22.03.2018 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda masʼul vazirliklar va idoralar tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarni hisobga olishning tizimi yetarli darajada ishlab chiqilmagan, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy ahvolini monitoring qilish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy etishda va ularga oʻz vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishda kamchiliklar qayd etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mavjud statistik koʻrsatkichlar asosida shakllantirilgan axborotlar ham nogironligi boʻlgan shaxslarning turli guruhlari holatini toʻlaqonli tahlil qilish, dolzarb muammolarni aniqlash, baholash imkonini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar hayot faoliyatining barcha sohalarini qamrab olishga imkon beruvchi statistik hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni bilan tasdiqlangan Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlar dasturining 9-bandini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan davlat statistika hisoboti asosida nogironligi boʻlgan shaxslar soni, imkoniyati cheklangan (nogironligi boʻlgan) oʻquvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalari, reabilitatsiya markazlari faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan jamlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qoʻshimcha statistik koʻrsatkichlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nogironligi boʻlgan shaxslarning turli guruhlari holatini baholashga imkon beruvchi toʻliq statistik maʼlumotlarni shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etiladigan maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 210-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan jamlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qoʻshimcha statistik koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻrsatkichlar

Maʼlumot taqdim etish uchun masʼullar

Taqdim etish shakli

(davlat statistika hisoboti, idoraviy maʼlumot)

1. Imkoniyati cheklangan (nogironligi boʻlgan) oʻquvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega oliy taʼlim muassasalari

Oliy taʼlim muassasalari

4-taʼlim shakli
Davlat statistika hisoboti

2. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sharoitlarning mavjudligi:

nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishi uchun qulay boʻlgan jamoat yoʻlovchi transporti (avtobuslar) soni

Oʻzbekiston avtomobil transporti

agentligi

idoraviy maʼlumot

surdo tarjima bilan yoki oʻtuvchi yozuvlar bilan birga olib borilayotgan telekoʻrsatuvlar soni

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

idoraviy maʼlumot

imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qoʻshimcha qulayliklar bilan taʼminlangan davlat tashkilotlarning veb-saytlari soni (kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi funksiyalari va boshqalar)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

idoraviy maʼlumot

3. Tumanlar va shaharlar boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga olish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

idoraviy maʼlumot

4. ABKMga murojaat qilgan nogironligi boʻlgan shaxslardan ishga joylashtirilganlar soni:

davlat tashkilotlariga, hududlar, jinsi va yoshi boʻyicha

shu jumladan 3% kvota boʻyicha

nodavlat tashkilotlariga, hududlar, jinsi va yoshi boʻyicha

shu jumladan 3% kvota boʻyicha

yakka tartibdagi tadbirkorlarga, hududlar, jinsi va yoshi boʻyicha

Davlat soliq qoʻmitasi

idoraviy maʼlumot

5. Nogironligi boʻlgan shaxslar soni:

Tuman va shahar hokimliklari

2-uy-joy (yangi shakl)

Davlat statistika hisoboti

uy-joy bilan taʼminlanganlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha

yashash sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj boʻlganlar, tumanlar va shaharlar kesimida

6. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan moddiy yordam olgan nogironligi boʻlgan shaxslar soni

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

1-NNT shakliga ilova (mahalla)

Davlat statistika hisoboti

7. Sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun murojaat qilgan nogironligi boʻlgan shaxslar soni:

Sogʻliqni saqlash vazirligi

idoraviy maʼlumot

yashash joyi boʻyicha

sanatoriy-kurortda davolash turi boʻyicha

8. Sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yoʻllanma olgan nogironligi boʻlgan shaxslar soni:

yashash joyi boʻyicha

sanatoriy-kurort muassasasining nomi boʻyicha

9. Tashkilotlarga tegishli boʻlgan panduslar bilan jihozlangan binolar soni

Tashkilotlar

1-korxona, 1-KB,
1-notijorat, 1-NNT shakli boʻyicha

Davlat statistika hisobotlari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/210/0935-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)