Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2026 03.05.2018 yildagi 324-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, hududning noyob tarixiy-madaniy va meʼmoriy obidalari bilan turistlarni keng tanishtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va koʻrsatilayotgan turizm xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholi daromadlari oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda Surxondaryo viloyatining turizm infratuzilmasi va namoyishi obyektlarini tashkil etish, mavjudlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Surxondaryo viloyatida mehmon uylarini tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda Surxondaryo viloyatida oʻtkaziladigan madaniy, koʻngilochar va sport tadbirlari taqvimini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida yangi tashkil etilgan turizm infratuzilmasi va namoyishi obyektlari hamda mehmon uylarini (keyingi oʻrinlarda turizm obyektlari deb yuritiladi) turizm yoʻnalishlariga kiritish maqsadida ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni respublikada faoliyat yuritayotgan turoperatorlarga yetkazilishini va keng targʻibot ishlarini amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm obyektlarida sifatli xizmat koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida tegishli oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari va turoperatorlar vakillari uchun tanishtiruv-axborot turlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Surxondaryo viloyati hokimligi ikki oy muddatda 2019-yilda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni hamda turistlar tashrif buyuradigan obyektlarga olib boruvchi yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning manzilli dasturini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yil uchun investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-son qarorlari talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun tumanida Omonxona qishlogʻi, Zovboshi togʻli hududi, Darband qishlogʻi hududlarini oʻz ichiga olgan — Boysun kichik turizm zonasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sariosiyo va Uzun tumanlarida Xonjiza togʻ tizmalari yon bagʻirlarida hamda Sariosiyo tumani Sangardak qishlogʻi hududlarida — Sariosiyo kichik turizm zonasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherobod tumani Shalqon qishlogʻi, Xoʻjaikon tuz koni hududlarida hamda hududdagi mevali bogʻlarni oʻz ichiga olgan — Sherobod kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turizm ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa obyektlar qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Boysun, Sariosiyo va Sherobod kichik turizm zonalarining aniq chegaralarini belgilash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Boysun, Sariosiyo va Sherobod kichik turizm zonalarining aniq chegaralari belgilangandan soʻng uch oy muddatda ularning hududida yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish boʻyicha takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarori bilan tashkil etilgan Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda kichik turizm zonalari hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, begʻaraz moliyaviy yordamlarini hamda tijorat banklarining kreditlarini belgilangan tartibda jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov va Surxondaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 09/18/324/1145-son)