OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
1992 YILDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISTEʼMOL BOZORINI HIMOYa QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitlarida aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki isteʼmol bozorini himoya qilish va tovarlarni faqat respublika fuqarolariga sotish uchun sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 10-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida aholiga soʻmlarda haq toʻlash bilan birga kuponlar boʻyicha tovarlar sotish joriy qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Tovarlarni kuponli kartochkalar bilan sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirliklar, idoralar, assotsiatsiyalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar va mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjaliklar 1992-yilning 4-yanvarigacha banklarning tegishli muassasalariga. 1991-yilning dekabridagi ish haqi summasi hisobidan, uning 1992-yilda oshishini nazarda tutgan holda 2-ilovaga hamda “Tovarlarni kuponli kartochkalar bilan sotish, ularni berish, saqlash, hisobga olish, inkassatsiya qilish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizomga muvofiq, zarur miqdordagi kuponlarga talabnomalar taqdim etsinlar.
Oʻzbekiston davlat banki respublikaning boshqa banklari bilan birgalikda tushgan talabnomalarga muvofiq, zarur miqdordagi kuponlar berishni taʼminlasin.
Respublika hududidagi barcha korxonalar, tashkilotlar, xoʻjaliklar 1992-yil 9-yanvargacha ishlovchilarga, pensionerlarga, studentlarga va boshqa toifadagi fuqarolarga kuponlar berishni taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Bolalar oziq-ovqatiga muhtoj 2 yoshgacha boʻlgan bolalarni taʼminlashni yaxshilash uchun 1992-yilning 10-yanvaridan boshlab bu tovarlarni vrach retsepti boʻyicha berish joriy qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarning bolalariga tekin bolalar ovqati berish uchun maxsus blankalarda beriladigan retseptlar, bolalar ovqatiga muhtoj boʻlgan qolgan bolalarga esa oddiy retsept blankalarida retseptlar berishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv aholiga bolalar ovqati sotishni vrach retsepti boʻyicha tashkil etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, bugungi kunda talon boʻyicha va cheklangan narxlarda sotiladigan ayrim oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini sotish, shuningdek, xizmat koʻrsatishning har qanday turlari kuponlarsiz, 3-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda qiymati 3 ming soʻmdan ortiq boʻlgan tovarlar aholiga kuponlar bilan bir vaqtda hisob-kitob cheklari va chek daftarchalari boʻyicha yoki omonatchilarning topshiriqnomasi boʻyicha pul oʻtkazish yoʻli bilan sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, kuponlar miqdori daromadlari qayd etilgan shaxslarga 2-ilovaga muvofiq tabaqalashtirilgan shkala boʻyicha beriladi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlgan va yil uchun ish yakunlari boʻyicha uzil-kesil ish haqi oluvchi xodimlarga 2-ilovada nazarda tutilgan shkalani hisobga olgan xolda, oʻrtacha oylik ish haqidagi teng miqdorlarda kuponlar berilsin
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv; “Oʻzkooptayyorlovsavdo”, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki tovarlarni respublika chek daftarchalari va hisob-kitob cheklari boʻyicha sotish qoidalarini tasdiqlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki, Toshkent poligrafiya kombinatining ijarachi korxonasi 1992-yilning 1 choragida respublika chek daftarchalarini va hisob-kitob cheklarini 1992-yil uchun zarur miqdorda tayyorlashni taʼminlasinlar, bunda 1992-yilning aprel oyidan boshlab ular boʻyicha sotiladigan tovarlarning turlarini kengaytirish nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat narxlar qoʻmitasi, Davlat bosh soliq boshqarmasi avtobenzinni tijorat narxlari boʻyicha sotish, tijorat narxlari belgilash va tijorat boʻyicha sotishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomni tasdiqlasinlar.
Avtobenzinga tijorat narxlari belgilash va uni qayta koʻrib chiqish respublika komissiyasi tasdiqlansin, unga sotish narxlari oʻzgarishiga qarab, avtobenzin uchun tijorat narxlariga, 4-ilovaga* muvofiq tezlik bilan aniqliklar kiritish huquqi berilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Mazkur qarorni amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida kupon sistemasini joriy qilish Respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlansin (5-ilova*).
* 5-ilova berilmaydi.
11. Ushbu qarorni bajarish maqsadida korxonalar, muassasalar va xoʻjaliklarning rahbarlari tegishli xizmatlarning 1992-yilning 4 va 5-yanvaridagi dam olish kunlarida ishlashini tashkil etsinlar, keyinchalik ularni qonunda belgilangan tartibda kompensatsiya qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi joylarda ushbu qarorning ogʻishmay amalga oshirilishini taʼminlasinlar, buning uchun aholi oʻrtasida zarur tashkilotchilik va tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradio qoʻmitasi, OʻzTAG, respublika gazetalari muharririyatlari ushbu qarordan kelib chiqadigan qoidalarni keng tushuntirish boʻyicha koʻrsatuvlar, eshittirishlar va materiallar turkumini tashkil etishni nazarda tutsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish komplekslarning rahbarlariga — Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-yanvar,
1-son
KUPONLI KARTOChKALAR BOʻYIChA TOVARLARNI SOTISh, ULARNI BERISh, SAQLASh, HISOBGA OLISh, INKASSATSIYA QILISh VA MUOMALAGA ChIQARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
VAQTINChALIK NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida kuponli kartochkalar (Bundan keyin kuponlar deb ataladi.) 1992-yilning 1 choragi uchun ichki isteʼmol bozorini himoya qilish maqsadida joriy etiladi.
2. Kuponli kartochkalar tovarlarni sotib olish huquqini beradigan bir marta foydalaniladigan hujjatdir.
II. Chakana savdo korxonalarida tovarlarni kuponli kartochkalar boʻyicha sotish tartibi
3. Davlat savdosi, tijorat, matlubot kooperatsiyasi tizimida, shuningdek, ularni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi tovar almashuv operatsiyalari boʻyicha va valyutaga sotib oluvchi va ularni oʻz xodimlariga sotuvchi korxonalarda va tashkilotlarda kuponlar boʻyicha mazkur nizomning 4 va 5-bandlarida koʻrsatilganlardan tashqari oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari sotiladi.
Kuponlar bilan toʻlash tovarlar qiymatini mavjud pul belgilari bilan toʻlash bilan bir vaqtda kartochkadan kuponlarning ekvivalent summasini qirqib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar kuponlarsiz sotiladi:
mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari;
umumiy ovqatlanish korxonalarining mahsulotlari;
harbiy qismlar (muddatli xizmat harbiy xizmatchilariga), koloniyalar va axloq tuzatish-mehnat muassasalari hududida joylashgan magazinlardagi tovarlar;
tijorat narxlari boʻyicha sotiladigan neft mahsulotlari;
shuningdek, foydalanilgan materiallar va ehtiyot qismlar qiymati ham qoʻshilgan har xil xizmatlar koʻrsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qiymati 3000 soʻmdan koʻp boʻlgan tovarlar respublika aholisiga kuponlar boʻyicha ham, cheklar, chek daftarchalari boʻyicha ham yoki omonatchilarning topshiriqiga koʻra ularning bank muassasalaridagi shaxsiy schyotlaridan pul oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-yanvar 41-sonli qarori tahririda)
6. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va boshqalarning chakana savdo shoxobchalari orqali naqd pulga kuponsiz tovar sotishi tayinlanadi. Kartochkasiz kuponlar yoki tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan kuponlar oʻtmaydi.
7. 50 tiyinga teng boʻlgan va undan kam qiymat boʻyicha xarid uchun hisob-kitob kuponsiz amalga oshiriladi. Soʻm va tiyinda ifodalangan xarid uchun hisob-kitob kupon bilan toʻlanayotganda yiriklashtirish qoidalariga koʻra soʻm hisobida tegishli summagacha yiriklashtiriladi (50 va undan kam boʻlgan tiyin kam tomonga, 51 va undan koʻp tiyin koʻp tomonga).
8. Savdo korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, shuningdek, avtoyonilgʻi quyish stansiyalarida kuponlar kesib olish va qadab qoʻyish bilan toʻlanadi, ular oʻzlarining nominal qiymatlari boʻyicha guruhlarga ajratiladi va ish kuni davomida korxonaning moddiy javobgar shaxsida (sotuvchi, kassir, kassir-nazoratchi), korxonada tovarlarning sotilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanadi.
9. Magazinlarning sotuvchilari, shuningdek, korxonalarda va tashkilotlarda amalga oshiriladigan almashuv operatsiyalari natijasida va valyutaga olingan tovarlarni sotish uchun masʼul boʻlgan shaxslar savdodan olingan tushumni soʻm va kupon bilan ikki tomonlama hisoblab chiqadilar. Kuponlar qatʼiy hisob-kitob hujjati boʻlib hisoblanadi.
10. Tushum summasining soʻm va kupon hisobida bir-biriga toʻgʻri kelishi uchun masʼuliyat savdo korxonasining rahbari zimmasiga yuklatiladi. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan farq foizi tegishli bank organlari bilan kelishilgan holda yuqori savdo tashkiloti tomonidan belgilanadi.
11. Bank muassasalarida tushgan kuponlarni hisobga olish, uning harakati va topshirish tartibi Oʻzbekiston Davlat banki, Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” va Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Kuponlarni fuqarolarga berish tartibi
12. Kuponlar:
asosiy ish, oʻqish, xizmat joyidan, pensiyalar, oʻtkazilgan pullar olinadigan aloqa boʻlimlari va tegishli banklardan;
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda band boʻlgan va oʻz mahsulotini topshiruvchi shaxslarga — umumiy asoslarda tegishli tashkilotlar tomonidan;
harbiy xizmatchilardan boʻlgan pensionerlarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — bank muassasalaridan;
korxonalar va tashkilotlardan stipendiya oluvchi studentlarga — faqat oʻqish joyidan beriladi.
Ish haqi toʻlashga bank muassasalaridan naqd pul olmaydigan va shu toʻlovdan tushgan daromad hisobiga taʼminlovchi tashkilotlar kuponni umumiy asoslarda bankdan oladilar.
Respublika hududida joylashgan, lekin ish haqini pul oʻtkazish yoʻli bilan boshqa hududlardan oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga kuponlar bank muassasalari tomonidan belgilangan tartibda ish haqi uchun vedomostlar koʻrsatilgach beriladi.
Oʻrindoshlik bilan ishlovchi shaxslarga kuponlar asosiy ish joyidan umumiy daromadga qarab, mehnat shartnomalari boʻyicha, ish haqi oluvchilarga esa umumiy asoslarda beriladi.
13. Joriy oyda foydalanilmay qolgan kuponlardan keyingi oylarda foydalanish mumkin.
Xodimlarga taʼtil mablagʻlari yozilayotganda beriladigan kuponlarning summasi har bir taʼtil oyiga alohida hisoblanayotgan summalar asosida aniqlanadi.
Banklar va korxonalar bergan kreditlar, shuningdek, sugʻurta organlari tomonidan toʻlanadigan summalar kupon bilan taʼminlanmaydi.
IV. Beriladigan kuponlar hajmi
14. Beriladigan kuponlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tabaqalashtirilgan shkala boʻyicha ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa hisoblanuvchi qayd qilingan daromadlarning (soliqlarni, alimentlarni va boshqa ushlab qolishlarni chiqarib tashlab) miqdoriga bogʻliq boʻladi, yiriklashtirish qoidalariga muvofiq tegishli miqdorgacha yiriklashtiriladi (5 soʻmgacha — kam tomonga, 5 soʻm va undan koʻp boʻlganda — koʻp tomonga).
Kuponlar bir oyda bir marta beriladi.
Kuponlarni dastlabki berish 1992-yil 9-yanvargacha, 1991-yil dekabr oyi uchun toʻlanadigan ish haqlari, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va boshqa moliyaviy daromadlar hisobidan belgilangan miqdorlarda, ushbu daromadlarning 1992-yilda oshishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Fevral oyi uchun kuponlar 1992-yil 16-fevralgacha, mart oyi uchun 16-martgacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilgan holda beriladi.
Doimiy ish joyiga ega boʻlmagan va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib, oʻz mahsulotini kolxoz bozorida sotuvchi yoki kooperativlarga topshiruvchi yoxud mualliflik gonorarlari oluvchi shaxslarga, shuningdek, respublika tashqarisida ishlovchi kishilarga kuponlar ularni olishga ruxsatnoma koʻrsatilgach, yashash joyidagi bank muassasalarida shkala bilan belgilangan miqdorda beriladi (2-ilova). Kuponlar olishga ruxsatnoma soliq inspeksiyalari tomonidan berilgan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar asosida yashash joyidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ijroiya qoʻmitasida beriladi.
Mualliflik gonorarlari oluvchi fuqarolar davlat soliq inspeksiyalariga daromadlarni olgan joydan berilgan oʻtgan yildagi daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim etadilar.
Sovet Armiyasi saflaridan demobilizatsiya qilingan va vaqtincha (uch oygacha) ishlamaydigan harbiy xizmatchilar, oʻz xohishi bilan yoki qisqarish sababli ishdan boʻshagan va vaqtincha (bir oygacha) ishlamaydigan fuqarolar, yolgʻiz yashovchi keksayib qolgan fuqarolar hamda pensiya va ijtimoiy yordam olmaydigan fuqarolar, shuningdek, qamoq joylaridan ozod qilingan va vaqtincha (bir oygacha) ishlamaydigan fuqarolar yashash joyidagi Mahalliy Kengashlar ijroiya qoʻmitasi harbiy bilet, pasport, mehnat daftarchasi, ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida bergan kuponlarni olishga ruxsatnomani koʻrsatib, bank muassasalaridan 150 soʻm miqdorida kupon oladilar.
“Aholining ish bilan bandligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingunga qadar Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSR aholisini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga muvofiq nafaqa oluvchi vaqtincha ishlamaydigan aholiga kuponlar 150 soʻm miqdorida beriladi. Bu qonun qabul qilingandan keyin rasman ishsiz maqomini olgan fuqarolarga kuponlar belgilangan nafaqaning 100 foizi miqdorida beriladi.
Bolaga qarayotganligi uchun taʼtilda boʻlgan ayollar har oyda ish joyidan nafaqa va boshqa daromadlarning, kompensatsiya ham shu jumlaga kiradi, 100 foizi miqdorida kuponlar oladilar. Bola uch yoshga toʻlgunga qadar unga qarash uchun oʻz taʼtilini davom ettirayotgan, lekin bu nafaqa va kompensatsiyalarni olish muddati tugaganligi uchun ularni olmayotgan ayollarga kuponlar ularning ish joyidan 150 soʻm miqdorida beriladi.
Mavsumlar orasida mavsumiy ishlar bilan band boʻlgan fuqarolar kuponlarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ijroiya qoʻmitalari bergan ruxsatnoma asosida yashash joylaridan oyiga 150 soʻm miqdorida oladilar.
Daromad manbaiga ega boʻlmagan va oila qaramogʻidagi uy bekalariga kuponlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ijroiya qoʻmitasi beradigan maʼlumotnomalar taqdim etilgach, bank muassasalaridan oyiga 150 soʻm miqdorida beriladi.
Benzin uchun pul kompensatsiyasi oluvchi nogironlarga kuponlar kompensatsiya pulining 100 foizi miqdorida kompensatsiya olinadigan joyda yilning har choragida bir marta beriladi.
Bolalar assortimenti tovarlarining qimmatlashganligi uchun nafaqa oluvchi bolalarga kuponlar kompensatsiya pulining 100 foizi miqdorida, boshqa nafaqalar uchun esa belgilangan tartibda beriladi.
Moddiy yoki jismoniy zarar yetkazilganligi munosabati bilan fuqarolarga beriladigan moddiy yordam puli uchun kuponlar toʻla miqdorda beriladi.
Yil choragi, yil uchun mukofotlar, mukofot pullari va moddiy yordam puli uchun kuponlar hisoblab chiqarilgan oʻrtacha oylik miqdorida belgilangan shkala boʻyicha (2-ilova) beriladi.
Respublika hududida ishlovchi va soʻmlarda ish haqi oluvchi chet el fuqarolariga kuponlar umumiy asoslarda ishlovchilar sifatida beriladi.
Ish haqini soʻmlarda olmuvchi, biroq respublikada yashovchi yoki xizmat safarida boʻlgan chet el fuqarolari bank muassasalarida erkin almashtiriladigan valyutani belgilangan shkala boʻyicha miqdorda (2-ilova) kupon olgan holda tijorat kursi boʻyicha soʻmlarga almashtirish huquqiga egadirlar.
Respublika oʻquv yurtlarida oʻqiyotgan chet el fuqarolariga kuponlar toʻlanadigan stipendiyaning 100 foizi miqdorida beriladi. Ular erkin almashtiriladigan valyutani kupon olgan holda soʻmlarga almashtirish huquqini oʻzlarida saqlab qoladilar.
Respublika tashqarisida vaqtincha harbiy xizmatni oʻtayotgan, oila aʼzolari respublikada doimiy yashayotgan fuqarolar xizmatni oʻtayotgan joyidan ish haqi toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnoma asosida harbiy komissarliklar beradigan ruxsatnoma boʻyicha bank muassasalaridan belgilangan shkala boʻyicha (2-ilova) miqdorlarda kupon oladilar.
Chet elda ishlagandan keyin yoki navbatdagi mehnat taʼtiliga kelgan respublika fuqarolari kuponlarni chet elga xizmat safariga borgunga qadar ishlagan korxonalaridan, harbiy xizmatchilar esa harbiy komissarliklardan umumiy asoslarda oladilar.
Respublika hududida doimiy yashovchi va respublika tashqarisida koʻchib ishlab yuruvchi shaxslar daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni koʻrsatgach, xalq deputatlari Mahalliy Kengashlari ijroiya qoʻmitalari kupon olish uchun bergan ruxsatnomalarni koʻrsatib, bank muassasalaridan kuponlarni oladilar.
1 guruh nogironlarga, shuningdek, internat uylarda yashovchi va toʻla davlat taʼminotida boʻlgan pensionerlar va nogironlarga kuponlar oʻzlari oladigan pensiya miqdorida beriladi.
Mualliflik kashfiyotlari, ixtirolari, ratsionalizatorlik takliflari va hokazo hisobiga mukofotlar oluvchi fuqarolar kuponlarni asosiy ish joyidan umumiy asoslarda hamma daromadlari yuzasidan oladilar.
Etim bolalardan va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalardan boʻlmish talabalar va oʻquvchilarning, toʻla davlat taʼminotida boʻlgan talabalar va oʻquvchilarning stipendiyalari toʻla miqdorda kuponlar bilan taʼminlanadi.
Muvaqqat ijodiy jamoalarning aʼzolariga, shuningdek, pudrat shartnomasi boʻyicha ish bajaruvchi shaxslarga kuponlar asosiy ish joyida hamma daromadlari yuzasidan belgilangan shkala boʻyicha miqdorda (2-ilova) beriladi.
VTEK (mehnat qobiliyatining yoʻqolishi darajasini aniqlaydigan tibbiyot komissiyasi)dan qayta tekshiruvdan oʻtgan va pul daromadlari olmaydigan fuqarolarga bank muassasalarida xalq deputatlari Mahalliy Kengashlari ijroiya qoʻmitalari tomonidan berilgan ruxsatnoma koʻrsatilgandan keyin koʻrikdan oʻtishning butun davri uchun har oyda 150 soʻmlik kupon beriladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻz hisobidan taʼtil olgan xodimlari ish joyidan kuponlarni taʼtilga chiqishdan oldingi oxirgi oyda olingan belgilangan daromadlar summasidan belgilangan shkala boʻyicha miqdorida (2-ilova) oladilar.
Donorlar donorligi uchun davolash muassasalaridan olingan summaning toʻla miqdorida kuponlar bilan taʼminlanadilar.
Boshqa respublikalarning uzoq muddatga (bir oydan koʻp) xizmat safariga kelgan fuqarolari kuponlarni xizmat safariga kelgan tashkilotlar va korxonalardan oyiga 150 soʻm miqdorida oladilar.
Naqd pulsiz tartibda keladigan alimentlar belgilangan shkala boʻyicha miqdorda kuponlar (2-ilova) bilan taʼminlanadi.
15. Kuponli kartochkalar muomalaga blankaning 10, 25, 50, 100, 200 va 500 soʻmlik nominal qiymati bilan chiqariladi.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning kassalaridan kuponli kartochka berishda kuponlar summasi yiriklashtirish qoidalari boʻyicha (5 soʻmgacha kam tomonga, 5 soʻm va undan koʻp boʻlganda koʻp tomonga) soʻmlarda tegishli summagacha yiriklashtiriladi.
Kartochkalar aniq bir shaxsning nomiga yozib beriladi va rahbar, bosh buxgalterning imzosi hamda korxona, tashkilot va muassasa muhri bilan tasdiqlanadi.
Yoʻqotib qoʻyilgan va buzilgan kuponlar va kartochkalar tiklanmaydi.
V. Kuponlarni olish va hisob-kitob qilish tartibi
16. Kuponlar respublika hududida joylashgan barcha bank muassasalarida, shu jumladan, tijorat banklarida beriladi.
17. Korxona, muassasa, tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan kuponlarni olish, saqlash va berish boʻyicha masʼul shaxs tayinlanadi hamda unga shartnoma boʻyicha javobgarlik yuklatiladi.
Kuponlarni olish va berish korxonalar tomonidan alohida hisobga olish daftarida hisobga olinadi. U nomerlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Hisobga olish daftaridagi varaqlar soni korxona rahbari va bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Daftardagi yozuvlar kuponlarni olish va berish huquqini beruvchi kirim-chiqim nakladnoylari, sarflangan kassa orderlari va toʻlov vedomostlari orqali amalga oshiriladi.
18. Oluvchiga berilgan kuponlarning nominal summasi ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va boshqalarni berishda toʻlov vedomostiga qoʻshimcha ravishda kiritilgan ustun (qator)da yoki boshqa toʻlov hujjatida aks ettiriladi.
Kuponlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) oldindan berilgan talabnomalarga muvofiq naqd pul olinadigan bank muassasasidan topshirish boʻyicha oladilar.
Pensiyalar, nafaqalar beruvchi aloqa korxonalari ularga kuponlarni bank muassasalaridan ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan tuzilgan toʻlov vedomostlariga muvofiq oladilar. Toʻlov vedomostida berilishi lozim boʻlgan kuponlar summasi alohida ustunda koʻrsatiladi. Pul oʻtkazish operatsiyalari boʻyicha kuponlar berish uchun aloqa muassasalari tomonidan rezerv tashkil etiladi.
Kuponlarning hosil boʻlgan kamomadi sarflangan qogʻoz pullarning nominal qiymatidan (yaʼni 1 soʻmlik 1 kupon uchun — pul bilan 1 soʻm) kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Kuponlarning berilgan summasini nazorat qilish uchun bank muassasalari tomonidan order rasmiylashtiriladi, uning nusxasi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi.
Kuponlarni har gal navbatdagi olish uchun korxona oldingi davrda foydalanilgan kuponlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma bilan birgalikda talabnoma beradi.
19. Olingan kuponlarni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda saqlash qimmatbaho qogʻozlarni saqlash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma hamda “Xalq xoʻjaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi,
Kuponlarning kirim daftariga qayd qilinishi nominal qiymati boʻyicha kirim-chiqim nakladnoylari asosida yuritiladi va hisobga olish 004 — “qatʼiy hisobidagi blanklar” balansdan tashqari schyotda amalga oshiriladi.
Davlat soliq organlari kooperativlar, kichik korxonalar va xoʻjalik hisobidagi boshqa boʻlinmalarni moliyaviy taftish qilganlarida majburiy tartibda olingan kuponlar summasining ish haqi beriladigan toʻlov vedomostlariga muvofiq kelishini tekshiradilar.
Korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qiluvchi va tekshiruvchi organlar ushbu Tartibning bajarilishini nazorat qilishga burchlidirlar.
Kuponlarni berish tugallangandan keyin, biroq ular bankdan olingandan 5 kun oʻtmasdan, kuponlarni saqlash va berish uchun javobgar shaxs ularning harakati toʻgʻrisida hisobot tuzadi. Korxona buxgalteriyasi kuponlarning olinishi va bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirishni amalga oshiradi.
20. Kuponli kartochkalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining buyurtmasi bilan bosib chiqariladi. Kuponlarni bosish, hisobga olish, tashish va bankda saqlash Ichki ishlar vazirligi, inkassatsiya respublika boshqarmasi hamda ularni bosib chiqaruvchi korxonalarning maxsus nazoratida boʻladi.
Kartochkalarni hisobga olish va hisobdan chiqarish tartibi respublika banklarida buxgalteriya uchyoti hisob-kitoblar rejasini qoʻllash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarga muvofiq belgilanadi.
Bank muassasasining rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri kuponli kartochkalarni qabul qilib olish, saqlash va ularni berish qoidalariga qattiq rioya etilishini taʼminlaydilar. Kuponlarning saqlanishi uchun moddiy javobgarlik kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi.
21. Bank muassasalari kuponlarning toʻla inkassatsiya qilinishini, saqlanishini, keyinchalik esa ularning belgilangan tartibda ikkilamchi xomashyo korxonalariga topshirilishini taʼminlaydilar.
22. Pochta tashkilotlarining pul oʻtkazish operatsiyalari boʻyicha kuponlarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan belgilanadi.
VI. Kuponlarni muomalaga chiqarish va inkassatsiya qilish
23. Kuponlarni muomalaga chiqarish va ularni inkassatsiya qilish barcha bank muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
24. Soxta kuponlar yasash soxta davlat xazina biletlarini yasashga teng darajada qonun bilan taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
BELGILAB QOʻYILGAN DAROMADLAR BOʻYIChA KUPONLAR BERISh SUMMASINI ANIQLASh ShKALASI
|
Ish haqlari, pensiyalar va boshqa belgilab qoʻyilgan daromadlar miqdori (soliqlarsiz va boshqa chegirishlarsiz), soʻm |
Kuponlar berish miqdori, % |
| 500 soʻmgacha 501—1500 |
100 500 soʻm+500 soʻmdan oshgan summaning 70 foizi |
| 1501—2000 | 1200 soʻm+1500 soʻmdan oshgan summaning 50 foizi |
| 2001—2500 | 1450 soʻm+2000 soʻmdan oshgan summaning 20 foizi |
| 2500 va undan koʻp | 1550 soʻm+2500 soʻmdan oshgan summaning 10 foizi |
Keyingi tahrirga qarang.
AHOLIGA KUPONLARSIZ SOTILADIGAN OZIQ-OVQAT VA NOOZIQ-OVQAT TOVARLARINING
ROʻYXATI
1. Belgilangan normalar boʻyicha va cheklangan narxlarda sotiladigan tovarlar:
un
makaron mahsulotlari
guruch
oʻsimlik moyi
choy
qand-shakar
tuxum
goʻsht yoki goʻsht konservalari
aroq
kir sovun
kalishlar
ip-gazlama matolar (chit va xomsurp)
bolalar assortimenti (yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun komplekt; oʻgʻil bolalar uchun koʻylak va shimlar; qiz bolalar uchun koʻylak va yubkalar; 12 yoshgacha boʻlgan bolalar oyoq kiyimlari; bolalar paypoq buyumlari va kolgotkalar)
2*. Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari (vrach retseptlari boʻyicha)
* Talon va kuponlar koʻrsatilmasdan sotiladigan tovarlar.
Koʻmir, oʻtin
Omuxta em, taxta kunjara, shulxa, barda, pivo quyqasi
Gullar, polietilen paketlar, gramplastinkalar
Ilgari foydalanilgan, vositachi magazinlarda sotiladigan tovarlar
Kelin-kuyovlar uchun doʻkonlar va boʻlimlardagi tovarlar, shuningdek, marosimlar uchun koʻzda tutilgan tovarlar (mahalliy Kengashlar ijroiya qoʻmitalarining maʼlumotnomalari boʻyicha)
Matbaachilik mahsulotlari
Dorixonalarda, “Optika” magazinlarida sotiladigan dori-darmon vositalari va boshqa tovarlar, protez-ortopediya korxonalarining mahsulotlari
Topshirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga almashtirib sotiladigan tovarlar
Kooperativlar va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar tomonidan ishlab chiqarilgan va ular oʻzlari mustaqil ravishda sotadigan tovarlar, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda yetishtirilgan va kolxoz bozorida sotiladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
Tijorat narxlarida sotiladigan neft mahsulotlari
Keyingi tahrirga qarang.