Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Maxsus investitsiya ustama haqini “Oʻzbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2451-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-son “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-son “Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 12-martdagi 26, 25 va 2013-12-son “Maxsus investitsiya ustama haqini “Oʻzbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2451, 2013-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 214-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
81-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
12-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-aprel,
2018-38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 19-apreldagi 81,12 va 2018-38-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Maxsus investitsiya ustama haqini “Oʻzbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi va 1-banddagi “MXKning” qisqartmasi “AJning” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 587-modda)”degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “MXKning” qisqartmasi “AJning” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandiga muvofiq maxsus investitsiya ustama haqini “Oʻzbekneftgaz” AJning maxsus schyotiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
v) 3-bandda:
ikkinchi xatboshidan “(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “MXK” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidan “transport vositalari uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi A. SULTANOV
2018-yil 19-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2018-y., 10/18/2451-1/1281-son)