Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017 21.09.2000 yildagi 360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017
Hujjat 06.04.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VOYAGA YETMAGANLAR IShLARI BOʻYIChA KOMISSIYALAR FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, ular ustidan boʻlgan nazoratning boʻshligi, ish bilan taʼminlash va boshqa muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida koʻplab yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyoxvandlik va ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar taʼsiriga tushib qolish kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi boʻlgan oʻzini oʻzi boshqarish organlari, oʻquv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar oʻz faoliyatini deyarli toʻxtatib qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yoʻnalishda masʼul boʻlgan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar haqidagi Nizom hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya tarkibi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi hamda voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik sodir etilishi va ularni nazoratsiz qoldirish hollarining oldini oluvchi organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari oʻz tasarrufidagi mavjud voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini koʻrib chiqib, ularning yangi tarkiblarini tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar faoliyati izchil amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida ularning tarkibida mahalliy budjet hisobidan alohida masʼul kotib lavozimi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning nazoratsiz, qarovsiz qolishi hamda ular oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari, shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlarining voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishi va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligining ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari va Ichki ishlar vazirligining muassasalarida voyaga yetmaganlarning saqlanishi, ularni oʻqitish, tarbiyalash shart-sharoitlari ustidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan yoshlarning ongini, tafakkurini shakllantirish, yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida maʼnaviyat va maʼrifat ishlarini jonlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish joylaridan ozod boʻlib kelgan yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan taʼminlashda yordam berish, shuningdek, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha qonunda koʻzda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin, voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari va shart-sharoitlari sinchiklab oʻrganilishi va bartaraf etilishi yuzasidan qatʼiy choralar koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi inspeksiyalar faoliyatining samaradorligini oshirsin, har bir uchastka inspektoridan oʻz hududida sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun masʼul ekanligini qatʼiy talab qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashi, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi, Davlat sport qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun”, “Kamolot” jamgʻarmalari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ichki ishlar idoralari yoshlar va oʻsmirlarni tarbiyalash, oʻqitish ishlari ustidan nazoratni kuchaytirsinlar, yashash joylarida notinch oilalarni, tarbiyasi ogʻir boʻlgan yoshlarni aniqlash, ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borish, voyaga yetmaganlarni oʻqishdan tashqari vaqtlarda dam olish va ish bilan taʼminlash masalalarini doimiy nazoratga olsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi idoralari ruhiy kasalga chalingan, giyoxvandlik va ichkilikbozlikka ruju qoʻygan voyaga yetmaganlarni aniqlash, toʻliq hisobini yuritish hamda ularni davolash ishlarini qatʼiy yoʻlga qoʻysinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, hokimliklar, ichki ishlar organlari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jazoni ijro etish joylaridan ozod boʻlib kelgan yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsinlar va ularning bu masalada bevosita masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya har yarim yilda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqiy-tarbiyaviy ishlarning ahvolini muhokama etib, bu borada mutasaddi idoralar rahbarlarining va quyi komissiyalarning hisobotlarini eshitib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov va Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 360-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsiz qolishlar va huquqbuzarliklarning oldini olish organlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-harakat qilishlarining oldini olish, bularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogika jihatdan reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar tegishli hokimlar tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb yuritiladi) oʻz faoliyatida yuqori turuvchi komissiyalarga, shuningdek, tegishli hokimlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalar yuqori turuvchi komissiyalarni har yarim yillik yakunlari boʻyicha oʻz faoliyatlari toʻgʻrisida xabardor qilib turadilar va ularga hisobot beradilar, tegishli hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashini esa har yilgi yakunlar boʻyicha xabardor qilib turadilar va ularga hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Komissiya har yilgi yakunlar boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qilib turadi va unga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiyalar rais (tuman, shahar, viloyat hokimi oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari), rais oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiyaning 6-12 aʼzosi tarkibida tuziladi. Komissiya aʼzolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning masʼul kotibi kundalik ishlarni va komissiya qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalarda boshqa ishlardan ozod masʼul kotib lavozimi, zaruriyat boʻlganda esa voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha inspektor lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga xalq taʼlimi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, ichki ishlar, mehnat organlari, xotin-qizlar qoʻmitasi, kasaba uyushmalari, nodavlat, notijorat tashkilotlari, mudofaaga koʻmaklashish jamiyati, mehnat jamoalari, madaniy-maʼrifiy va boshqa muassasalarning vakillari kiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar tarkibida: voyaga yetmaganlar oʻrtasida madaniy-tarbiyaviy ishlar boʻyicha, umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlari va boshqa oʻquv muassasalarining oʻquvchilari bilan ishlash boʻyicha, bolalar va oʻsmirlarni ishga joylashtirish va maishiy turmushini yaxshilash masalalari boʻyicha, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan chiqarilgan va tarbiyalash koloniyalaridan ozod qilingan oʻsmirlar ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha seksiyalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiyalarning faoliyati keng jamoatchilik ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya ishiga kasaba uyushmalari, maktablar huzuridagi ota-onalar qoʻmitalari, “Mehribonlik” uylari va maktablarning vasiylik kengashlari, oʻquv-tarbiya muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari va jamoatchilikning boshqa vakillari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar ishlashga jalb qilingan oʻzlarining faollari orasidan voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi jamoatchi inspektorlarni va jamoatchi tarbiyachilarni ajratib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiyalar oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar komissiya qarorlarini bajarish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida komissiyaga oʻn kun mobaynida xabar berishlari shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyalarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etish boʻyicha majburiyat tegishlicha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimliklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI VOYAGA YETMAGANLAR IShLARI BOʻYIChA KOMISSIYANING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari huzuridagi komissiyalar faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimliklari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurlaridagi komissiyalar faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi, ularning faoliyatlarini tahlil qiladi, ijobiy ish tajribalarini umumlashtiradi va ommalashtiradi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning nazoratsizligi va huquqbuzarliklari, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bilan bogʻliq muammolar ahvolini oʻrganib chiqadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi muhim yoʻnalishlar boʻyicha kelishib olingan yondashishlarni ishlab chiqadi, ularning oldini olish boʻyicha tadbirlarni respublika darajasida ishlab chiqishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya oʻz vakolatiga kiritilgan muammolarni hal etish bilan bogʻliq boʻlgan maqsadli dasturlar loyihalarini ekspertiza qilishni amalga oshiradi va voyaga yetmaganlar huquqlarini buzishlar, ularning nazoratsiz qolishlari va huquqbuzishlarining kelib chiqishi sabablarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzishlarining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylik organlari faoliyatini oʻrganadi, uni takomillashtirish yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining takliflarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan funksiyalarni bajarish chogʻida Komissiya mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, TOShKENT ShAHAR VA VILOYATLAR HOKIMLIKLARI HUZURIDAGI VOYAGA YETMAGANLAR IShLARI BOʻYIChA KOMISSIYALARNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar hokimliklari huzuridagi komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash hamda himoya qilish, voyaga yetmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-harakatlar qilishlariga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar hokimliklari huzurlaridagi komissiyalar faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar hokimliklari huzuridagi komissiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzilishlarining oldini olish, hodisalarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, bolalar va oʻsmirlarni joylashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) komissiyalarining faoliyatini nazorat qiladilar, yoʻnaltiradilar va muvofiqlashtiradilar, ularga uslubiy yordam koʻrsatadilar, ularning ijobiy ish tajribalarini umumlashtiradilar va ommalashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) komissiyalarining voyaga yetmaganlarni maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga yuborish toʻgʻrisidagi qarorlarini tekshiradilar va ular noqonuniy yoki asossiz deb topilgan hollarda, bu qarorlar ustidan tegishli tuman (shahar) hokimiga shikoyat qilinmagan taqdirda, ularni bekor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan funksiyalarni bajarish chogʻida komissiyalar mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. TUMANLAR VA ShAHARLAR HOKIMLIKLARI HUZURIDAGI VOYAGA YETMAGANLAR IShLARI BOʻYIChA KOMISSIYALARNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash hamda himoya qilish, voyaga yetmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-harakatlar qilishlariga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, oʻqitish, qarash sharoitlari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi muassasalarida va Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi muassasalarida voyaga yetmaganlar bilan muomala qilish ustidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy-axloq tuzatish tizimi muassasalaridan ozod etilgan yoxud oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirish va maishiy sharoitini yaxshilashda yordam koʻrsatish, davlat yordamiga muhtoj boʻlgan boshqa voyaga yetmaganlarni joylashtirishning boshqa shakllarini aniqlashda, shuningdek, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga doir qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshirishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi komissiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq (keyingi oʻrinlarda — tumanlar (shaharlar) komissiyalari deyiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, madaniyat, ichki ishlar organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning bolalar va oʻsmirlarni tarbiyalash, ularni joylashtirish, salomatliklarini mustahkamlash, voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzilishlarining oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar hududidagi voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzilishlarining oldini olish, hodisalarning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish, bolalar va oʻsmirlarni joylashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va hisobga olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq komissiyalar vakolatiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzilishlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarga nisbatan taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari koʻradilar va mazkur Nizomda hamda boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. TUMAN (ShAHAR) KOMISSIYALARINING NAZORAT FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiyalar ichki ishlar organlari bilan birgalikda tarbiyaviy taʼsir qilish yoki maʼmuriy jazolash choralari koʻrilgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan, jazoga shartli hukm qilingan va jazoni oʻtashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan voyaga yetmaganlarning xulq-atvorini, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtagan voyaga yetmaganlarning yurish-turishini kuzatib borishni amalga oshiradilar, shuningdek, shu toifadagi voyaga yetmaganlarning hisobini olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar zarur boʻlgan hollarda voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirish yoki ularni oʻquv muassasalariga yuborish uchun chora-tadbirlar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiyalar bolalar va oʻsmirlarni maxsus oʻquv-tarbiya muassasalari va “Mehribonlik” uylarida saqlash va tarbiyalash sharoitlari, bolalar va oʻsmirlarning istiqomat joylarida madaniy dam olishlari uyushtirilishi ustidan, shuningdek, zarur boʻlgan hollarda umumiy taʼlim maktablarida, boshqa oʻquv yurtlarida, madaniy-maʼrifiy muassasalar va sport tashkilotlarida voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ish olib borilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarni umumiy taʼlim maktablari yoki boshqa oʻquv yurtlaridan chiqarish faqat komissiyaning roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiyalar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda voyaga yetmaganlarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi, ular bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvoli, ularning umumiy taʼlim, madaniy va kasb-malaka darajalarini oshirish uchun zarur moddiy-maishiy sharoitlar yaratib berilganligi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar agar oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslar tomonidan ishlarni davom ettirish ularning sogʻligiga xavf soladigan yoki ular uchun boshqacha ziyon keltiradigan boʻlsa, unda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini toʻxtatishni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiyalar shu tuman (shahar) hududida joylashgan maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida, tarbiya koloniyalarida, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar tomonidan huquqni buzishlarning oldini olish boʻlinmalari va qabul-taqsimot xonalarida tarbiyaviy ishlar, umumiy taʼlim va kasb-hunar oʻquvlarining olib borilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi, shuningdek ushbu muassasalarga koʻrsatib oʻtilgan ishlarni olib borishda yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. TUMAN (ShAHAR) KOMISSIYALARINING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) komissiyalari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik” uylari, maxsus oʻquv-tarbiya muassasalari, voyaga yetmaganlar uchun tarbiya koloniyalari va qabul-taqsimotxonalarida bolalar va oʻsmirlarni saqlab turish va ularni tarbiyalash shart-sharoitlarini, shuningdek ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar tomonidan qonunbuzarlikning oldini olish boʻlinmalaridagi ishlarning ahvolini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy taʼlim maktablari va boshqa oʻquv yurtlarida, madaniy-maʼrifiy muassasalarda, shuningdek voyaga yetmaganlar ishlab turgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda bolalar va oʻsmirlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvolini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi uy-joy mavzelari va tumanlarni qurish loyihalashtirilganda oʻyin va sport maydonchalari, bolalar stadionlari va bolalar dam olish zonalari qurish uchun yer maydonlari ajratib berilishini nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan komissiya ishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida bolalar va oʻsmirlarni saqlash va tarbiyalash sharoitlariga oid masalalar yuzasidan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning tegishli organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar, ota-onalarni shaxsan qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish, ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilikni voyaga yetmaganlarni qayta tarbiyalash ishlarida qatnashishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ish olib borish, ularni oʻqishga yuborish va ishga joylashtirish masalalari yuzasidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tegishli organlariga taqdimnoma bilan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni afv etish toʻgʻrisida iltimos qilish, ularga ancha yengilroq boʻlgan jazoni qoʻllash, ularni shartli ravishda hukm etish, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash toʻgʻrisidagi tavsiyanomalar bilan sudga murojaat qilish; jazoni ijro etuvchi organ bilan birgalikda voyaga yetmaganlarni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga tavsiyanoma kiritish; ichki ishlar organi bilan birgalikda ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish hamda mahkumni hukmda belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash uchun yuborish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritish; tarbiya koloniyasining maʼmuriyatiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni oʻtash vaqtida saqlab turish sharoitlarini oʻzgartirish haqida sudga taqdimnoma kiritish toʻgʻrisida rozilik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklari muhokamasiga voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ish olib borishning, ular kasb-hunar taʼlimi, ularni ishga joylashtirish va oʻqishga yuborishning ahvoli toʻgʻrisidagi masalalarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oldiga komissiyalar qarorlarini bajarmagan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi yoki jamoatchilik taʼsiri koʻrsatish chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. VOYAGA YETMAGANLARNI JOYLAShTIRISh BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuman (shahar) komissiyalari xalq taʼlimi, ijtimoiy taʼminot, ichki ishlar organlari bilan birgalikda jamoatchilikning faol ishtirokida ota-onasiz qolgan bolalar va oʻsmirlarni, bolalarni tarbiyalash uchun tegishli shart-sharoitni taʼminlay olmaydigan ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslari bor boʻlgan voyaga yetmaganlarni, maktabni tashlab ketgan va ishlamaydigan oʻsmirlarni, shuningdek davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boshqa voyaga yetmaganlarni aniqlaydi va hisobga oladi hamda ularni joylashtirish chora-tadbirlarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuman (shahar) komissiyalarining voyaga yetmaganlarni joylashtirish shakli koʻrsatilgan qarorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xalq taʼlimi organlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni oʻrta umumtaʼlim maktablari, maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki aqliy rivojlanishida yetishmovchiligi bor bolalar va oʻsmirlarni maxsus oʻrta umumtaʼlim maktablariga va boshqa tegishli oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ijtimoiy taʼminot organlariga — nogiron bolalar hamda oʻqish va mehnatga yaramaydigan voyaga yetmaganlarni joylashtirish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) voyaga yetmaganlarni vasiylik va homiylikka olish xizmatlariga — ota-onasiz yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar va oʻsmirlarni joylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga — voyaga yetmaganlarni oʻrta-maxsus va kasb-hunar oʻquvining maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga (mehnat organlaridan boʻsh ish joylari va boʻsh lavozimlar borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingandan keyin) - ishga qabul qilish uchun yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. KOMISSIYALARDA KOʻRIB ChIQILADIGAN IShLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tuman (shahar) komissiyalari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshga toʻlmasdan turib jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar sodir etgan, 13 yoshga toʻlgandan keyin ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirgan voyaga yetmaganlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan davrda ular uchun jismoniy javobgarlik nazarda tutilmagan, jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar sodir etgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan davrda jinoyat alomatlari boʻlgan xatti-harakatlar sodir etib, ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish rad qilingan yoki jinoiy ish toʻxtatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha boʻlgan davrda yoʻl harakati qoidalarini buzgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar sodir etgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalarida (umumiy taʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida) oʻqishdan bosh tortgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat uchun katta xavf boʻlmagan jinoyat sodir etganida tergovchi yoki prokurorning qarori yoxud sud ajrimi asosida javobgarlikdan ozod qilingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vazifasi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. KOMISSIYALAR TOMONIDAN QOʻLLANILADIGAN TAʼSIR KOʻRSATISh ChORALARI VA ULARNI QOʻLLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tuman (shahar) komissiyalari ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllashlari, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr soʻrash majburiyatini yuklash toʻgʻrisida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirib qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega boʻlsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq boʻlmasa moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklashi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan moddiy zararni oʻz mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlgan va mustaqil ish haqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida, Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari chiqargan hujjatlarda, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlari qarorlarida koʻzda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxsni oʻz ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxs jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar qilgan yoki ijtimoiy axloq qoidalarini qasddan va muntazam ravishda buzib kelgan taqdirda komissiya ichki ishlar organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida sudga iltimos qiladi. 11 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs maxsus maktab-internatga yuborilishi, 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs esa maxsus kasb-hunar kollejiga yuborilishi mumkin. Har bir aniq holat boʻyicha qabul qilingan taʼsir choralari toʻgʻrisida komissiyalar voyaga yetmaganning yashash, oʻqish yoki ish joyi boʻyicha huquqni buzishlarning oldini olish boʻlinmalari tomonidan voyaga yetmaganlarning oldini olish ishlarini taʼminlash uchun ichki ishlar organlarining tegishli hududiy organlarini xabardor qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan, voyaga yetmagan shaxsni mast boʻlishga olib kelganligi, voyaga yetmaganlar katta yoshdagilar tomonidan tilanchilikka, fohishabozlikka, qimor oʻyinlariga, spirtli ichimliklar ichishga, giyohvand yoki psixotrop moddalar boʻlmagan, biroq intellektual iroda faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi moddalar yoki vositalarni isteʼmol qilishga jalb qilinganligi, shuningdek 16 yoshga toʻlmagan oʻsmirlar yoʻl harakati qoidalarini buzganligi, tilanchilik, fohishabozlik, qimor oʻyinlari bilan shugʻullanganligi, jamoat joylarida mast holda paydo boʻlganligi, teng ravishda ular spirtli ichimliklar, giyohvand yoki psixotrop moddalar boʻlmagan, biroq intellektual iroda faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi vositalar va moddalar isteʼmol qilganliklari yoxud boshqa xil huquqbuzarlik hollarini sodir etganliklari uchun quyidagi taʼsir choralarini qoʻllashlari, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat izzasi berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirib qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan miqdorlarda jarima solishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda hollarda bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita xavf solinganda ish sud tomonidan hal etilgungacha bolani vaqtincha ota-onasidan yoki ular vasiyligida boʻlgan boshqa shaxslardan olib qoʻyish toʻgʻrisida vasiylik va homiylik organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ota-onalarning muomala layoqatini cheklangan deb topish, ota-onalarni ota-onalik huquqidan mahrum etish, bolalarni oʻz ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan olib qoʻyish, shuningdek bolalarning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlib, shu bolalari bilan birgalikda yashashlari mumkin emas deb topilgan taqdirda, ularni boshqa turar joy bermasdan koʻchirib yuborish toʻgʻrisida tuman (shahar) sudiga daʼvo bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga yuborish komissiyaning bolalarning ota-onalari yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligini olmay turib chiqargan qarori asosida sudning ajrimi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga yuborish toʻgʻrisidagi ishlar albatta prokuror ishtirok etgan holda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxslarni oʻz ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar boʻla turib “Mehribonlik” uyiga yoki maxsus maktab-internatga yuborish ularning ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligisiz favqulodda hollardagina (ular uzoq vaqt boʻlmaganlari, kasal boʻlganlari, jinoyat sodir qilib, hukm etilganliklari taqdirda va hokazo hollarda) amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, komissiya ota-onalardan yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan oʻz bolalarini boqish uchun qilingan xarajatlarni undirib olish uchun qonunda belgilangan tartibda tegishli mablagʻlar undirib olish haqida ham qaror qabul qiladi. Favqulodda hollarda komissiyaning iltimosiga koʻra undirib olinadigan bu haqning miqdori qonunda belgilangan tartibda kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tuman (shahar) komissiyalari oʻz bolalarini tarbiyalashga notoʻgʻri munosabatda boʻlayotgan yoki komissiya chiqargan qarorning bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan ota-onalarga yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash haqida, shuningdek bolalar va oʻsmirlar huquqbuzarlik qilishlari uchun sharoit yaratib berayotgan yoxud voyaga yetmagan shaxslarni jinoyat va jamiyatga qarshi boshqa nojoʻya harakatlar qilishga undayotgan yoki jalb etayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga taqdimnoma bilan kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizomning 23-bandida koʻzda tutilgan taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilayotganida tuman (shahar) komissiyasi huquqbuzarlik holatining xususiyatini va sabablarini, voyaga yetmagan shaxsning yoshini va uning hayot sharoitlarini, uning huquqbuzarlik qilishda qay darajada ishtirok etganligini, shuningdek uning turmushidagi, maktabdagi va ishdagi xulq-atvorini albatta hisobga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning voyaga yetmaganlar ishi boʻyicha ogohlantirish berish toʻgʻrisidagi qarori bir yil mobaynida amal qiladi. Basharti taʼsir koʻrsatish chorasi qoʻllanilgan voyaga yetmagan shaxs ana shu muddat ichida yangi huquqbuzarlik sodir etmasa, taʼsir koʻrsatish chorasi tugallangan deb hisoblanadi. Taʼsir koʻrsatish chorasini qoʻllagan komissiya oʻz qaroriga binoan, basharti ana shunday taʼsir koʻrsatish chorasi qoʻllanilgan voyaga yetmagan shaxs namunali axloqi bilan oʻzining tuzalganligini koʻrsatgan taqdirda, jazoni bir yil oʻtmasdan ham olib tashlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning voyaga yetmagan shaxsni oʻz ota-onasi, ular oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki jamoat tarbiyachilari nazoratiga yoxud mehnat jamoasi, jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirish toʻgʻrisidagi qarorining amal qilish muddati, basharti voyaga yetmagan shaxs oʻzining namunali axloqi va ishga hamda oʻqishga boʻlgan halol munosabati bilan oʻzining tuzalganligini isbot etsa, mazkur shaxslar yoki tashkilotlar iltimosiga binoan istagan vaqtda bekor etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olingan tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish chorasi voyaga yetmagan shaxsga taʼsir qilmagan taqdirda, komissiya bunday voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ushbu Nizomning 23-bandida sanab oʻtilgan taʼsir koʻrsatish choralaridan qattiqrogʻini qoʻllashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tuman (shahar) komissiyasining jarima solish toʻgʻrisidagi qarori shu qaror topshirilgan kundan boshlab, 15 kun mobaynida ana shunday jarima solingan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim, bunday qaror ustidan shikoyat yoki protest berilgan taqdirda esa, - mazkur shikoyat yoki protest qondirilmaganligi haqida maʼlumotnoma olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar mustaqil ish haqiga ega boʻlmasa, jarima ularning ota-onalaridan yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarori bilan solingan jarima Xalq banki muassasasiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima muddatida toʻlanmagan taqdirda, komissiyaning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori jarima summasini fuqarolik-protsessual qonunchilik bilan belgilangan qoidalarga muvofiq shunday jarima solingan shaxsning ish haqidan yoki boshqa maoshidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan majburiy tartibda ushlab qolish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan boʻlsa yoki solingan jarimani boshqa sabablarga koʻra uning ish haqidan yoki boshqa maoshidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan undirib olishning iloji boʻlmasa, jarima komissiyaning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori asosida undiruvni huquqbuzarning shaxsiy mol-mulkiga, shuningdek umumiy mulkdagi uning ulushiga qaratish yoʻli bilan tuman (shahar) sudi sud ijrochisi tomonidan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Voyaga yetmagan shaxslar maxsus maktab-internatlarda 15 yoshga yetguncha saqlanadilar, maxsus kasb-hunar kollejlarida esa, — 18 yoshga yetgunga qadar saqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda hollarda bunday oʻquvchilarni maxsus maktab-internatlarda saqlash muddati ular 16 yoshga yetgunlariga qadar uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxslar maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida to axloqan tuzalganlariga qadar saqlanadilar, lekin bu muddat uch yildan ortib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus oʻquv-tarbiya muassasalari joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyasi oʻquvchiga koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda joriy oʻqish yilida oʻrta umumiy taʼlim maktabi yoki kasb-hunar kollejining tegishli sinfini tugallaguncha uch yildan koʻproq muddatga qolishga ham ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus maktablarning 15 yoshga toʻlgan, ammo axloqan tuzalmagan oʻquvchilari shu maktablar joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan maxsus kasb-hunar kollejlariga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida bundan keyin boʻlishlarining maqsadga muvofiq-nomuvofiqligi masalasi vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida bir marta shu muassasalar joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyalari tomonidan mazkur komissiyalarning oʻz tashabbusi bilan, ana shu muassasalar maʼmuriyatining taqdimnomasi yoki voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Voyaga yetmagan shaxslar uchun belgilangan maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga kar-soqovlar, koʻrlar, ruhiy kasallar, aqli zaif boʻlgan voyaga yetmaganlar, shuningdek maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga qabul qilish uchun tibbiyot nuqtai nazaridan toʻgʻri kelmaydigan belgilar qoʻyilgan roʻyxatda koʻrsatilgan jismoniy kamchiligi va kasalliklari boʻlgan bolalar hamda oʻsmirlar yuborilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Voyaga yetmagan shaxsning maxsus oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlishi pedagoglar kengashining shu muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan qarori asosida mazkur muassasa joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyasining qarori bilan bekor qilinadi va bu haqda, voyaga yetmagan shaxs shu muassasadan chiqqunga qadar koʻpi bilan bir oy ichida, uning yashab turgan joyidagi komissiyaga xabar beriladi. Bu komissiya voyaga yetmagan shaxsni ishga joylashtirish yoki oʻquv yurtiga yuborish hamda unga zarur moddiy-maishiy sharoitlar yaratib berish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti voyaga yetmagan shaxs tarbiyalash maqsadida “Mehribonlik” uyiga yoki maktab-internatga yuborilgan boʻlsa, bu holda uni “Mehribonlik” uyidan yoki maktab-internatdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror shu “Mehribonlik” uyi yoki maktab-internat joylashgan yerdagi komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agarda tarbiyalanuvchi maxsus oʻquv-tarbiya muassasasidan, “Mehribonlik” uyidan chiqarilganidan keyin, uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar qonunda belgilangan tartibda ota-onalik yoki vasiylik huquqidan mahrum etilganliklari tufayli ular huzuriga yuborilishi mumkin boʻlmasa, shuningdek tarbiyalanuvchining avvalgi istiqomat joyiga kelishi bir qancha sabablarga koʻra (ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar yoʻqligi, turmushi va mehnat qilishi hamda bundan keyin tarbiyalanishi uchun qulay sharoitlar yoʻqligi sababli) mumkin boʻlmasa, shu muassasalar joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmagan mazkur shaxsning maishiy sharoitini yaxshilash, uni oʻqish yoki ishga joylashtirish choralarini koʻradi. Zarur hollarda tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmagan shaxs ustidan vasiy, homiy tayinlash toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan tegishli tuman (shahar) hokimligiga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu masalalarni hal qilish chogʻida ushbu bandda koʻrsatilgan muassasalar joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmagan shaxs ilgari yashab kelgan joydagi yoki uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar turgan joydagi komissiyaning tegishli xulosasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tarbiya koloniyasidan ozod boʻlib qaytgan voyaga yetmagan shaxs istiqomat qilayotgan joydagi komissiya mazkur shaxs 18 yoshga yetgunga qadar uni ishga yoki oʻqishga joylashtirish choralarini koʻradi va uning axloqini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozod boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning oʻz ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar huzuriga qaytishiga ularning yoʻqligi yoxud ota-onalik huquqidan yoxud vasiylik huquqidan mahrum etilganligi munosabati bilan imkon boʻlmasa, ozod boʻlgan ana shu voyaga yetmagan shaxsning ilgari yashab kelgan joyidagi komissiya koloniya maʼmuriyatining taqdimi bilan uni ixtisosiga muvofiq keladigan ishga yoki oʻqishga joylashtirish, shuningdek unga tegishli uy-joy-maishiy sharoitlar yaratib berish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiya koloniyasidan ozod boʻlgan voyaga yetmagan shaxsni tarbiyaviy mulohazalar sababli ilgarigi istiqomat joyiga yuborish maqsadga muvofiq emas deb topilgan favqulodda hollarda uni ishga joylashtirish koloniya maʼmuriyatining taqdimi bilan shu tarbiya koloniyasi joylashgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya koloniyadan ozod boʻlgan voyaga yetmagan shaxsni u yordam soʻrab murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun muddatdan kechiktirmay ishga yoki oʻqishga joylashtirish masalasini hal qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. KOMISSIYALARNING IShLARNI TAYYORLAShI VA QARAB ChIQIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Komissiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda topshirilgan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari va xalq taʼlim organlari taqdimi boʻyicha berilgan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmasi, umumtaʼlim maktablari huzuridagi ota-onalar qoʻmitalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va boshqa jamoat birlashmalari taqdimnomasi boʻyicha topshirilgan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning arizalari boʻyicha koʻriladigan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tashabbusi bilan koʻriladigan ishlarni qarab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar ishlarni ular komissiyaga tushgan paytdan boshlab koʻpi bilan 15 kun ichida koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Voyaga yetmagan shaxslarning huquqbuzarlik qilganligi toʻgʻrisida tuman (shahar) komissiyasi koʻrib chiqishi lozim boʻlgan materiallar komissiyaning raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan oldindan oʻrganib chiqiladi va ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni komissiya majlisida qarab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga oid materiallarni qoʻshimcha suratda tekshirish yoki tushgan arizalar, taqdimnomalar boʻyicha tekshirib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish komissiya majlisida koʻrilgunga qadar voyaga yetmagan shaxsga taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unchalik zararli boʻlmagan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi materiallarni, basharti huquqbuzarga nisbatan tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga muvaffaq boʻlinsa, voyaga yetmagan ana shu shaxs yashab yoki oʻqib turgan joy boʻyicha fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga yoki jamoat birlashmalariga topshirish xususida qaror qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish komissiyada qarab chiqilgunga qadar voyaga yetmagan shaxs oʻz ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar kuzatuviga topshirilishi mumkin, “Mehribonlik” uyida, maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi voyaga yetmagan shaxs esa — shu muassasalar maʼmuriyatining nazoratiga berilishi mumkin. 11 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoat uchun xavfli boʻlgan ogʻir nojoʻya harakat sodir etgan taqdirda va shu munosabat bilan uni darhol yakkalab qoʻyish zarurati tugʻilganda, bu shaxs komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari bergan yozma koʻrsatmaga asosan koʻpi bilan oʻttiz kunlik muddatga voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan qabul-taqsimotxonaga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishini komissiya koʻrishi kerak boʻlgan voyaga yetmagan shaxs ruhiy jihatdan sogʻlom ekanligiga shubha tugʻilgan taqdirda, mazkur shaxs tibbiyot kuzatuvidan oʻtish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Komissiya ishlarni tayyorlash va qarab chiqish paytida voyaga yetmagan shaxsning yoshini, mashgʻulotini, yashab turgan va tarbiyalanayotgan sharoitini, huquqbuzarlik qilganligi faktini va uning sodir etilganini tasdiqlovchi dalillarni, shuningdek huquqbuzarlik qilishga davʼat etuvchi katta yoshdagi kishilar va boshqa qatnashchilar boʻlgan-boʻlmaganligini, voyaga yetmagan shaxslarga ilgari taʼsir koʻrsatish chorasi qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligini aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya voyaga yetmagan shaxsning huquqbuzarlik sodir qilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni batafsil tekshirib, ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Komissiya ishni qarab chiqish uchun zarur maʼlumot va hujjatlarni talab qilib olishi, shuningdek komissiyada koʻriladigan masalalar yuzasidan izohlar olish uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslar va fuqarolar komissiya chaqirigʻi boʻyicha uzrsiz sabablar bilan kelmaganlari taqdirda komissiya ishni koʻrishni qoldirib, ularni oʻzlari ishlab yoki oʻqib turgan joydagi maʼmuriyat, jamoat tashkilotlari orqali keltirish choralarini koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishi koʻrilayotgan voyaga yetmagan shaxs, shuningdek uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar komissiyaga uzrsiz sabablar bilan kelishdan bosh tortgan taqdirda, ular ichki ishlar organlari orqali olib kelinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ish koʻrishga tayyor deb topilgach, shu ishni tayyorlash vazifasi topshirilgan komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari yoki aʼzosi ish qarab chiqilishidan oldin voyaga yetmagan shaxsni, uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarni, zarur hollarda esa tarbiya muassasalarining vakillarini barcha materiallar bilan tanishtirib chiqadi, komissiya majlisiga kimlarni chaqirish kerakligini belgilab oladi hamda ish koʻriladigan vaqt va joyni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisi boʻladigan kun prokurorga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Komissiyaning majlisi komissiya tarkibining yarmidan koʻpi hozir boʻlgan taqdirda haqiqiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning majlisida ishi koʻrilayotgan voyaga yetmagan shaxs, shuningdek uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar, zarur hollarda esa oʻquv-tarbiya muassasalarining vakillari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm etilgan voyaga yetmagan shaxslarni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, ularga tayinlangan jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi iltimoslarni va mahkumlar xususidagi boshqa iltimoslarni qoʻzgʻatish masalalarini qarab chiqish chogʻida komissiya majlisida tarbiya koloniyasi maʼmuriyatining vakili va mahkumning oʻzi hozir boʻlishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar holatlarni tekshirib chiqish va muhokama qilish voyaga yetmagan shaxsga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, komissiya materiallarni majlisda voyaga yetmaganning ishtirokisiz koʻrib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Komissiyalar voyaga yetmagan shaxslarning maʼmuriy huquqbuzarligi toʻgʻrisidagi oʻzlariga tegishli ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadilar. Mazkur ishlar komissiya tarkibiga kiruvchi aʼzolarning kamida yarmi hozir boʻlganda qarab chiqiladi va qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Komissiya ish yuzasidan toʻplangan materiallarni qarab chiqadi, voyaga yetmagan shaxs, uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning, jabrdiyda va guvohlarning tushuntirishlarini tinglaydi, soʻngra ishning barcha holatlarini har tomonlama koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 23 va 24-bandlarida nazarda tutilgan taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrishni qoldirib, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni tergov yoki surishtiruv organlariga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Komissiya majlisida bayonnoma yuritilib, unda majlis boʻlgan kun va joy, koʻrib chiqilayotgan ishning mazmuni, ishni koʻrishda qatnashayotgan shaxslarning majlisga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning bergan izohlarining qisqacha mazmuni, ishga oid boshqa maʼlumotlar, shuningdek qabul qilingan qarorni oʻqib eshittirish va uning ustidan shikoyat berish va muddatlarini tushuntirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Bayonnomaga raislik qiluvchi va kotib imzo chekadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiya ishi koʻrilayotgan shaxslarning ishlaydigan yoki yashaydigan joyida sayyor majlislar ham oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashuvchi komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarori yozma shaklda boʻlib, u dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning nomi; ishni koʻrib chiqish vaqti; ishi koʻrib chiqilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ishni qarab chiqish chogʻida aniqlangan holatlar; qilingan huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ akt va shu ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluvchi qaror koʻrsatilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanib, u qabul qilinganidan keyin eʼlon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning nusxasi uch kun mobaynida unga nisbatan shu qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi yoki yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida komissiya voyaga yetmagan huquqbuzarning ishlab, oʻqib turgan joyi yoki yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, shuningdek uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar yashab turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Sudning voyaga yetmagan shaxsni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborish toʻgʻrisidagi qarori bajarilishini taʼminlash uchun voyaga yetmagan shaxs voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan qabul-taqsimotxonalarda saqlanishi mumkin, u bu yerda barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar, Xalq taʼlimi vazirligining yoʻllanmasi olingungacha koʻpi bilan oʻttiz sutka saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda hollarda voyaga yetmagan shaxsning voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan qabul-taqsimotxonada turish muddati amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda koʻpi bilan 15 sutka uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan qabul-taqsimotxonalar uning uchun shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini rasmiylashtirishni tugallaydilar va Xalq taʼlimi vazirligidan yoʻllanma olinganidan keyin voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya materiallari boʻyicha chiqarilgan sud ajrimi asosida voyaga yetmaganni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga keltiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Voyaga yetmagan shaxslarning huquqbuzarlik qilishi hollarini keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar va sabablarni oʻrganish va yoʻqotish maqsadida komissiyalar oʻz majlislarida qarab chiqilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar roʻyxatini olib boradilar va tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi doirasida bu roʻyxatdagi maʼlumotlarni har chorakda umumlashtirib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Komissiyaning qarori ustidan oʻzi haqida shu qaror chiqarilgan shaxs, shuningdek jabrlanuvchi qaror chiqqan kundan boshlab 10 kun muddatda tegishli tuman (shahar) hokimiga shikoyat berishi mumkin. Hokimning mazkur shikoyat yuzasidan chiqaradigan qarori 15 kundan kechiktirmay qabul qilinishi lozim va u qatʼiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqargan qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qaroriga va shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga prokuror protest bildirishi mumkin. Prokurorning protest bildirishi shu protest koʻrib chiqilgunga qadar mazkur qarorning va shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turadi.
Keyingi tahrirga qarang.