Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018 22.05.2015 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 383-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi normalarini amalga oshirish, shuningdek respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘laridan hamda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini (keyingi o‘rinlarda vaqtincha bo‘sh mablag‘lar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish tartibini va ularni joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Markaziy bankiga va Moliya vazirligi tomonidan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar ularning depozitlariga joylashtiriladigan tijorat banklariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vaqtincha bo‘sh mablag‘larni aniqlash va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish uchun vaqtincha bo‘sh mablag‘larning cheklangan miqdori moliya yili boshida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘ining qabul qilingan yuridik majburiyatlar chiqarib tashlangan holda joriy moliya yilida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti uchun tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘i miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Tijorat banklarining depozitlariga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirishda tijorat banklariga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankining ustav kapitalida kamida 25 foiz miqdorida davlat ulushi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining mablag‘lari hisobiga ilgari joylashtirilgan bank depozitlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning yo‘qligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan yoki tijorat banklaridan tijorat banklarining moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborotni so‘rashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Depozitlarida vaqtincha bo‘sh mablag‘lar joylashtirilishi mumkin bo‘lgan tijorat banklarini aniqlash bo‘yicha tanlovda tanlab olish Moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob beruvchi tijorat banklariga tanlab olishda qatnashish uchun taklifnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozit summasiga daromadning eng yuqori foizini va tanlov shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarni taklif etgan tijorat banki tanlovning g‘olibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlov qatnashchilari tomonidan bir xildagi foiz stavkalari va shartlar taklif etilgan taqdirda ustav kapitalida davlat ulushi eng ko‘p bo‘lgan tijorat banki tanlov qatnashchilari orasida g‘olib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vaqtincha bo‘sh mablag‘lar tijorat banklarining depozitlariga Moliya vazirligi bilan tegishli tijorat banki o‘rtasida belgilangan tartibda tuziladigan shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) asosida bir moliya yili mobaynida to‘qqiz oygacha muddatga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki tomonidan shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda Shartnomaning amal qilish muddati uzaytirilishi, biroq joriy moliya yili tamom bo‘lishidan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar har oyda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlariga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘larni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘larini qaytarish va ular bo‘yicha foizlar to‘lash qat’iy ravishda Shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat bo‘lganda, Moliya vazirligi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablag‘larni muddatidan oldin qaytarishni talab qilishi mumkin. Muddatidan oldin qaytarish shartlari Shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Depozitlarga joylashtirilgan mablag‘lar, shu jumladan foizlar shartnomaga muvofiq o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining istalgan hisob raqamlariga inkassa topshiriqlari qo‘yish yo‘li bilan ulardan qarzdorlikni so‘zsiz tartibda undiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Penyadan tushgan summa O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 2-ilovaning 18-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 65-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 21-son, 269-modda, 43-son, 549-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda)