Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qarori ijrosini taʼminlash hamda sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish dasturlarini sifatli shakllantirish va oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻrmonqurilish” DUK deb ataladi) tashkil etsin va uning tashkiliy tuzilmasini, shtatlari roʻyxatini va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Quyidagilar “Oʻrmonqurilish” DUKning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
shahar va qishloq joylarda koʻkalamzorlashtirish va landshaft dizayni bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
oʻrmon kardonlari, yoʻllari va boshqa oʻrmon xoʻjaligi obyektlarini qurish;
oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Quyidagilar “Oʻrmonqurilish” DUK faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasini zarur transport vositalari va anjomlar bilan taʼminlasin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ihota daraxtzorlarini barpo etish va kelgusida yerdan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda topshirish uchun zarur boʻlgan yerlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish yuzasidan rejalashtirilgan ish hajmlarini bajarish uchun zarur boʻlgan koʻchatlar miqdori va turlarini mavjud koʻchatxonalarda oʻrmonchilik talablari asosida yetishtirishni rejalashtirsin;
ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun iqlim sharoitiga moslashgan koʻchat turlarini tanlashni amalga oshirsin;
pudratchi tashkilotlarni ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan turdagi va miqdordagi koʻchatlar bilan shartnomalar asosida taʼminlasin;
Ihota daraxtzorlarini loyihalash va barpo etish boʻyicha yoʻriqnomani ikki oy muddatda ishlab chiqsin, tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishsin va tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga qarshi kurashish hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini faollashtirsin.
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish ishlari boʻyicha ilm-fan yutuqlarini, ilgʻor tashkilotlar tajribasini keng yoritsinlar.
10. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyun,
422-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/422/1323-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.10.2022-y., 09/22/588/0912-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)