Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1956-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 21-apreldagi 29-mh, 17/2, 6/3-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1956, 2009-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 245-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha taʼlim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2018-yil 30-aprel,
20-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-aprel,
10-qq-son
Kelishildi:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 30-aprel
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2018-yil 30-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 10/18/1956-1/1222-son)