21.06.2018 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoniga muvofiq mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi eʼlon qilingani hamda u 2019-yil 1-mayga qadar davom etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bir hafta muddatda 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tarkibda koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarini tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining ishini “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pogʻonali prinsip boʻyicha muvofiqlashtirish va nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Komissiya ishchi organi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining faoliyatiga tashkiliy-texnik hamda uslubiy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalari qarorlaridan norozi boʻlgan murojaat etuvchilarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish va hal etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan hisobotni umumlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakuni boʻyicha taqdim etib borish;
(4-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari qarorlaridan norozi boʻlgan shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish va hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) komissiyalari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida doimiy nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) komissiyalarining faoliyati toʻgʻrisida har oy yakuni boʻyicha hisobotini tahlil qilish va respublika komissiyasiga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga axborot berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tuman (shahar) komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik aksiya doirasida koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish uchun taqdim etilgan murojaatlarni koʻrib chiqish va uning natijalari boʻyicha tegishli xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik aksiya doirasida koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish uchun taqdim etilgan murojaatlarni koʻrib chiqishda mazkur komissiyalar aʼzolari tomonidan tegishli koʻchmas mulk obyektini joyiga chiqqan holda oʻrganish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etishga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha murojaat etuvchiga tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobotni ushbu qarorning 4-ilovasiga muvofiq shaklda hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining faoliyati ushbu qarorga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlari “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pogʻonali prinsip boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarorlari qabul qilingandan soʻng koʻchmas mulk obyektlari yagona elektron maʼlumotlar bazasiga hamda yer fondi toifalari boʻyicha hisobotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq jismoniy shaxslarning arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida toʻlovlar elektron shaklda qabul qilinishini hamda yigʻimlar summasi hisobi yuritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga va xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga hududiy komissiyalar tomonidan koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha axborotlar kiritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning amaliyotda qoʻllanishini muntazam oʻrganib borsin va zarurat boʻlganda, uning normalarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning ahamiyati va mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini taʼminlasinlar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 21-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom turar joylariga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyiga (keyingi oʻrinlarda Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat deb ataladi) nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari koʻp qavatli uylarga va ularga tutashib ketgan yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir martalik aksiya doirasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish hamda koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha komissiyalarning faoliyati mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari markazlari va koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) aʼzolari oʻrtasida axborot almashish idoralararo elektron hamkorlik tizimi (keyingi oʻrinlarda tizim deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy shaxs (uning qonuniy vakili) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchining pasporti nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchining oila aʼzolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaat etuvchi arizani oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arizani koʻrib chiqish uchun Davlat xizmatlari markazi tomonidan yigʻim undirilmaydi, bir martalik aksiya doirasida toʻlanadigan bir martalik yigʻim bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan yolgʻon maʼlumotlar yoxud unga ilova qilinadigan hujjatlarning toʻliq emasligi arizani qabul qilishda rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin Davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat etuvchiga ariza olingani toʻgʻrisida tilxat beradi yoki roʻyxatdan oʻtkazish raqamini koʻrsatgan holda, ariza nusxasida uning qabul qilingani toʻgʻrisida tegishli yozuvni qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan skanerlanadi va bir soat mobaynida tizim orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallariga (keyingi oʻrinlarda komissiya ishchi organi deb ataladi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun taqdim etilgan murojaatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya ishchi organi ariza kelib tushgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida murojaat etuvchining arizasida koʻrsatilgan joyga chiqqan holda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganib, uning texnik planini shakllantiradi hamda ushbu texnik planni komissiya aʼzolariga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga tizim orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya aʼzolari ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 kalendar kun mobaynida murojaat etuvchining oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratini u joylashgan joyga borgan holda oʻrganadi va oʻrganish natijalariga koʻra komissiya ishchi organiga koʻchmas mulk obyekti boʻyicha oʻz xulosalarini (maʼlumotnomalarini) tizim orqali yuboradi, tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya aʼzolarining xulosalarida (maʼlumotnomalarida) quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻining xulosasida — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashmagani yoki joylashgani, yer uchastkasining umumiy maydoni va sifat tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman (shahar) qurilish boʻlimi boshligʻining xulosasida — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga (mavjud boʻlganda), qishloq fuqarolari yigʻinlari hududlarini meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud boʻlganda) zid ravishda hamda obyektlarning muhofaza zonalarida joylashgani yoki joylashmagani, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalarining boshqa talablari buzilgani yoki buzilmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻining xulosasida — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan muhofaza etiladigan hududda joylashgani yoki joylashmagani, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni joylashtirishda tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilgani yoki etilmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tuman (shahar) davlat bosh sanitariya vrachining xulosasida — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat va u joylashgan yer uchastkasida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga rioya qilingani yoki rioya qilinmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimining maʼlumotnomasida –oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratdan foydalanuvchi va uning oila aʼzolari qaysi manzilda roʻyxatdan oʻtganligi yoki roʻyxatdan oʻtmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining maʼlumotnomasida — murojaat etuvchida mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha qarzdorlik borligi yoki yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi inspektorining xulosasida — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat va u joylashgan yer uchastkasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilingani yoki rioya qilinmagani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarining xulosalarida (maʼlumotnomalarida) aks ettirilgan maʼlumotlar aniq manbalar hamda qonun hujjatlari bilan asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarining xulosalari (maʼlumotnomalari) masʼul mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi bir martalik aksiya davomida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishda huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash choralarini amalga oshiradi, normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi va aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya aʼzolari oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan “2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq oʻtkazilgan koʻchmas mulk obyektlarining xatlovi natijalari boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat magistral quvurlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qoʻriqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek, aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni koʻmish joylari yaqinida joylashganda komissiya aʼzolari tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlardan qoʻshimcha maʼlumotlarni (xulosalarni) soʻrovnoma yuborish orqali olishlari shart. Bunda soʻrovnomaga javob u kelib tushgan kundan boshlab 3 kalendar kuni mobaynida taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim boʻlgan holatlar mavjud boʻlsa, ular komissiyaning umumiy yigʻilishida uzil-kesil hal qilinadi. Bunda tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻining normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash boʻyicha xulosasi hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar oʻrtasidagi mulkiy nizolarni hal qilish komissiya vakolatiga kirmaydi, bunday nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Bunda mulkiy nizolar hal qilingandan soʻng oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning egasi bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar ushbu Nizomda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya ishchi organi 3 kalendar kuni mobaynida komissiya aʼzolarining xulosalariga asosan koʻchmas mulk obyektini oʻrganish boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada komissiya aʼzolarining xulosalari aks ettiriladi hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkinligi yoki mumkin emasligi, shu jumladan imorat joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilishi mumkinligi yoki mumkin emasligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma komissiya ishchi organi masʼul xodimi tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaga komissiya ishchi organi tomonidan oʻrganish davomida tuzilgan koʻchmas mulk obyektining plani ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya tomonidan shaxsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin deb topilganda komissiya ishchi organi dalolatnoma tasdiqlangan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga murojaat etuvchi bir martalik yigʻimni toʻlashi uchun elektron shaklda hisobvaraq-fakturani tizim orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi hisobvaraq-faktura tushganidan soʻng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda hisobvaraq-fakturaga oʻzining muhrini bosib murojaat etuvchiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Murojaat etuvchi hisobvaraq-faktura tushgan kundan boshlab 4 ish kuni mobaynida hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan toʻlovni (bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdordagi bir martalik yigʻimni) amalga oshiradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik yigʻim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bir martalik yigʻim summasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Murojaat etuvchi tomonidan bir martalik yigʻim belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, uning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish ishlari toʻxtatib turiladi. Murojaat etuvchi tomonidan bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar toʻlov amalga oshirilmasa oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya ishchi organi murojaat etuvchi tomonidan bir martalik yigʻim toʻlangandan keyin 2 kalendar kuni mobaynida Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma asosida murojaat etuvchining oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror loyihasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat mulkdoriga imorat qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini berish ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tuman (shahar) hokimining komissiya ishchi organi tomonidan tayyorlangan qarori loyihasi u taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi qarorining nusxasi u qabul qilingan kundan boshlab, 1 ish kuni mobaynida Komissiya ishchi organi tomonidan Davlat xizmatlari markaziga tizim orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi tuman (shahar) hokimining qarori nusxasi tushganidan soʻng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda tuman (shahar) hokimining qarori nusxasiga oʻzining muhrini qoʻyib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish yoki uni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagi hollarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etiladi va imorat joylashgan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy shaxslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasa, qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar (shu jumladan, har bir oilaga belgilangan meʼyorlar) doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan obyektlar mulkdori boʻlmagan, lekin oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilayotgan imoratlariga va yer uchastkasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga egalik huquqi mavjud jismoniy shaxslar tomonidan oʻzi yashab turgan yer uchastkasiga oʻzboshimchalik bilan qurilgan qoʻshimcha imoratlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishiga qadar (1990-yil 20-iyun) yakka tartibda uy-joy qurish, shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun foydalanib kelayotgan imoratlar va yer uchastkasiga huquqlarni belgilovchi hujjatlar saqlab qolinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjalik yuritish uchun foydalanilayotgan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan imoratlarga “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida belgilangan meʼyorlar doirasida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagi hollarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga, qishloq fuqarolari yigʻinlari hududlarini meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud boʻlganda) zid ravishda joylashgan imoratlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistral quvurlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qoʻriqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni koʻmish joylari yaqinida joylashgan imoratlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan qurilishi taqiqlangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda tabiiy xavfi yuqori boʻlgan hududda joylashgan imoratlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan imoratlar shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qurilgan boʻlsa, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa yoxud fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya tomonidan shaxsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin emas deb topilganda komissiya ishchi organi rad etish asoslari koʻrsatilgan xat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusxasini ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga hamda tuman (shahar) hokimiga tizim orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi xat tushganidan soʻng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda xatga oʻzining muhrini qoʻyib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun toʻsqinlik qilayotgan holatlarni (kamchiliklarni) bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar beriladi yoki oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etish mumkin emas boʻlgan holatlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat boʻyicha komissiya ishchi organining xatida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat egasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Murojaat etuvchi komissiya qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi komissiyaga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) komissiyalarining qarorlaridan norozi boʻlgan shaxslarning murojaatlarini 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Komissiya tomonidan shaxsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin emas deb hisoblanganda tuman (shahar) hokimliklari komissiya dalolatnomasi asosida qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashgan va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda sudga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik aksiya doirasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish hamda koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha komissiyalarning faoliyatini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎____________________________ tuman (shahar) hokimi

‎‎_____________________________________________ga

‎‎(hokimning F.I.O.)

‎_____________________________________________da

(manzil) ‎‎

‎‎yashovchi fuqaro _______________________________dan

‎‎(fuqaroning F.I.O.) ‎

tel.:________________________ ‎

‎‎

‎ARIZA

Men ___________________________________________________________________ oʻzboshimchalik bilan qurilgan‎‎

‎‎(murojaat etuvchining F.I.O.)

‎‎______________________________________________________________________________________________ da

‎‎(toʻliq manzil)

‎joylashgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishingizni soʻrayman.
‎‎Yer uchastkasining umumiy maydoni _______ ga ni tashkil etadi.
‎‎Yer uchastkasidan amalda foydalanganlik uchun sabab boʻlgan holatlar:
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________.
‎‎Pasportga oid maʼlumotlar (seriya va raqam):___________________________________________________________.
‎‎Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa): ______________________________________________________________.
‎‎Ushbu arizaga quyidagilar ilova qilinmoqda:
‎‎pasport nusxasi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining oila aʼzolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilingan muddatlar va imorat qurilgan vaqt toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.

‎‎________________________________________
‎(murojaat etuvchining imzosi)

__________________________
‎(sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎TASDIQLAYMAN
‎Komissiya raisi — tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari ___________________________
‎(F.I.O.)
‎_________________
‎ (imzo)

‎‎‎‎Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganish natijalari boʻyicha
‎DALOLATNOMA

‎‎‎‎_________________________________________________________ tegishli

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎“___” _____________20__ y.

‎‎____________ tumani (shahri)

Ushbu dalolatnoma: ‎‎
‎‎yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.)

‎‎qurilish boʻlimi

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.) ‎‎

‎‎ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish inspeksiyasi

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.)

davlat soliq inspeksiyasi ‎‎

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.)

davlat bosh sanitariya vrachi ‎‎

_____________________________________, F.I.O.) ‎‎

‎‎ichki ishlar boʻlimi

_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.) ‎‎

‎‎yongʻin xavfsizligi boʻlimi

‎‎_____________________________________, (lavozimi, F.I.O.)

‎‎koʻchmas mulk obyektidan foydalanuvchi

‎‎_____________________________________, (F.I.O.)

‎‎ishtirokida tuzildi.
‎‎Koʻchmas mulk obyektini oʻrganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:
1. Koʻchmas mulkning joylashgan joyi _____________________________________________________________________.
‎‎2. Kadastr raqami: yer uchastkasining (raqam berilganda) _____________________________________________________.
‎‎bino va inshootning (raqam berilganda) ______________________________________________.
‎‎3. Foydalanish maqsadi:
‎‎yer uchastkasining ____________________________________________________________________________________.
‎‎bino va inshootning __________________________________________________________________________________.
‎‎4. Yer uchastkasining maydoni, amalda ______ ga.
‎‎5. Bino va inshootning umumiy maydoni ______ kv.m.
‎‎6. Qoʻshni yer egasi va yerdan foydalanuvchilar oʻrtasida nizolar mavjudligi ______________________________________.
‎‎________________________________________________________________________________________________.
‎‎7. Oʻrganish jarayonida komissiya aʼzolarining xulosalari asosida aniqlangan maʼlumotlar:
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎8. ______________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof e‎tish
‎mumkin yoki mumkin emasligi koʻrsatiladi)

‎‎9. ______________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
‎qilish huquqi berilishi mumkinligi yoki mumkin emasligi koʻrsatiladi)

‎‎Mazkur dalolatnomaga yer uchastkasining plani ilova qilinadi.
‎‎Komissiya ishchi organi

___________________________(lavozimi, F.I.O.)

____________
‎ (imzo) ‎‎

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganish
‎ natijalari boʻyicha dalolatnomaga
‎ILOVA

Yer uchastkasining
‎PLANI ‎‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎____________________ masshtab
Chegaradosh yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv:
________________________________________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(nomi, imzosi, F.I.O.)

‎‎Ijrochi ________________________________________________________________________________________

‎‎(imzosi, F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Vaxabov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Komissiya raisi

2.

A. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

A. Toʻxtayev

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

4.

B. Kuchkarov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

5.

B.Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi v.b.

6.

A. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

7.

P. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

8.

S. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

9.

A. Tashkulov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari va Toshkent shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar bosh boshqarmasi va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachi

8.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi

9.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. 1. Komissiya tarkibi tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyalarning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) qurilish boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) davlat bosh sanitariya vrachi

8.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

9.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi boʻlimi

10.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. 1. Komissiyalarning shaxsiy tarkibi tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyalarning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi 461-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha
________________________________

tuman (shahar), viloyat, respublika)

komissiyasi faoliyati toʻgʻrisida 2018-yil “___” __________ holatiga

HISOBOT




T/r

Hududlarning nomi

Koʻchmas mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan tuman (shahar) hokimining qarorlari soni

Yer uchastkasining umumiy maydoni (ga)

Imoratlar egalab turgan umumiy maydoni (kv.m.)

shundan oʻzboshimchalik bilan egallangan

meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan

zaxiraga qaytarilgan

jami

egalik huquqi eʼtirof etilgan maydoni

1

2

3

4

5

6

7



Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur hisobot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) komissiya ishchi organi tomonidan tuman boʻyicha tuziladi va viloyat komissiyasiga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va Toshkent shahar komissiyasi ishchi organi tomonidan tumanlar kesimida tuziladi va respublika komissiyasiga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika komissiyasi ishchi organi tomonidan viloyatlar kesimida tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur hisobot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) komissiya ishchi organi tomonidan tuman boʻyicha tuziladi va viloyat komissiyasiga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va Toshkent shahar komissiyasi ishchi organi tomonidan tumanlar kesimida tuziladi va respublika komissiyasiga yuboriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika komissiyasi ishchi organi tomonidan viloyatlar kesimida tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(4-ilova izohining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2018-y., 09/18/461/1381-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)