22.05.2018 yildagi 383-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish jarayonlarini yagona tizimga oʻtkazish va undan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish boʻyicha yagona organ etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda hamda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan stavkada depozit shartnomasi asosida toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki depozitiga joylashtirishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari joylashtirilgan vaqtincha boʻsh mablagʻlar depozit muddati tugaguniga qadar tijorat banklarining depozit xisobvaraqlarida saqlanadi va depozit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlari oʻzining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga buyurtmanomalar taqdim etish yoʻli bilan joylashtiradilar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish jarayonida inson omilini istisno etishni nazarda tutuvchi, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish boʻyicha takliflarni elektron saralash uchun moʻljallangan va Markaziy bank hamda barcha tijorat banklarining ulanishini taʼminlovchi dasturiy mahsul ishlab chiqilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 4-bandida nazarda tutilgan dasturiy mahsulni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 22-maydagi 135-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 40-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 383-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni depozitlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-Bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligining Gʻaznachiligi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha boʻsh mablagʻlar) hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlarining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini (keyingi oʻrinlarda — budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar) tijorat banklarining bosh ofislari (keyingi oʻrinlarda — tijorat banklari) depozitlariga joylashtirish tartibini va ularni joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha boʻsh mablagʻlar hamda budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklari depozitlariga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha joylashtiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq ajratiladigan budjet ssudalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻmaklashish mablagʻlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining kassa uzilishini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlar jalb qilish holatlariga.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pul-kredit va soliq-budjet siyosati sohasidagi harakatlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi kelgusi chorak uchun oylar boʻyicha tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi rejalashtirilayotgan vaqtincha boʻsh mablagʻlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) kelishish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotdan kelib chiqib, Markaziy bank joylashtiriladigan vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarning eng koʻp miqdorini aniqlaydi hamda bu haqda Moliya vazirligi Gʻaznachiligini xabardor qiladi. Zarurat boʻlganda, ushbu koʻrsatkichlar oylik va choraklik asosda aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Markaziy bank bilan birgalikda bitta tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarning eng yuqori chegarasini belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻsh mablagʻlarning eng yuqori chegarasini belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyotda inflyatsiya xatarlari vujudga kelgan taqdirda Markaziy bank bu haqda Moliya vazirligi Gʻaznachiligini xabardor qiladi. Markaziy bankning xabarnomasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirilishini toʻxtatib turish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklarining depozitlariga vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishda tijorat banklariga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yillik tashqi audit ijobiy xulosasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan ilgari joylashtirilgan depozitlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikning yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi Gʻaznachiligi zaruriyat boʻlganda tijorat banklaridan ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi axborotni soʻrashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi, vaqtincha boʻsh mablagʻlar hamda budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar depozitlariga joylashtirilishi mumkin boʻlgan tijorat banklarini aniqlash boʻyicha tanlov Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) eʼlon joylashtirish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hajmi va muddatlari, foiz stavkasining eng kam miqdori, lotlar soni va joylashtirish vaqti maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibi hamda uning vakolatlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Tanlovlarda qatnashish istagi boʻlgan tijorat banklari Moliya vazirligining tegishli axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga murojaatnoma yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomaning shakli Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan belgilanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga buyurtmanomalar taqdim etish yoʻli bilan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlovlarda ishtirok etish uchun budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlarning eng koʻp miqdori, joylashtirish muddatlari va eng kam foiz stavkasi davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar, shuningdek, budjet tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmanomada depozitga joylashtirish uchun vaqtincha boʻsh mablagʻlar hajmi va joylashtirish muddati majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklari depozitlariga 24 oygacha boʻlgan muddatga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklari depozitlariga 12 oygacha muddatga joylashtiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tanlov boshlanishidan kechi bilan bir kun avval tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar, mablagʻ hajmi, minimal foiz stavkasi, depozit muddati, tanlovning tugash sanasi, vaqti va tanlov boʻyicha boshqa talablarni koʻrsatgan holda eʼlon joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov axborot tizimi tomonidan har bir eʼlon boʻyicha oʻtkaziladi hamda depozit summasi va tanlov shartlarida koʻrsatilgan muddat boʻyicha eng yuqori daromad foizini taklif etgan tijorat banki tanlov gʻolibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlov ishtirokchilari tomonidan bir xil foiz stavkalari va shartlar taklif etilgan hollarda birinchi boʻlib tegishli taklif bergan tijorat banki ishtirokchilar orasida gʻolib boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlariga asosan vaqtincha boʻsh mablagʻlar tanlov oʻtkazilmasdan joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizomning 5-bandi talablariga javob bermaydigan hamda moliyaviy holati Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan qoniqarsiz deb topilgan tijorat banklari tanlovlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tijorat banklarining depozitlariga mablagʻlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh mablagʻlar boʻyicha Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar hamda budjet tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi va Moliya vazirligining tegishli axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan tijorat banki bilan tuziladigan depozit shartnomasi asosida joylashtiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shartnoma axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tanlov gʻolibi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh mablagʻlar boʻyicha Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlar boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar hamda budjet tashkilotlari tomonidan imzolanadi va Moliya vazirligi Gʻaznachiligida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnoma vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda elektron shartnoma shaklida tuziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shartnoma tuzishda elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga olingan daromadlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalaniladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar ikki ish kuni mobaynida toʻliq hajmda ularning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlar muddatidan avval qaytarilishini talab qilishi mumkin. Muddatidan avval qaytarish shartlari shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan vaqtincha boʻsh mablagʻlar, shu jumladan, foizlar oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi shartnomaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada belgilangan tartibda qarzdorlikni undiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Penya hisobiga kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni depozitlarga joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni hamda budjetdan tashqari vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/383/1265-son; 26.06.2020-y., 09/20/408/0954-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)