05.06.2018 yildagi 422-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qarori ijrosini taʼminlash hamda sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish dasturlarini sifatli shakllantirish va oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va ularni rekonstruksiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻrmonqurilish” DUK deb ataladi) tashkil etsin va uning tashkiliy tuzilmasini, shtatlari roʻyxatini va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Oʻrmonqurilish” DUKning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarida buyurtmachi vazifasini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarining bosh pudratchilarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish, tanlov savdolari natijalari boʻyicha pudrat shartnomalarini tuzish, belgilangan tartibda texnik-nazorat ishlarini amalga oshirish va ishlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ish hajmlarini belgilangan tartibda pudratchilardan qabul qilish, ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bajarilgan loyihalarni yerdan foydalanuvchilarga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va qishloq joylarda koʻkalamzorlashtirish va landshaft dizayni bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon kardonlari, yoʻllari va boshqa oʻrmon xoʻjaligi obyektlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar “Oʻrmonqurilish” DUK faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar shu jumladan, buyurtmachi funksiyasini bajarish uchun buyurtma summasining 2,5 foizi miqdorida mablagʻlar;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha tashabbuskori etib — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻrmonqurilish” DUK — buyurtmachi etib;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va pudrat tashkiloti — tanlov savdolari yakunlari boʻyicha belgilangan tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar — moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasini zarur transport vositalari va anjomlar bilan taʼminlasin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ihota daraxtzorlarini barpo etish va kelgusida yerdan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda topshirish uchun zarur boʻlgan yerlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish yuzasidan rejalashtirilgan ish hajmlarini bajarish uchun zarur boʻlgan koʻchatlar miqdori va turlarini mavjud koʻchatxonalarda oʻrmonchilik talablari asosida yetishtirishni rejalashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun iqlim sharoitiga moslashgan koʻchat turlarini tanlashni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi tashkilotlarni ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan turdagi va miqdordagi koʻchatlar bilan shartnomalar asosida taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ihota daraxtzorlarini loyihalash va barpo etish boʻyicha yoʻriqnomani ikki oy muddatda ishlab chiqsin, tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga qarshi kurashish hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini faollashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish ishlari boʻyicha ilm-fan yutuqlarini, ilgʻor tashkilotlar tajribasini keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi 422-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish Irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarning shamol eroziyasi — sugʻoriladigan yerlar unumdor tuproq qatlamining shamol taʼsirida toʻliq yoki qisman yoʻqolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deflyatsiya jarayonlari — tuproq namligining shamol taʼsirida yoʻqolish jarayonlari boʻlib, ular natijasida tuproqning unumdor qatlamiga zarar yetkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garmsel — kuchli, quruq va juda issiq (43 daraja va undan yuqori) boʻlgan havo oqimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlari — sugʻoriladigan ekin maydonlari, suv xoʻjaligi obyektlari va yoʻl tarmoqlari boʻylab joylashgan sunʼiy oʻrmon daraxtzorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlari tizimi — belgilangan hududni bir-biridan bir xil masofada joylashgan ihota daraxtzorlari qatori bilan qoplash, unda tizimdagi bir qatorning shamolga qarshilik koʻrsatish kuchi ikkinchi qator bilan kuchaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlarini barpo etish — ihota daraxtzorlarini barpo etish yoʻli bilan sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasidan va garmseldan himoya qilish, ularning ekinlarga salbiy taʼsirini kamaytirish, suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishining oldini olish, hududlardagi mikroiqlimni yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlarini rekonstruksiya qilish — mavjud ihota daraxtzorlarini joylashtirish sxemasini, tarkibini, oʻlchamlarini tubdan oʻzgartirgan holda rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarni himoya qilish ihota daraxtzorlari — sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasidan va garmseldan himoya qilish, ularning ekinlarga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida barpo etiladigan va qayta tiklanadigan ihota daraxtzorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini himoya qilish ihota daraxtzorlari — suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab chiziqli joylashgan bir necha qator daraxt yoki butalardan iborat sunʼiy ravishda barpo etilgan ihota daraxtzorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlari — suv resurslarini boshqarish, toʻplash, transportirovka qilish, ulardan foydalanish va ularni himoya qilish maqsadida barpo etilgan obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning asosiy prinsipial qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shamolning faolligi kuchli boʻlganligi sababli deflyatsiya jarayoniga uchragan hududlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlarini shamol eroziyasi va garmsel taʼsiridan himoya qilish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsishi va rivojlanishi, hosildorlikning va mahsulot sifati oshishiga yordam beradigan sugʻoriladigan yerlar va ularga yaqin hududlarning mikroiqlimini yaxshilash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlari tizimi tarzida. Yuqori darajada samaraga erishish maqsadida asosiy himoya qatorlari eng kuchli shamol yoʻnalishiga perpendikulyar ravishda, yordamchi qatorlar esa — asosiy qatorlarga perpendikulyar holatda joylashtiriladi. Asosiy ihota daraxtzorlari qatorlari orasidagi masofa hududda shamol harakatlariga, shuningdek, tuproqning mexanik tarkibiga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ihota daraxtzorlari imkon darajasida kam maydonni egallashi talab etilib, tez oʻsadigan daraxt turlari tanlanadi, ularning balandligi himoya taʼsiri doirasini kengaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻoriladigan yerlarda barpo etilgan ihota daraxtzorlari taʼsirini taʼminlash uchun ularni vegetatsiya davrida sugʻorish, parvarishlash, hayvonlardan himoya qilish va boshqa salbiy taʼsirlardan asrash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barpo etilgan ihota daraxtzorlarining shamol taʼsirini zaiflashtirishni doimiy taʼminlash maqsadida qurib qolgan koʻchatlar oʻrniga ikkinchi yilda yangi koʻchatlar oʻtqaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻoriladigan yerlarni himoya qilish ihota daraxtzorlari, shamol taʼsirini kompleks baholagan holda, ekiladigan yerlarning deflyatsiyaga moyilligini, meliorativ sharoitini, suv bilan taʼminlanganligini, hosildorligi va yetishtiriladigan hosil sifatini hisobga olgan holda barpo etiladi va qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yengil mexanik tuproqli choʻl hududlarida joylashgan suv xoʻjaligi obyektlari kuchsiz shamol taʼsirida qum va boshqa shamol eroziyasi materiallari bilan toʻlib qolib, ularning suv oʻtkazish darajasi kamayishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi barpo etiladigan va qayta tiklanadigan ihota daraxtzorlari quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlariga shamol taʼsirini kamaytirish va ularni qum va boshqa shamol eroziyasi materiallari bosishining oldini olish maqsadida suv xoʻjaligi obyektlarini himoya qilish ihota daraxtzorlari barpo etiladi va qayta tiklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini himoya qilish ihota daraxtzorlari suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etiladi, qoidaga koʻra, koʻp qatorli boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini himoya qilish ihota daraxtzorlari koʻchatlar turi hamda hajmi suv xoʻjaligi obyektlari himoya zonasining parametrlaridan, tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda barpo etiladi yoki qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish quyidagi omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqning deflyatsiya darajasi, sugʻoriladigan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik va meliorativ holati, shamol eroziyasining qishloq xoʻjaligi ekinlariga salbiy taʼsiri, hosildorlik va yetkaziladigan mahsulot sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaliklari obyektlarini himoya qilish ihota daraxtzorlari suv obyektlarini qum bosishiga va suv oʻtkazuvchanligining pasayishiga koʻra barpo etiladi va qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ihota va suvni himoya qilish daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish hududiy manzilli dasturlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududlarda haqiqiy holatni oʻrgangan holda ihota va suvni himoya qilish daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturini shakllantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1-martgacha boʻlgan muddatda hududiy ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti hamda loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va tegishli viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishchi guruh raislari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi guruhga oʻrganib chiqish uchun quyidagi materiallar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy organi tomonidan — shamol va garmsel salbiy taʼsir koʻrsatgan sugʻoriladigan yerlarning fermer xoʻjaliklari, suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqalar boʻyicha masshtabli xaritalari, tuproq xaritasi, bonitet ballari, shamol eroziyasining sugʻoriladigan yerlarga va qishloq xoʻjaligi ekinlariga taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish lozim boʻlgan uchastkalar toʻgʻrisidagi takliflar (Nizomga ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hududiy organi tomonidan — suv obyektlarini qum va boshqa eroziya materiallari bosishi boʻyicha maʼlumotlarni va suv obyektlarini himoya qilish ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish zarur boʻlgan uchastkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy organi tomonidan — qishloq xoʻjaligi ekinlarining joylashishi va ularning hosildorligiga shamol va garmselning salbiy taʼsirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hududiy organi tomonidan — shamolning kuchi va yoʻnalishi, takrorlanishi, yogʻingarchilik boʻyicha meteorologik maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi hamda sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga uchrashi va suv obyektlarini qum bosishining asosiy sabablarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv obyektlarini qum bosishiga qarshi kurashish uchun ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish uchastkalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanning manfaatdor tashkilotlari vakillari va suv isteʼmolchilari uyushmasi, fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan birgalikda sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga uchragan va qum va boshqa eroziya materiallari bosgan suv obyektlari uchastkalarini oʻrganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish yakunlariga koʻra sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv obyektlarini qum va boshqa eroziya materiallari bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha asosli takliflarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yilda barpo etilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan obyektlarni oʻrganish ishchi guruh tomonidan har yili aprel oyida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi guruh sugʻoriladigan yerlarni va suv obyektlarini oʻrganish tugaganidan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha materiallarni kompleks tahlil qiladi, sugʻoriladigan yerlarning qoniqarsiz holatga tushishi sabablarini aniqlashtiradi, shamolning asosiy yoʻnalishlari va kuchini, tuproqning xususiyatlarini, unumdorligini, meliorativ holatini, issiq shamol esadigan kunlar sonini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yilda ihota daraxtzorlari barpo etish loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqib, har bir loyihani asoslaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir loyiha boʻyicha pasport (asosiy koʻrsatkichlar) va annotatsiyalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tuman va viloyat boʻyicha ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish bosqichlari koʻrsatilgan xaritalarni (sxemani) ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalari boʻyicha navbatdagi yilda barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan har bir obyekt boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Obyektlar boʻyicha takliflarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasidan himoya qilish ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish lozim boʻlgan fermer xoʻjaliklari, yerdan foydalanuvchilar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarini qum va boshqa eroziya materiallari bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish lozim boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari roʻyxati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishchi guruh tomonidan sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasidan va suv obyektlarini qum bosishidan himoya qilish ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha kelgusi yil uchun ishlab chiqilgan takliflar har yili 15-maygacha tegishli tuman hokimliklari yigʻilishida tegishli tashkilotlar rahbarlari, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari, suv isteʼmolchilari uyushmasi vakillari, fermer xoʻjaligi rahbarlari ishtirokida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yil uchun dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishchi guruh takliflari kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va tumanlar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtkaziladigan kengaytirilgan yigʻilishda ishlab chiqilgan ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning hududiy manzilli dasturi loyihasi taqdimotini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli viloyatlar va tumanlar hokimlari, fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi raislari tomonidan loyihalarga obyektiv baho beriladi, loyihalar har tomonlama oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha majlislar yakunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va tumanlar hokimliklarining yigʻilish bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish hududiy manzilli dasturlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishlab chiqilgan ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish hududiy manzilli dasturi ilovalari bilan birga ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi qoshidagi Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish direksiyasiga (keyingi oʻrinlarda “Oʻrmonqurilish” DUK deb ataladi) koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻrmonqurilish” DUKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning keyingi yil uchun tumanlar boʻyicha hududiy manzilli dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy manzilli dasturlar muhokama qilingan yigʻilishlarning tasdiqlangan bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlarining har bir tuman boʻyicha alohida joylashtirish xaritalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, sugʻoriladigan yerlar va suv obyektlarining holati boʻyicha tahliliy maʼlumotlar va kutiladigan natijalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning hududiy manzilli dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Sohaviy ilmiy-texnika kengashida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari majlislarida muhokama qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlislar yakunlari boʻyicha tegishli bayonnoma qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻrmonqurilish” DUK har yili 1-iyungacha boʻlgan muddatda Sohaviy ilmiy-texnika kengashi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib va takliflarni inobatga olingan holda qayta ishlab dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning hududiy manzilli dasturlarini umumlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Oʻrmonqurilish” DUK kelgusi yilning umumlashtirilgan manzilli dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) boshqarish departamenti bilan kelishgan holda Jamgʻarma Kengashiga har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning kelgusi yil uchun umumlashtirilgan manzilli dasturi har yili Jamgʻarma kengashi tomonidan muhokama qilinadi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladigan yerlarda ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy boʻlimlari tomonidan tayyorlanib, tegishli tuman hokimliklariga qaror qabul qilish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish hamda moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishchi loyihasini ishlab chiqish topshiriqnomasi “Oʻrmonqurilish” DUK tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda boshqa vakolatli organlar bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishchi loyihasining ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi organlari tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Oʻrmonqurilish” DUK:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, ikki yil davomida parvarishlash hamda boshqa eroziyaga qarshi ishlarni bajarish uchun tanlov (tender) savdolarini oʻtkazadi, tanlov (tender) savdolari natijalariga koʻra bosh pudratchilar bilan shartnoma tuzadi, pudrat tashkilotlari tomonidan ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish jarayonida texnik nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda bosh pudratchilar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib oladi va ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari koʻrsatkichlariga amal qilinishi yuzasidan monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyihani amalga oshirish davrida bosh pudratchi tashkilot ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlari, qurigan koʻchatlari oʻrnini toʻldirish, parvarishlash, qoʻriqlash va boshqa bajarilgan ishlar sifati uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻrmonqurilish” DUK hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha pudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan ishlar hajmini belgilangan tartibda moliyalashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablagʻlar belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta xarajatlari va manzilli roʻyxatlar asosida sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Pudrat ishlarini moliyalashtirish buyurtmachi va bosh pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida va har bir obyekt boʻyicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishning birinchi oyida moliyalashtirish jadvaliga koʻra tanlov (tender) savdolari natijasida aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizi miqdorida avans;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar hajmining 95 foizi miqdorida, berilgan avansga proporsional ravishda chegirib qolgan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha qiymatining qolgan 5 foizini toʻlash shartnomada koʻrsatilgan kafolat muddati tugagandan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha tugallangan loyihalarni foydalanishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota daraxtzorlarini qabul qilish komissiyalar tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota daraxtzorlarini qabul qilish komissiyalari (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dala va suv ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha komissiya tarkibiga buyurtmachi, bosh pudratchi tashkilot, manfaatdor vazirliklar, idoralarning hududiy organlari, loyiha tashkilotlari hamda yerdan foydalanuvchilar vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ihota daraxtzorlari komissiya tomonidan, loyiha tugallangandan soʻng ikkinchi yil oxirida quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlarning koʻkarishi 25 foizdan kam — nobud boʻlgan hisoblanib, pudratchining mablagʻlari hisobidan tiklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlarning koʻkarishi 26 — 80 foiz — pudratchining mablagʻlari hisobidan tiklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlarning koʻkarishi 80 foiz va undan yuqori — ishlar toʻliq qabul qilinib, belgilangan tartibda yerdan foydalanuvchilar balansiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yer zaxirasi hamda davlat oʻrmon fondi hududida barpo etilgan ihota daraxtzorlari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy oʻrmon xoʻjaliklari balansiga foydalanish uchun belgilangan tartibda toʻliq topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Suv obyektlarini himoya qilish ihota daraxtzorlari komissiya tomonidan loyiha tugallangandan soʻng ikkinchi yil oxirida quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlarning koʻkarishi 25 foizdan kam — nobud boʻlgan hisoblanib, pudrat tashkilotining mablagʻlari hisobidan tiklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlarning koʻkarishi 26 — 50 foiz — pudrat tashkilotining mablagʻlari hisobidan tiklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlarning koʻkarishi 50 foiz va undan yuqori — foydalanishga qabul qilinib, belgilangan tartibda foydalanuvchilar balansiga toʻliq topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yerdan foydalanuvchi ihota daraxtzorlarining kelgusidagi parvarishi, saqlanishi, oʻz funksiyasi bajarilishini taʼminlash uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob berishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

1. Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumot va takliflarni qabul qilish hamda ularni oʻrganish va tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har yilning aprel oyida shamol eroziyasiga uchragan sugʻoriladigan yerlar hamda qum va boshqa shamol eroziyasi materiallari bosgan suv xoʻjaligi obyektlarini oʻrganib chiqish. Yigʻilgan maʼlumotlarni kompleks tahlil etish, ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish zarur boʻlgan obyektlar roʻyxati boʻyicha asosli takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har yili 15-maygacha boʻlgan muddatda ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish zarur boʻlgan obyektlar roʻyxatini tegishli tuman hokimlari bilan kelishish va bayonnoma bilan rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha hududiy manzilli dasturlar loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarida har tomonlama muhokama qilish va prezentatsiyadan oʻtkazish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha hududiy manzilli dasturlar loyihasini zarur boʻlgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun “Oʻrmonqurilish” DUK ga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha hududiy manzilli dasturlar loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Sohaviy ilmiy-texnika kengashida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, loyiha va ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari ishtirokida muhokama qilish hamda tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Sohaviy ilmiy-texnika kengashi tomonidan berilgan tavsiyalar hamda takliflarni har yili 1-iyungacha umumlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha umumlashtirilgan manzilli dasturlarni kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha umumlashtirilgan manzilli dasturlarni Jamgʻarma kengashiga muhokama qilish va tasdiqlash uchun kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/422/1323-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.10.2022-y., 09/22/588/0912-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)