02.04.2018 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etilganligi munosabati bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonini 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida topshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Hayʼatining qarori asosida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davlat belgisi” davlat — ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining buyurtmasiga asosan, belgilangan tartibda “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi 257-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlari, fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan shakllantiriladi va tegishli yigʻilish qarorlari asosida har yili 10-yanvarga qadar tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari koʻkrak nishoniga tavsiya qilinayotgan nomzodlarni har tomonlama oʻrganib, ularning faoliyatiga oid barcha hujjatlarni tegishli yigʻilish qarorlari asosida har yilning 25-yanvar sanasiga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalariga taqdim etadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqib, tegishli yigʻilish qarorlari asosida har yilning 10-fevral sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga taqdim etadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Hayʼati tomonidan Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilib, har yilning 20-fevral sanasiga qadar yakuniy xulosalar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya xulosasiga asosan koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Hayʼatining qarori qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi mukofotlanganlarga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining matbuot nashrlarida va boshqa tegishli ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi 257-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida moʻtabar ayol siymosi quyosh nurlari fonida aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining pastki qismida zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq emalli fonda “MOʻTABAR AYOL” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr boʻlib, yozuvlar zarhallangan. Nishonning yuqori chetlari boʻylab faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprogʻi tasvirlangan. Dafna yaproqlarining yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida uch qatorda harflarning balandligi 1,8 millimetr boʻlgan “Jamiyat va”, “davlat hayotidagi”, “faolligi uchun” soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetr. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 9 millimetrli sariq rangli yoʻl, uning ikki chetidan esa eni 1,5 millimetrli qizil rangli ikkita yoʻl oʻtgan. Shoyi lentaning chekka qismlari boʻylab har birining eni 5 millimetr boʻlgan yashil rangli yoʻllar oʻtgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi 257-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv. m qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) och yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Moʻtabar ayol”, ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani”, ikkinchi satrda “qoʻllab-quvvatlash vazirligi Hayʻatining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “Moʻtabar ayol” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani”, ikkinchi satrda “qoʻllab-quvvatlash vaziri” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni guvohnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/257/0997-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)