Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018 24.12.2010 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FOYDALI QAZILMALAR ZAXIRALARI BOʻYIChA DAVLAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-maydagi 388-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarorining 6-bandiga muvofiq hamda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-dekabrdagi 310-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazuvchi va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlovchi maxsus organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat komissiyasining oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlari yer osti boyliklarini geologiya jihatidan oʻrganish, kon-qazib olish korxonalarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash hamda chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat komissiyasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng toʻliq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq boʻlgan yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini ishonchli hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mineral-xomashyo bazasi rivojlanishini taʼminlovchi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va ularning sanoatdagi ahamiyatini aniqlashning maqbul prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash va hisoblab chiqishni reglamentlovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, bosqichlar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek ishlarning sanoatdagi ahamiyatini (kondinsiyalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashlarini, shu jumladan neft va gaz kondensati qazib olishning cheklangan koeffitsiyentlarini; konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini geologik-iqtisodiy jihatdan baholash jarayonida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konditsiyalar loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ekspertizasini tashkil qiladi va har bir kon boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun ushbu konditsiyalar parametrlari (koʻrsatkichlari)ni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz kondensati zaxiralarini qazib olish cheklangan koeffitsiyentlarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ekspertizasini tashkil qiladi va qazib olinadigan zaxiralarni hisoblab chiqish uchun ularni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda geologiya materiallari ekspertizasini tashkil qiladi va foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini tasdiqlaydi, mazkur zaxiralarning oʻrganilganlik va ishonchlilik darajasining foydali qazilmalar konlari zaxiralarining amaldagi tasniflariga muvofiqligini, ularning sanoatdagi ahamiyatini hamda konlarning (yoki ular qismlarining) sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishga tayyorligini belgilaydi. Foydali qazilmalar zaxiralari konni geologik oʻrganishning barcha bosqichlarida ahamiyatini konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlari va zaxiralarni hisoblab chiqish boʻyicha taqdim etilgan materiallar ularning miqdori, sifati va sanoatdagi ahamiyati boʻyicha xolisona baholash imkonini bergan taqdirda tasdiqlanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yangi konditsiyalarni tasdiqlaydi va qoʻshimcha geologiya-qidiruv ishlari olib borilganda yoki konni (uning ayrim qismlari va uchastkalarini qazib olishda dastlabki konditsiyalarda qabul qilinganlarga nisbatan geologik, kon-texnikaviy, iqtisodiy va boshqa shartlar oʻzgargan taqdirda, ular asosida hisoblab chiqilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni qazib olishda tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan belgilangan tartibda chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida qurilish va (yoki) yer osti inshootlaridan foydalanish uchun beriladigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha geologiya materiallari ekspertizasini tashkil qiladi, ushbu uchastkalardan sifat koʻrsatkichlarini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqliligini aniqlaydi;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya materiallari ekspertizasini tashkil qiladi va yer qaʼridan foydalanish huquqiga litsenziya bergan organning, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining, yer qaʼridan foydalanuvchining taqdimnomasi boʻyicha, shuningdek litsenziya berilgan vaqtda foydali qazilmalarning yangi turlari yoki qoʻshimcha komponentlar mavjudligi, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki sifatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlangan taqdirda xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat komissiyasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi va foydali qazilmalarni qazib oluvchi tashkilotlardan Davlat komissiyasiga taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini, neft va gaz kondensatini, foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish koeffitsiyentlarini, foydali qazilmalar hisobini Davlat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun konditsiyalar, foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga hisobotlar loyihalarini taqdim etish yillik rejalarini jadvallarini tekshirish uchun zarur boʻlgan geologiya axborotlari hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrash va belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilishlar, seminarlar oʻtkazish, Davlat komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlarning shunga oʻxshash organlari bilan ilmiy-texnik aloqalar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat komissiyasi mineral xomashyo konditsiyalari, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlari, tasdiqlanayotgan zaxiralar miqdori va sifati, sanoat maqsadida oʻzlashtirish uchun konlarning (yoki ular qismlarining) tayyorligi baholari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning asoslanganligi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat komissiyasining raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi raisi oʻrinbosarlarining va Davlat komissiyasi aʼzolarining, Davlat komissiyasi kotibiyati rahbari va aʼzolarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarga muvofiq huquq va majburiyatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi kotibiyatining shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi va kotibiyat faoliyatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining ish rejalarini, Davlat komissiyasiga tushgan materiallarni koʻrib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi majlislariga raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais boʻlmagan taqdirda Davlat komissiyasi majlisi Davlat komissiyasi raisi oʻrinbosarlaridan biri tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat komissiyasi tarkibiga manfaatdor vazirliklar va idoralarning, shuningdek respublika yetakchi kon qazib olish korxonalarining rahbarlari va rahbarlarining oʻrinbosarlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzurida faoliyat koʻrsatuvchi, uchta shtat birligidan iborat tarkibdagi kotibiyat (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi kotibiyati deb ataladi) Davlat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kotibiyat Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajaruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlari va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini, shuningdek boshqa geologik materiallarni koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasiga qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan obyektlarning murakkabligiga koʻra ekspertizalarning zarur turlarini va ularni oʻtkazish uchun ekspertlarning shaxsiy tarkibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha ekspertlar tomonidan xulosalarning oʻz vaqtida taqdim etilishini, ularning toʻliqligi va xolisonaligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan materiallarning bajaruvchi tashkilotlaridan mineral xomashyo uchun konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlarini, foydali qazilmalar zaxiralari hisobini, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida foydalanish uchun moʻljallanayotgan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlarning toʻliqligi bahosini tekshirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab oladi;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini va foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini olib borayotgan tashkilotlardan Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish uchun konditsiyalar loyihalarini, zaxiralarni hisoblab chiqishga doir hisobotlarni va boshqa materiallarni taqdim etish jadvallarini soʻrab oladi, Davlat komissiyasi kotibiyati bilan kelishgan holda Davlat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish jadvallarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini, foydali qazilmalar zaxiralari hisobini koʻrib chiqish natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda kamchiliklarni bartaraf etish, geologik va boshqa axborotlarning toʻliqligi va sifatini oshirish, zaxiralarni hisoblashning va konlarni geologik-iqtisodiy baholashning ishonchliligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi, foydali qazilmalar zaxiralarining hisobi bilan birga koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha har yilgi umumlashtirishlarni tashkil qiladi, ular Davlat komissiyasi raisi bilan kelishgan holda nashr etiladi va manfaatdor tomonlarga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining Davlat balansini tahlil qiladi hamda geologiya-qidiruv ishlari natijalari boʻyicha yangi maʼlumotlarni va konlardan foydalanilishini hisobga olgan holda unga tuzatishlar kiritish, shuningdek operativ hisoblar boʻyicha balansga qabul qilingan zaxiralarni davlat ekspertizasiga taqdim etish yuzasidan tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ishtirokida konlar zaxiralari tasniflarini va foydali qazilmalarning prognoz resurslarini, foydali qazilmalarning har xil turlari konlariga nisbatan zaxiralar tasniflarini qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnomalarni, mineral xomashyoga konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini hamda Davlat komissiyasi vakolatiga kiradigan boshqa normativ hujjatlarning mazmuni, ularni rasmiylashtirish va Davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xomashyoga konditsiyalarning asoslanishini va hisobini, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlari, foydali qazilmalar zaxiralari hisobi masalalari boʻyicha metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha materiallar va qarorlar loyihalari tayyorlanishini va koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasiga kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat komissiyasi kotibiyati toʻgʻrisidagi Nizom Davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi kotibiyati tarkibi Davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi. Davlat komissiyasi kotibiyati aʼzolarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish Davlat komissiyasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mineral xomashyoga loyihalar, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallari hamda Davlat komissiyasi koʻrib chiqishi uchun tushadigan boshqa geologik ekspertiza ham Davlat komissiyasi kotibiyati aʼzolari tomonidan, ham jalb etilgan ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi eksperti toʻgʻrisidagi Nizom, ekspertlarning shaxsiy tarkibi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat komissiyasi kotibiyati tomonidan tayyorlangan komissiya qarorlari loyihalari zarur materiallar bilan birga Davlat komissiyasi raisiga yuboriladi, u komissiya majlisida ularni koʻrib chiqish muddatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlarini hamda foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, shuningdek koʻrib chiqiladigan boshqa masalalar boʻyicha qarori komissiya majlisida, ekspertlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar va materiallarni taqdim etgan tashkilotlar vakillari ishtirokida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi majlislari komissiya aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Kvorum boʻlmagan taqdirda Davlat komissiyasining majlisga kelgan aʼzolari tomonidan majlisni kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, majlisni oʻtkazishning yangi sanasi va vaqti toʻgʻrisida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat komissiyasi qarorlari komissiyaning majlisda qatnashayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Davlat komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Davlat komissiyasining ayrim aʼzolari qabul qilingan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda ular oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishi va uni Davlat komissiyasi majlisi protokoliga ilova qilishi mumkin. Yakuniy qaror qabul qilish uchun materiallar qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazishga yuborilishi mumkin, shundan keyin ular Davlat komissiyasining kengaytirilgan majlisiga takroran koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Zarur hollarda foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalarini va hisobini tasdiqlash masalalari Davlat komissiyasining koʻchma majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat komissiyasi majlislarida qabul qilingan qarorlar protokollar bilan rasmiylashtiriladi, ularning nusxalari ekspertiza materiallari bilan birga ikki hafta muddatda materiallarni taqdim etgan bajaruvchi tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Konditsiyalarning, foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralari loyihalari yetarli darajada asoslanmagan, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalarining yaroqliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda taqdim etilgan materiallar Davlat komissiyasi protokoli va ekspertlar xulosalari nusxalari bilan birga bajaruvchi tashkilotga qaytariladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallar Davlat komissiyasi protokolida bayon qilingan Davlat komissiyasi mulohazalari va tavsiyalarga muvofiq puxtalashtirilgan taqdirda ular takroran koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Foydali qazilmalarning razvedka qilingan zaxiralarini davlat hisobiga qoʻyishga, konni sanoat asosida oʻzlashtirish uchun kiritishga, yer qaʼri uchastkalaridan chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida inshootlar qurish va ulardan foydalanishga faqat Davlat komissiyasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat komissiyasi qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat komissiyasiga taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish muddati 3 oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat komissiyasi majlislarida uning faoliyatiga taalluqli boʻlgan normativ-metodik hujjatlar loyihalari ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat komissiyasi kotibiyatining taʼminoti va geologik-qidiruv ishlari budjet mablagʻlari hisobiga oʻtkazilgan obyektlar boʻyicha jalb etilgan ekspertlar xizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari geologiya-qidiruv ishlarining har yilgi dasturlarida nazarda tutiladi, amalda moliyalashtirish esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologik-qidiruv ishlari bajaruvchi tashkilot mablagʻlari hisobiga oʻtkazilgan obyektlar boʻyicha jalb etilgan ekspertlar xizmatlari uchun toʻlov ushbu tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasiga taqdim etilgan konditsiyalar loyihalarini va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini koʻrib chiqish, shuningdek geologiya materiallarining davlat ekspertizasi tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Materiallarni taqdim etgan tashkilotlar, shuningdek jalb etiladigan ekspertlar bilan shartnomalar tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar va xizmatlarning koʻrsatib oʻtilgan turlariga narxlar Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi taqdimnomasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat komissiyasi tegishli blankalardan foydalanadi. Davlat komissiyasi protokollari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan muhrlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 514-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)