Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997-YIL 2 DEKABRDAGI 532-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-sentabr,
344-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344- son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
1. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaxslarni turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qiluvchi kasalliklar roʻyxati (pulli kasalxonalar va boʻlimlardan tashqari):
1. Onkologik kasalliklar
2. Sil kasalligi
3. Ruhiy kasalliklar
4. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik
5. Moxov kasalligi
6. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar
7. Yuqumli kasalliklar
8. Sifilis
9. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS)
10. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida bemorlarning shifoxonada boʻlishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari boʻyicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar
11. Darajasidan qatʼiy nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar
12. Endokrinologik kasalliklar”.
2. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadigan aholi toifalarining roʻyxati (pulli kasalxonalar va boʻlimlardan tashqari):
1. Bolalikdan nogironlar
2. Gʻirt yetimlar
3. I va II guruh nogironlari
4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar
5. Ijtimoiy taʼminot organlarida hisobda turuvchi yolgʻiz pensionerlar
6. 1941—1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari
7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar
8. Baynalmilalchi jangchilar
9. 17 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar
10. Mudofaa ishlari boʻlimlarining yoʻllanmalari boʻyicha 18—27 yoshli chaqiriq yoshidagilar”.
3. “Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq toʻlashning vaqtinchalik tartibi” 3-ilovaning 3.2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tasdiqlangan standartlarga muvofiq bemorlar shifoxonada boʻlishining cheklangan muddatlariga binoan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishini talab etuvchi holatlar bekor qilinganda davolanishni davom ettirayotgan shaxslarning ovqatlanishi uchun haq toʻlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)