28.03.2018 yildagi 244-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-apreldan boshlab, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi boʻsh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish uchun elektron navbatni shakllantirish va yoʻllanmalarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni taʼminlasin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan namunaviy shakllarni, hujjatlar blankalarini hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda — tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari rasmiy veb-saytlari (sahifalari)ni takomillashtirish, ularda davlat maktabgacha taʼlim muassasalari haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda, Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari ishtirokida, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllanish samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) davlat maktabgacha taʼlim boʻlimlari, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari hamda davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibini amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablari buzilganligi uchun tuman (shahar) davlat maktabgacha taʼlim boʻlimlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini belgilangan tartibda qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi nizomga 2018-yilning 1-aprelidan boshlab 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament bolalarni quyidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) qabul qilish tartibini belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (otaliqqa olgan tashkilot xodimlarining bolalari uchun kvotalar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (imkoniyati cheklangan bolalar uchun ajratilgan oʻrinlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy turdagi davlat idoraviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari (belgilangan kvotalar boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari uchun belgilangan kvotalar boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi bolalarni davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining mobil guruhlariga, maktabga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga qabul qilishda tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha taʼlim sohasidagi oʻzaro samarali hamkorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar — davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kvota berilgan kam taʼminlangan oilalar, aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha hududlarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli roʻyxat — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega boʻlgan bolalar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kontingent — davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kvota berilgan harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va davlat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
otaliq — otaliqqa olingan maktabgacha taʼlim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxs (otaliq) tomonidan iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, taʼlim yoki boshqa begʻaraz tizimli yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot — davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, shu jumladan, oilaviy turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy roʻyxat — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega boʻlmagan bolalar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bolalarni tashkilotga qabul qilish tartibotini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashkilotlar rahbarlari tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning boʻsh oʻrni haqidagi maʼlumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki taʼlim turi oʻzgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Maktabgacha taʼlim vazirligi) Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — MTBAT) kiritib borilishini taʼminlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan axborot bilan birgalikda MTBATga ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar joylariga qabul qilingan bolalar haqidagi maʼlumotni kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashkilotlarda boʻsh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish boʻyicha elektron navbatni shakllantirish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar boʻyicha yoʻllanmalarni (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma) shakllantirish MTBAT tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tashkilotlar bolalarni yoʻllanmalar asosida qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga navbatga qoʻyilmagan holda, bevosita tegishli tashkilotga murojaat etgan holda joylashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar oʻrtasida axborotlar almashuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik orqali elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bolalarni tashkilotga ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻz tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning avtomatik ravishda muntazam yangilanib borilishi uchun oʻz rasmiy veb-saytining MTBAT bilan integratsiyalashuvini taʼminlaydi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir tashkilot manzili, uning ixtisoslashuvi, guruhlar soni, tashkilotda guruhlar boʻyicha (bolalarning yoshi, taʼlim tili va smenasini koʻrsatgan holda) oʻrinlar soni va boʻsh oʻrinlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolalarni tashkilotga qabul qilish boʻyicha navbatga kiritilgan soʻrovnomalar roʻyxati, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) soʻrovnoma raqami, ariza berilgan sana hamda tashkilotdagi guruhlar boʻyicha navbat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu Reglamentning 18-bandiga muvofiq bolalarni tashkilotga qabul qilish boʻyicha navbatga kiritilgan soʻrovnomalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli roʻyxat), shu jumladan, YIDXPdagi soʻrovnoma raqami, tashkilotdagi guruhlar boʻyicha navbat raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladilar yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mustaqil ravishda (yoki vakolatli organ yordamida) YIDXPda roʻyxatga olinadilar, shuningdek, davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani uchinchi shaxslar tomonidan tashkilotga navbatga qoʻyish yoki yoʻllanma olish uchun murojaat etish faqat ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki bolaning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil ravishda yoki vakolatli organ xodimlari yordamida, Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida hamda YIDXPda joylashtirilgan maʼlumotdan (mavjud boʻsh oʻrinlar, soʻrovnomaning navbati, tashkilot manzili va boshqalar) foydalangan holda, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning bolalari hamda maxsus kontingentga kiruvchi bolalarni davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun ariza beruvchilar soʻrovnomani ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada tashkilotning bola uchun toʻgʻri keladigan yoshdagi boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan guruhini (yoʻllanma olish uchun) yoki boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan guruhini (navbatga kiritilishi uchun) koʻrsatish (tanlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani tugʻilgan vaqtdan boshlab tashkilotga navbatga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtda uchtagacha tashkilotga bolani navbatga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xato kiritilgan maʼlumotlarni tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatilayotgan har qanday bosqichda undan foydalanishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Joriy oʻquv yilining 31-may kuniga qadar yetti yoshga toʻladigan bolalarning soʻrovnomalari ushbu sanada bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola bir nechta tashkilotga navbatga qoʻyilib, ulardan biriga yoʻllanma shakllangan va bola rasmiylashtirilgan boʻlsa, boshqa tashkilotlarga navbatga qoʻyish boʻyicha soʻrovnomalar bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi, tashkilotning qisqa muddatli guruhlariga qabul qilingan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va kiritgandan soʻng ariza beruvchi uni jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (One ID) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi onlayn tarzda navbatni kuzatishi va YIDXPda xabarnomalarni olishi, shuningdek, tashkilotda bolani qabul qilish uchun ariza berish shartlaridan (YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali) qatʼiy nazar, davlat xizmatlari markazlarida murojaat holati toʻgʻrisida maʼlumotni bepul olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bolalarni tashkilotga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, navbat kelganligi va (yoki) navbatdagi holat oʻzgarganligi haqida maxsus raqamga soʻrov yuborish orqali sms-xabar olish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har bir kiruvchi sms-xabar uchun ariza beruvchi hisobidan belgilangan miqdorda toʻlov yechiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashkilotning yopilishi, shuningdek, soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi, shu jumladan, maʼlumotlarning ushbu Reglamentning 7 va 18-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlarga nomuvofiqligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizada toʻgʻirlash mumkin boʻlgan xatolar mavjud boʻlsa, ularni besh ish kuni ichida toʻgʻrilash uchun ariza beruvchiga imkoniyat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishni ularni koʻrsatishning istalgan bosqichida rad etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish rad etilgan taqdirda, uning soʻrovnomasi tizim tomonidan avtomatik ravishda koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va navbatdan chiqariladi. Bunda navbatga turish haqidagi xabarnoma yoki yoʻllanma soʻrovnoma bilan birgalikda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik ravishda MTBATga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda MTBATda avtomatik ravishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda — yoʻllanma shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlmaganda — soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida tashkilotlar va guruhlardagi boʻsh oʻrinlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar doimiy ravishda yangilab boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Reglamentning 16-bandiga muvofiq yoʻllanmalar MTBATda avtomatik ravishda tashkilotda oʻrinlar boʻshagan kuni navbatga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bolalarning quyidagi kontingenti soʻrovnomalari imtiyozli roʻyxatga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp bolali oilalarning bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar va pedagoglarning bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni imtiyozli roʻyxat boʻyicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalarning hamda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bolalarining soʻrovnomalari davlat xizmatlari markazlariga borib, ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatning aslini nusxasini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi. Bunda mazkur bandning beshinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olinadi. Davlat xizmatlari markazi direktori taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning tekshirilishi va soʻrovnomada ishonchli maʼlumot koʻrsatilishini nazorat qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(18-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilarda ushbu bandga muvofiq ustunlik huquqining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot soʻrovnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning bolalariga berilgan yoʻllanmalar hamda ularning ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashkilot rahbari taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning tekshirilishi va MTBAT tizimiga ishonchli maʼlumot kiritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Imtiyozli va umumiy roʻyxatda turgan soʻrovnomalar bolaning yoshiga mos guruhlardagi boʻsh oʻrinlar soniga qarab quyidagi tartibda navbatma-navbat shakllantiriladi va yoʻllanmalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli roʻyxatdan bitta soʻrovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy roʻyxatdan bitta soʻrovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bolalar egizak boʻlsa, bir vaqtda egizaklarning soʻrovnomalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalar maktabgacha taʼlim vazirining buyrugʻi asosida ustunlik huquqi bilan qabul qilinadi. Bunda mikrouchastkalarga kirmaydigan hududlardan bolalarni tashkilotga qabul qilish mikrouchastkalarga tegishli hududlardan bolalar qabul qilingandan soʻng qolgan boʻsh oʻrinlarga mazkur Reglamentda belgilangan tartibda umumiy va imtiyozli roʻyxat asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun vaqtincha yopilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari taʼmirlash davrida vakolatli organ qarori asosida vaqtincha boshqa tashkilotlarga navbatsiz taqsimlanadi. Bunda bolalarni vaqtincha boshqa tashkilotlarga qabul qilish tashkilotdagi boʻsh oʻrinlar hisobidan amalga oshirilmaydi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq guruhlardagi bolalarning eng koʻp sonidan vaqtincha oshishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng uning vaqtincha boshqa tashkilotga taqsimlangan tarbiyalanuvchilari ushbu tashkilotga vakolatli organ qarori asosida navbatsiz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari umumiy turdagi tashkilotlarga aylantirilganda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari boʻlgan bolalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari qarorlari asosida ushbu tashkilotlarga navbatsiz qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. MTBAT tomonidan elektron holda shakllantirilgan yoʻllanmalar va bolalarning navbatga qoʻyilganligi haqidagi xabarnomalar ularning qogʻoz shakliga tenglashtiriladi. Bunda xabarnomalar avtomatik ravishda tashkilot va davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda), shuningdek, ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga yoʻllanmani elektron yoki qogʻoz shaklda beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bolalarni qabul qilish tashkilotga yoʻllanmalar kelib tushgan yoki taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tashkilot va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni tashkilotlarga yoʻllanmasiz qabul qilish taqiqlanadi, ushbu Reglamentning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Soʻrovnomada koʻrsatilgan tashkilot yoki guruh yopilgan taqdirda, Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan soʻrovnoma bekor qilinadi va ariza beruvchi bu haqda xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soʻrovnoma davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali shakllantirilganligidan kelib chiqib, soʻrovnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchilarga tegishlicha davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ tomonidan bir ish kuni mobaynida, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya tizimi orqali yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda ushbu Reglament talablarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar tashkilotga qabul qilish uchun soʻrovnomasi imtiyozli roʻyxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga yoʻllanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish ishlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi

Maktabgacha taʼlim axborot tizimi hamda rasmiy veb-saytida oʻz tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joylashtirilishini va ularning muntazam onlayn tarzda yangilab borilishini taʼminlash

Doimiy ravishda

2-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtish

Xohishiga koʻra

3-bosqich

1) Davlat xizmatlari markazi

2) YIDXP

Soʻrovnomani maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritish

1) 1 soat ichida

2) Avtomatik tarzda

4-bosqich

Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi

a) yoʻllanmani rasmiylashtirish — koʻrsatilgan tashkilot guruhida boʻsh joy mavjud boʻlsa;

b) soʻrovnomani tegishli ravishda umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritish, shuningdek, navbatga qoʻyilganligi haqida xabarnomani rasmiylashtirish — koʻrsatilgan tashkilot guruhida boʻsh joy mavjud boʻlmasa;

v) yoʻllanma yoki xabarnomani tashkilot va davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilganda) hamda ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilganda) YIDXP orqali yuborish, bu haqida ariza beruvchiga xabar berish.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

Ariza beruvchi

Yoʻllanma yoki xabarnomani davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali olish

Yoʻllanma yoki xabarnoma shakllangandan soʻng

6-bosqich

Maktabgacha taʼlim tashkiloti

Yoʻllanma asosida bolani qabul qilish

Yoʻllanma taqdim etilgandan soʻng

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________

(sana)

________________________

(t/r)

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot:

1. Bolaga nisbatan (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, yaqin qarindoshlar (bobosi, buvisi, akasi, opasi va boshqalar) yoki ishonchnoma asosida harakat etuvchi uchinchi shaxs:

2. F.I.O.:

3. Pasport maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

4. Manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

7. Ishonchnomaning rekvizitlari (uchinchi shaxslar uchun):

II. Bola haqidagi maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. Tugʻilgan yili:

3. Tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

III. Tashkilot haqida maʼlumot:

1. Tashkilot raqami:

1.

2.

3.

2. Guruhi:

IV. Imtiyozli huquq borligi haqida maʼlumotlarva ularni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa)

1. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari (nogironlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi)

2. Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar (bitta yoki yolgʻiz ota-onaning vafoti toʻgʻrisidagi guvohnoma, ota-ona huquqlaridan mahrum etilganlik toʻgʻrisidagi sud qarori nusxalari va boshqalar)

3. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari (“Ayollar daftari”ga kiritilganlik holati axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda tekshiriladi)

4. Akalari yoki opalari ushbu tashkilotning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar (qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami)

5. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari (ish joyidan maʼlumotnoma)

6. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar (tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning bola sogʻlomligi toʻgʻrisidagi xulosasi)

V. Xabar berish tartibi

1. Pochta orqali (pochta manzili)

2. SMS yoki telefon orqali (telefon raqami)

3. Elektron pochta orqali (elektron pochta manzili)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________

(sana)

________________________

(t/r)

Bolalarni davlat-xususiy sheriklikka asoslangan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot:

1. Bolaga nisbatan (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, yaqin qarindoshlar (bobosi, buvisi, akasi, opasi va b.) yoki ishonchnoma asosida harakat etuvchi uchinchi shaxs:

2. F.I.O.:

3. Pasport maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

4. Manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

7. Ishonchnomaning rekvizitlari (uchinchi shaxslar uchun):

II. Bola haqidagi maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. Tugʻilgan yili:

3. Tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

III. Tashkilot haqida maʼlumot:

1. Tashkilot raqami:

1.

2.

3.

2. Guruhi:

IV. Ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilaga mansubligi haqida maʼlumotlarva ularni tasdiqlovchi hujjatlar (talab etiladigan hujjatlar)

1. Kam taʼminlangan oilalarning bolalari (“Temir daftar”ga kiritilganlik toʻgʻrisida mahalla fuqarolar yigʻinidan maʼlumotnoma)

2. Aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalarning bolalari (nogironlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi)

3. Boquvchisini yoʻqotgan oilalarning bolalari (boquvchisini yoʻqotganlik holati axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda tekshiriladi)

4. Bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha hududlarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalarning bolalari (tibbiyot, madaniyat, fan, taʼlim va sport sohalari vakillarining ish joyidan maxsus kvota asosida boshqa hududga taqsimlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi)

5. Toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalarning bolalari (tugʻilganlik haqida guvohnomalarning nusxalari)

V. Maxsus kontingentga mansubligi haqida maʼlumotlar va ularni tasdiqlovchi hujjatlar (talab etiladigan hujjatlar)

1. Harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari (ish joyidan maʼlumotnoma)

2. Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va davlat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining bolalari (ish joyidan maʼlumotnoma)

V. Xabar berish tartibi

1. Pochta orqali (pochta manzili)

2. SMS yoki telefon orqali (telefon raqami)

3. Elektron pochta orqali (elektron pochta manzili)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 21 — 31-bandlar va 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/244/0959-son; 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son; 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son; 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)