OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2541-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 17-apreldagi 222-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52 va 109-son qarori (roʻyxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan tasdiqlangan Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-fevral,
162-mh-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-fevral,
7-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-fevral,
23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 19-bandda:
birinchi xatboshidagi “2017” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“barcha turdagi soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar;”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiquvchilar mazkur band bilan nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ularning oʻzlari ishlab chiqargan dasturiy taʼminot vositalarini eksport qilish hajmi 2019-yil yakunlari boʻyicha ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga (2022-yilning 1-yanvarigacha) uzaytiriladi.”.
2. 25-banddagi “2017” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin.
3. 2 va 3-ilovadagi “XXTUT” qisqartmasi “IFUT” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
2018-yil 9-fevral
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2018-yil 9-fevral
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 9-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)