1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xalqaro miqyosda respublika va mamlakat tashkilotlari manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitishni tashkil etish, yuridik ta’lim olishga keng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) davlat muassasasi shaklida tuziladi va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining huquq va majburiyatlar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qisqa muddatli professional o‘qitish kurslarini tashkil etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning investitsiya va tijorat faoliyatida xalqaro huquq asoslarini o‘zlashtirishini, xalqaro xususiy, tijorat huquqi, xalqaro arbitrajning moddiy va protsessual huquq normalarini amalda qo‘llash, ilg‘or advokatlik texnikasi, aktivlarni xalqaro qidirish va ularni qaytarish texnikasi, xalqaro tergov qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish sohasida o‘qitishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat arbitraji sohasidagi xalqaro yuridik amaliyotni, mamlakatlarning huquqiy pozitsiyasini ishlab chiqish va uni himoya qilishning zamonaviy tendensiyalarini tizimli asosda o‘rganish hamda o‘rganish natijalarini tinglovchilarga, mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning xalqaro investitsiya va tijorat faoliyati, xalqaro arbitraj ish yurituvini huquqiy jihatdan ta’minlash sohalarida protsessual hujjatlarni tayyorlash, huquq va xalqaro shartnomalar normalarini talqin qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy yuridik kompaniyalari, xalqaro arbitraj institutlari va boshqa tegishli tashkilotlarda tinglovchilarning stajirovkasini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarni amaliy o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning huquq sohasidagi fundamental bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan intensiv o‘qitish dasturlarini amalga oshirish asosida kadrlarni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuristning professional odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tinglovchilarning huquqiy masalalar va boshqa yuridik harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha kasbiy kompetensiya darajalarini o‘stirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida ta’lim berishning sohalararo yondashuvini joriy etishga ko‘maklashuvchi huquq sohasining boshqa fan sohalari bilan o‘zaro integratsiya jarayonlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash jarayonida zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni, xorijiy va milliy ilg‘or tajribani umumlashtirish va joriy qilish orqali o‘qitish tizimini tubdan yaxshilashga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning tahliliy fikrlashini o‘stirish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni tahlil va talqin qilish, qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning kasbiy o‘sishiga qaratilgan o‘qitishning interfaol usullarini, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda sayyor mashg‘ulotlarni qo‘llash orqali joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qisqa muddatli professional o‘qitish kurslari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti rektoriga Markaz tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda xodimlarning belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan davriylikka muvofiq oliy ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridan tashqari Markazda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga ushbu qaror qoidalarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun jalb qilinadigan mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash Markazda ta’lim olish uchun haq to‘lash hisobiga tushadigan mablag‘lar hisobiga, soatbay haq to‘lash tartibi asosida, belgilangan miqdorning 200 foizigacha oshirilishi mumkin bo‘lgan miqdorda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yurisprudensiya va huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi, shuningdek, TDYU bilan kelishilgan holda boshqa yo‘nalishlarda kurslar tashkil etadi va ularda o‘qish uchun to‘lov miqdorlari, davomiyligini mustaqil ravishda belgilaydi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida belgilangan davriylikka muvofiq o‘qish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda tashkil etiladigan kurslarda o‘qitish uchun olingan mablag‘lar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetining o‘qitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismidagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan, shu jumladan, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliyaviy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Markazda tashkil etiladigan kurslarda o‘qitish uchun olingan mablag‘lar, shuningdek, asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotish va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan barcha mablag‘lar Markaz tomonidan to‘laligicha va mustaqil ravishda tasarruf etiladi.
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazga TDYU bilan kelishgan holda xodimlariga har oylik ustamalar va ularning miqdorini Markazning budjetdan tashqari (o‘qish uchun tushgan mablag‘lar va boshqa) mablag‘lari hisobidan mustaqil belgilash huquqi berilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetining to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismidagi mablag‘lari hisobiga Markazning xodimlariga har oylik ustama haq belgilash maqsadida uni moddiy qo‘llab-quvvatlash huquqi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tinglovchilarning Markazda o‘qishi, shu jumladan, ularni xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlariga stajirovkaga yuborish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va bank bilan yil boshidagi kelishuvga muvofiq dastlabki ikki yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmasiga binoan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarini to‘lash uchun Bank kengashi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan doirada yillik grantlar ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tinglovchilarni xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlariga stajirovkaga yuborish bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ham qoplanishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari zaruriyatga qarab o‘z kadrlarining kasbiy darajasini oshirish bo‘yicha, shu jumladan, har yili tegishli mutaxassislarni Markazga yo‘naltirish yo‘li bilan xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish uchun amaliy choralarni ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi Markazga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro mutaxassislarni jalb qilish maqsadida yuridik kompaniyalar, xalqaro arbitraj institutlari, xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlarida stajirovkasini tashkil etishda ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmasiga binoan Markazda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishi, O‘zbekiston Respublikasidagi vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligining buyurtmanomasiga binoan chet el mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasiga jalb etilishiga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti parametrlarida Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga muvofiq “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga bitta avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaz faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, tegishli bilim va ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari ro‘yxatiga4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

* Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan soni (professor-o‘qituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 11 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 7 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlarning soni davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan normativlarga asosan aniqlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qisqa muddatli professional o‘qitish kurslari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish qisqa muddatli kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish kurslari (keyingi o‘rinlarda professional o‘qitish kurslari deb ataladi) — investitsiya va tijorat faoliyatida xalqaro huquq asoslarini shakllantirishni ta’minlashga, shuningdek, xalqaro yuridik amaliyotda ularning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan yuridik kadrlarni qisqa muddatli o‘qitish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar — xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish kurslarida ta’lim olishni xohlovchi, ingliz tilini amaliyotda erkin qo‘llay olish darajasida biladigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilar — suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib belgilangan miqdordagi kontrakt pulini to‘lagan hamda Markaz direktorining buyrug‘i bilan professional o‘qitish kurslariga qabul qilingan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘qitish kurslari quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch kurs — xalqaro tijorat faoliyati, xalqaro arbitraj va sud nizolarini huquqiy ta’minlash sohasida asosiy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaviy kurs — xalqaro investitsiya va tijorat faoliyatini samarali huquqiy qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlash, xalqaro xususiy, tijorat huquqi, xalqaro arbitrajning moddiy va protsessual huquq normalarini qo‘llash, ilg‘or advokatlik texnikasi, aktivlarni xalqaro qidirish va ularni qaytarish, xalqaro tergov qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish va boshqa shu kabi muayyan sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan kurslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish qisqa muddatli kurslarining tashkil qilinishi va o‘tkazilishi mazkur Nizomning ilovasidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan, qoida tariqasida, har yili 15-noyabrga qadar vazirliklar va idoralarning, shuningdek, boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida keyingi kalendar yil uchun ta’lim yo‘nalishlari kesimida professional o‘qitish kurslari tinglovchilarning oylik dastlabki ro‘yxatini shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘qitish kurslarining muddati o‘qitish dasturlaridan kelib chiqqan holda, qoida tariqasida, bir oydan kam bo‘lmagan muddatda Markaz tomonidan belgilanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tinglovchilarni qabul qilish Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan o‘rinlar miqdoridan kelib chiqqan holda va suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional o‘qitish kurslarida ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Suhbat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro xususiy va ommaviy huquq sohasidagi bilimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Professional o‘qitish kurslarida dars mashg‘ulotlari asosan ingliz tilida olib boriladi. Dars mashg‘ulotlari zaruratga qarab boshqa tillarda ham olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kurslarda o‘qitish tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi. Ish beruvchining roziligiga ko‘ra kurslarda o‘qish davomida Markaz tinglovchilarining asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Professional o‘qitish kurslariga hujjatlarni qabul qilish va qabulni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz direktori har yili 15-yanvardan kechikmay tinglovchilarning dastlabki ro‘yxati asosida keyingi yil uchun professional o‘qitish kurslarini o‘tkazish jadvalini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Markaz tomonidan Adliya vazirligi bilan kelishgan holda jadvaldan tashqari, shuningdek, boshqa turli mavzularda qo‘shimcha kurslar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tinglovchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi ma’lumot va suhbatni o‘tkazish jadvali Markazning rasmiy veb-saytida, qoida tariqasida, professional o‘qitish kurslarida o‘qish boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Suhbat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i asosida tashkil etilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Suhbat, qoida tariqasida, ingliz tilida o‘tkaziladi. Suhbatda talabgorlarning ingliz tilini bilish darajasi kamida V2 darajasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan CEFR (Common European Framework of Reference) V2, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 6,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 95 ball va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan talabgorlar ingliz tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan suhbatdan o‘tishdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya suhbat natijalari bo‘yicha talabgorni kursga o‘qishga tavsiya qilish yoxud o‘qishga tavsiya qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suhbat natijalari Markazning rasmiy veb-saytida suhbat yakunlanganidan keyingi ish kunida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘quv mashg‘ulotlari boshlanganidan keyin uch kun mobaynida pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatning asl nusxalarini taqdim etadilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tinglovchilarni qabul qilish uchun suhbat qayta o‘tkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Suhbat natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida ko‘rilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Professional o‘qitish kurslariga qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmay kontrakt to‘lovi summasi o‘tkazilgan taqdirda Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tegishli namunadagi kontrakt blankalari suhbat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab yuridik shaxslar uchun uch nusxada, jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada beriladi hamda Markazning rahbari va buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Professional o‘qitish kurslarida o‘qish uchun kontrakt mablag‘larining miqdori Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Professional o‘qitish kurslarida o‘quv jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markaz Adliya vazirligi, shuningdek, xorijiy yuridik kompaniyalar va ta’lim muassasalari bilan birgalikda ehtiyojlardan kelib chiqib professional o‘qitishning talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Professional o‘qitish kursining dasturi Markaz tomonidan xorijiy yuridik kompaniyalar va ta’lim muassasalari bilan birgalikda professional o‘qitishning aniqlangan yo‘nalishidan kelib chiqib, xalqaro arbitraj muhokamalarida ishtirok etish doirasida yuzaga keladigan dolzarb muammolarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional o‘qitish kursi dasturi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Auditoriya mashg‘ulotlarining davomiyligi kurs dasturiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. O‘quv jarayonida amaliyotga yo‘naltirilgan, shu jumladan, video-konferens-aloqadan foydalangan xolda o‘qitishning zamonaviy interfaol usullari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Markazda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun asosan xorijiy yuristlar va tegishli chet el mutaxassislarini jalb qilish shartnoma asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga arbitraj, sud protsesslarini o‘z ichiga olgan xalqaro huquqni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lgan, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiruvchi xorijiy yuridik kompaniyalar hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kurslar tamomlangandan keyin tinglovchilarga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Adliya vazirligi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar orasidan ularning ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalari shakllanganligi va rivojlanganligi darajasini inobatga olgan holda xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlari, shuningdek, boshqa tegishli muassasalarda stajirovkalarni tashkil etish uchun tinglovchilarni tanlab oladi. Stajirovka, qoida tariqasida, ikki oydan uch oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Adliya vazirligi tinglovchilarning o‘quv jarayoni va stajirovkasi monitoringini olib boradi, ular bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tinglovchi professional o‘qitish kursida o‘qishni davom ettirishni rad etgan taqdirda to‘langan kontrakt summasi qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qisqa muddatli professional o‘qitish kurslari to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qisqa muddatli professional o‘qitish kurslarini tashkil qilish va o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Adliya vazirligi
1. Vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida professional o‘qitish kurslari tinglovchilarining dastlabki kontingentini shakllantiradi.
har yili 15-noyabrgacha
Markaz
2. Keyingi yilda professional o‘qitish kurslarini o‘tkazish jadvalini ishlab chiqiladi va tasdiqlaydi.
15-yanvardan kechikmay
2-bosqich
Markaz
1. Qabulni e’lon qiladi va suhbat o‘tkazish jadvalini tasdiqlaydi.
kurslar boshlanishidan bir oy oldin
2. Suhbat o‘tkazishni tashkil etadi.
kurslar boshlanishidan 15 kun oldin
3. Suhbat natijalarini e’lon qiladi.
suhbat o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida
3-bosqich
Markaz
1. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlardan hujjatlarni qabul qiladi.
suhbat o‘tkazilgandan so‘ng 3 kun mobaynida
2. Tinglovchilarni professional o‘qitish kurslariga qabul qiladi.
suhbat o‘tkazilgandan so‘ng 10 kun mobaynida
3. O‘quv jarayonini tashkil etadi.
sikl (dasturlar) mobaynida
4-bosqich
Markaz
Sertifikat beradi
kurslar tamomlangandan keyin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) oliy ma’lumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari (keyingi o‘rinlarda — qayta tayyorlash kurslari) — davlat organlari va tashkilotlarning yuridik ma’lumot hamda bilim talab etadigan kasb va lavozimlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olish va ko‘nikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi o‘qitish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash kurslarida bevosita ta’lim shaklida o‘qish — ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda, qayta tayyorlash kurslarida bevosita ishtirok etish orqali o‘zlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash kurslarida masofaviy ta’lim shaklida o‘qish — ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) tarzda o‘zlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar — qayta tayyorlash kurslarida ta’lim olishni xohlovchi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilar — kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘qish uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirgan va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tinglovchilarni qabul qilish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb ataladi) Kengashi tomonidan kursni tashkil etish shakli bo‘yicha belgilangan o‘rinlarga muvofiq, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tinglovchilarni qabul qilish suhbat shaklida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kirish imtihonlari yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, huquq sohasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuqtai nazaridan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qayta tayyorlash kurslarida o‘qish bevosita, masofaviy yoki boshqa ta’lim shaklida davlat va rus tillarida amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kirish imtihonlari qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish haqidagi arizada ko‘rsatilgan, tinglovchi qayta tayyorlash kurslarida ta’lim oladigan tilda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishning davomiyligi olti oyni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining roziligiga ko‘ra, qayta tayyorlash kurslarida ishdan ajralgan holda o‘qish davomida Markaz tinglovchilarining asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qayta tayyorlash kurslarida o‘qish ikkinchi oliy ma’lumot olish hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va o‘tkazish mazkur Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish va qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish Markazning maslahat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Maslahat komissiyasi deb ataladi) yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli yil uchun Maslahat komissiyasining tarkibi Markaz xodimlari orasidan shakllantiriladi va TDYU rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Markaz direktori lavozimi bo‘yicha Maslahat komissiyasining raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maslahat komissiyasi kursni tashkil etish shaklidan kelib chiqib hujjatlarni qabul qilish muddatlari va o‘qish uchun ajratilgan o‘rinlarning umumiy soni haqidagi ma’lumotlarni, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin Markazning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qayta tayyorlash kurslariga qabul paytida talabgorlar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ta’lim olish tili ko‘rsatilgan holda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish haqidagi elektron arizani onlayn rejimda to‘ldiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat elektron shaklda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir duymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani hujjatlar PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ariza 48 soat ichida noyob raqam berish orqali ro‘yxatga olinadi va talabgorga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga noyob raqam berish payti Maslahat komissiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan vaqt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bir kun ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha talabgorga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda talabgorga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qabul qilish to‘g‘risidagi ro‘yxatga olingan arizalar soni har kuni Markazning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kirish imtihonlari TDYU rektori buyrug‘i bilan tuzilgan Imtihon komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga TDYU va Markaz xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham, ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda, kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasiga komissiya a’zolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Imtihon komissiyasi faoliyatining tashkiliy jihatdan ta’minlanishi uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalb qilingan imtihon komissiyasi a’zolariga shartnoma asosida haq to‘lanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Suhbat savollarini tuzish uchun ekspert guruhi tashkil etiladi. Ekspert guruhi shartnoma asosida jalb qilingan tegishli sohaning malakali mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ekspert guruhi faoliyatiga Maslahat komissiyasi raisi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlari uchun savollar mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlar bo‘yicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni yuzasidan mas’uliyat ekspert guruhi a’zolariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kirish imtihonlari biletlari ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollardan shakllantiriladi. Har bir bilet uchta savoldan (ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha bittadan) iborat bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kirish imtihonlarini o‘tkazish jadvallari Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi va Markazning rasmiy veb-saytida, qoidaga ko‘ra, suhbat boshlanishidan bir hafta oldin joylashtiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kirish imtihonlari o‘tkazilishiga qadar konsultatsiyalar tashkil etiladi, konsultatsiyalar jadvali Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgorlar kirish imtihonlari o‘tkaziladigan kunda Maslahat komissiyasiga mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini taqdim etadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning soxta yoki qalbakiligi aniqlangan taqdirda, talabgor kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin talabgor pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni ko‘rsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kirish imtihonlariga mobil telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini shuningdek, imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishiga ta’sir qiladigan boshqa har qanday materiallarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihoni jarayonida talabgorning taqiqlangan materiallardan foydalanishi, foydalanishga urinishi, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishi, shuningdek, imtihon o‘tkazish tartibiga zid boshqa xatti-harakatlar sodir qilishi unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, imtihondan chetlashtirilishiga asos bo‘ladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kirish imtihonlarida talabgor savollar berilgan biletni tanlaydi. Talabgorga tayyorlanish uchun yigirma daqiqa ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayonida talabgorga bilet mazmuni doirasida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Bitta talabgor bilan suhbat yigirma daqiqagacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kirish imtihonlari natijalarini aniqlash uchun Imtihon komissiyasining har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil ravishda har bir talabgor uchun alohida baholash varaqasini to‘ldiradi va uni Imtihon komissiyasi kotibiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasining kotibi Imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan talabgorga qo‘yilgan o‘rtacha ballni hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlari natijalari reyting tizimiga muvofiq nomzodga qo‘yilgan ballarni (0 dan 100 gacha bo‘lgan doirada) nazarda tutgan holda aniqlanadi va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi majlisi bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlari kursni tashkil etish shakli va belgilangan o‘rinlar sonini inobatga olgan holda alohida o‘tkaziladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kirish imtihonlari natijalari Markazning rasmiy veb-saytida suhbat jarayonining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tgandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Talabgor kirish imtihonlariga kelmagan taqdirda unga 0 ball qo‘yiladi. Suhbat yakuni bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plagan taqdirda talabgor qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilish uchun qayta kirish imtihonlari o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kirish imtihonlari natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq belgilangan o‘rinlar sonini inobatga olgan holda kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tganda (suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizidan yuqori ball to‘plaganda);
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng o‘n besh ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda kontrakt to‘lovi summasi o‘tkazilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va o‘qish uchun mablag‘larni to‘lagan talabgor Markaz direktorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom 33-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinish huquqi o‘qish shaklidan kelib chiqib belgilangan maksimal ballning 55 foizdan ortig‘ini to‘plagan keyingi talabgorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kirish imtihoni natijalariga ko‘ra qabul qilinmagan talabgorlar qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan talabagorlar TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlari to‘liq bajarilgandan so‘ng Markaz direktorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tasdiqlangan namunadagi shartnoma blankalari Maslahat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingan kundan boshlab yuridik shaxslar uchun uch nusxada, jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada beriladi hamda Markaz direktori va buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun kontrakt summasi miqdori ta’lim shaklini inobatga olgan holda TDYU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qayta tayyorlash kurslarida o‘quv yuklamasi hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Auditoriya mashg‘ulotlarining maksimal hajmi haftasiga 30 soat miqdorida belgilanadi. O‘quv jarayoni davomiyligi 28 haftani tashkil etadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Umumiy o‘quv vaqti hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy ta’lim — 18 — 24 hafta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya — 2 — 4 hafta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat attestatsiyasi — 1-2 hafta.
(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qayta tayyorlash kurslarida o‘quv jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. O‘quv jarayonining tashkil etilishi TDYU Kengashi tomonidan ta’lim shakllari bo‘yicha tasdiqlangan malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. O‘quv jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo‘llaniladi — ma’ruza va seminar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv jarayonida, shuningdek o‘quv mashg‘ulotlarining qo‘shimcha turlari — klinik ta’lim, sud majlislari imitatsiyasi (moot court), sayyor mashg‘ulotlar va boshqalar ham qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy ta’lim shaklidagi qayta tayyorlash kurslarida o‘quv jarayoni Markazning hamda masofaviy ta’limga oid boshqa maxsus ta’lim platformalarida, onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimda tashkil qilinadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. O‘quv jarayonida asosan dars mashg‘ulotlarini tashkil etishning amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy shakllari — keys-stadi, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshqalar qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, o‘quv mashg‘ulotlari o‘rtasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. O‘quv jarayoni, qoidaga ko‘ra, 25 kishidan ortiq bo‘lmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tinglovchilarning bilimi quyidagi 3 ta turdagi — joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida yakuniy nazorat imtihonlari tinglovchining bevosita ishtirokida, Markaz auditoriyalarida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy tarzda ta’lim olayotgan tinglovchilarga bevosita Markazga kelishi talab etiladigan nazorat imtihonlarini topshirish vaqtida, tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan, mos ravishda, o‘rtacha oylik maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish yozma ishlarni tekshirish va baholashda anonimlikni ta’minlaydigan, asosan yozma shaklda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan nazorat turlaridan o‘tolmagan tinglovchilarga faqat bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tinglovchilarning fanlarni o‘zlashtirishi TDYU tomonidan tasdiqlanadigan bilimlarni baholashning reyting tizimi asosida nazorat qilinadi. Fanlarni o‘zlashtirish nazorati elektron tizimni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. O‘quv rejasiga kiritilgan fanlarni o‘zlashtirmagan tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tinglovchilarning Davlat attestatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga o‘quv rejasiga kiritilgan fanlarni o‘zlashtirgandan so‘ng qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i bilan tinglovchilarning Davlat attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha Davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tinglovchilarning Davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar TDYU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat attestatsiya komissiyasining qarori Markaz direktori tomonidan o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi diplomlarni berish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Qayta tayyorlash kurslari yakunlari bo‘yicha tinglovchilarga ushbu Nizomning 4-ilovasida belgilangan shaklda davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan shaxslarga keyingi qayta tayyorlash kursida takroran topshirishga imkoniyat beriladi. Bunday holatda takroran topshirish imkoniyati faqat bir marta beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zolari mehnatiga haq to‘lash mehnatga soatbay haq to‘lashning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qayta tayyorlash kurslaridagi pedagoglik faoliyatiga, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar mehnatiga soatbay haq to‘lash tartibida shartnoma asosida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tinglovchilar quyidagi holatlarda o‘quv kursidan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z xohishiga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchining vafoti munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dars mashg‘ulotlarini sababsiz 30 akademik soatdan ortiq qoldirganda;
(55-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz odob-axloq va ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzganda.
(55-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar o‘qishdan chetlashtirilganda o‘qish uchun to‘langan kontrakt summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlashga ruxsat etiladigan shaxslarning oliy ta’lim yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ta’lim yo‘nalishining nomi
Ta’lim yo‘nalishining kodi
1.
Matematika o‘qitish metodikasi
5110100
2.
Tarix o‘qitish metodikasi
5110600
3.
Pedagogika va psixologiya
5110900
4.
O‘zbek tili va adabiyoti
5111200
5.
Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
5111300
6.
Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
5111400
7.
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim
5111600
8.
Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
5120100
9.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)
5120200
10.
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
5120300
11.
Falsafa
5120500
12.
Dinshunoslik
5120600
13.
Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)
5120700
14.
Sharq falsafasi va madaniyati
5120800
15.
Matematika
5130100
16.
Amaliy matematika va informatika
5130200
17.
Fizika
5140200
18.
Sotsiologiya
5210100
19.
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
5210200
20.
Jurnalistika va axborot
220 000
21.
Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)
5220100
22.
Arxivshunoslik
5220300
23.
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230100
24.
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230200
25.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar bo‘yicha)
5230300
26.
Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230400
27.
Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
5230500
28.
Moliya
5230600
29.
Bank ishi
5230700
30.
Soliqlar va soliqqa tortish
5230800
31.
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
5230900
32.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va o‘lkashunoslik (mamlakatlar va hududlar bo‘yicha)
5231000
33.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
5231100
34.
Sug‘urta ishi
5231200
35.
Pensiya ishi
5231300
36.
Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5231400
37.
Baholash ishi
5231500
38.
Iqtisod va mehnat sotsiologiyasi
5231600
39.
Kadrlar menejmenti
5231700
40.
Ijtimoiy soha menejmenti va inson resurslari
5231800
41.
Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
5350300
45.
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
5610200
46.
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
5610300
47.
Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)
5620100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish va o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi direktoriga
__________________________
(F.I.O.)
______________________ dan
fuqaro:
(familiya, ismi, otasining ismi)
ARIZA
Menga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun kirish imtihonlariga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Men tugatgan oliy ta’lim yo‘nalishining nomi: ______________________________________ _______________________________________________________________________________
O‘zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman:
Qayta tayyorlash kurslariga hujjatlarni topshirishgacha bajarilgan ishlar va umumiy mehnat staji: ___________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________
(tashkilotning nomi va joylashgan joyi, egallagan lavozimi, staj)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi DIPLOM (tavsifi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplom A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi, pastki qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomning qolgan yuqori qismida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” so‘zlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— naqshli rastr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— har xil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglarni hosil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— maxsus qog‘oz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRI
qayta tayyorlash kursida ta’lim olib, _________________________________________________
___________________________________________Davlat attestatsiyasida ________ball bilan baholandi va qayta tayyorlash o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.
Muhr o’rni
Rektor _________________
Sana __________________
Qayd raqami __________
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari ro‘yxatiga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZGARTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” bo‘limi “Mintaqaviy va tarmoq markazining nomi” ustunining 15-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/453/1359-son; 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)