Ҳужжат рақами
1956
Орган
Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Имзоланган сана
14.05.2009
Кучга кириш санаси
24.05.2009
Қўшимча ахборот
Улашиш
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalarida (bundan keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim muassasasi deb yuritiladi) bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.