OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
1992 YILDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISTEʼMOL BOZORINI HIMOYa QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitlarida aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki isteʼmol bozorini himoya qilish va tovarlarni faqat respublika fuqarolariga sotish uchun sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 1992-yil 10-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida aholiga soʻmlarda haq toʻlash bilan birga kuponlar boʻyicha tovarlar sotish joriy qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan II-chorakgacha uzaytirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Bolalar oziq-ovqatiga muhtoj 2 yoshgacha boʻlgan bolalarni taʼminlashni yaxshilash uchun 1992-yilning 10-yanvaridan boshlab bu tovarlarni vrach retsepti boʻyicha berish joriy qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarning bolalariga tekin bolalar ovqati berish uchun maxsus blankalarda beriladigan retseptlar, bolalar ovqatiga muhtoj boʻlgan qolgan bolalarga esa oddiy retsept blankalarida retseptlar berishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv aholiga bolalar ovqati sotishni vrach retsepti boʻyicha tashkil etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5—7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
10. Mazkur qarorni amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida kupon sistemasini joriy qilish Respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlansin (5-ilova*).
* 5-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi joylarda ushbu qarorning ogʻishmay amalga oshirilishini taʼminlasinlar, buning uchun aholi oʻrtasida zarur tashkilotchilik va tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradio qoʻmitasi, OʻzTAG, respublika gazetalari muharririyatlari ushbu qarordan kelib chiqadigan qoidalarni keng tushuntirish boʻyicha koʻrsatuvlar, eshittirishlar va materiallar turkumini tashkil etishni nazarda tutsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish komplekslarning rahbarlariga — Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-yanvar,
1-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 153-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)