqlarni chizadi.

turli erkin chiziqlar va noaniq aylanalar chizadi;

turli yuzalarda turli shakllar chizadi;

o‘z ismining yozuvini taniydi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolani rasm yaratish uchun barmoqlaridan foydalanishga rag‘batlantirish.

bolaga yirik harflarni taklif etish, ushbu harflarni qum orasiga bekitib birgalikda izlash;

harflar shaklidagi pechenyelarni xarid qilish;

stikerli kitoblardan foydalanish;

bola soch o‘rishga o‘rganishi uchun sochli qo‘g‘irchoqlardan foydalanish.

bolaga yechinish va kiyinish ketma-ketligini ko‘rsatish;

bola bilan turli topshiriqli o‘yinlar o‘ynash: stolga qoshiqlarni qo‘yish, non idishni olib kelish;

bola bilan chizish, qirqish, yopishtirish va yelimlash;

qum, xamir va shakllar bilan o‘ynash;

bolani kichik yutuqlari uchun doim rag‘batlantirish.

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Intellektual-anglash malakalari

Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘z o‘yinchoqlarini tekshirish(o‘rganish)ni boshlaydi: og‘ziga soladi, uloqtiradi, bo‘laklarga bo‘ladi, taqillatib ko‘radi, ikkitasini bir-biriga uradi va chiqayotgan tovushni tinglaydi;

biror bir tovushni atrof-muhit bilan bog‘laydi (masalan, mushukni “myau” bilan, kuchukni “vov” bilan)

atrofidagi obyektlarni kuzatadi.

rasmdagi predmetlarni taniydi;

tabiat hodisalarini qisqa muddat ichida kuzatadi;

ayrim sabzavot va mevalarni biladi va farqlaydi;

hasharotlar (chuvalchanglarni tegib ko‘radi, chumolini kuzatadi), hayvonlar (uy hayvonlariga qaraydi, ularni ko‘rsatadi), o‘simliklar (gullarni yuladi, barglarni to‘playdi) bilan qiziqadi.

tana a’zolarini ko‘rsatadi va ularning funksiyasini biladi;

predmetlarning taktil xususiyatlarini biladi (yumshoq, qattiq, dag‘al, silliq);

predmetli rasmlar orqali jonli tabiat obyektlarining nomini biladi (hayvonlar, o‘simliklar, qushlar);

tabiatning ayrim hodisalarini far?laydi (yomg‘ir, qor).

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolaga turli obyektlarni boshqarish imkonini berish;

bolani bir-biriga mos o‘yinchoqlarni jamlashga qiziqtirish — qo‘g‘irchoq kiyimi qo‘g‘irchoqqa mos kelishi

bolaga atrofdagi yangi narsalarni ko‘rsatish va uning munosabatini kuzatish;

yangi obyektlarni qo‘llagan holda bola bilan o‘ynash ;

turli hayvonlar turli tovushlar chiqarishini namoyish qilish.

bola bilan toza havoda, fermada (uy hayvonlari), hayvonot bog‘ida sayr qilish;

ob havo va hissiyotlar haqida so‘zlashish;

yomg‘ir yoki qor vaqtida bola bilan qor parchalari yoki yomg‘ir tomchilarini kuzatish;

ko‘lmakka sakrash, qordan shakl yasash;

varrak uchirish

biror bir obyektni uzoq kuzatish.

turli fakturali predmetlarni ushlab ko‘rishni va nomini aytishni taklif qilish;

barglar, cho‘plar, toshlar yig‘ish

hududda qush va hasharotlarni, akvariumda baliqlarni, ariqda yoki ko‘lmakda suv harakatini kuzatish;

tabiat hodisalarini kuzatish, qor, ko‘lmak, quyoshli quyonchalar, qum, suv va soya bilan o‘ynash.

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Elementar matematik malakalar

Talab: Bola boshlang‘ich matematik malakalarga ega

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

predmetlarni katta va kichikka ajratadi.

miqdorni “bitta”, “ko‘p”ga ajrata oladi.

predmetlarni rangi va shakliga qarab farqlaydi;

predmetlarni kichigidan kattasiga qarab bir qator qilib joylashtiradi;

shakllarni o‘ziga mosini topadi (Segen doskasi).

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

turli o‘lchamdagi kubiklarni oling va ularni katta va kichikka ajratishni ko‘rsatish;

bolaga raqamlar yozilgan kartochkalarni ko‘rsatish;

bolani sensor tajribasini boyitish maqsadida qo‘lini ushlab turli shakllar ustidan yurgizish (boshi dumaloq, ko‘zi kichkina).

bolaga predmetlarning hajmi, og‘irligi va uzunligini ta’riflab borish;

bolaga sayr davrida elementar matematik savollar berish: biz qancha zinapoyani bosib o‘tdik?, senda nechta o‘yinchoq bor?

bolani matematik bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyatga jalb qilish (menga bitta piyola olib kel, ikkita pechenye ber).

bola diqqatini bir-biridan farq qiladigan o‘lchamdagi predmetlar va ularning nomlanishiga qaratish (katta-kichik);

predmetlarni shakli bo‘yicha ajratish va nomini to‘g‘ri aytish malakasini shakllanishiga ko‘maklashish (kubik, g‘isht, shar);

bolada atrof-olamni amaliy o‘zlashtirish tajribasini ortishiga ko‘maklashish;

yotoqxona, mehmonxona, o‘yin xonasi va boshqa xonalarni ajratishga o‘rgatish;

bola bilan birgalikda zinapoyalarni, qarsak va boshqalarni sanash.

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat

Talab. Bola o‘zining tabiiy muhitiga qiziqishini namoyon qiladi, fanni o‘rganishda faol

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘yinchoqlar va predmetlar bilan tajriba o‘tkaza boshlaydi (ushlaydi, chiqaradi, bir-biriga joylashtiradi, bosadi, ochadi) ;

bo‘sh piyolani oladi va unga suv yoki sharbat quyib berishni so‘raydi;

predmetlar yok� insonlarning ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi va paydo bo‘lishiga munosabat bildiradi.

boshqalarning harakatini yoki tushib ketgan predmetni kuzatadi;

quvonch yoki qoniqish hissini baxsh etuvchi harakat va tovushlarga erishish uchun predmetlar bilan harakatlanadi;

harakatlarga taqlid qiladi yoki boshqalar
imo-ishorasini takrorlaydi.

yaqin atrofidagi predmetlarni farqlaydi (o‘yinchoqlar, idish-tovoqlar, kiyim, poyafzal, mebel) ;

ayrim uy va yovvoyi hayvonlarni biladi;

ayrim sabzavot va mevalarni farqlaydi

kattalar yordamida qurilmalar quradi;

o‘z qurilmasi atrofida o‘yin tashkillashtiradi;

predmetlarni tegishli muhitga joylashtirishni biladi (jirafni hayvonot bog‘iga, mashinani garajga).

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolani o‘yinchoqlar bilan o‘ynashdagi mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash;

bolaga tajriba o‘tkazish uchun turli materiallarni turli miqdorda berish;

piyolani olish,bolaga ichi bo‘shligini ko‘rsatish, biror bir suyuqlik bilan to‘ldirish va bolaga ichi to‘lganligini tushuntirish.

bola bilan xirgoyi qilib, tovushlar chiqarib, imo ishoralar bilan o‘ynash; bolaga shakli, rangi, og‘irligi turlicha bo‘lgan o‘yinchoq va predmetlarni berish;

bola harakatiga munosabat bildirish;

o‘zgarishlar jarayonini ko‘rsatish (puflash, sovun ko‘piklarini chiqarish);

u bilan to‘kilgan barglar ustida yurish, oynalarda tajribalar ko‘rsatish.

yaqin atrofdagi predmetlarni nomini to‘g‘ri aytish (o‘yinchoqlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechak, poyafzal, mebel);

predmetlar rangi, hajmi va qanday materialdan qilinganligini ko‘rsatish va tushuntirish (qog‘oz, daraxt, mato, loy);

hayvonlar haqida oddiy dalillarni keltirish;

mustaqil qurish istakini qo‘llab- quvvatlash.

IJODIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Dunyoni badiiy tasavvur etish

Talab: Bola turli xil san’at vositalaridan foydalanib, dunyoni his etish va tushunishini namoyish etadi

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

mutolaa davomida rasmli bolalar ertagi va musiqani tinglaydi;

she’rlarni tinglaganda kattalar ketidan harakatlarni qaytaradi (boshini qimirlatadi, qarsak chaladi) ;

yorqin rangdagi rasmlarga e’tiborini qaratadi.

musiqa, tovushlarga munosabat bildiradi;

bolalar kitoblarini varaqlaydi va undagi tanish ertak qahramonlarini biladi;

kiyimdagi rasmlarga e’tiborini qaratadi;

multfilm tomosha qiladi

rasm chizish uchun ranglarni tanlaydi.

sevimli kitobi va rasmlarni taniydi;

ertaklardagi jarayonga o‘z hissiyotlarini bildiradi;

bo‘yoq va mo‘yqalam haqida bazaviy tushunchaga ega;

loy va plastilindan foydalanadi;

sevimli qo‘shiqlarini tinglaydi;

bolalar musiqiy instrumentlarini chaladi;

teatrga qiziqish bildiradi;

o‘ziga moslab kiyim tanlaydi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolaga kitobning bir qismini emas, balki rasmlarni namoyish etgan holda biror bir to‘liq voqeani o‘qishga harakat qilish;

bolaga emotsional, hayvonlarga taqlid qilib, o‘qish;

bolani ijobiy hissiyotlarga undab o‘qish;

bolaga turli xavfsiz ijodkorlik predmetlarini berish ;

mumtoz musiqani qo‘yish.

bolaga tomosha qilish uchun mo‘ljallangan predmetlarni o‘ziga jamlagan ish joyini tashkil qilib berish;

bolaga chiroyli manzaralar tasvirlangan disklarni namoyish etish va ularni bola qo‘li yetadigan joyda saqlash;

bolalar bayrami va tadbirlarida ishtirok etish.

bolaga hayvonlarni o‘xshatib, his-tuyg‘u bilan o‘qish;

bolaning musiqa bilan bog‘liq faoliyatini qo‘llab-quvvatlash (fonli klassik musiqa, bolalar qo‘shiqlari);

master klass, bayram, xalq sayllarida ishtirok etishni davom ettirish.

IJODIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar

Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

musiqa tinglash mobaynida tanasi bilan raqs harakatlarini bajarishga intiladi;

chiroyli predmet va narsalarga e’tibor qaratadi.

kattalar yordamida ovutmachoqlar yodlaydi;

chizilgan tasvirlarni barmoqlari bilan yurgizib chiqadi;

sodda tasviriy shakllarni qo‘li va barmoqlari bilan chizadi;

qum yok loyni ezg‘ilaydi;

sodda raqs harakatlarini bajaradi (qarsak chaladi, oyoqlari bilan harakatlanadi va hokazo) ;

avval tinglagan musiqalarni taniydi.

o‘z yoshiga monand she’rlarni aytadi;

ovutmachoq va to‘rtliklarni aytayotganida imo ishoralar bildiradi;

namuna asosida tegishli ranglarni tanlaydi;

oddiy san’at shakllarini bo‘yaydi;

loy yoki plastilindan shakllar yasaydi;

so‘ralgan obyektni kubiklardan yasaydi;

sodda pazl va mozaikani yig‘adi;

musiqa tinglaganda raqsga tushadi;

boshqa bolalar bilan birgalikda qo‘shiq aytadi;

ritmga mos harakatlanadi;

musiqa asosida so‘ralgan harakatlarni bajaradi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolaga quvnoq musiqalar qo‘yish va birgalikda raqsga tushish;

musiqaga monand qanday qarsak chalishni ko‘rsatish;

musiqaga monand oyoq va qo‘llar bilan qanday harakatlanishni ko‘rsatish;

alla aytish;

bolani chiroyli did bilan kiyintirish va kiyim detallariga bolaning diqqatini qaratish.

bola tasavvurini rivojlantiruvchi muhit yaratish;

bolaning musiqiy faolligini rivojlantiruvchi bolalar qo‘shiqlarini eshittirish;

bolani taom tayyorlash, xonalarni bayramga tayyorlash jarayoniga jalb qilish;

turli tabriknomalarni tomosha qilish, do‘kon va salonlarda kompozitsiya yaratayotgan ishchilar faoliyatini kuzatish

bolaga mustaqil ishlashi uchun turli tabiiy materiallar, bo‘yoq, yelim, qalam va plastilin va hokazolardan tashkil topgan ish joyini tashkillashtirish;

bolani chizishga rag‘batlantirish;

bola atrofidagi o‘yinchoqlar, predmet va materiallarni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turish;

bolani tasavvurini qo‘llagan holda biror bir ertak qahramoni bo‘lishga undash.

JISMONIY RIVOJLANISh VA SOG‘LOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI

Kichik soha: Yirik motorika

Talab: Bola o‘z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

turli usullar bilan yuradi (to‘g‘ri, erkin, ko‘rsatilgan yo‘nalishda) ;

kolonna, doira bo‘lib saflana oladi;

muvozanatni saqlab yuguradi;

sport zinasida yuqori va pastga harakatlanadi;

bir joyda ikki oyoqlab sakraydi;

oldinga siljib sakraydi ;

aylana yoyi tagidan emaklab o‘tadi;

badantarbiya vaqtida mashqlarni takrorlaydi;

uch oyoqli velosipedda uchadi.

oyoq uchida, tovonida, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan va tizzalarini yuqori ko‘tarib yuradi;

arqon ustida muvozanat saqlab yuradi;

tizzalarini yuqori ko‘tarib yuguradi;

past to‘siqlar ustidan sakrab o‘tadi;

arqonda sakrashga harakat qiladi;

gimnastika skameykasi ustida qo‘li bilan tortilib qornida suriladi;

gimnastika narvonida harakatlanadi;

samokatda uchadi.

oyoqlarini uchidan tovoniga almashtirib yuradi;

to‘siqlarni aylanib yoki xatlab o‘tadi;

gimnastika skameykasida muvozanatni saqlagan xolda, qadamba qadam yuradi;

qiya doska ustida to‘g‘ri va yoni bilan yuradi;

yugurishning har xil turlarini bajaradi (ilonizi, zigzag, mokisimon, to‘siqlarni yengib o‘tib) ;

turli usullar bilan sakraydi;

bir necha predmet oralab emaklaydi;

qornida yotib, qo‘llari bilan tortilib emaklaydi;

gimnastika narvoniga o‘rmalab chiqadi.

bir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi, doira bo‘lib, qator bo‘lib yuradi;

yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;

yengil yuguradi (shiddat bilan, to‘siqlarni yengib o‘tib, yo‘nalish va muvozanatni saqlagan holda) ;

bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o‘ngga va chapga almashtirib sakraydi;

arqonda turli usullarda sakraydi;

arqonli narvon, yo‘g‘on arqonda yuqoriga ko‘tariladi;

ikki oyoqli velosipedda uchadi.

JISMONIY RIVOJLANISh VA SOG‘LOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI

Kichik soha: Mayda motorika

Talab: Bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

xalqaga arqonni kirg‘izadi;

mayda predmetlarni ma’lum bir tartibda taxlaydi;

mustaqil ravishda o‘yinchoqlarni qutiga joylashtiradi va undan oladi;

kattalar yordamida yirik hajmdagi munchoqlarni ipga o‘tkazadi;

buyumlarni bir idishdan ikkinchisiga joylashtiradi.

mustaqil tugmachalarini qadaydi va yechadi, kiyimi va poyabzali ilgaklarini o‘zi taqadi;

namuna asosida ipga mayda, o‘rta, va yirik munchoqlarni teradi;

qulflarni ochadi va yopadi, kalitdan foydalanadi;

mayda buyumlarni buraydi va bir biriga ulaydi (konstruktor qismlari) ;

konstruktorning katta va kichik qismlaridan har xil predmetlar yasaydi;

namuna asosida to‘g‘ri chiziq va aylana chizadi;

ko‘rsatilgan chiziq bo‘yicha qog‘oz, mato va salfetkani buklaydi;

ko‘rsatilgan chiziq bo‘ylab qog‘ozni qaychi bilan qirqadi.

yuzalarda turli chiziqlar chizadi (asfaltda klassik o‘yini) ;

kichik, o‘rta va katta o‘yinchoqlarni qutiga hajmiga qarab joylashtiradi;

murakkab konstruksiyalarni jamlaydi;

qopchadagi o‘yinchoqni paypaslab nomini ayta oladi;

to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qog‘ozni mustaqil qirqadi.

tasavvurdagi predmetlarni qo‘llari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) ko‘rsatadi;

arqonlardan turli tugunlarni tugadi;

o‘yin faoliyati mobaynida mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi;

belgilangan chiziqlar bo‘ylab qog‘ozni batartib yirta oladi;

mayda qismli mozaika va pazllarni yig‘adi.

JISMONIY RIVOJLANISh VA SOG‘LOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI

Kichik soha: Sensomotorika

Talab: Bola sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini boshqarishga qodir

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

katta koptoklarni masofaga, ikki qo‘l bilan, o‘tirib, turib irg‘itadi;

belgilangan nishonga predmetni irg‘itadi;

boshqa bolaga koptokni irg‘itadi yoki otadi;

silliq va notekis teksturaning farqiga boradi;

ta’mni aniqlaydi;

qo‘g‘irchoqli aravachani itaradi.

koptokni yerga o‘ng va chap qo‘li bilan galma-gal uradi;

galma gal chap va o‘ng tomon aylanadi;

turli tekstura va yuzaning farqiga boradi;

matrap bilan mayda uchayotgan, suzayotgan predmetlarni tutadi;

sovun ko‘piklarini uchiradi.

koptokni osmonga irg‘itib, tutib oladi;

uzatilgan koptokni turli usullar bilan ilib oladi;

koptokni klyushka bilan to‘siqlarora olib o‘tadi;

qumli xaltachani nishonga otadi;

boshqa bolaga koptokni ikki qo‘llab asosiy vaziyatdan uzatadi;

turli analizatorlar orqali predmetni tadqiq qiladi (ko‘zi bog‘langan xolda, ta’miga qarab, paypaslab).

pastdan, boshi uzra koptokni irg‘itadi;

koptokni yer bo‘ylab ilonizi qilib irg‘itadi;

chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi;

koptok bilan nishonni urib tushiradi (bouling) ;

gardishni qo‘lida, oyog‘ida, belida aylantiradi;

halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi.

JISMONIY RIVOJLANISh VA SOG‘LOM TURMUSh TARZINI ShAKLLANIShI

Kichik soha: Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik

Talab: Bola sog‘liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz sog‘lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega

3-4 yosh

4-5 yosh

yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

mustaqil qo‘li, yuzini yuvadi, tishini tozalaydi, sochiqdan foydalanadi;

taroq va dastro‘mol yoki salfetkadan foydalanadi;

ovqat vaqtida mustaqil qoshiq bilan foydalanadi, ovqatdan so‘ng og‘zini chayadi ;

xonada tartibni saqlaydi, o‘zidan keyin o‘yinchoqlarni yig‘ishtiradi;

mustaqil hojatxonaga boradi;

xavfli bo‘ladigan predmetlarni farqiga boradi.

vitaminlar va sog‘lom ovqatlanish foydasini biladi;

ovqatlanish oldidan qo‘lini yuvadi;

sanchqidan to‘g‘ri foydalanadi;

o‘z tashqi ko‘rinishini tartibga keltiradi;

hojatxonadan so‘ng o‘z-o‘ziga xizmat qiladi;

yordam so‘ray oladi;

xavfli bo‘lgan predmetlar, joylar va moddalar nomini biladi (zinapoya, boloxona, ochiq oyna, issiq suv, olov, dori, o‘tkir asboblar, elektr);

notanish insonlar bilan ketish mumkin emasligini tushuntiradi;

qanday qilib gavdani to‘g‘ri tutish kerakligini tushuntirib bera oladi.

shaxsiy gigiyenaga rioya qiladi;

stol atrofida ovqatlanish madaniyatiga rioya etadi;

vitaminlar va ularni taomdagi foydasini biladi;

salomatlik haqida qayg‘urish muhimligini anglaydi;

asosiy tana a’zolari va ularning funksiyalarini biladi;

piyodalar uchun asosiy yo‘l qoidalarini biladi;

suv ichish foydasini anglaydi va mustaqil suv ichish rejimini bajaradi;

xavfsiz xatti-harakatning asosiy qoidalarini biladi va ularga rioya qiladi;

yordam zarur bo‘lganda kattalarga murojaat qilish kerakligini biladi;

xavfli faoliyatlar nomini aytib beradi: xavfli joylarda o‘ynash ( mashina qatnovi yo‘laklarida, qurilish yaqinida, notanish suv havzalarida, ko‘l, oqar suvlarda cho‘milish), velosipedda mashina qatnovi yo‘llarida.

o‘zining tashqi ko‘rinishiga etibor beradi;

jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;

tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;

salomatlikka zararli bo‘lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov bilan o‘ynash va hokazo) ;

bog‘chada, ko‘chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;

piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘l qoidalarini biladi;

yong‘in xavfsizligi -101; milliy gvardiya- 102; tez yordam -103; gaz xizmati -104 telefon raqamlarini biladi;

xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni biladi va tushuntiradi

supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo‘qolib qolsa, o‘zini qanday tutish kerakligini biladi.

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: “Men” konsepsiyasi

Talab: Bola o‘zini o‘ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi, mustaqil va o‘z xatti-harakatiga javob beradi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘zi haqida — “men” deb birinchi shaxs nomidan gapiradi;

o‘zi haqida so‘zlaydi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va boshqalarni biladi) ;

o‘z yaqin insonlariga murojaat qiladi va yordam so‘raydi;

o‘ziga do‘st tanlaydi va u bilan o‘ynaydi;

o‘z oilasi va yaqinlariga qiziqish bildiradi;

o‘z ehtiyojlarini bildiradi;

ortib borayotgan o‘ziga ishonchni bildiradi.

o‘z xohish istaklari, qiziqishlarini bildiradi;

o‘yin davomida rollarni bajaradi;

o‘z hatti harakatlariga javob beradi (“buni men qildim”) ;

kattalar iltimosini (topshiriqni) bajaradi;

mashg‘ulot davomida diqqatni jamlaydi;

yutuqqa motivatsiya bildiradi;

omadsizlik, mag‘lubiyatda qayg‘uradi;

turli hissiyotlar va kayfiyatlarni namoyish etadi;

o‘z o‘yini uchun joy hozirlaydi.

o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni qabul qiladi va bajaradi;

o‘zining qaysi millatga mansubligini biladi ;

o‘zining hoxish-istaklari va qiziqishlarini aniq belgilaydi;

o‘z hissiyotlarini namoyon qiladi;

o‘z o‘zini baholashga qodir;

mustaqil o‘ziga faoliyat turini tanlaydi;

g‘oyalar taklif etadi, tashabbuskor

xayrix�h va ochiqko‘ngil.

mustaqillikka intiladi;

o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi;

o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi;

o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;

shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;

boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi.

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish

Talab: Bola o‘zining va o‘zgalarning hissiyotlarini anglashga va o‘zining hissiyotlarini moslashtirishga qodir

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

ertak, hikoya, multfilmlar qahramonlariga hamdardlik bildiradi;

quvonch, qayg‘u kabi hissiy holatni tushunadi;

o‘z kechinmalari va hissiyotlarini namoyon etadi (“menga yoqadi”, “men yoqtirmayman”) ;

boshqa bolaning hissiyotlarini aniqlaydi va so‘z bilan ifoda etadi;

boshqalarga hamdardlik bildiradi;

sujetli-rolli o‘yinlarda ishtirok etadi;

o‘z oilasi haqida so‘zlar ekan, nima yoqishi va yoqmasligi haqida gapiradi.

bolalar bilan o‘yin davomida samimiy munosabat bildiradi; va o‘z o‘yinchoqlari bilan o‘rtoqlashadi;

kattalar bilan eslatmasiz salomlashadi va xayrlashadi;

o‘z harakatlariga baho beradi;

kattalarga murojaat qiladi va o‘z fikrini bayon qiladi;

sovg‘a va bayramlarga quvonadi.

asosiy hissiyotlar sababini tushunadi;

kimnidir xafa qilsa, o‘zini aybdor xis qiladi;

yaxshi yoki yomon xulqqa baho bera oladi;

o‘yin mobaynida g‘oliblikdan quvonishni biladi;

yaqin insonlari va do‘stlari bilan o‘z hissiyotlari va kechinmalari bilan o‘rtoqlashadi;

qo‘rquv va xavfni tushunadi;

tushunarli asarlarni qiziqish bilan tinglaydi va ularga hissiyotlarini namoyon etadi.

o‘z hissiyotlari nazorat qiladi;

turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi;

o‘z hissiy holatini izohlab berishi mumkin;

boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi;

o‘zini yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi.

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot

Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘z oila a’zolarini biladi;

kattalar harakatiga taqlid qiladi;

o‘z harakatlari natijasiga erishishda qat’iylik bildiradi;

kattalar va bolalar bilan birgalikda o‘ynaydi;

bolalar salbiy harakatiga o‘z munosabatini bildiradi;

jamoaviy o‘yin faoliyatida qatnashadi;

tengdoshlariga yaxshilik istaydi.

o‘yin faoliyati davomida muloqotga kirishadi;

o‘yinda o‘zaro harakatda bo‘lib, ijtimoiy rolni qabul qiladi;

guruh qoidalarini bajaradi (o‘yinchoqlarni joyiga taxlaydi, kiyimlarini tartibga soladi va hokazo) ;

o‘z oila a’zolariga samimiy munosabat bildiradi va uyida ma’lum bir qoidalarga rioya qiladi;

o‘z do‘stlari haqida so‘zlab berishi mumkin;

kattalar harakatlari va xulq modelini imitatsiya qilgan holda ularga taqlid qiladi;

kattalar nazoratisiz topshiriqlarni bajara oladi.

muloqot davomida o‘z fikrini, hissiyotlarini va taassurotlarini namoyon etadi;

oila va guruhda tashkil etilgan mehnat faoliyatida ishtirok etadi;

o‘z suhbatdoshiga iltimos yoki ma’lumotni ayta oladi;

mustaqil, kattalardan bevosita mustaqillikni erkin namoyon etadi,

yordam ko‘rsatishga tayyor;

tanish insonlar bilan oson muloqotga kirishadi;

tushunchalarda yoritilgan ijtimoiy hulq qoida va me’yerlariga bo‘ysunadi (mumkin, ma’n etiladi , yaxshi, yomon, kerak) ;

boshqa bolalar bilan doimiy do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda bo‘ladi;

qiyin vaziyatlarda amaliy yechim qidiradi;

boshqalar xatti-harakatiga o‘z taassurotlarini bildiradi;

o‘zgalar yutug‘iga quvonganligini namoyon etadi;

nizolarni hal etishda bir necha metodlardan foydalanadi (tinchlantiradi, o‘z o‘yinchog‘ini beradi, muloyim so‘zlar aytadi) ;

o‘yinlar o‘ylab topadi, sujetli rolli o‘yinlar, turli ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok etadi.

NUTQ, MULOQOT, O‘QISh VA YoZISh MALAKALARI

Kichik soha: Nutq va til

Talab: Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, so‘zlashadi va muloqot qiladi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘zining ayrim harakatlarini so‘zlar bilan sharhlaydi;

rasmda ko‘rgan narsasi haqida so‘zlaydi;

kattalarning turli savollariga javob beradi (yaqin atrofiga tegishli) ;

muloqot davrida faollik bildiradi;

biror bir parchani tinglab, tanish asarning nomini aytadi;

kichik she’rni yoddan aytadi;

kattalar tomonidan aytilgan tanish hikoya, ertakni davom ettiradi yoki tugallaydi;

didaktik o‘yinlar o‘ynaydi.

boshlangan hikoyani davom ettira oladi;

voqea-hodisalar to‘g‘risida muhokama davrida savollar beradi va o‘z fikrini bayon etadi;

berilgan savolni tushunadi va unga javob beradi;

muloqotda fe’l va sifatlarni faol qo‘llaydi;

ot va fe’llarni qo‘llagan xolda murakkab bo‘lmagan gaplar tuzadi (shifokor kasallarni davolaydi, sotuvchi sabzavotlarni sotadi) ;

“ko‘p”, “bitta” ma’noda so‘zlarni ishlatadi;

turli ohangdagi so‘zlarni imo-ishoralar yordamida nutqida ishlatadi;

didaktik va so‘z o‘yinlari o‘ynaydi.

kuzatayotgan hodisa va voqealarni tushuntirib beradi;

umumlashtiruvchi so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llaydi (meva, sabzavot, daraxtlar, qushlar, idish-tovoq) ;

o‘ziga nisbatan predmet�ar joylashuvini ta’riflaydi (oldimda, stolda) ;

so‘zlarni mazmuniga ko‘ra to‘g‘ri qo‘llaydi;

nutqida ma’nosiga monand asosiy so‘z turkumlarini qo‘llaydi;

bir negizli so‘zlarni (namuna asosida) tuza oladi (mushuk-mushukcha-mushukli) ;

grammatik sodda va murakkab gaplar tuzadi;

suhbatlasha oladi;

kattalar yordamida ijodiy hikoya tuzadi;

barcha tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qiladi;

xorijiy tilni bilishi:

salomlashish va xayrlashish so‘zlarini qo‘llaydi;

10gacha sanoqni biladi;

Asosiy ranglar nomini biladi (oq, sariq, qizil, yashil, ko‘k, qora).

o‘z ona tilida erkin so‘zlashadi; so‘z turkumlarini yoshiga monand mustaqil, grammatik to‘g‘ri qo‘llaydi;

gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan so‘zlarga ularni moslaydi;

ko‘p ma’noli so‘zlarni turli ma’nolarini farqlaydi;

turli gaplarni tuzadi ;

shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;

turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;

guruh muokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi;

qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi;

nutqida xorijiy so‘zlarni qo‘llaydi;

kichik she’rlarni, qofiyalarni so‘zlab berishi mumkin;

yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, qish).

NUTQ, MULOQOT, O‘QISh VA YoZISh MALAKALARI

Kichik soha: O‘qish malakalari

Talab: Bola kitob va o‘qishga qiziqish bildiradi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

kitob haqida tushunchaga ega;

kattalardan kitob o‘qib berishlarini so‘raydi ;

o‘z yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi;

kitobdagi rasmlar va so‘zlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlaydi;

rasmlardan tanish ertak qahramonlarini taniydi.

tinglagan hikoyasiga munosabatini bildiradi va kattalarga savol beradi;

rasmlar asosida tinglagan asarini asosiy o‘rinlarini gapirib bera o�adi;

badiiy asardan parcha tinglagandan so‘ng asar nomini ayta oladi;

o‘z yoshiga mos she’rlarni yoddan biladi;

kitobni ehtiyotlab foydalanadi.

so‘zdagi birinchi tovushni biladi;

kitobni mustaqil tomosha qiladi;

tovushlarni farqlaydi;

so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ladi;

so‘zlarga qofiya kelishtiradi;

nutqning dialogik shaklini qo‘llaydi, savollar beradi;

she’rlarni yod oladi va ifodali o‘qiydi;

sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini biladi;

ifodalilikning ohang vositalarini to‘g‘ri qo‘llaydi;

harflarga tegishli so‘zlarni topadi.

boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so‘zlab beradi;

sodda va murakkab gaplarni nutqida qo‘llaydi;

so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi;

bo‘g‘inli kartochkalar yordamida bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzadi;

so‘z, tovush, bo‘g‘in, gap haqida tushunchaga ega;

peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o‘qiydi;

bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, she’r, hikoya) ;

mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi.

NUTQ, MULOQOT, O‘QISh VA YoZISh MALAKALARI

Kichik soha: Qo‘l barmoqlari mayda motorikasi

Talab: Bolada yozuv malakasi shakllanadi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

2-3 obyektdan rasm tuzadi;

varaq sathida to‘g‘ri chiziqlar chizadi;

harflarga qiziqish bildiradi, ayrim harflarni shaklini biladi va farqlaydi;

yirik munchoqlarni ipga teradi;

yozishga harakat qiladi.

chiziq, belgi, ilgaklarni sodda namunalarini qayta chiza oladi;

predmetlarning murakkab bo‘lmagan shakllarini chizadi;

rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo‘yaydi;

shablonlarni shtrixlaydi;

mayda qismlardan iborat konstruktorni yig‘adi;

o‘rta munchoqlarni ipga teradi;

aniq belgilangan chiziq asosida qog‘ozni qaychi bilan qirqadi;

belgilangan chiziq asosida qog‘ozni tekis yirtadi;

ikki qo‘li bilan qog‘ozni buraydi.

chiziq, ilgak va gajakcha yozadi;

qog‘ozni turli usulda taxlaydi (origami) ;

namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi;

barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi;

rasmlarni tekis shtrixlaydi;

turli sathlarda chizadi (nam qumda, asfaltda, doskada) ;

soch o‘radi;

mozaika yig‘adi.

qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar, so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi;

daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;

rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi;

qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi;

matodagi rasmni to‘qiydi;

“o‘ziga” va “o‘zidan” harakatlari yo‘nalishini tushunadi;

turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Intellektual-bilish malakalari

Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

bitta belgi asosida predmetlarni ajratadi;

olti rangni farqlaydi va ajratadi;

bir xil poyini topadi;

rasmlardagi predmetlarni taniydi va nomini aytadi;

jonli obyektlarga qiziqish bildiradi;

predmetlar yasalgan materialni farqlaydi (qog‘ozdan, taxtadan, temirdan) ;

xonani kuzatadi va o‘zi turgan joyni aniqlaydi;

atrof-muhitga qiziqish bildiradi.

rasmlarni solishtiradi;

2-3 belgi asosida guruhlarga ajrata oladi;

jonzodlarni asosiy ehtiyojlarini ta’riflaydi va taqqoslaydi (hayvonlar: ovqat eydi, nafas oladi, harakatlanadi va hokazo) ;

hayot uchun suv, havoning ahamiyatini ta’riflaydi;

kun qismlarini nutqida to‘g‘ri qo‘llaydi va biladi (ertalab, peshin, kechqurun, kechasi) ;

yil fasllarini tavsiflaydi;

atrof olamga faol qiziqish bildiradi.

rasm asosida sujetni eslab qoladi va gapiradi;

ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;

turli hayvonlarning yashash joylarini aytadi (baliq suvda yashaydi, bo‘ri o‘rmonda) ;

geografik tushunchalarni biladi (er, dengiz, tog‘, daryo) ;

oddiy sabab va oqibat aloqalarni tushunadi (yomg‘ir yog‘yapti — panaga o‘tish kerak) ;

sinash va xatolarni tahlil qilish yo‘li bilan amaliy vazifalar yechimini topishga harakat qiladi (mashinani yurg‘izish uchun kalitni burash kerak) ;

obyektlarni tizimga solad.

atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;

kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;

yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;

rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;

o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;

o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;

bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;

ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, �azifasiga qarab).

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Elementar matematik malakalar

Talab: Bola elementar matematik malakalarga ega

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

predmetlarni 1-2 ta belgisi bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi;

atrof-muhitdan “bitta” va “ko‘p” ni topadi ;

predmetlarni kattaligiga qarab teradi;

geometrik shakllarni farqlaydi (doira, kvadrat, uchburchak), shakllar (kub, shar) ;

ko‘plikni taqqoslaydi;

“uzun” va “qisqa” tushunchalari ma’nosini biladi;

“yarim”, “yarimtacha” tushunchalarni biladi;

sanoq va sonlar qatoridagi bog‘liqlikni tushunadi;

mexanik tarzda 5gacha sanaydi.

geometrik shakllarga o‘xshash predmetlarni topadi;

geometrik figura va shakllarni nomini biladi;

miqdoriy aloqalarini belgilaydi;

sonning miqdoriy tarkibini biladi;

matematik tushunchalardan foydalanadi (ko‘p, kam, jami, shuncha);

ketma ketlikda sanaydi;

ko‘pliklarni taqqoslaydi “ko‘proq”, “kamroq”, “teng”;

bo‘shliqda yo‘nalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, pastda, yaqin, uzoq);

butun va uning qismlari tushunchasini tushunadi.

geometrik shakllarni biladi va ularni predmetlar orasidan ajratadi; predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslaydi;

predmetlar guruhini taqqoslaydi;

muloqot davrida matematik terminologiyani qo‘llaydi;

belgilar tizimini tushunadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);

1dan 10gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri va teskari sanaydi;

predmetlarni soni va sanog‘iga qarab taqqoslaydi;

predmetlar tengligi va tengmasligi guruhlarini aniqlaydi va ularni bir biri bilan taqqoslaydi.

hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi;

geometrik shakllar va figuralarni biladi;

20gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajaradi;

10gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);

son qatori haqida tushunchaga ega

guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?);

hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ket joylashtiradi;

shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchaydi.

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat

Talab: Bola o‘zining tabiiy muhitiga qiziqishini namoyon qiladi, fanni o‘rganishda faol

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda qatnashadi (eritish, bo‘yash, cho‘ktirish, suv sathiga chiqarish va hokazo) ;

tabiatdagi ayrim o‘zgarishlarni farqlaydi (qor, yomg‘ir, do‘l, issiq, shamol va hokazo) ;

ayrim hasharot va qushlarni taniydi va nomini aytadi;

ayrim jonivorlar bolalarini nomini to‘g‘ri aytadi ;

“sujet” asosida qurilmalar yaratadi ;

suv va qum bilan o‘ynaydi;

jonli obyektlarni kuzatadi.

kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda ishtirok etadi (eritish, yaxlatish, magnetizm, bo‘yash, qizdirish, qaynatish va hokazo);

yil fasllariga xos tabiat hodisalarini biladi;

nima uchun ovqatlanish, nafas olish, o‘qish kerakligini biladi;

organizmning ma’lum bir organlari funksiyasini biladi;

ayrim jismoniy jarayonlar muhimligini tushunadi;

konstruktor, pazl, mozaika, Legodan konstruksiyalar yaratadi.

tabiat hodisalarini turli omillarga bog‘liqligini tushunadi;

tabiatdagi o‘zgarishlar sababini tushuntirib bera oladi (masalan, qor erishi) ;

insonlarni atrof-olamga ta’sirini tushunadi (ekin ekish, hosil yig‘ish) ;

tabiiy materiallardan qo‘l ishlarini yaratishni biladi, ish bosqichlarini belgilaydi;

mustaqil qurib yasashi mumkin;

jonli va jonsiz tabiatni farqlaydi;

insonlar hayotida tabiatning ahamiyatini anglab yetadi.

qurilmani mustaqil o‘lchaydi (balandligi, uzunligi, kengligi bo‘yicha) ;

shaxsiy qiziqishi va kuzatuvlariga bog‘liq savollar beradi;

shaxsiy taxminlari haqida gapiradi, avvalgi va hozirgi tajribasini umumlashtiradi va tushuntiradi;

tadqiqotda yechimini talab etayotgan muammoni belgilaydi;

turli resurslarni qo‘llagan xolda shaxsiy kuzatuvlarni tasdiqlaydi va ta’riflaydi;

atrof-muhitni yaxshilashda ishtirokning muhimligini tushunadi (masalan, axlat chiqindilarini tashlash, ularni ajratish, daraxt va gullar ekish, suv, elektr energiyasi va qog‘ozni asrash).

IJODIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Dunyoni badiiy tasavvur etish

Talab: Bola turli xil san’at vositalaridan foydalanib, dunyoni his etish va tushunishini namoyish etadi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

illyustratsiya, o‘yinchoq, xalq amaliy san’ati asarlarini o‘rganishda emotsional ta’sirlanadi;

tabiat obyektlarida, o‘yinchoq, bolalarning o‘z kiyimlarida ranglar jilosini anglaydi;

tanish qo‘shiqlarni biladi;

diqqat bilan tovush, ohanglarni tinglaydi;

tasviriy san’at elementlaridan foydalanadi.

O‘zbekiston xalq amaliy san’ati haqida ilk tushunchaga ega (so‘zana, keramika) ;

san’atga tegishli kasblarning ayrimlari haqida tushunchaga ega (rassom, bastakor, aktyor) ;

ayrim san’at turlari va janrlarini farqlaydi (qo‘shiq, raqs, musiqa, she’riyat, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik) ;

ayrim arxitektura qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash joyi va jamoat joyi) ;

qo‘shiq va navolarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi;

ayrim musiqiy asboblarning chalinishini farqlaydi (pianino, dutor, doira) ;

musiqaga monand raqsga tushishi mumkin.

musiqiy asarga hissiy munosabat bildiradi;

musiqaga monand harakatlar o‘ylab topishi mumkin;

badiiy asarlar qahramonlari rolini o‘ynashi mumkin;

amaliy san’at turlari haqida birlamchi tushunchaga ega;

shaxsiy loyihalar yaratishda g‘oyalar bildiradi;

musiqada uslublarni farqlaydi;

kichik ssenariylar tuzib, sahna ko‘rinishlari tashkillashtira oladi;

tabiiy materiallardan qo‘l ishlari yasaydi;

kiyimlarni bezashi, guldastalar tuzishi, sodda retsept asosida taom tayyorlashi mumkin.

she’rni ifodali o‘qib bera oladi;

tanish asarlarni mustaqil so‘zlab beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi;

she’riy va nasriy badiiy asarlarga munosabat bildiradi;

musiqiy asarning harakterini aniqlashga qodir;

bolalar shoiri, yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning asarlarini biladi;

tasviriy san’at turlarini farqlaydi.

IJODIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar

Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

tasviriy materiallar nomini biladi va to‘g‘ri qo‘llaydi;

sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi;

tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo‘yaydi;

bolalar musiqiy asboblarida(buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi;

bolalar guruhi bilan qo‘shiq aytadi;

raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, predmetlar bilan musiqaga monand harakatlanadi) ;

plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi;

tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, turli shakldagi qog‘ozlarni yasatadi;

qumdan turli shakl va piramidalar quradi.

predmetlar shaklini aniq ko‘rsatgan xolda qismlarga boy tasvirlar chizadi;

sujetli rasm, predmet va personajlar chizadi;

shakllarni turli texnika asosida bo‘yaydi;

loy, xamir va plastilindan yasaydi;

faoliyati boshida ko‘z oldiga keltirib tasavvur qiladi;

xorda va yakkaxon qo‘shiq aytadi;

raqs harakatlarini hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida qabul qiladi;

musiqiy asboblarda chaladi (qo‘ng‘iroqcha, doira, metallofon, uchburchak) ;

kattalar yordamida barmoqlar teatri sahna ko‘rinishlarida ishtirok etadi.

murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi (choynak, gilam, ro‘mol, lagan) ;

xotira yoki tasavvuriga ko‘ra sujet yaratadi;

qog‘ozdan va tabiat materiallardan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari) ;

muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi;

qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan shakllarni harakati va proporsiyalarini yoritgan holda kichik sujetli kompozitsiyalar yaratadi;

tengdoshlari bilan ijodiy o‘yinlar yaratishi mumkin;

shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo‘llaydi;

jamoaviy loyihalarda g‘oyalar taklif etadi.

turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi;

individual va jamoada qo‘shiq ayta oladi;

raqsda harakatlariga jilo bergan xolda shaxsiy namuna yaratishi mumkin;

musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo‘r bo‘lib chalishi mumkin;

g‘oya yaratadi va tatbiq etadi;

maqsadga erishishda o‘rindosh sifatida turli predmetlar qo‘llaydi;

turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi;

olamni o‘zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi;

buyumlarni ikkilamchi qo‘llashda g‘oyalar taklif etishi mumkin.