Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
“Maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2898-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3304-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2017-yil 9-iyundagi 5-mh-son “Maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2898, 2017-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 709-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-iyun,
6-mh-son
Kelishildi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
2018-yil 18-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 18-iyun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MAJIDOV
2018-yil 18-iyun
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2018-yil 18-iyun
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D. TAShMUXAMEDOVA
2018-yil 18-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/2898-1-son)