Oldingi tahrirga qarang.
(Farmon nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
8. 2017-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining shtatdagi xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyundagi F-1561-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati shtatdagi xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustama haqlar to‘g‘risida”gi farmoyishi amal qilinishi tatbiq etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab qolinadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlangan davrda harbiy va maxsus unvonlarni berish tegishli harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur bo‘lgan vaqt o‘tgandan so‘ng avvalgi ish joyida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari avvalgi ish joyida xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida amalda bo‘lgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan va lavozim maoshi hamda boshqa to‘lovlar saqlangan holda, foydalanadi.
LexUZ sharhi
9-bandning beshinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustdagi PF-5795-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidagi mehnat faoliyati tugatilgandan so‘ng avvalgi ish joyida egallagan lavozimi yoki shunga teng lavozim taqdim etiladi, bundan xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolganligi yoxud mehnat vazifalarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
(9-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10 — 12-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)