12.05.2018 yildagi PF-5441-son
advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Advokatlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

“Advokatura to‘g‘risida”gi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda:

advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddatini olti oydan uch oygacha qisqartirish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslarni majburiy stajirovka o‘tashdan ozod qilish;

advokat maqomini olish bo‘yicha malaka imtihonini takror�n topshirish muddatini bir yildan olti oygacha qisqartirish;

advokatlarning hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etishi, shuningdek nizolarni sudgacha hal qilish va taraflarni yarashtirishga qaratilgan huquqlarini kengaytirish;

har bir tanlangan ixtisoslik bo‘yicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam ko‘rsatish;

litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos bo‘ladigan litsenziyani tugatish uchun asos bo‘ladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz o‘z kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddatini uch oydan olti oyga uzaytirish;

Advokatlar palatasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqini berish;

advokatlik byurosini ta’sis etgan advokatlarning o‘z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o‘ziga tegishli bo‘lgan turar-joylarda ushbu turar-joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazmasdan amalga oshirish huquqi;

advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;

advokatga nisbatan intizomiy choralar qo‘llash muddatlarini aniq belgilash;

litsenziyaning amal qilishini Oliy malaka komissiyasi xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga bo‘yicha faqat sud tartibida tugatish;

advokatlarga nisbatan intizomiy ishni faqat tegishli malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qo‘zg‘atishni ko‘zda tutish.

Qonun loyihasi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, manfaatdo� vazirlik va idoralar

2.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1971-moddasini buzganlik uchun aybdor mansabdor shaxslarni

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzmasdan advokatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga qilgan murojaati asosida ma’muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutish.

Qonun loyihasi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, DSI, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori loyihasini ishlab chiqish, unda:

advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun adliya organiga taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirish;

Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizomn� tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil iyun

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalaridagi ichki tartib qoidalari normalarini qaytadan ko‘rib chiqish, bunda:

advokatlarning o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlash, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyatini saqlab qolishni;

himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashish jarayonida advokatlar tomonidan elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyatini;

advokatlar tomonidan o‘z himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish uchun advokatlik guvohnomasi va muayyan ishni yuritish uchun orderdan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilish talabini bekor qilishni nazarda tutish.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i

2018-yil iyul

IIV, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

5.

Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani (ro‘yxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) qayta ko‘rib chiqish, bunda advokatga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda o‘z professional faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun sud binosiga kompyuter, mobil telefon va boshqa kommunikatsiya uskunalarini erkin olib kirishga huquq berishni nazarda tutish, yopiq sud majlislari bundan mustasno.

Oliy sud va IIV qarori

2018-yil iyul

Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi

II. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish

6.

Advokatlar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashuvchi komissiya tashkil etish, komissiya zimmasiga:

advokatlarning qonun hujjatlarda nazarda tutilgan huquq va vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;

fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatishda advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan buzilishi holatlari bo‘yicha ariza va shikoyatlarini har tomonlama tahlil qilish va umumlashtirish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda fuqarolik va iqtisodiy nizolarda, jinoyat va ma’muriy ish yurituvida jismoniy va yuridik shaxslar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish;

o‘z yig‘ilishlarida advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqish vazifasini yuklash.

Advokatlar palatasi boshqaruvi qarori

2018-yil iyun

Advokatlar palatasi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Advokat tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, unda:

Jinoyat ishida himoyachi sifatida Jinoyat protsessual kodeksining 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etishni ta’minlash uchun Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan advokatlik tuzilmani belgilash tartibi va mezonlarini;

davlat hisobidan tayinlanadigan advokatlar tomonidan bajariladigan minimal talab va harakatlar ro‘yxatini nazarda tutish.

Advokatlar palatasi boshqaruvi qarori

2018-yil avgust

Advokatlar palatasi

8.

Yuridik yordamga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash uchun advokatlik tuzilmalari yetarli bo‘lmagan tegishli hududlarda fuqarolarning murojaat qilishlari uchun qulay bo‘lgan joylardan advokatlarga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer maydonlarini ajratish.

Tumanlar (shaharlar) hokimlari qarorlari

2018-yil avgust

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Advokatlar palatasi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalarida fuqarolarga advokatlar tomonidan grafik asosida bepul huquqiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

Har kuni

Advokatlar palatasi

10.

Sud protsessiga tayyorgarlik ko‘rish uchun umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida advokatlar uchun alohida xona ajratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil avgust

Oliy sud, Advokatlar palatasi

III. Innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini advokatura sohasiga joriy etish

11.

Advokat maqomini olish uchun malaka imtihonlari o‘tkazilishi jarayonining shaffofligini ta’minlash, shu jumladan zarur hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish, ularning ro‘yxatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini real vaqt rejimida Internet tarmog‘ida translatsiya qilish.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil sentyabr

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

12.

Aholini qiziqtirgan mezonlar bo‘yicha (advokatning ixtisosligi, advokatlik tuzilmasi joylashgan joy va hokazo) advokatlarni izlash bo‘yicha elektr�n servisni yaratish.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

2018-yil sentyabr

Advokatlar palatasi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi saytini quyidagilarni inobatga olgan holda modernizatsiya qilish:

statistik hisobotlarni elektron shaklda olish;

zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, xususan vebinar o‘tkazish yo‘li bilan o‘qitish;

on-line maslahat berish;

elektron kutubxonadan foydalanish;

“Advokat” jurnalini elektron ko‘rinishda e’lon qilish;

saytni uch (o‘zbek, rus va ingliz) tilda yuritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil noyabr

Advokatlar palatasi

14.

Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga davlat hisobidan huquqiy yordam ko‘rsatuvchi advokatni avtomatik ravishda tanlash bo‘yicha maxsus elektron tizimni joriy etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-dekabrgacha

Advokatlar palatasi, Adliya vazirligi

15.

Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun ariza va boshqa hujjatlarni elektron taqdim etish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Advokatlar palatasi

16.

Advokatlar va advokatlik tuzilmalarining yagona elektron reyestrini shakllantirish, rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish kitobini elektron shaklda yuritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Advokatlar palatasi

17.

Advokatlar ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) bilan o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda uchrashishi uchun axloq tuzatish va tergov hibsxonalariga tashrif buyurishi rejalashtirilgani haqida real vaqt rejimida oldindan xabarnoma yuborishlari mumkin bo‘lgan maxsus elektron portal yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, IIV, Advokatlar palatasi

18.

Advokatlar kasbiy malakasini joylarga chiqqan holda, shu jumladan videkonferensiya o‘tkazish yo‘li bilan oshirish amaliyotini joriy etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

IV. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining advokatura instituti himoyachisi sifatidagi rolini oshirish

19.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarori bilan advokatura tizimidagi ish stajidan kelib chiqib beriladigan advokatlar malaka darajalarini joriy etish.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

2018-yil iyul

Advokatlar palatasi

20.

Har yili “Yilning eng namunali advokati” va “Yilning eng namunali advokatlik tuzilmasi” tanlovlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili

Advokatlar palatasi

21.

Advokatlar va advokatlik tuzilmalari reytinglarini tuzish va ochiq holda e’lon qilish maqsadida ular faoliyatini baholash mezonlarini tasdiqlash.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

2018-yil oktyabr

Advokatlar palatasi

22.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligini uning hisobotlarini, shu jumladan moliyaviy hisobotlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali oshirish.

Advokatlar palatasi raisi buyrug‘i

Har yili

Advokatlar palatasi