Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2209-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/4-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2209, 2011-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 111-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-fevral,
7/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:”.
2. Nizomda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.”;
b) 3-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nazorat tartibida tekshirish — nobank kredit tashkilotlarining ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan amalga oshiriladigan tekshirish;”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) II bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“II. Tekshirish oʻtkazish”;
“8. Nobank kredit tashkilotlarini tekshirish masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkaziladi.
9. Tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini aniqlash hamda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida oʻtkaziladi.”;
d) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nazorat tartibida tekshirish Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmasining farmoyishi asosida bir ish kuni ichida oʻtkaziladi.”;
e) 11-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati koʻpi bilan yiliga bir marta tekshirishdan oʻtkaziladi, qonun hujjatlarida boshqa muddatlar koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tekshirish Markaziy bankning farmoyishi asosida har bir nobank kredit tashkiloti boʻyicha alohida tayinlanadi.”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
z) 14-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)