Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2023 02.07.2018 yildagi O‘RQ-478-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 20-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2023-yil 24-maydagi OʻRQ-844-sonli “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 26-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun fuqarolarning sogʻligʻini chilim va elektron sigaretalar chekishning zararli taʼsiridan, u bilan bogʻliq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan muhofaza qilishga, shuningdek jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Chilim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chilim tamaki chekish yoki tarkibida tamaki boʻlmagan chekiladigan qorishmani (tutatqi qiyomni, tutatqi toshni) isteʼmol qilish uchun foydalaniladigan asbob boʻlib, unda aerozol (bugʻ) yoki tutun suyuqlik solingan idish (chilim suvdoni) orqali oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chekiladigan qorishma nikotinsiz qorishmadan, chekiladigan mevali aralashmadan, shuningdek ularning oziq-ovqat tolalari asosida tamaki barglarini hamda boshqa tarkibiy qismlarni qoʻshmasdan va qoʻllamasdan yaratilgan, tarkibiga kelib chiqishi tabiiy yoki sunʼiy boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari kiradigan oʻxshash turlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutatqi qiyom glitserin, turli oʻsimliklarning ekstraktlari, eritkichlar va xushboʻy moddalar asosidagi tamakisiz mahsulotdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutatqi tosh kelib chiqishi mineral asosga ega boʻlgan, xushboʻy qiyom shimdirilgan, nikotinsiz gʻovaksimon mahsulotdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Elektron sigareta
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron sigareta nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkazish vositasi sifatida foydalaniladigan, nafas olib yutish uchun moʻljallangan aerozol (bugʻ) hosil qiladigan elektron moslamadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamning nafas olish tizimiga nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkazib beruvchi elektron tizimlarning isteʼmol xususiyatlari va isteʼmol qilish usullari elektron sigaretaga oʻxshash boʻlgan boshqa turlari ham elektron sigaretaga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama hamda targʻib qilishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslarni hamda ularning majburiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
(5-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishga yoʻl qoʻymaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chilim va elektron sigaretalarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statsionar savdo obyektlarida, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalarida, bundan chilim va elektron sigaretalar chekish uchun maxsus ajratilgan xonalar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, koʻrik va koʻrgazma zallarida hamda ommaviy dam olish uchun moʻljallangan boshqa yopiq inshootlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa koʻngilochar (boʻsh vaqt oʻtkaziladigan) joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida va maʼruzaxonalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlarda, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), daryo kemalarida, shaharda, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslarda, taksilarda, yoʻnalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida, shuningdek havo kemalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti oʻtish joylarida, transport bekatlarida va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlarning, temir yoʻl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlarida, taʼlim muassasalarida, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylari boʻlgan xonalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarning yoʻlaklarida, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xiyobonlarda, bogʻlarda, koʻchalarda va boshqa jamoat joylarida chekishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida joylashgan xonalarni chilim va elektron sigaretalarni chekish uchun berish, xuddi shuningdek jamoat joylarida chilimni va elektron sigaretalarni foydalanishga berish taqiqlanadi, bundan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan maxsus ajratilgan xonalarning jihozlariga, chilim va elektron sigaretalarni foydalanishga berish tartibiga, chilimlarni sanitariya jihatdan tozalashga va chekiladigan qorishmalarni (tutatqi qiyomni, tutatqi toshni) saqlashga doir talablar, shuningdek tamakiga va chekiladigan qorishmalarga (tutatqi qiyomga, tutatqi toshga) doir gigiyenik talablar qonunchilikda belgilanadi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama hamda targʻib qilishga yoʻl qoʻymaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama qilish, yaʼni chilim va elektron sigaretalar chekish usullari va yoʻllari, shuningdek ularni olish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tarqatishga qaratilgan faoliyatga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chilim va elektron sigaretalar chekishni targʻib qilish, yaʼni chilim va elektron sigaretalarni chekishni ragʻbatlantiruvchi, shaxsda ularni isteʼmol qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi gʻoyalar, qarashlar va badiiy obrazlarni ochiq yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan harakatlar taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar va ularning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari (maʼmuriyati), shu jumladan oʻz tasarrufida (mulkida, egaligida, foydalanishida) hududlar, binolar (xonalar), inshootlar va jamoat joylarida joylashgan boshqa obyektlar, shuningdek ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari boʻlgan shaxslar jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarishi;
(8-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chilim va elektron sigaretalar chekayotgan shaxslarni jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida ogohlantirishi, huquqbuzarlik davom ettirilgan taqdirda esa ichki ishlar organlariga xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hammaga koʻrinarli joyga, shu jumladan binolarga (xonalarga) kirish joylariga, transport vositalariga va boshqa obyektlarga jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantiruvchi lavhalarni joylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga doir profilaktika chora- tadbirlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, taʼlim muassasalari hamda boshqa muassasalar chilim va elektron sigaretalar chekishning salbiy taʼsiri profilaktikasi, jamoatchilik ongida chilim va elektron sigaretalar chekishga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish boʻyicha kompleks ijtimoiy, tashkiliy-huquqiy va boshqa choralarni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(14-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-478-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 03/18/478/1423-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)