Hududlar | Tuman va shaharlar | ||
1-toifa | 2-toifa | ||
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Nukus shahri Qo‘ng‘irot tumani Xo‘jayli tumani Beruniy tumani To‘rtko‘l tumani Chimboy tumani Ellikqal’a tumani Amudaryo tumani | Shumanay tumani Qonliko‘l tumani Kegeyli tumani Mo‘ynoq tumani Qorao‘zak tumani Taxtako‘pir tumani Nukus tumani Taxiatosh tumani |
2. | Andijon viloyati | Andijon shahri Qo‘rg‘ontepa tumani Shahrixon tumani Andijon tumani Jalaquduq tumani Izboskan tumani Marhamat tumani | Xonobod shahri Asaka tumani Baliqchi tumani Bo‘z tumani Buloqboshi tumani Paxtaobod tumani Oltinko‘l tumani Xo‘jaobod tumani Ulug‘nor tumani |
3. | Buxoro viloyati | Buxoro shahri G‘ijduvon tumani Romitan tumani Qorako‘l tumani Shofirkon tumani | Kogon shahri Jondor tumani Peshku tumani Olot tumani Buxoro tumani Vobkent tumani Kogon tumani Qorovulbozor tumani |
4. | Jizzax viloyati | Jizzax shahri Zomin tumani Do‘stlik tumani G‘allaorol tumani Forish tumani | Baxmal tumani Sh.Rashidov tumani Paxtakor tumani Mirzacho‘l tumani Arnasoy tumani Zarbdor tumani Zafarobod tumani Yangiobod tumani |
5. | Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahri Shahrisabz tumani Nishon tumani Muborak tumani Mirishkor tumani Chiroqchi tumani G‘uzor tumani Yakkabog‘ tumani Koson tumani Qamashi tumani | Shahrisabz shahri Qarshi tumani Kitob tumani Dehqonobod tumani Kasbi tumani |
6. | Navoiy viloyati | Navoiy shahri Zarafshon shahri Uchquduq tumani Qiziltepa tumani Xatirchi tumani Karmana tumani | Konimex tumani Navbahor tumani Nurota tumani Tomdi tumani |
7. | Namangan viloyati | Namangan shahri Kosonsoy tumani Norin tumani Uchqo‘rg‘on tumani Chust tumani Pop tumani To‘raqo‘rg‘on tumani | Chortoq tumani Mingbuloq tumani Namangan tumani Uychi tumani Yangiqo‘rg‘on tumani |
8. | Samarqand viloyati | Samarqand shahri Kattaqo‘rg‘on shahri Urgut tumani Narpay tumani Jomboy tumani Samarqand tumani Ishtixon tumani Payariq tumani Pastdarg‘om tumani Kattaqo‘rg‘on tumani | Bulung‘ur tumani Nurobod tumani Paxtachi tumani Oqdaryo tumani Qo‘shrabot tumani Toyloq tumani |
9. | Sirdaryo viloyati | Guliston shahri Sirdaryo tumani Boyovut tumani Sayxunobod tumani Xovos tumani | Shirin shahri Yangiyer shahri Sardoba tumani Oqoltin tumani Guliston tumani Mirzaobod tumani |
10. | Surxondaryo viloyati | Termiz shahri Denov tumani Sho‘rchi tumani Sherobod tumani Jarqo‘rg‘on tumani Sariosiyo tumani Muzrabot tumani | Qumqo‘rg‘on tumani Uzun tumani Angor tumani Boysun tumani Qiziriq tumani Oltinsoy tumani Termiz tumani |
11. | Toshkent viloyati | Nurafshon shahri Olmaliq shahri Angren shahri Bekobod shahri Chirchiq shahri Bo‘stonliq tumani Qibray tumani Zangiota tumani O‘rtachirchiq tumani Yangiyo‘l tumani | Oxangaron shahri Yangiyo‘l shahri Oxangaron tumani Oqqo‘rg‘on tumani Bekobod tumani Bo‘ka tumani Quyichirchiq tumani Parkent tumani Piskent tumani Chinoz tumani Yuqorichirchiq tumani Toshkent tumani |
12. | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona shahri Qo‘qon shahri Marg‘ilon shahri Quva tumani Bog‘dod tumani Beshariq tumani O‘zbekiston tumani Toshloq tumani Uchko‘prik tumani | Quvasoy shahri Buvayda tumani Dang‘ara tumani Oltiariq tumani Qo‘shtepa tumani Rishton tumani Farg‘ona tumani Yozyovon tumani So‘x tumani Furqat tumani |
13. | Xorazm viloyati | Urganch shahri Hazorasp tumani Xiva tumani Xonqa tumani Bog‘ot tumani Shovot tumani | Xiva shahri Urganch tumani Qo‘shko‘pir tumani Gurlan tumani Yangiariq tumani Yangibozor tumani |
14. | Toshkent shahri | Olmazor tumani Bektemir tumani Mirobod tumani Mirzo Ulug‘bek tumani Sirg‘ali tumani Uchtepa tumani Chilonzor tumani Shayxontohur tumani Yunusobod tumani Yakkasaroy tumani Yashnobod tumani | |
Jami | 106 | 94 |
Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro | Mas’ul ijrochilar | |
I. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
1. | O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari faoliyatini tashkil etish, shuningdek FHDY organlari faoliyatini yanada takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
2. | Quyidagilarni: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini, ularning tuzilmalarini tasdiqlashni, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xotin-qizlar qo‘mitalari, sog‘liqni saqlash organlari, FHDY, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibini, har bir xodimning vakolatlari va javobgarligini aniq belgilashni hisobga olgan holda; yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga oid maxsus o‘quv kurslari faoliyatini tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil | “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’lim vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madj�dov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
3. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga yosh iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | 2018-yil | (I. Madjidov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) | |
4. | Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev),Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
5. | Shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va sh.k.) bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aholining band bo‘lganlar toifasiga kiritish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2018-yil | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), |
6. | Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogi�onligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzand(lar)ini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish yuzasidan hududiy manzilli dasturlarni, shuningdek, uylarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil | Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davarxitektqurilish qo‘mitasi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), |
8. | Nikohdan o‘tuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha bila turib ularning sog‘lig‘i haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarni aks ettiruvchi ma’lumotnomalarni berganlik uchun tibbiyot muassasalari rahbarlari va xodimlarining javobgarligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Tahliliy ma’lumotnoma, zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2018-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy sud (K. Kamilov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
9. | Nikohdan o‘tuvchi shaxslar tomonidan oilaviy hayot asoslari bo‘yicha majburiy o‘qishdan o‘tishlari masalasini o‘rganish va xalqaro tajribani inobatga olgan holda bu sohada samarali o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. | Tahliliy ma’lumotnoma, zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2018-yil | “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), |
10. | Quyidagilarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash: fuqarolar yig‘ini yarashtirish komissiyasining oilaviy nizolar va ajrashishlarning barvaqt oldini olish, shuningdek, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sohasini; fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi va fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, shu jumladan ularning xotin-qizlar va oilalarning muammolarini aniqlash va hal etishda amaliy ko‘mak berishi masalalari, shuningdek, mazkur tuzilmalarning faoliyatiga rahbarlik qilishni tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislarga yuklash masalalarini nazarda tutgan holda. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2018-yil | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
11. | Uy-joy mulkdori bilan doimiy birga yashovchi farzandlarining er-xotinlarni uy-joy mulkdorining oila a’zosi sifatida tan olinishiga qaratilgan takliflarni tayyorlash. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2018-yil | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
12. | Oila va nikohni saqlash bo‘yicha er va xotinning birgalikdagi javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan, xususan, xalqaro tajribani o‘rgangan holda er-xotinning ajralish holatida voz kechish to‘lovi bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Tahliliy ma’lumotnoma, zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2018-yil avgust | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
13. | Xalqaro mehnat tashkilotining “1952-yilgi onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi 183-sonli Konvensiyasini implementatsiya qilishga doir xalqaro tajribani o‘rganish va uni ratifikatsiya qilish bo‘yicha taklif kiritish. | Tahliliy ma’lumotnoma, zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2018-yil | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz (A. Saidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov) |
14. | Xalqaro ilg‘or tajrib�ni o‘rgangan holda nikohdan o‘tish uchun hujjatlarni topshirgandan so‘ng shaxslarning nikohga kirishigacha bo‘lgan davrni uzaytirishni, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning faqat sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, sud tomonidan ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun bir yilgacha muhlat tayinlashi bo‘yicha taklif tayyorlash. | Tahliliy ma’lumotnoma, zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2018-yil noyabr | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz (A. Saidov) |
15. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur Farmoni mazmun-mohiyatini ommaviy-axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish. | Reja-jadval | Reja-jadval ishlab chiqish — 2018-yil fevral amalga oshirish — reja asosida | MTRK (A. Xadjayev), O‘zA (A. Ko‘chimov), O‘zMAA (L. Tangriyev), O‘zEOAVMA (F. Abduholiqov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) |
16. | Mazkur Farmon doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash borasida qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish va bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni kiritish. | Tahliliy ma’lumotnoma, zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2018-yil dekabr | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
II. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishtirokini yanada oshirish | ||||
17. | Joylarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida: xotin-qizlar bandligini ta’minlash, shu jumladan, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish; mehnatga layoqatli va ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish va doimiy yangilab borish; xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini, shuningdek, xotin qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasbiy ko‘nikmalarni o‘rganish imkonini beradigan boshqa kurslarni tashkil etish; “Ustoz — shogird” tizimi rivojlantirish; xotin-qizlarga uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish; mahallalarda bo‘sh turgan binolarni xatlovdan o‘tkazish, tegishli mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil mart | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R. Gulyamov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
18. | Quydagilarga alohida e’tibor qaratgan holda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarini bitirgan qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli monitoring olib borish: bandlik dasturlari doirasida yaratilgan yangi ish o‘rinlariga bitiruvchi qizlarni joylashtirish; yaratilgan ish o‘rinlarining haqiqatda mavjudligi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish; tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilishini tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi | har chorakda | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
19. | Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan yosh qizlar — Chinoz tumanidagi maxsus maktab-internati va Qo‘qon maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy, o‘quv-tarbiyaviy ishlar hamda xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi ishlar holatini chuqur tahlil qilish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asosli takliflar kiritish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil fevral-mart | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Xalq ta’lim vazirligi (U. Inoyatov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
20. | Namunaviy jamoa shartnomalarini, ularga ish beruvchilar tomonidan xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini nazarda tutuvchi alohida bandlarni kiritgan holda takomillashtirish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov) |
21. | Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslalashuviga, jumladan quyidagi usullarni qo‘llab, ko‘makl�shish: ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish; lozim bo‘lganda kasbga qayta tayyorlash bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish orqali ularning bandligini ta’minlash; doimiy psixologik yordamni tashkil etish; ularning voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va tizimli tadbirlarni tashkil etish; mahallalardagi turli tadbirlarga jalb etish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
22. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning ishtirokini yanada oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor ayollar” respublika biznes-forumini tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi | har yili iyun | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
III. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolarini hal etishda | ||||
23. | Yoshlarni milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning ma’naviyatini oshirish maqsadida “Milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlashda ayollarning o‘rni” mavzusida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. | Chora-tadbirlar | har yili may | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
24. | Respublikamizdagi iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish va ularni oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish. | Reja-grafik | Reja-grafik ishlab chiqish — 2018-yil amalga oshirish — reja asosida | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
25. | Quyidagilarni tashkil etgan holda “Yosh oilalar va qizlar” respublika konferensiyasini o‘tkazish: “Men ham yetakchi bo‘laman” mavzusida 16 yoshdan 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy faol va uyushmagan qizlarning turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar bilan uchrashuvini; “Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida “Oilam kitob o‘qiydi” aksiyasini; yosh xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli kasb-hunarlar bo‘yicha “Kim nimaga qodir?” mahorat darslarini; “Sog‘lom turmush tarzi” aksiyasi (sport musobaqalari)ni tashkil etish. | Chora-tadbirlar | har yili | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
26. | Faoliyati birinchi navbatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatishga va ularni normal hayotga qaytarishga qaratilgan xotin-qizlar qo‘mitalari qoshida ayollar ijtimoiy moslashuv markazlarini hududlarda tashkil etish bo‘yicha taklif tayyorlash. | O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvi qarori loyihasi | 2018-yil sentyabr | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
27. | Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini tezkorlik bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, ularni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash va murojaatlariga tezkor munosabat bildirish maqsadida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Tezkor aloqa”ni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2018-yil | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), |
28. | Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, o‘zi faoliyat yuritayotgan soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, oilaga sadoqati va farzand tarbiyasidagi ibrati bilan xalq e’tirofiga sazovor bo‘layotgan ayollar to‘g‘risida “O‘zbekiston ayollari” (“Jenщini Uzbekistana”) kitobini chop etish, uni rus va ingliz tillariga tarjima qilish. | Kitob chop etish | 2018-yil | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), O‘zMAA (L. Tangriyev), O‘zbek�ston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), “Ijod” fondi (Sh. Irzoyev), “Ilhom” fondi (J. Rizayev) |
29. | Qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish, milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlarjon” teleko‘rsatuvini tashkil etish. | Reja-grafik | har oyda | MTRK (A. Xadjayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
30. | Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, oilalarning hayotini yorituvchi va aholi, ayniqsa, ayollar hamda yoshlar uchun o‘rnak bo‘ladigan qahramonlar obrazini yaratish va ularning targ‘ibotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan badiiy, hujjatli, multiplikatsion, qisqa metrajli filmlar, teleserial va spektakllar yaratish. | Chora-tadbirlar rejasi | Chora-tadbirlar rejasini ish�ab chiqish — 2018-yil aprel amalga oshirish- 2018-2019 yillar | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbekkino” milliy agentligi (F. Zakirov), MTRK (A. Xadjayev), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Sh. Jalilov) |
31. | Xotin-qizlar va k?m ta’minlangan oilalar bolalari uchun Xiva, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi | har yili | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Abduxakimov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (A. Ramatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
IV. Oila instituti rolini mustahkamlash, oila qadriyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish | ||||
32. | O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi | 2018-yil may | “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), |
33. | Xotin-qizlar o‘rtasida oila ma’naviyatini yuksaltirish, ularga farzand tarbiyasi va oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishdagi o‘rinlarini chuqur anglashlariga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi | 2018-yil aprel | “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
34. | Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rnini targ‘ib qilish bo‘yicha “Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlangan kompleks tadbirlarni amalga oshirish. | Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi | har yili 15-maygacha | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
35. | Oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish maqsadida “Ibratli oila”; Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o‘rnini oshirish, ularning ilg‘or tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” res�ublika tanlovlarini o‘tkazish. | Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlari bayonlari loyihalari | har yili aprel-may har yili dekabr | “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning o‘zini o‘zi |
36. | Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda ta’lim muassasalari psixologlarining rolini tanqidiy tahlil qilish. | Vazirlar Mahkamasi chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil mart | Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
37. | Qizlarda olijanob axloqiy fazilatlar, yuksak ma’naviyat va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlar kutubxonasi” turkumidagi “Faqat qizlar uchun” nomli ommabop risolalarning mobil ilovasini yaratish va chop etish. | Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi | 2018-yil avgust | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova) Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
38. | Xotin-qizlar o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari uchun “Ayollar psixologiyasi asoslari” nomli uslubiy qo‘llanma va video darslikni ishlab chiqish va tarqatish. | Uslubiy qo‘llanma | 2018-yil avgust | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), MTRK (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (F. Abduholiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
39. | Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni barvaqt aniqlash, shu jumladan, oilaviy ajrashishlarni oldini olish maqsadida “Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi a’zolari uchun motivatsiya texnologiyalari” nomli uslubiy qo‘llanmani tayyorlash hamda qo‘llanmani bu kabi holatlar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlarda sinovdan o‘tkazish. | Uslubiy qo‘llanma | 2018-yil oktyabr | “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
40. | Ta’lim tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘quv dasturlarini tashkil etish: maktabgacha ta’lim muassasalarida 4 yoshdan oshgan bolalar uchun oilaviy qadriyatlar bo‘yicha haftalik (10 — 15 daqiqa davomiyligida) mashg‘ulotlar o‘tkazishni; umumta’lim maktablarining 5 — 7 sinflariga “Oila asoslari” va 8 — 10 sinflariga “Oila etikasi va psixologiyasi” fanlarini kiritish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev) |
41. | Oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyat, oilaviy munosabatlar psixologiyasini oshirish maqsadida “Oila ensiklopediyasi”ni chop etish, shuningdek uni kam ta’minlangan oilalarga bepul asoslarda hamda oila qurayotgan yoshlarga imtiyozli asoslarda tarqatish. | Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi | 2019-yil yanvar | O‘zMAA (L. Tangriyev), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), “Ilhom” fondi (J. Rizayev), “Ijod” fondi (Sh. Irzoyev) |
V. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini | ||||
42. | Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida: xotin-qizlar, bolalar va oila qurayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash ishlarini sifatli tashkillashtirish; fertil yoshdagi ayollarning kontratseptiv vositalarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish; homilador ayollar va go‘daklarda tug‘ma nuqson va xavfli belgilarni oldini olish, shu jumladan, skrining-tekshiruvlar o‘tkazilishini o‘rganib borish; ijtimoiy kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish; onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun ayollarni skrining-tekshiruvlardan o‘tkazish. | Chora-tadbirlar rejasi | har yili | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Sog‘lom avlod uchun” fondi (S. Inamova) |
43. | Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini yuritish (to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shug‘ullanish va boshqalar) asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targ‘ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi | har yili | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Sog‘lom avlod uchun” fondi (S. Inamova) |
44. | Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida: barcha turdagi sport majmualarining sport-sog‘lomlashtirish guruhlarida kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarning imtiyozli shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish; sportning nafis turlari bo‘yicha bir necha bosqichli xotin-qizlar spartakiadalarini tashkil etish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil | Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi (R. Qurbonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |
45. | Ota-onalar uchun oilada nogiron farzandlarini to‘g‘ri parvarishlash va tarbiyalash, ularning tegishli ko‘nikmalarini patronaj tizimi orqali oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash va tasdiqlash. | Uslubiy ko‘rsatmalar Targ‘ibot tadbirlari | 2018-yil muntazam | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (V. Alimova), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Qoraqalpog‘i�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
46. | Oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash maqsadida oilaviy mutolaa uchun “Sog‘lom turmush tarzi va profilaktikasi alifbosi” elektron modulini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yaratish va tarqatish. | Elektron modul | 2018-yil avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), (I. Madjidov), |
VI. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazi tizimi idoralari faoliyati samaradorligini oshirish | ||||
47. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar)lar xotin-qizlar qo‘mitalariga hamda “Oila” markazi va uning hududiy bo‘linmalariga zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlarni jalb etish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil mart | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
48. | O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazining xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish ishlarida ularning ishtirokini ta’minlash tizimini shakllantirish. | Chora-tadbirlar | 2018-yil aprel | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (G‘. Abdukarimov), O‘zNNTMA (A. Karimov) |
49. | “Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar tajribasi” respublika ayollar forumini tashkil etish. | Chora-tadbirlar | har yili noyabr | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (G‘. Abdukarimov), O‘zNNTMA (A. Karimov) |
50. | Ta’lim muassasalarida “Qizlarjon” to‘garaklari faoliyatini tashkil etish orqali qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek oila va nikoh, reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil aprel | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxame�ova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
51. | O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘limlari va boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida: zamon talabidan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar nizomini ishlab chiqish; xotin-qizlar bilan amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni, yo‘nalishlari, shakli va uslublarini aniq belgilash; boshlang‘ich tashkilotlar raislari uchun o‘quv seminarlar tashkil etish; “Xotin-qizlar qo‘mitalarining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” tanlovini tashkil etish. | Nizom Uslubiy tavsiyalar Chora-tadbirlar rejasi Chora-tadbirlar rejasi | 2018-yil aprel 2018-yil aprel reja asosida reja asosida | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
52. | O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari raislari va faol a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini amalga oshirish. | Chora-tadbirlar | 2018-yil may | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov) |
53. | “Saodat” jurnali va “Oila va jamiyat” gazetasi tahririyatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha choralarni belgilash, ularning elektron shakllarini yaratish va takomillashtirish. | Chora-tadbirlar | 2018-yil | Xotin-qizlar qo‘mitasi |
54. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish: yagona elektron tizimni va elektron hujjat aylanishini joriy etish; O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining veb-sayti platformasida xotin-qizlar muammolarini hal qilish bo‘yicha onlayn va interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan tibbiyot (tib.uz), psixologiya (psy.uz), huquq (yurist.uz), ish o‘rinlari, biznes (biz.ayol.uz) sohalarida xotin-qizlarga maslahatlar berish bo‘yicha alohida sub-saytlarni yaratish; xodimlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishlarini ta’minlash maqsadida ularning malakalarini oshirish; barcha bo‘limlarni tezkor aloqa kanallari, zamonaviy kompyuterlar va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash. | Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2018-yil | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
55. | Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida: ularning yoritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish; xalqaro konferensiyalar, “davra suhbat”lari va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish; milliy ma’ruzalarni tayyorlash va chop etish. | Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi | 2018-2021-yillar davomida | Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oliy majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) (U.Muxammadiyev), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz (A. Saidov), O‘zA (A. Ko‘chimov), O‘zEOAVMA (F. Abduholiqov), “Jahon” AA (A. G‘ulomov) |
56. | Ommaviy axborot vositalari orqali xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi o‘rtasida keng yoritishga qaratilgan axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida markaziy gazeta va jurnallarda, Internet tarmog‘ida, radio va televideniyeda quyidagi mavzularda muntazam materiallar chop etib borish: ayolning oila va jamiyatdagi o‘rni; xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi; sog‘lom ona — sog‘lom kelajak; oilaviy munosabatlar, an’analar va urf-odatlar; oilada farzand tarbiyasi; erta nikoh va uning salbiy oqibatlari; xotin-qizlar tadbirkorligi va boshqalar. | Reja-jadval | 2018-yil | O‘zMAA (L. Tangriyev), O‘zA (A. Ko‘chimov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (F. Abduholiqov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov) |