OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
“Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1137-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 215-V-sonli “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1137, 2002-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 11-martdagi 215-V-1-sonli “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1137-1, 2006-yil 28-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 40-son, 309-modda) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 145-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 10-noyabrdagi 215-V-2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1137-2, 2007-yil 26-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 48-49-son, 489-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 26-yanvardagi 215-V-3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1137-3, 2008-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 10-11-son, 68-modda).
2. Ushbu qaror 2013-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
35/4-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-dekabr,
01-02/19-47-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 600-modda)