08.01.2018 yildagi Q-31-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahrining 2018-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qaroriga asosan, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2017-yil 30-dekabr kunidagi 142/5-24-sonli va viloyat hokimining 2018-yil 06-yanvardagi Q-6-sonli hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2017-yil 31-dekabr kunidagi 117/03-05-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qaroriga asosan, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2017-yil 30-dekabr kunidagi 142/5-24-sonli va viloyat hokimining 2018-yil 06-yanvardagi Q-6-sonli hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2017-yil 31-dekabr kunidagi 117/03-05-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-yil uchun Termiz shahri boʻyicha budjet daromadlarining reja koʻrsatkichlari 1 “A” va 1 “B”-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar mahalliy budjeti xarajatlarining reja koʻrsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan 2018-yilda ajratiladigan maqsadli transfertlarning mahalliy budjetlarga taqsimlanishi hamda Termiz shahar daromadlari va xarajatlarining hajmlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumdavlat soliqlari tushumlaridan shahar mahalliy budjetiga 2018-yil uchun ajratmalar meʼyori 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil uchun mahalliy budjet aylanma kassa mablagʻining eng kam chegaraviy miqdorlari hajmi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar budjetining daromadiga qoʻshiladigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar tegishli budjet parametrlarida koʻzda tutilmagan xarajatlarga yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Termiz shahar hokimligi Moliya boʻlimi (O. Xolmatov) (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) shahar mahalliy budjetiga budjetdan maqsadli transfertlar va ssudalar ajratishda ularning miqdorini shahar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishi, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha shahar mahalliy budjetining xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlaridan foydalanuvchilarning xarajatlar smetasi tuzilayotganda birinchi navbatda ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga sarflanadigan xarajatlar tegishli budjetning tasdiqlangan xarajati parametri doirasiga amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (Gʻ. Elamanov)ga viloyat budjetidan budjet ssudalari olish uchun soʻrovnoma bilan viloyat Moliya bosh boshqarmasiga yozma ravishda murojaat qilganida, ularni qoplash muddati va manbalari toʻgʻrisida toʻliq axborot taqdim etishi lozimligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻ. Elamanov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim I. XUDOYBERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-31-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 11/18/31/1126-son)