Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida

ILOVA
Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 2017-yil 1-iyundagi PF-5067-son “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. 4-banddagi “shahar va tuman davlat” degan so‘zlar “tumanlar (shaharlar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasining (bundan buyon matnda “O‘zbekovchibaliqchi” uyushmasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 12-banddagi va 26-bandning o‘n ikkinchi xatboshisidagi “tabiatni muhofaza qilish” degan so‘zlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “shahar (tuman) davlat” degan so‘zlar “tumanlar (shaharlar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 32-banddagi “tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari)” degan so‘zlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 42-banddagi “O‘zbekovchibaliqchi” uyushmasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 44-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “O‘zbekovchibaliqchi” uyushmasi” degan so‘zlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 47-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga, shuningdek rag‘batlantirish choralarini ko‘rish uchun “O‘zbekovchibaliqchi” uyushmasiga” degan so‘zlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga, shuningdek rag‘batlantirish choralarini ko‘rish uchun O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 48-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zbekovchibaliqchi” uyushmasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi