1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 24-dekabrdagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 72-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-tamoyillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 106-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-maydagi 388-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Ushbu Nizom yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallarni (yakuniy geologik hisobot) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasida (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) ekspertizadan o‘tkazib, natijada bayonnomani “Litsenziya” axborot tizimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) berish tartibini, shuningdek, Davlat komissiyasining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat komissiyasi geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazuvchi va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlovchi kollegial organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat komissiyasining o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlari yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish, kon-qazib olish korxonalarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash hamda chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat komissiyasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va ularning sanoatdagi ahamiyatini aniqlashning maqbul prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik materiallarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini ishonchli hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishni ta’minlovchi foydali qazilmalarning barcha turlari zaxiralarini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash hamda hisoblab chiqish, ularni geologik-iqtisodiy jihatdan baholash va ularning sanoatdagi ahamiyatini aniqlashning maqbul prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni o‘tkazish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash va hisoblab chiqishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, bosqichlar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, konlarning sanoatdagi ahamiyatini (kondinsiyalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini, shu jumladan, neft va gaz kondensati qazib olishning cheklangan koeffitsiyentlarini, konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini) geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash jarayonida metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda geologiya materiallari ekspertizasini tashkil qiladi va foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini tasdiqlaydi, ushbu zaxiralarning o‘rganilganlik va ishonchlilik darajasining foydali qazilmalar konlari zaxiralarining amaldagi tasniflariga muvofiqligini, ularning sanoatdagi ahamiyatini hamda konlarning (yoki ular qismlarining) sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga tayyorligini belgilaydi. Foydali qazilmalar zaxiralari konni geologik o‘rganishning barcha bosqichlarida konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi va zaxiralarni hisoblab chiqish bo‘yicha taqdim etilgan materiallar zaxiralarning miqdori, sifati va sanoatdagi ahamiyati bo‘yicha xolisona baholash imkonini bergan taqdirda tasdiqlanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida qurilish va (yoki) yer osti inshootlaridan foydalanish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha geologik materiallar va boshqa materiallar ekspertizasini tashkil qiladi, ushbu uchastkalarning belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun yaroqliligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik materiallarning ekspertizasini tashkil qiladi va yer qa’ridan foydalanish huquqiga ruxsatnoma bergan organning, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining, yer qa’ridan foydalanuvchining taqdimnomasi bo‘yicha, shuningdek, ruxsatnoma berilgan vaqtda foydali qazilmalarning yangi turlari yoki qo‘shimcha komponentlar mavjudligi, shuningdek, foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki sifatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi.
(6-bandning “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng to‘liq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq bo‘lgan yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini ishonchli hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konditsiyalar loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasini tashkil qiladi va har bir kon bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun ushbu konditsiyalar parametrlarini (ko‘rsatkichlarini) tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz kondensati zaxiralarini qazib olishning cheklangan koeffitsiyentlari texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasini tashkil qiladi va qazib olinadigan zaxiralarni hisoblab chiqish uchun ularni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) respublikaning mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishni ta’minlovchi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslash mavjud bo‘lgan taqdirda yangi konditsiyalarni tasdiqlaydi va qo‘shimcha geologiya-qidiruv ishlari olib borilganda yoki konni (uning ayrim qismlari va uchastkalarini) qazib olishda dastlabki konditsiyalarda qabul qilinganlarga nisbatan geologik, kon-texnik, iqtisodiy va boshqa shartlar o‘zgargan taqdirda, ular asosida hisoblab chiqilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni qazib olishda tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan belgilangan tartibda chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat komissiyasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasiga taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini, neft va gaz kondensatini qazib olish koeffitsiyentlarini, foydali qazilmalar hisobini tekshirish uchun zarur bo‘lgan geologiya axborotlari hamda boshqa ma’lumotlarni Davlat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun konditsiyalar loyihalarini taqdim etishning yillik rejalari va jadvallarini, foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga hisobotlarni geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi va foydali qazilmalarni qazib oluvchi tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazish, Davlat komissiyasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning shunga o‘xshash organlari bilan ilmiy-texnik aloqalar o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun yer qa’ri to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat komissiyasi mineral xom ashyoga konditsiyalar, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlari, tasdiqlanayotgan zaxiralar miqdori va sifati, sanoat maqsadida o‘zlashtirish uchun konlarning (yoki ular qismlarining) tayyorligini baholash yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asoslanganligi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat komissiyasining raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi raisi o‘rinbosari va Davlat komissiyasi a’zolarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarga muvofiq huquq va majburiyatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining ish rejalarini, Davlat komissiyasiga tushgan materiallarni ko‘rib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi majlislarida raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais bo‘lmaganda Davlat komissiyasi majlisi Davlat komissiyasi raisi o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat komissiyasi tarkibiga manfaatdor vazirliklar va idoralarning, shuningdek, respublikaning yetakchi kon qazib olish korxonalari va Davlat geologiya qo‘mitasi ixtisosli tashkilotlarining rahbarlari va malakali mutaxassislari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat geologiya qo‘mitasining Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘limi Davlat komissiyasining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) funksiyasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajaruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini, shuningdek, boshqa geologik materiallarni Davlat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rib chiqilayotgan obyektlarning murakkabligiga ko‘ra ekspertizalarning zarur turlarini va ularni o‘tkazish uchun ekspertlarning shaxsiy tarkibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha ekspertlar tomonidan xulosalarning o‘z vaqtida taqdim etilishini, ularning to‘liqligi va xolisonaligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan materiallarning bajaruvchi tashkilotlaridan mineral xom ashyo uchun konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlarini, foydali qazilmalar zaxiralari hisobini, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida foydalanish uchun mo‘ljallanayotgan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlarning to‘liqligi baholanishini tekshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini va foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini olib borayotgan tashkilotlardan Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun konditsiyalar loyihalarini, zaxiralarni hisoblab chiqishga doir hisobotlarni va boshqa materiallarni taqdim etish jadvallarini so‘rab oladi, Davlat komissiyasi raisi bilan kelishgan holda taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish jadvallarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini, foydali qazilmalar zaxiralari hisobini ko‘rib chiqish natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda kamchiliklarni bartaraf etish, geologik va boshqa ma’lumotlarning to‘liqligi va sifatini oshirish, zaxiralarni hisoblashning va konlarni geologik-iqtisodiy baholashning ishonchliligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, foydali qazilmalar zaxiralarining hisobi bilan birga ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha har yilgi sharhlarni tuzadi, ular Davlat komissiyasi raisi bilan kelishgan holda nashr etiladi va manfaatdor tomonlarga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yuritiladigan O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini tahlil qiladi hamda geologiya-qidiruv ishlari natijalari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni va konlardan foydalanilishni hisobga olgan holda unga tuzatishlar kiritish, shuningdek operativ hisoblar bo‘yicha balansga qabul qilingan zaxiralarni Davlat komissiyasiga davlat ekspertizasiga taqdim etish yuzasidan tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishni tartibga soluvchi normativ-metodik hujjatlarni (konlarning zaxiralarini va foydali qazilmalarning prognoz resurslarini tasniflash, foydali qazilmalarning har xil turlari konlariga zaxiralar tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar, tegishli materiallarning mazmuni, rasmiylashtirilishi va Davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar, shu jumladan, foydali qazilmalar zaxiralari hisoblangan holda hisobotlar) va Davlat komissiyasi vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha materiallar va qarorlar loyihalari tayyorlanishini va ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasiga kiritilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat komissiyasining ishchi organi to‘g‘risidagi nizom Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mineral xom ashyoga konditsiyalar loyihalari, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallari hamda Davlat komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun tushadigan boshqa geologik materiallar ekspertizasi ham ishchi guruh a’zolari tomonidan, ham jalb etilgan ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining eksperti to‘g‘risidagi nizom, ekspertlarning shaxsiy tarkibi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishchi organ tomonidan tayyorlangan Davlat komissiyasi qarorlari loyihalari zarur materiallar bilan birgalikda Davlat komissiyasi raisiga taqdim etiladi, u Davlat komissiyasi majlisida ularni ko‘rib chiqish muddatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlarini hamda foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini tasdiqlash to‘g‘risidagi, shuningdek, ko‘rib chiqiladigan boshqa masalalar bo‘yicha qarori Davlat komissiyasi majlisida materiallarni taqdim etgan ekspertlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar tashkilotlarning vakillari ishtirokida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi majlislari komissiya a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi. Kvorum bo‘lmagan taqdirda Davlat komissiyasining majlisga kelgan a’zolari tomonidan majlisni kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, majlisni o‘tkazishning yangi sanasi va vaqti to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining majlislarida uning a’zolarining vakolatli shaxslari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan ishtirok etishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 68-moddasi, Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat komissiyasining qarorlari komissiyaning majlisda qatnashayotgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Davlat komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining ayrim a’zolari qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda ular o‘zining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishi va uni Davlat komissiyasi majlisi protokoliga ilova qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy qaror qabul qilish uchun materiallar qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazishga yuborilishi mumkin, shundan keyin ular Davlat komissiyasining majlisiga takroran ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Zarur hollarda foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalarini va hisobini tasdiqlash masalalari Davlat komissiyasining ko‘chma majlislarida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularning nusxalari ekspertiza materiallari bilan birgalikda bir hafta muddatda materiallarni taqdim etgan bajaruvchi tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Konditsiyalarning, foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralari loyihalari yetarli darajada asoslanmagan, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalarining yaroqliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan taqdirda taqdim etilgan materiallar Davlat komissiyasi bayonnomasi va ekspertlar xulosalari nusxalari bilan birgalikda bajaruvchi tashkilotga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallar Davlat komissiyasi bayonnomasida bayon qilingan mulohazalar va tavsiyalarga muvofiq puxta ishlangan taqdirda ular takroran ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Foydali qazilmalarning razvedka qilingan zaxiralarini davlat hisobiga qo‘yishga, konni sanoat asosida o‘zlashtirish uchun jalb etishga, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida inshootlar qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga faqat Davlat komissiyasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat komissiyasining qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat komissiyasiga taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat komissiyasi majlislarida uning faoliyatiga taalluqli bo‘lgan normativ-metodik hujjatlar loyihalari ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat komissiyasiga jalb qilingan mutaxassislar xizmatlariga haq to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida mineral xom ashyo bazani rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha — Davlat geologiya qo‘mitasining o‘z mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari obyektlari bo‘yicha — geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi tashkilotlar (yoki yer qa’ridan foydalanuvchilar) bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasiga taqdim etilgan konditsiyalar loyihalarini va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini ko‘rib chiqish, shuningdek, geologik materiallarning davlat ekspertizasi tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Materiallarni taqdim etgan tashkilotlar, shuningdek, jalb etiladigan ekspertlar bilan shartnomalar tuzish Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu turdagi ishlar va xizmatlarning baholanishi Davlat geologiya qo‘mitasi taqdimnomasi bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat komissiyasi tegishli blankalardan foydalanadi. Davlat komissiyasi bayonnomalari Davlat geologiya qo‘mitasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat komissiyasining 5 ta hududiy zaxiralar komissiyasi (keyingi o‘rinlarda HZK deb ataladi) mavjud. HZK keng tarqalgan foydali qazilmalar geologik materiallarini ko‘rib chiqadi va ularning zaxiralarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar HZKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan geologiya qidiruv ishlarini olib borishda aniqlangan, keng tarqalgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash uchun geologik materiallar va konditsiyalarni ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash konditsiyalarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirishda aniqlangan va keng tarqalgan foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HZKning nizomi va tarkibi Davlat komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HZKga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan mineral-xom ashyo konditsiyalari, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash uchun materiallar va boshqa geologik materiallar loyihalari Davlat komissiyasi ekspertlari tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HZK tegishli blankalardan foydalanadi. HZK bayonnomalari ularning muhri bilan tasdiqlanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat komissiyasining bayonnomasini taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat komissiyasining bayonnomasini olish uchun ariza beruvchi Davlat geologiya qo‘mitasiga “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali hisobotning elektron shaklini Davlat komissiyasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining bayonnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining bayonnomasini taqdim etish pasporti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hisobot ariza beruvchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Materiallarning tuzilish shakli, ularni tekshirish, zarur bo‘lganda zaxiralarni mualliflarning ishtirokisiz qayta hisoblash imkonini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hisobotning matnli qismi quyidagilardan tuzilgan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konning geologik tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarining uslubi, ularning samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarning moddiy tarkibi va texnologik xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konni o‘zlashtirishning tog‘-kon-geologik shart-sharoitlari va kon-texnik o‘ziga xosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birga uchraydigan foydali qazilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish masalalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiralarni hisoblash uchun konditsiyalarni texnik-iqtisodiy asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiralarni hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konni qidirib chamalash va o‘zlashtirish ma’lumotlarini qiyoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat miqyosida o‘zlashtirish uchun konning o‘rganilganlik va tayyorlanganlik darajasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnli qism amalga oshirilgan ishlar natijalarining tahlilini, hisoblash parametrlarini, baholangan va qidirib chamalangan zaxiralarning ishonchliligini va konni (uchastkani) sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlanganligini belgilovchi barcha masalalar bo‘yicha chiqarilgan xulosalar asoslanishini o‘z ichiga olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiralarni hisoblash materiallari matnli qismining hajmi 120 — 150 bet bilan cheklanishi tavsiya qilinadi. Geologik tuzilishi murakkab bo‘lgan obyektlar uchun ushbu hajm 170 — 200 betgacha ko‘paytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnli qism hajmini qisqartirish uchun mualliflik konsepsiyasining asosiy ma’nosini yoritib beruvchi jadvallar va chizma materiallardan oqilona foydalanish tavsiya etiladi. Hisobotda keltiriladigan umumlashmalar va xulosalarning asosi bo‘lgan yordamchi jadvalli materiallar ilovalarda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bo‘limning hajmi mualliflar tomonidan mustaqil tarzda, o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarining maqsadlari va xususiyatlarini, ko‘rilayotgan masalalarning murakkabligini va konni sanoat miqyosida o‘zlashtirish uchun tayyorlanganlik darajasini ishonchli geologik-iqtisodiy baholash uchun ularning ahamiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uslubi va uning natijalari ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan tuzilgan, mustaqil hisobotlarda bayon qilingan texnologik, gidrogeologik, muhandislik-geologik va boshqa maxsus tadqiqotlar turlari bo‘yicha zaxiralarni hisoblash materiallarining matnli qismida faqat tadqiqotlarning uslubi, ishonchliligi baholangan holdagi umumlashtirilgan xulosalargina keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Hisobotning chizma ilovalari quyidagilardan tashkil topgan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon hududidagi suv tarmoqlari, aloqa yo‘llari, aholi punktlari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon va boshqa foydali qazilma konlari tushirilgan 1:100000 — 1:200000 masshtabli izohli xaritasi. O‘lchamlari kichik bo‘lganda, u hisobotning matnli qismida (kirish) joylashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud, ma’dan maydoni va konning geologik tuzilishini aks ettiruvchi materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarning o‘rganilganlik darajasini, ularning zaxiralarini chegaralash va hisoblash usulini aks ettiruvchi grafik materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Hisobot bilan birgalikda konning o‘ziga xos geologik tuzilishi va foydali qazilmalar zaxiralari hisobga olingan holda amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot taqdim qilinadi va ariza beruvchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat geologiya qo‘mitasiga yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan hisobotni ko‘rib chiqish va Davlat komissiyasi bayonnomasini berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lov miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar to‘liq ruxsatnoma beruvchi organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar to‘liq ruxsatnoma beruvchi organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi o‘n kun muddatda shartnomani ariza beruvchiga “Litsenziya” axborot tizimi orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ariza beruvchi o‘n kun muddatda shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni Davlat geologiya qo‘mitasining hisobvarag‘iga o‘tkazadi va o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat geologiya qo‘mitasi besh kun muddatda hisobotni Davlat komissiyasining ekspertiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Davlat komissiyasining eksperti 30 kundan oshmagan muddatda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallarni (yakuniy geologik hisobot) ko‘rib chiqib, Davlat geologiya qo‘mitasiga ekspert xulosasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat geologiya qo‘mitasi Davlat komissiyasi ekspertining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng besh kun mobaynida hisobotni Davlat komissiyasida ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasining bayonnomasi loyihasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallar yetarli bo‘lmaganda va Davlat komissiyasi ekspertlari tomonidan salbiy xulosa olingan taqdirda, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ekspertlar xulosalarini 3 kun muddatda “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat komissiyasi 10 kun muddatda Davlat komissiyasining yig‘ilish kunini belgilaydi va hisobotni yig‘ilishda ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Davlat geologiya qo‘mitasi 5 kun muddatda Davlat komissiyasining tasdiqlangan bayonnomasini “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Davlat komissiyasining bayonnomasi quyidagi talablar va shartlar asosida beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining 2015-yil 3-apreldagi 227-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Metall va nometall foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblashga oid materiallarning tarkibi, rasmiylashtirilishi va ularni Davlat komissiyasiga taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining 2015-yil 13-noyabrdagi 268-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Neft va yonuvchi gazlarning kon zaxiralari, istiqbolli va prognoz resurslari tasnifiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining 2018-yil 18-avgustdagi 28-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Qattiq foydali qazilmalar konlarida yo‘ldosh foydali qazilmalar va ular bilan bog‘liq foydali komponentlarni o‘rganish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(5-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ariza beruvchilar tayyorlagan va Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan hisobot va uning ilovalarining ishonchliligi hamda qonunchilik hujjatlariga mosligi uchun javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(5-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan 6-bob bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 70-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining bayonnomasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasiga “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallarni (yakuniy geologik hisobot) Davlat komissiyasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Xohishga ko‘ra
2-bosqich
Davlat komissiyasi
Shartnomani ariza beruvchiga “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali taqdim etadi.
10 kunda
3-bosqich
Ariza beruvchi
Shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni Davlat geologiya qo‘mitasining hisobraqamiga o‘tkazadi va o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali taqdim etadi.
10 kunda
4-bosqich
Davlat komissiyasi
Foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallarni (yakuniy geologik hisobot) Davlat komissiyasi ekspertiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
5 kunda
5-bosqich
Davlat komissiyasi eksperti
Foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallarni (yakuniy geologik hisobot) ko‘rib chiqib, Davlat komissiyasiga ekspert xulosasini taqdim etadi.
30 kunda
6-bosqich
Davlat komissiyasi
Davlat komissiyasi ekspertining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallar (yakuniy geologik hisobot) Davlat komissiyasida ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasining bayonnomasi loyihasini tayyorlaydi.
5 kunda
Foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallar yetarli bo‘lmaganda va Davlat komissiyasi ekspertlari tomonidan salbiy xulosa olingan taqdirda, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ekspertlar xulosalarni “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
3 kunda
7-bosqich
Davlat komissiyasi
Davlat komissiyasining yig‘ilish kunini belgilaydi va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallarni (yakuniy geologik hisobot) yig‘ilishda ko‘rib chiqadi.
10 kunda
8-bosqich
Davlat komissiyasi
Davlat komissiyasi a’zolari bilan kelishilgan va uning raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomani “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
5 kunda
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining bayonnomasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:
Davlat komissiyasining bayonnomasi.
2.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):
Davlat komissiyasi yig‘ilishida foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va Davlat balansiga qo‘yish.
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs.
4.
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
Davlat komissiyasi.
5.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga oid materiallar (yakuniy geologik hisobot)
1. Hisobotning matni.
2. Hisobotning chizma ilovalari.
3. Konning o‘ziga xos geologik tuzilishi va foydali qazilmalar zaxiralarini hisobga olingan holda amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
6.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Hisobotni Davlat komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqish hamda Davlat komissiyasi bayonnomasini ariza beruvchiga topshirish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
7.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Hisobotni ko‘rib chiqish uchun to‘lov miqdori ko‘rilayotgan konning geologik tuzilishi murakkabligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
8.
Arizani ko‘rib chiqish muddati:
Davlat komissiyasiga taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
Davlat komissiyasining 2018-yil 18-avgustdagi 28-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Qattiq foydali qazilmalar konlarida yo‘ldosh foydali qazilmalar va ular bilan bog‘liq foydali komponentlarni o‘rganish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
10.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:
Mavjud emas.
11.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Doimiy.
12.
Izoh:
Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/388/1268-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)